Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet16/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Maxmud Zamaxshariy. Abulqosim Maxmud az-Zamaxshariy 1075 yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, SHom, Bag'dod, Xirot va Makkada xayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o'rganishiga sabab bo'ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlarni to'playdi.

Maxmud Zamaxshariy turli soxa ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetik va morfologiyasiga bag'ishlangan "Al-Mufassal", Qur'oni karim tafsiriga oid "Al-Kashshof" asari musulmon olamida mashxurdir. Zamaxshariy "Arab va g'ayri arablar ustozi", "Xorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan. Qoxiradagi dunyoga dong'i ketgan Al-Azxar diniy dorilfununining talabalari xozir xam "Al-Kashshof" asosida Qur'oni karimni o'rganadilar.

Burxonuddin al-Marg'inoniy. Mashxur fiqx (xuquqshunos) olimi Burxonuddin al-Marg'inoniy 1123 yilda Rishtonda (Farg'ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg'inoniyning eng nodir asari to'rt jildlik "Xidoya" asaridir. "Xidoya" islom xuquqshunosligi bo'yicha mukammal asar bo'lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi xuquqshunoslar uchun xam nazariy, xam amaliy qo'llanma vazifasini o'tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Xozirgi kunda xam muxim manba sifatida foydalanib kelinmoqda.

2000 yilda al-Marg'inoniyning 910 yilligi nishonlandi.

Turkiy yozma adabiyot. Bu davrda Movarounnaxr va SHarqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan dayom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Xojibning (11 asr) "Qutadg'u bilig", Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk", Axmad Yugnakiyning "Xibat ul-xaqoyiq", Axmad Yassaviyning "Xikmat" kabi asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o'zbek va uyg'ur tillarining vujudga kelishida xam muxim bosqich bo'ldi.

Kalom - islom ta'limotini asoslab beruvchi diniy ilm

Metafizika - sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo'lmagan obektlarni (sifat, mazmun, moxiyat, xodisa) tadqiq etuvchi fan

Muallimus-soniy - ikkinchi muallim. Farobiy shu nom bilan ulug'langan

Falsafa - xayotdagi barcha narsa va xodisalarning aloqadorligini o'rganuvchi fan

SHayx ur-rais - donishmandlar sardori

22-§. Me'morchilik, san'at, musiqa va diniy e'tiqod

Me'morchilik va san'at. O'rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy xayotning bu soxasiga xam kuchli ta'sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O'zgan va Marv kabi shaxarlarda bu davrda ko'plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shaxridagi Ismoil Somoniy, Namozgox, Minorai Kalon xamda Vobkent va Jarqo'rg'ondagi·minoralar va ko'pgina boshqa binolar o'sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar o'ziga xos me'morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi.

Bu davrda yo'nilgan tosh, pishiq g'isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, novalar, ko'priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday inshootlarning o'lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g'oyat puxta ishlangan. Masalan, 10 asrda Nurota tizmalaridagi Pastog' darasi to'silib barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to'plangan. To'g'on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Bu suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu xududlarda tez-tez sodir bo'ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini xam xisobga olganlar. Bu, shubxasiz, 17 asr mashxur frantsuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to'g'risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam Movarounnaxrlik muxandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi.

Turar joylar. 10 asrdan boshlab binokorlikda sinchkori turar joylar, imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo'shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to'sinlarigacha yog'ochlarni biriktirish uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g'isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish xozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shaxar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma'lum bo'lishicha, 10-11 asrlarda xam paxsa va xom g'ishtdan qurilgan imoratlar shaxar me'morchiligida asosiy o'rinni egallagan.

Naqqoshlik va o'ymakorlik. 9-12 asr boshlarida me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o'ymakorlik san'ati xam ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi.

Xattotlik. Bu davrda xattotlik xalq san'atining muxim va keng tarqalgan soxalaridan biri edi. Xali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo'lyozma kitoblardan nusxalari faqat qo'lda ko'chirilishi tufayli xattotlik san'ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda xusnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda xam xayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.

Musiqa san'ati. 9-13 asr boshlarida musiqa san'ati xam g'oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to'ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubxasiz, kuy va qo'shiqsiz o'tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo'biz, rubob, nay, surnay, kamay, qo'shnay va qonun kabi g'oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg'u asboblaridan keng foydalanganlar.

Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o'zbek xalqlarining mumtoz kuyi "SHashmaqom" uchun poydevor bo'lgan "Rost", "Xusravoniy", "Boda", "Ushshoq", "Zerafkanda" "Buslik", "Sipoxon", "Navo, "Basta", "Tarona" kabi yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san'ati she'riyat xamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog'langan xolda taraqqiy etadi.

Din. 9-13 asr ma'naviy xayotida islom dini muxim o'rin egallaydi. Bu davrda musulon SHarqida keng tarqalib, jaxon dini darajasigacha ko'tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnaxr axolisi islom dinini qabul qilib, shariat axkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini o'rganishga kirishdi. Markaziy shaxarlarda qator masjid va madrasalar qad ko'tardi.

12 asrda esa Buxoroning Darvozayi Mansur maxallasida xatto qonunshunoslar uchun maxsus "Faqixlar madrasasi" qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini ta'limotining asosiy manbalari: Qur'oni karim, Xadisi sharif va arab tilini mukammal o'rganishga katta e'tibor bergan. SHariat axkomlarini xar tomonlama chuqur o'rgatishda "Tafsir" - Qur'oni karimning sharxlari juda boy va qimmatli manba xisoblangan. Fiqx fani (islom xuquqshunosligi) axloq va shariat axkomlari borasida mukammal ma'lumot beradi.

Islom dini ta'limotining ravnaqi va targ'ibotining kengayishida ayniqsa Buxoro shaxri markazga aylandi. Buxoro madrasalari juda ko'p yetuk fiqxshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqadi. SHu boisdan Buxoro 9 asrdan boshlab "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" nomi bilan shuxrat topadi.

Tasavvuf. Tasavvuf o'rta asrlar musulmon SHarqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab 8 asr o'rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkistonning turli o'lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo'ladi. Turkistonda 12 asrda Yassaviya, 12 asr oxirida Xorazmda Kubroviya, 14 asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi.

Movarounnaxrda keng yoyilgan tasavvuf - Yassaviya tariqati bo'lib, unga Axmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashxur "Xikmat" asarida bayon etiladi. Axmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz xaqiqat bo'la olmaydi. Ularning xar biri ikkinchisini to'ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g'oyasi olg'a suriladi. Unga faqat bu dunyo roxati va farog'atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo'lida zaxmat chekib, mashaqqatli mexnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mexnat va aziyat shariat yo'lida bo'lmog'i xamda tarkidunyochilik targ'ib etilsada, inson zoti sharif darajasida ulug'lanadi. Insonning xar qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta'kidlanadi.

Tasavvuf ta'limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda "Kubroviya" tariqatiga asos soladi.

Yassaviy tariqatidan farqli o'laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo'lida olib boriladigan mashaqqatli mexnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan baxramand bo'lishning joizligi g'oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo'lgan muxabbat nixoyatda kuchli bo'lib, xar qanday og'ir damlarda xam omma bilan birga bo'lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi.

Tasavvuf 14 asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. Unga Baxouddin Naqshband asos soladi. U 1318 yilda Buxoro yaqinida Qasri Xinduvon qishlog'ida matolarga naqsh bosuvchi xunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o'rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.

Xoja Baxouddin "Xayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar yozib, o'z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni xalol va pok bo'lishga, o'z mexnati bilan kun kechirishga, muxtojlarga xayr-exson berishga, sofdil va kamtar bo'lishga chaqiradi. Uning "Dil bayoru dast ba kor" ("ko'ngil Alloxda bo'lsinu, qo'l ish bilan band bo'lsin") degan xikmati Naqshbandiya tariqatining xayotiy moxiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mexnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ'ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Xo'ja Axror kabi buyuk allomalar katta xissa qo'shadilar.

Mustaqillik sharofati bilan Axmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband, Najrniddin Kubro singari bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaxo ma'naviy meroslaridan xozirgi avlodlar baxramand bo'lmoqdalar. Xolbuki islomiy mafkura va tasavvuf ta'limoti asosida ajdodlarimiz kamol topib, o'zidan o'chmas tarixiy meros qoldirdi.

Movarounnaxrdagi birinchi madrasa 10 asrda Buxoroda Kavishdo'zlar maxallasida ochilgan. U Farjak madrasasi deb atalgan.

Mafkura - ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.

Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni xalollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, xar kimni o'zining xalol mexnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da'vat etuvchi ta'limot.

Tariqat - tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya'ni, komil inson darajasiga erishishni ko'rsatuvchi yo'l.

23-§. Etnik jarayonlar va o'zbek xalqining shakllanishi

Etnik jarayon. Jaxondagi boshqa xalqlar kabi o'zbek xalqining shakllanishi xam uzoq yillar davomida sodir bo'lgan etnik jarayonlar maxsulidir.

O'zbeklar aloxida etnik birlik (elat) bo'lib, Osiyoning markaziy xududlari: Movarounnaxr, Xorazm, Yettisuv, qisman SHarqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. O'zbek xalqining asosini xozirgi O'zbekiston xududida qadimdan o'troq yashab, sug'orma dexqonchilik, xunarmandchilik bilan shug'ullanib kelgan maxalliy so'g'diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, farg'onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang'lar, ko'chmanchi sak-massaget kabi etnik guruxlar tashkil etgan. SHuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, SHarqiy Turkiston xamda Volga va Ural daryosi bo'ylaridan turli davrlarda Movarounnaxrga kirib kelgan etnik guruxlar (komponentlar) xam O'zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy Eroniy tillarda so'zlashganlar.

Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jixatdan aralashuv jarayoni natijasida o'troq xayotga moslashgan turkiy xududiy maydon, o'zbek xalqiga xos antropologik tip (qiyofa) shakllanadi.

Mil. avv 3 asrda Sirdaryoning o'rta oqimida turkiy va so'g'diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang' davlati davrida Movarounnaxr va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o'ziga xos uyg'unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat "Qovunchi madaniyati" nomini kolgan. Antropolog olimlarning ta'kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O'rta Osiyoning vodiy va voxalarida yashovchi axoli tashqi qiyofalarida xozirgi o'zbek va voxa tojiklariga xos O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i antropologik tipi (qiyofasi) to'liq shakllanadi.

O'zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar xamda 4-5 asrlarda O'rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung'oriyadan, SHarqiy Turkistondan kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftallardir.

SHuningdek, o'zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi davrida O'rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Farg'ona vodiysi, Toshkent, Afshon, Qashqadaryo, Surxondaryo voxalari) va Xorazmga kelib o'troqlashgan turkiy qabilalar faol ta'sir ko'rsatadi. Turkiy elatlar va maxalliy o'troq axoli o'rtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining maxalliy madaniy xo'jalik an'analar bilan jadal uyg'unlashuvi yuz berdi. 7 asrdan boshlab o'lkamiz "Turkiston" nomi bilan atala boshlagan.

O'zbek xalqining tashkil topishi. 8 asrdan arab va ajam xalqlarining O'rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta'sir etmagan bo'lsada, bu davrda Movarounnaxrdagi o'troq va yarim o'troq turkiyzabon axoli, so'g'diylar va Xorazmning tub yerli axolisi o'z xududlarida qolib, arablar xukmronligi ostida yagona islomiy e'tiqod birligi uyg'unlashdi.

9 asrda Movarounnaxr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muxiti vujudga kela boshladi va o'z navbatida so'g'diylar va boshqa maxalliy etnoslarda xam turkiylashish jarayon jadallashgan. Bu davrda Movarounnaxr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo'lib, bu qatlam asosini aksariyat ko'pchiligini o'troqlashgan turg'un turkiy etnoslar tashkil qilgan

Qoraxoniylar davrida Movarounnaxr va Xorazmda siyosiy xokimiyat turkiy sulolalarga o'tishi munosabati bilan sodir bo'lgan etnik jarayon o'zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo'ldi. Aynan mazkur davrda o'zbek xalqiga xos elatni belgilovchi xududi, madaniy-ma'naviy umumiylik, etnik o'zlikni anglash, ma'lum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllangan. Bu davrda o'zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishidagi muxim axamiyatga ega bo'lgan aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi.

SHunday qilib, asrlar osha yurtimizda sodir bo'lgan o'ta murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 9-12 asrlarda o'zbek xalqi shakllandi. Uning o'q ildizini o'lkamizda muqim yashab kelgan o'troq ziroatkor, mirishkor va chorvador tub yerli axoli tashkil etdi. Bunday ikki turli turmush tarzdagi axoli o'rtasida yuzaga kelgan iqtisodiy va madaniy o'zaro aloqalarning muqim qaror topishi oqibatida mazkur o'troq va ko'chmanchi chorvador mintaqalar oralig'i (Movarounnaxr)da joylashgan axoli qadimdan ikki: so'g'd va turkiy tillarda so'zlashgan. SHubxasiz, asrlar davomida kengayib borgan o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning uyg'unlashuvi natijasida o'zbek va qator qardosh elatlarning ota-bobolarni birikishiga olib kelgan. Xali yozuv yuzaga kelmasdan avval boshlangan bunday ulkan etnogenetik jarayonning izlari yurtimizning joy nomlari, ma'nosida o'z ifodasini topgan.

Etnik jarayon - kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo'lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo'shilib borishi

Turkiston - turkiy axoli o'rnashgan o'lka

24-§. Xorazmshoxlar saltanati bilan Mo'g'ullar davlati o'rtasidagi munosabatlar

Mo'g'ullar davlati. 11 asrda mo'g'ul qabilalari xayotida xali urug' aymoqchilik munosabatlari nixoyatda kuchli edi. Ular asosan ko'chmanchi chorvachilik, ovchilik va o'zaro maxsulot ayirbosh qilish bilan shug'ullanar edi. Bu davrda mo'g'ul urug' va qabilalari o'rtasida o'zaro kurash avj olib bormoqda edi. Mo'g'ul urug' boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 1206 yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qunn) deb e'lon qilinadi, unga "CHingiz" laqabi beriladi va Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi.

CHingizxon ko'p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qo'shin xamda 10 ming nafar turk azamatlaridan kezik (keshik) xos soqchilar qismini tuzadi. So'ng istilochilik urushlari olib borishga kirishadi 1206 yilda mo'g'ul urug'-qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin (CHingisxon) xon deb e'lon qilinadi, mo'g'ullar davlatiga asos solinadi.

Qo'shni davlatlarning bosib olinishi. 1206 yilda dastlab naymanlar bo'ysundirildi. 1207-1208 yillarda Enasoy xavzasi so'ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg'urlar taslim bo'ldi. 1211-1215 yillarda CHingizxon bir necha bor Xitoyga xujum qilib, SHimoliy Xitoyning markazi Szindi shaxrini ishg'ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. SHimoliy Xitoy yerlari Mo'g'uliston davlatiga qo'shib olindi. CHingizxon Xitoydan ko'p o'ljalar, cho'rilar bilan xarbiy qurol yasaydigan va ularni ishlata biladigan moxir xunarmandlarni xam Mo'g'ulistonga olib ketadi. SHu yo'l bilan u o'z qo'shinini zamonasining eng yaxshi xarbiy qurol-aslaxalari bilan ta'minlaydi.

CHingizxon 1218-1219 yillarda SHarqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo'lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. SHunday qilib, Gobi saxrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati xukmronligi ostida birlashtirilgan edi. endilikda Mo'g'ullar davlatining g'arbiy xududlari Sulton Muxammad Xorazmshox saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.

O'zaro elchilik aloqalari. CHingizxon va Xorazmshox o'rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu aloqalari xaqda ma'lumotlar to'plashga xarakat qilinadi. Ikki o'rtada xatto elchilik aloqalari o'rnatiladi.

Dastavval, 1216 yilda CHingizxon xuzuriga Xorazmshox Baxouddin Roziy boshchiligida o'z elchilarini yuboradi. Elchilarni CHingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Xatto, elchilardan u Sulton Muxammadni G'arbning soxibqironi (G'arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o'zini esa SHarqning podshosi deb xisoblashini Xorazmshoxga yetkazishlarini so'raydi. CHingizxon qimmatbaxo sovg'alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o'z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga xorazmlik savdogar Maxmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. CHingizxon elchilarini Sulton Muxammad 1218 yilning baxorida Buxoro shaxrida qabul qiladi. Elchilar CHingizxon Sulton Muxammadni qudratli podshox sifatida bilib, uni o'zining eng ardoqli o'g'illari qatorida ko'rishi xamda u bilan do'stona shartnoma tuzishga roziligini aytishadi. Eng ardoqli o'g'illari qatorida ko'rish "iltifoti", shubxasiz, SHarq ustomonligida CHingizxonning Xorazmshoxni o'ziga qaram qilib olish niyati bor degan ma'noni anglatardi. O'zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb xisoblab yurgan podshoga bunday istiqbol sira yoqmas edi. Xorazmshox Maxmud Yalavochni tunda xufiyona o'z xuzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik bo'lgani uchun CHingizxonga emas, balki Xorazm shoxiga xizmat qilishini, CHingizxon to'g'risidagi bor xaqiqatni aytishini, keyinchalik xon qarorgoxida Xorazmshoxning josusi bo'lib qolishini talab qiladi. CHingizxon o'z elchilarining ish natijalaridan mamnun bo'ladi. CHunki Maxmud Yalavoch Xorazm davlati va uning podshosi to'g'risida CHingizxonga, mo'g'ullar to'g'risida Xorazmshoxga aytgan ma'lumotlariga qaraganda xam ko'proq axborot to'plab qaytgan edi.

Munosabatlarning keskinlashuvi. CHingizxon Sulton Muxammadga o'z minnatdorchiligini izxor etish va ikki buyuk, qo'shni davlatlar o'rtasida sharnoma tuzish uchun 1218 yilning o'zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo'natadi. Karvon ko'p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo'ynalari va boshqa xil qimmatbaxo mollar ortilgan 500 tuyadan xamda 450 musulmon savdogarlaridan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shaxri tomon borar edi. Ammo karvon yo'lda chegara shaxar O'trorda ushlab qolinadi. SHaxarning noibi G'oirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning xammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina o'limdan qutulib qoladi. U CHingizxonning qarorgoxiga zo'rg'a yetib borib, karvonning daxshatli qismatidan xabar beradi.

CHingizxon Xorazm ma'murlaridan xisoblangan O'tror noibining xiyonatkorona xatti-xarakatidan nixoyatda g'azablandi. Ammo g'azabini bosib, Ibn Kafroj Bug'roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshox xuzuriga elchi qilib yuboradi. CHingizxon Sulton Muxammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib uning ixtiyoriga jo'natishni talab qiladi. Xorazmshox CHingizxonning talabiga javoban elchini o'ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo'ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o'rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshox uyushtirgan bu voqea xar ikki buyuk davlatlar o'rtasida urush boshlanishiga baxona bo'ldi.

Xorazmshoxlar davlatining inqirozga yuz tutishi. 13 asrning boshlarida Xorazmshoxlar saltanati qo'shinining umumiy soni CHingizxon xarbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshox xokimiyati siyosiy, xususan ma'muriy boshqaruv jixatidan mustaxkam emas edi. CHunki, mansabdor davlat tang axvolga tushib qolgan paytlarda o'z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o'zboshimchalik bilan o'z bilganlaricha yo'l tutar edilar. Xatto ayrim viloyat xokimlari Xorazmshoxga nomigagina bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargoxi ichida kuchli nizo xukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni "turklar onasi" nomi bilan shuxrat topgan Sulton Muxammadning volidasi qo'shinning oliy sarkardalari xisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali maxkam bog'langan edi. U o'z qabiladoshlari manfaati yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, xatto ularda shoxga qarshi adovat ruxini uyg'unlashtirib qo'ygan edi. Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy xayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o'ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muxammad o'z xukmronligining so'ngida "Davlat kengashi" ni ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muxokama etilib, qaror qabul qilinsada, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining CHingizxon boshliq bosqiniga duchor bo'ldi

1206 yilda mo'g'ul urug'-qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin (CHingizxon) xon deb e'lon qilinadi, mug'ullar davlatiga asos solinadi.

CHingiz - kuchli, qudratli, toza.

Szindi - Pekin shaxri.

25-§.CHingizxon bosqini

Xorazmshoxning mudofaa rejasi. CHingizxon Moyarounnaxr yurishiga katta axamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko'rgan edi. Xali xarbiy yurish boshlanmasdanoq u o'z dushmanining kuch-qudratini urushga tayyorgarlik to'g'risida savdogarlar orqali to'plagan ma'lumotlarni sinchiklab o'rgangan. CHingizxon Xorazmshoxlar davlatining ichki axvolidan to'la xabardor edi. Xorazmshox bilan sarkardalar o'rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo'lgan xarbiy kengashda ular o'rtasidagi ixtilof yaqqol namoyon bo'ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish o'rniga fikrlar bo'linib ketdi. Sulton katta qo'shinni bir joyga to'plashdan qo'rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to'plangan qo'shin uni taxtdan ag'darib tashlashi mumkin edi. SHuning uchun xam xarbiy kengashda sulton o'z qo'shinlarini turli shaxarlarda aloxida-aloxida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qiladi. SHu tariqa mamlakat mudofaaga tayyor bo'lmagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yo'l tutildi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling