Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Maxallalarimizni yanada obod qilish maqsadida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 1,7 mlrd so'm miqdorida mablag' sarflanib 310 ta maxalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik suv tarmog'i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog'i ishga tushirildi. Maxallalarda 36,2 mlrd so'mlik kredit mablag'lari xisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib qariyib 155 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi. 1,2 mlrd so'mlik xayriya yordami berildi. SHunday qilib, maxalla O'zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o'zini o'zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Maxalla yig'ini raisi (oqsoqol), mas'ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta'sis etildi. Maxalla yig'ini raisi (oqsoqoli) va mas'ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo'ldi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga baxo berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg'unlashgan fuqarolik jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida o'zini lo'la oqladi. Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro'yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo'lmish maxallaning roli g'oyat kattadir. O'zbekistonda maxalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani xamda axolini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmi bo'lib qoldi. Maxallalari obod bo'lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta. Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O'zbekistonda shakllangan maxalla tizimi bilan qiziqib, uning faoliyati bilan ya-qindan tanishmoqdalar. Ular O'zbekistondagi maxalla tizimi fuqarolik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baxo bermoqdalar. 10-§. Inson xuquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi Inson, uning xuquqi va erkinligi masalasi demokratik xuquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muxim belgilaridan biri bo'lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko'rsatuvchi mezondir. Xalqaro xuquq normalarining tan olinishi. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan e'tiboran, inson xuquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lidan bordi. 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti" da O'zbekiston Respublikasi xalqaro xuquq doirasida xamma e'tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi. O'zbekistonda inson xuquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi" (1948 yil 10 dekabr) "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xuquqlar to'g'risida Xalqaro Pakt" (1966 yil 19 dekabr), "Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt" (1966 yil 19 dekabr) kabi xalqaro xujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O'zbekiston BMT kotibiyatining inson xuquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo'shildi. O'zbekiston Yevropada Xavfsizlik va xamkorlik Tashkiloti xujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson xuquqlari bo'yicha Byurosi bilan inson xuquqlarini ximoya qilish soxasida xamkorlik qilmoqda. Inson xuquqlari va erkinliklari oliy qadriyat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O'zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning xayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz xuquqlari oliy qadriyat xisoblanadi. Demokratik xuquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan ximoya qilinadi, deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo'yilganidek, O'zbekistonda barcha fuqarolar bir xil xuquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar. O'zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston fuqarosi xisoblanadi. Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy xuquq va erkinliklari quyidagicha ta'riflab berilgan: o yashash xuquqi; o erkinlik va shaxsiy daxlsizlik xuquqi; o aybsizlik prezumpsiyasi; o shaxsiy xayotga aralashishdan ximoyalanish va uy-joy daxlsizligi xuquqi; o bir joydan ikkinchi joyga ko'chish xuquqi; o fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi; o fuqarolarning o'z xuquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan xujjatlar bilan tanishib chiqish xuquqi; o vijdon erkinligi. Mazkur xuquq va erkinliklarga xar bir shaxs ega bo'ladi, xamda o'zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson xayoti qonun bilan qo'riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy xuquq va erkinliklari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Fuqarolik kodeksi" (1995 yil 21 dekabr), "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida" (1994 yil 6 may), "Fuqarolar muxofazasi to'g'risida" (2000 yil 26 may), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida" (1998 yil 1 may kuni yangi taxrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan. Siyosiy xuquqlar, ularnini kafolatlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy xuquqlari mustaxkamlangan. Ular quyidagilardan iborat: o davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish; o o'z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig'ilishlar shaklida amalga oshirish; o kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy xarakatlarda ishtirok etish; o vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish. Fuqarolarning siyosiy xuquqlari Konstitutsiya, "Jamoat tashkilotlari to'g'risida", "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida", "Siyosiy partiyalar to'g'risida" va boshqa qonunlar bilan ximoya qilinadi. Iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari mustaxkamlanib qo'yilgan: o uy-joygaega bo'lish; o mulkdor bo'lish va undan erkin foydalanish; o mexnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan ximoyalanish; o yo'llanib ishlaganda dam olish; o qariganda, mexnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan maxrum bo'lganda ijtimoiy ta'minot olish; o malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; o bilim olish; o ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish. Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy xuquqlari O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy soxalardagi qo-nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgilab qo'yilgan xuquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta'minlaydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Zarur bo'lgan xollarda inson xuquqlari sudda ximoya qilinadi yoki tiklanadi. "Fuqarolarning xuquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-xarakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida" gi Qonun (1995 yil 30 avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Fuqarolarning burchlari. Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan xuquqlari va burchlari Bilan o'zaro bog'langan. Davlat fuqarolar xuquqlari va erkinliklarini xam o'z xududida, xam uning tashqarisida ximoya qiladi, ularga xomiylik qiladi. SHuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni xam o'taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo'yilgan. Fuqarolarning burchlari: o Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; o Vatanni ximoya qilish; o xarbiy yoki muqobil xizmatni o'tash. o boshqa kishilarning xuquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini xurmat qilish; o O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy meros obektlarini avaylab-asrash; o qonun bilan belgilangan soliqlar va maxalliy yig'imlarni to'lash; o tabiat va atrof-muxitni saqlash, tabiiy boyliklarga extiyotkorona munosabatda bo'lish. O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muxofaza qilish to'g'risida", "Er to'g'risida", "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida", "Atmosfera xavosini muxofaza qilish to'g'risida" va boshqa qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo'ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. Inson xuquqlari bo'yicha vakil. Inson xuquqlarini ximoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson xuquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), inson xuquqlari bo'yicha Milliy markaz kiradi. 1995 yil 23 fevralda birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi scssiyasida Oliy Majlisning inson xuquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta'sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson xuquqlari bo'yicha vakil o'z faoliyatida xuquqni ximoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va xokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga kolmaklashadi. Inson xuquqlari bo'yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan "Inson xuquqlari bo'yicha vakil (ombudsman) to'g'risida" gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo'nalishlari: o inson xuquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; o shikoyatlarni ko'rib chiqish bo'yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar xuquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko'rish; o vakilning fuqarolar, noxukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson xuquqlari monitoringi soxasidagi xamkorligini mustaxkamlash; o vakilning inson xuquqlari masalalari bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan xamkorligini rivojlantirish. Inson xuquqlari bo'yicha vakil yil oxirida soxadagi ishlar xaqida parlament va Prezidentga ma'ruzalar kiritadi. O'z faoliyatini olib borish paylida vakilning daxlsizligi ta'minlanadi va u tergov ishlari soxasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMT ning inson xnquqlari bo'yicha markazi, YeXXT ning dcmokratik institutlar va inson xuquqlari bo'yicha burosi bilan xamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi. Inson xuquqlari va erkinliklarini ximoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996 yilning noyabrida tashkil etilgan "Inson xuquqlari bo'yicha milliy markaz"ning axamiyati xam kattadir. Milliy markaz inson xuquqlariga rioya etilishi va bu xuquqlarning muxofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma'ruzalar tayyorlaydi. Milliy markaz inson xuquqlari bo'yicha davlat xokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslaxatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o'tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning xuquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo'yicha malumotlarning axborot bazasini barpo etdi. SHuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, xukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar bilan xamkorlik qilmoqda, inson xuquqlari soxasida davlatlararo ikki tomonlama va ko'p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baxolash ishlarida qatnashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson xuquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) S. Rashidova (o'ngdan ikkinchi). Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun xujjatlarining inson xuquqlari soxasidagi xalqaro me'yorlarga muvofiqligini, xalqaro xuquqiy me'yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun xuljatlariga joriy etilishini ta'minlashda 1996 yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis xuzuridagi Amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti xam ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Demokratik saylov tizimining xuquqiy asoslari. Davlat xokimiyatining birdan-bir manbayi xalqdir Demokratik xuquqiy davlatda xalq xokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo'li bilan, ya'ni xokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat axamiyatiga ega bo'lgan muxim masalalar xalq muxokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo'yiladi. Odamlarning saylov xuquqini, o'z xoxish-irodasini erkin ifodalash, o'z manfaatlarini ro'yobga chiqarish va ximoya qilish xuquqini ta'minlash uchun xaqiqiy shart-sharoit, qonuniy-xuquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng muxim tamoyilidir . Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli Saylovlardir. O'zbekistonda xalqaro xuquq andazalari va talablariga, ilg'or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida "O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida" (1991 yil 18 noyabr) va "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" (1991 yil 18 noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991 yil 29 dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o'tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma'qullandi va Islom Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. O'zbekistonda demokratik saylov o'tkazishda ilktajriba to'plandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining xuquqiy asoslari mustaxkamlandi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saqlanish xuquqiga egadirlar. Xar bir saylovchi bir ovozga ega. O'z xoxish-irodasini bildirish, tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, xokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri saylov xuquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari saylash xuquqiga egadirlar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda. Saylovlar xaqida, saylov o'tkazish tartiblari to'g'risida bir qator qonunlar qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida" gi (1993 yil 28 dekabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaxar Kengashlariga saylovlar to'g'risida" gi (1994 yil 5 may), "Fuqarolar saylov xuquqlarining kafolatlari to'g'risida" gi (1994 yil 5 may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997 yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to'g'risidagi qonunga bir qator o'zgartirishlar kiritildi, bo'lajak saylovlar uchun zarur xuquqiy asoslar yaratildi. Saylov komissiyalari. O'zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida" gi Qonunda belgilab qo'yildi. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko'pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999 yilda saylovlarni tayyorlash va o'tkazish uchun Respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaxar Kengashlariga Saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaxarlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o'tkaziladi. Saylov organlari o'z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to'lgan xar bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan xuquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud xukmiga ko'ra ozodlikdan maxrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar. Saylov o'tkazish prinsiplari. O'zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, xar bir saylovchining ovozi teng, ya'ni xar bir saylovchi bitta ovozga ega. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatidan qat'iy nazar teng saylov xuquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega. O'zbekistondagi saylovlar nomzodni to'g'ridan to'g'ri, bevosita saylashni ta'minlovchi saylovlardir. Buning ma'nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va maxalliy vakillik xokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta'minlanadi, ovoz beruvchining xoxish-irodasini nazorat qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to'ldiriladigan aloxida xonacha - kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo'lishi man qilinadi. Byulletenni mustaqil to'ldirish imkoniga ega bo'lmagan saylovchi o'z xoxishiga ko'ra, saylov komissiyasi a'zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin. Saylovlar bir mandatli okruglarda xududiylik tamoyillari bo'yicha o'tkaziladi. O'zbekistonda saylovlar ko'p partiyaviylik prinsipida o'tkaziladi. O'zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko'rsatish xuquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Toshkent shaxar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruxlariga berilgan. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shaxar kengashlari deputatligiga nomzod ko'rsatish xuquqiga ega. Respublika bo'yicha barcha darajalardagi davlat xokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod (Oliy Majlisning quyi palatasiga - 120 ta deputat, Oliy Majlisning Senatiga - 100 ta senator, Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shaxar Kengashlariga - 800 tadan ortiq, tuman va shaxar Kengashlariga - 6000 ga yaqin) deputatlar saylanadi. Xar bir deputatlik o'rniga kamida 5-6 tagacha nomzodlarqo'yiladi va ular o'rtasida qizg'in baxs, kurash ketadi. Saylov natijalarini aniqlash. O'zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan xisoblanadi. Agar saylovchilarning ro'yxatiga kiritilgan Saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo'lsa, saylov yoki referendum o'tmagan deb xisoblanadi. Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o'tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo'lmasa qo'yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o'tkaziladi. Takroriy saylov asosiy Saylovdan keyin ko'pi bilan bir oy ichida o'tkaziladi. Takroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o'tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro'yxatlari bo'yicha o'tkaziladi, ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko'proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko'p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi. Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shaxar Kengashlari deputatlari saylovi, muxim masalalar bo'yicha refcrendumlar bo'lib o'tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O'zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o'tkazish tartiblari xalqaro andozalar (standartlar)ga to'la mos keladi. 11-§. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi Xar bir mamlakatda demokratiya va fnqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, xarakatlar, nodavlal va notijorat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o'rni va faolligi bilan belgilanadi. SHuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo'lmas ekan, davlat xokimiyatining barcha bo'g'inlarida o'zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo'lmasligiga jiddiy kafolat xam bo'lmaydi. Islom Karimov. Asarlar. 5-jild, 121-bet. Siyosiy partiyalar, ijtimoiy xarakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, axolining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatini o'sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar xukmronligi davrida 20 asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning raxbarlari yo'q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarini shakllantirishning xuquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "Jamoat tashkilotlari to'g'risida" gi Qonunida jamoat birlashmalarining xuquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy xarakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan. O'zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,ommaviy xarakatlarda ishtirok etish xuquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruxlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O'zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi (1996 yil 25 dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining xuquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustaxkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi xuquqlarga ega: o o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni erkin tarqatish, o'z g'oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ'ib qilish; o qonunda belgilab qo'yilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, maxalliy vakillik xokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; o partiya faoliyati bilan bog'liq yig'ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o'tkazish; o qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; o O'zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o'rnatish; o O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan xuquqlarga xam ega. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo'lgan ko'p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O'zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy xarakat, faoliyat ko'rsatmoqda. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, axolining ayniqsa saylov jarayonlarida xoxish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda. 2007 yilda qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish xamda mamlakatni inodernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarning jamiyat xayotidagi roli va axamiyatini tubdan kuchaytirdi. Bosh vazir lavozimiga nomzod bo'yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslaxatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishi qat'iy belgilab qo'yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste'foga chiqarish, maxalliy kengashlardagi partiya guruxlariga esa viloyat xokimlarini iste'foga chiqarish to'g'risida tashabbus bilan chiqish xuquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat xayotidagi o'rni va ta'siri ortib borayotganidan dalolat beradi. O'zbekiston xalq demokratik partiyasi (XDP). O'zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O'zbekiston XDPsi 1991 yil 15 noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shaxar va tuman kengashlari, 13665 boshlang'ich tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. 400 mingdan ko'proq a'zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o'z Dasturida milliy mustaqillikni mustaxkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O'zbekiston xalqlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, xar bir kishining munosib xayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tuqarolarning konstitutsiyaviy xaq-xuquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling