Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Xullas, darslikda Vatanimiz va o'zbek xalqining o'rta asrlarda boshidan kechirgan g'oyat murakkab va mashaqqatli xayot tarixi bayon etiladi. Unda siyosiy voqealarning yoritilishi jarayonida xalqimizning bunyodkorlik faoliyati, o'ziga xos madaniyati va e'tiqodi xamda Vatanga bo'lgan cheksiz muxabbati va sadoqatiga bag'ishlangan satrlarni o'qib, shunday mo'tabar xalqning vorisi ekanligimizdan qalbingiz faxrga to'lib boradi. CHunki mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Xaqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o'zlikni anglash mumkin emas". 1-§. Ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlar. Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang' (Kanguy) davlati va Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu siljishlar albatta mamlakat axolisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy xayotida muxim o'zgarishlarga olib keldi. SHaxarlarning soni ko'paydi va xududi kengaydi, xunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy xayotning markaziga aylandi. Voxalarda yirik sug'orish tarmoqlari qazilib, sug'orma dexqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig'ir va charxparraklar kabi suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv satxidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g'allakorlik, sholikorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog'dorchilik maydonlari kengaydi. Ekin maydonlarini sug'orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli axoli dexqonchilikdan mo'l xosil oladigan bo'ldi. SHaxarlarda axolining gavjumlashuvi, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo'jalik maxsulotlariga bo'lgan extiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy xayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko'tarildi. Bir tomondan, yerga, ziroatkor maydonlarga bo'lgan munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o'zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o'troq ziroatkor axoli bilan chorvador qabilalar o'rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog'oldi mintaqalarida yashovchi ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi axolining o'troq xayot tarziga o'tishi kuchaydi. Oqibatda dexqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo'lgan extiyoj tobora oshib bordi. Natijada qo'riq va bo'z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy xayotida kattagina nufuzga ega bo'lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari xamda qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo'riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi ularning qo'liga o'tadi va merosiy mulkiga aylanadi. SHu tariqa kattagina yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi. Dehqonlar va ular xo'jaligidagi hayot. Sarkorlar o'zlariga tegishli yer maydonlarini sug'orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to'g'on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo'l bilan ular suvdan dexqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq axolisi ustidan o'z ta'sirini o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu tariqa ular ziroatkor axoli ustidan xukmronlik qila boshlaydi. O'sha zamonda ular dexqonlar deb atalgan. Dexqonlar shaxarlarda xashamatli qasr va saroylarga, savdo va xunarmandchilik do'konu rastalaridan iborat kattagina xo'jalikka xam ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko'shk va istexkomli qo'rg'onlari, objuvozu moyjuvoz va tegirmonlari bo'lardi. Qul, cho'rilardan iborat ko'pdan ko'p xizmatkorlar dexqonlarning xo'jaligida qishin-yozin mexnat qilganlar. Bulardan tashqari, xar bir katta yer egasining 30-40, 50-100 va ba'zan undan ortiq maxsus askariy guruxi - chokarlari bo'lgan. CHokarlar baquvvat va abjir xamda o'z xojasiga sadoqatli o'spirinlardan tanlab olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dexqonlar yov xujumi paytlarida dushmanga qarshi xarbiy yurishlarda qatnashadi. Osoyishtalik zamonida esa chokarlarga suyanib qishloqning ziroatkor axli ustidan xukmlarini o'tkazardi. Qishloq jamoalarining tabaqalanishi. Avvalda o'z qaramog'idagi xizmatkorlari mexnatidan foydalanib kelgan dexqonlar keyinchalik turli yo'llar bilan qishloq jamoalari ustidan xukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo'ladilar. SHunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo'lmish dexqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi xam paydo bo'ladi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib borishi bilan kadivarlarning soni asta-sekin ko'payib, dexqonchilik xo'jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlaridan biriga aylangan. 5 asrning o'rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma'lum bir qismi mulkdor dexqonlar qo'l ostidagi mulklardan iborat bo'lsa xam, ammo ziroatkor voxalardagi obikor yerlarning asosiy qismi xali xam qishloq jamoalarining qaramog'ida edi. Er egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimoiy xayotida keskin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Patriarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jixatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dexqon va unga qaram bo'lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib bordi. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo'lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Ularning ma'lum bir qismi jamoa yerlaridan maxrum bo'lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dexqonchilik voxalarining katta yerlarga ega bo'lgan dexqonlar esa o'z viloyatlarida xatto mustaqil xokim bo'lib oladilar. Ilk o'rta asrlarda dexqonlar, kashovarzlar va kadivarlar tabaqalari shakllandi. Turon axolisining xayotida sodir bo'lgan bunday o'zgarish mamlakatda mayda voxa davlatlarining tashkil topishiga olib keldi. Dehqon - qishloq hokimi. Ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa. Kashovarz - ziroatchi oddiy qo'shchilar. Kadivar - qishloqning dehqonlarga qaram aholisi. CHokar - dehqon mulkini qo'riqlovchi, harbiy posbon. Ganchkor bo'rtma arxar tasviri - Varaxshadan topilgan. 2-§. Ilk o'rta asrlar davlatlari Xorazm davlatining tashkil topishi. Zaiflashib borayotgan Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni maxalliy afrig'iylar sulolasiga mansub xorazmshoxlar idora qila boshlaydi. Ilk asr o'rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab xozirgi Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal'a shaxar xarobasining o'rnida bo'lgan. 3 asr o'rtalarida Xorazm davlatini Afrig'iylar sulolasiga mansub xorazmshoxlar idora qiladi. Poytaxt mudofaa jixatidan nixoyatda mustaxkam qurilgan. SHaxarning mustaxkam labirintli (g'ulomgardish) darvoza og'zi istexkomi - darvozaxonasi bo'lgan. Darvoza qarshisida shaxar markazini kesib o'tgan ko'chaning har ikki tomoni bo'ylab shaxarliklarning turar joylari joylashgan. SHaxar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g'arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo'lgan uch minorali xorazmshoxlar qasri qad ko'targan. Bu davrda Xorazmda atrofi mustaxkam devorlar bilan o'ralgan shaxarlar, istexkomli qishloqlar juda ko'p bo'lgan. Milodiy 305 yilda xorazmshox Afrig' o'z qarorgoxini Xorazmning qadimgi Kat shaxriga ko'chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasriichida shox o'ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig'iy shoxlari oldi tarafiga shox va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustaxkam o'rnatib oladilar. Abu Rayxon Beruniyning yozishicha, xorazmshoxlar unvoni dastlab siyovushlar sulolasi tomonidan qabul qilingan. Miloddan avvalgi 7 asrda shakllangan qadimgi Xorazm davlatini avval axamoniylar, so'ngra esa afrig'iylar boshqargan. Beruniy bu xaqda "Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan tarix oldilar. SHu vaqtdan Kayxusrav turk podsholari (ustidan) xukmronligini yurg'izgan edi" deb yozgan. O'sha zamonda Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav kabi xukmdorlar "Xorazmshox" unvoniga sazovar bo'lishgan. Moddiy-madaniy topilmalaridan ayon bo'lishicha, 3 asrda Xorazm xududida iqtisodiy-siyosiy jixatdan mustaqil bir nechta sug'orma dexqonchilik voxalarni boshqargan mayda xokimliklar tarkib topgan. Tuproqqal'adan qo'lida burgut qo'ndirilgan tojdor xukmdor xaykalini yoki Anqaqal'a yaqinidan esa qo'lida shoxboz lochin tutgan tojdor tasviri so'qilgan tanganing topilishi shubxasiz xukmronlik ramzidan dalolat beradi. Bu davrda Xorazmda sug'orma dexqonchilik, xunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san'at, xususan xaykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. Ilk o'rta asrdayoq Qang' davlatidan ajralib mustaqillikka erishgan Xorazm o'zaro kurashlarda g'olib chiqadi. Natijada afrig'iylar sulolasi xukmronligiga asos solinadi. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar xamda Turk xoqonligi davrida xam o'zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Vizantiyalik tarixchi Menandr Xorazm 6 asrning 60 yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi to'g'risida ayrim ma'lumotlarni qayd etgan. Xioniylar davlati. 4 asr o'rtalarida O'rta Osiyoga Yettisuv va SHarqiy Turkistondan ko'chmanchi Xion nomli qabilalarning xujumi boshlanadi. Xioniylar 353 yilda o'z xukmdori Grumbat boshchiligida So'g'dga bostirib kiradilar. So'ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to'qnashadilar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shoxi SHopur 2 (309-379) xioniylardan yengiladi. So'ngra o'zaro sulxga kelishilib, xatto ular o'rtasida ittifoqlik nikox orqali yuzaga keladi. O'rtadagi ittifoq gox buzilib, gox tiklanib turadi. Nixoyat, 4 asrning 70 yillarida O'rta Osiyoda xioniylar xukmronligi o'rnatildi. Sirdaryo bo'ylaridan to Amudaryo xavzasigacha cho'zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq xukmdorlik qiladi. Kidariylar davlati. 5 asrning 20 yillarida SHarqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali Xorazm xamda Amudaryo xavzasiga yana bir ko'chmanchi chorvador axoli - toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo'lib, Kidar ismli xukmdor ularga yo'lboshchi edi. SHuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo xavzasi xamda g'arbiy va janubiy So'g'd yerlarini ishg'ol etib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o'z xukmronligini o'rnatganlar. Balx shaxri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan. 5 asrning 30-50 yillarida kidariylar bilan sosoniylar o'rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo'lib qolgan. Bu ikki davlat o'rtasida 456 yilda bo'lib o'tgan navbatdagi to'qnashuvda sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o'zini qayta o'nglab ololmaydi. Buning ustiga tez orada kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko'chmanchi chorvador axoli - eftallar bilan to'qnashadilar. Natijada, kidariylar O'rta Osiyoni tark etib, janubga - SHimoliy Xindistonga chekinadilar. U yerlarda 75 yil xukmronlik qiladilar. Eftallar davlati. Eftallarning ilk ajdodlari Xitoyning shimoli-g'arbiy xududida (Xesi) yashagan turkiy xun qabilalari ittifoqi tarkibida bo'lgan. Xitoy manbalarida ta'rif etlishicha, mil. avv. 7 asrda mallasoch, ko'zi ko'k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomir tog'i etaklariga kelib o'rnashgan. Xunlar davlati yemirilgach, ularning ikkinchi qismi esa Jung'ariyaga, Elsuvi (Ili) xavzasiga borib o'rnashgan. Bu yerda ular Yueban etnik uyushmasini tashkil qilganlar. Yuebandan eftal nomi bilan atalgan yirik gurux ajralib, 3 asrda Turonning janubiy va Xarkon (Kaspiy) dengizining shimolida yastangan yaylovlarga o'rnashib boshqa turkiy elatlar bilan aralashib ketadi. Eftallar 4 asrning ikkinchi yarmida ko'payib, avval xioniylarni, so'ngra boshqalarni tobe etib, davlat barpo etganlar. 5 asrda ular Kidariylar davlatini mag'lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilan to'qnashganlar. 5 asrning o'rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. "Eftal" degan nom ilk bor "xeptal" shaklida 5 asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "Eftalon" deb yuritilgan shox nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb xam ataganlar, u eftallar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida CHag'oniyon, Toxariston va Badaxshon bo'ysundiriladi. Bir zarba bilan So'g'dda o'z xukmronligini o'rnatadilar. Eftallar davlati nixoyatda kuchayadi. Xatto ular o'zaro aloqa o'rnatish maqsadida 456 yilda Xitoyga elchi yuboradilar. Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o'rtadagi jangu jadallar ayniqsa sosoniylar shoxi Pero'z xukmronlik qilgan davrda (459-484) avjiga chiqadi. Sosoniylar shoxi eftallarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dastlabki janglardayoq u mag'lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o'lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Biroz vaqt o'tgach, ikkinchi marta eftallarga qarshi qo'shin tortadi. Ikkinchi yurish xam muvaffaqiyatsiz tugaydi. SHoxning Kubod ismli yosh o'g'li eftallar yurtiga garovga yuborilib, Pero'z tutqunlikdan ozod etiladi. Pero'z 484 yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shoxining xalokati bilan tugaydi. Marv ishg'ol qilinib, Eron ustiga juda og'ir o'lpon yuklanadi. Pero'z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) xukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan. Sosoniylar kumush xisobida belgilangan bojni uzluksiz to'lab turadilar. Keyinchalik Eftallar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo'tan, Qoshg'ar shaxarlarini xam o'z tasarrufiga kiritadilar. SHu tariqa kuchli suvoriy (otliq)lardan iborat qo'shinga ega bo'lgan eftallar bir qancha yarim mustaqil mulkdorlarning uyushmasidan iborat ulkan davlatni barpo etdilar. Mazkur mulklar xukmdor - SHo (shox) ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Xatto ularning xar biri o'zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan. SHunday qilib, 5 asrning ikkinchi yarmi va 6 asrning boshlarida O'rta Osiyo, SHarqiy Eron, SHimoliy Xindiston va SHarqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan, ilk o'rta asrlarning yangi qudratli davlati xisoblangan eftallar davlati tashkil topadi. Kumush lagan - Eftallar. CHelak shaxri.Samarqand viloyati. 5 asr. Buyuk ipak yo'li davrida: Bandi az dengizi - Qora dengiz. Xazar dengizi - Kaspiy dengiz. Jand dengizi - Orol dengiz. Azoq dengizi - Azov dengiz. Eli - Don daryosi. Bijanaklar - Qora dengiz shimolida yashagan. O'g'uzlar - Sirdaryo bo'ylari va Kaspiy dengizi shimolida yashagan. Amudaryo - Amudaryo. Sirdaryo - Sirdaryo. 3-§. Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayot Xo'jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan axolining etnik tarkibi xilma-xil bo'lgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy xayoti esa biri ikkinchisinikidan keskin farq qilgan. Eftallar kelib chiqishiga ko'ra ko'chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli chorvachilik bilan shug'ullanib, yaylovlarda o'tov qurib yashaganlar. Keyinchalik eftallar zabt etgan yerlarda savdo-sotiq rivojlandi. SHunday qilib yillar o'tishi bilan ular omilkor maxalliy axoli bilan qorishib ketadilar. Toxariston va So'g'd dexqonchilik xamda bog'dorchilikning rivoj topgan markazi xisoblanardi. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g'alladan tashqari sholi xam yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, 5-6 asrlarda SHarqiy Turkiston va O'rta Osiyo yerlarida paxta ekilgan. Uning tolasidan oppoq va nixoyatda mayin mato to'qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo'lgan. CHunki o'sha davrlarda Xitoyda paxta xali ekilmas edi. Axolining dashtliklarda yashovchi yarim ko'chmanchi qismi chorvachilik, xususan qoramol va qo'y-echkilar boqish, tuyachilik, tog'li va tog'oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug'ullanishgan. Farg'ona vodiysi xamon zotli arg'umoqlari bilan mashxur edi. Er egaligi. Ziroatkor yerlarning kattagina qismi xali xam qishloq jamoalari tasarrufida bo'lsada, ammo mamlakatdagi yer maydonlarining ma'lum bir qismi dexqonlar qo'lida va ibodatxonalar ixtiyorida bo'lgan. Buning natijasida qishloq jamoasining kashovarz erkin qo'shchilari ma'lum darajada dexqonlarga tobe bo'lib, ularga qaram kadivarlarga aylana borgan. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug' jamoalari xamda ularning oqsoqollari xvabulari tasarrufida edi. Xozirgi vaqtda xam Toshkent voxasi va Janubiy Qozog'iston yerlarining bir qismini suv bilan ta'minlab turgan Zog'ariq (Zovariq) va Bo'zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg'om kanali 5 asrda barpo etilgan eng yirik sug'orish tarmoqlaridan xisoblanadi. Xuddi shu davrda CHag'oniyon (Surxondaryo), Samarqand, Buxoro, Kesh (SHaxrisabz), Naxshab (Qarshi) va Toshkent atroflari to'la o'zlashtirilib, aloxida-aloxida dexqonchilik voxalari shakllanadi. Keyinchalik bu voxalarda yer egasi bo'lgan dexqonlarning siyosiy mavqeyi oshib, ular yetakchilik qilgan kichik xududga ega voxa xokimliklari vujudga keladi. Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo'lgan eftallar "Ipak yo'li"ni o'z nazoratlari ostida tutib turishga xarakat qilgan. Xitoy, Xindiston, Eron va Vizantiya bilan bo'lgan xalqaro savdoda faol qatnashardi. Ipak yo'li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan so'g'diylar vositachilik rolini o'ynardi. Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy xukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda maxalliy xokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo'lgan. Bu mamlakat xayotida maxalliy voxa xokimlari katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi. Eftallar davrida axolining tabaqalanishi, yani mulkiy tengsizlik kuchayib borgan. SHu boisdan davlat boshqaruvida qonun-qoidalar tarkib topgan. Davlat xarbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. Hayotiy o'zgarishlar. Ko'chmanchi qabilalarning dexqonchilik voxalari atrofiga kelib o'rnashishi bilan ma'lum darajada dasht udumlari va e'tiqodiy tasavvurlari o'troq axolining xayotiga kirib bordi. Asriy madaniy an'analari kuchli bo'lgan Toxariston va SHarqiy So'g'd voxalarida ko'chmanchilar tez orada o'troqlashdilar. Samarqand, Buxoro, Naxshab va CHoch (Toshkent) kabi dexqonchilik voxalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko'plab istexkomli qasrlar va qo'rg'onlar qad ko'tardi. Ularning ayrimlari xatto ikki qavatli bo'lib, yuqorisiga pandus (qiya ko'tarma yo'lak) orqali chiqilgan. O'rta Osiyo axolisi turli tillarda so'zlashgan. CHorvador axoli o'rtasida turkiy til muxiti xukmron edi. O'troq axolining bir qismi so'g'd tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so'zlashgan. Bu davrda so'g'd tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg'ona orqali SHarqiy Turkistonga kirib, Xitoy xududlarigacha yetib bordi. 5-6 asrlarda So'g'd yozuvi, Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan edi. Eftallar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo'ladi. Eftallar yozuvi 25 xarfdan iborat bo'lgan. Xat chapdan o'ngga tomon ko'ndalangiga yozilgan. Eftallar o't va quyoshga topinuvchi otashparast bo'lganlar. Markaziy Osiyodagilari esa budda, nasroniy va zardusht dinlariga e'tiqod qilishgan. Ularning so'nggi avlodlari o'zbek, turkman va turk elatlari tarkibiga singib ketgan. Zamonamizgacha turkman va anatoliyalik turklar tarkibida "abdal" nomli etnik gurux saqlangan. SHu tariqa turkiy dunyo kengayib, kamol topgan va Yevrosiyoda muxim o'rin egallagan. Bu davrda Xitoy, Xindiston va Eron bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar kengayib boradi. 5 asrda o'rta osiyolik shishasozlar Xitoy xunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o'rgatadilar. O'rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jixatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o'z saroylarini bezashda O'rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. SHunday qilib, O'rta Osiyo axolisining madaniy an'analari qo'shni mamlakatlar, xususan, Xindiston va Eron tasviriy uslublari bilan omixtalashib, ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustaxkam poydevorga aylanadi. Ilk o'rta asrlarda: Xarkon dengizi - Kaspiy dengiz. O'kuz ko'li - Orol dengiz. Ko'xcha dengiz - Balxash ko'li. 5 asr o'rtalari Eftallar tomonidan Bey Vey davlatining Qoshg'ar va Yorkent shaharlari egallandi. Sirdaryo - Xasart, Sayxun. Amudaryo - Jayxun. Mixirakula davrida tanga zarb etilgan (Eftaliylar davlati). Sopol ko'za - Kofirqal'a (7-8 asrlar). 4-§.O'rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida Xoqonlikning tatshkil topishi. 6 asr o'rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552 yilda Bumin "xoqon" deb e'lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g'arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg'u xoqon" degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo'ysundiriladi. 555 yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi eftallar davlati xududlariga borib yondoshadi. 558 yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo'ylarini zabt etadi. 575-576 yillarda SHimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarimoroliga kirib boradilar. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va CHag'oniyonni eftallardan tortib oladilar. Eftallar davlatining qulashi. Turk xoqonligining eftallar bilan to'qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so'ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo'lishidan manfaatdor edi. Xusrav 1 Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o'zaro xarbiy ittifoq Eron shoxining Istamiga kuyov bo'lishi orqali yanada mustaxkamlanadi. Eron askarlarining Balxga xujumi ko'magida turklar 563 yilda eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (CHirchiq) vodiysi va uning markazi CHoch shaxri ishg'ol qilinadi. Sirdaryodan o'tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo'shini yengiladi. SHunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567 yillarda zarbaga uchragan eftallar davlati bir asrdan oshiqroq xukmronlikdan so'ng tamomila barbod bo'ladi. Natijada mag'lub davlatning merosi o'zaro bo'linib, Amudaryoning janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlar Eron, uning o'ng soxillari bo'ylab Kaspiy dengizigacha cho'zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o'tadi. Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o'zgaradi. Endilikda o'z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo'li ustida xaqiqiy sarbon bo'lib oladi. Uzoq SHarqdan Eron xududlarigacha karvon yo'li nazoratini o'z xomiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo'ldi. Turk xoqonligining boshqaruvi. Turk xoqonligi qanchalik katta bo'lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so'zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo'lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Xukmdorning xokimiyati urug'-aymoq udumlariga tayangan xarbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko'chmanchi chorvador va o'troq dexqon axoliga bo'linardi. Ko'chmanchi chorvador axoli "budun" yoki "qora budun" nomlari bilan yuritilgan. Budun o'z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. U "o'n o'q budun" yoki "o'n o'q el" deb yuritilgan. O'n o'q budun yoki elning xokimi "yabg'u" yoki "jabg'u" nomi bilan atalardi. Yabg'u darajasiga faqat xoqon urug'iga qonqarindosh bo'lganlargina ko'tarilardi. SHu boisdan ba'zan u "yabg'u xoqon" deb ulug'langan. O'n o'q el sardori bir tuman (ya'ni o'n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday xarbiy bo'linmaning tumanboshisi "shod" deb yuritilgan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling