Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
"Ijtimoiy ta'minot" dasturi-ishsizlarga yordam ko'rsatishni oshirish, keksalik bo'yicha nafaka to'lash, bepul maktab tushliklari va qisman belul tibbiy xizmatni ko'zda tutdi. Biroq dastur etarli moddiy asosga ega emas edi, shu bois 1948 yildan uni amalga oshirish to'xtalib qo'yildi. AQSH ingliz iqtisodiyotiga katta zarba berdi, bu bilan Angliyani Yevropa qit'asidagi o'z izmidan chiqmaydigan satellit davlatga aylantirish va bir yo'la Uzoq SHarqdagi mustamlakalaridan siqib chiqarishni mo'ljalladi. 1945 yil-avgustida AQSH mutlako kutilmaganda lend-liz bo'yicha mahsulot etkazib berishni to'xtatishni ma'lum qildi. Endilikda Angliya AQSH etkazib beradigan barcha tovarlar uchun nakd pul bilan xisoblashishi lozim edi, bunday pul mamlakatda topilmadi. Mamlakatning moliyaviy ishlari fojeaviy ahvolga keldi. AQSH sobiq ittifoqchisini saqlab qolish uchun unga 1945 yili yirik zayom berdi. Buning evaziga Angliya Britan imperiyasi bozorining bojxona ta'riflarini kamaytirishi lozim edi. Amerika korporatsiyalari o'zi uchun ingliz mustamlakalari va dominionlarida katta bozorga ega bo'ldi. Bu ingliz mustamlaka imperiyasining tugashini tezlashtirdi. Angliya "Trumen doktrinasi" ni amalga oshirish munosabati bilan Bolqonda va SHarqiy O'rtaer dengizida o'z mavqeini yo'qotdi. U o'sha yili Hindistonga ozodlik berishga majbur bo'ldi. Bularning hammasi iqtisodiyot inqirozga yuz tutgan paytda yuz berdi. Mamlakat eksportdan etarli mablag' ololmagani uchun import tovarlari uchun to'lay olmay qoldi. Bir paytlar eng barqaror hisoblangan ingliz valyutasi endilikda amerika dollariga tenglashishga majbur bo'ldi. 1949 yilda funt sterlingning qadrsizlanganligi e'lon qilindi. Ilgari 4 dollar bo'lgan uning kursi 2,80 dollarga tushib ketdi. "Marshall rejasi"ni amalga oshirish Angliyaga yangi zayom olish imkonini berdi. Leyboristlar hukumati buni hayotga tatbiq etishga kirishdi. Angliya AQSH bilan "alohida munosabatlar"ga tayanib, Yevropa va Amerika o'rtasida xuddi bir vositachidek bo'lib qoldi. "Marshall rejasi" bo'yicha 1948-1950 yillarda Angliya mahsulotlari va zayomlar hamda 3 milliard dollarga yaqin yordam oldi. Biroq bu uning iqtisodiy ahvolini yaxshilamadi. Bundan tashqari, mazkur reja Angliyani AQSH tobeligini kuchaytirdi, amerika kapitalini mustamlaka mulklariga kirib kelishini engillashtirdi, amerika kontsernlari bilan raqobatdosh bo'lgan ingliz iqtisodiyoti tarmoqlariga zarar etkazildi. "Marshall rejasi" surunkali davom etayotgan chuqur moliyaviy inqirozga olib keldi. Bu rejadan bir yil o'tgach, 1949 yildayoq Angliya moliyaviy bankrotliq ya'ni sinish xavfi ostida qoldi. 1951 yili konservatorlar partiyasi hokimiyatga keldi va 1964 yilga qadar uni ushlab turdi. Bu paytda U.CHerchill (1951-1955), A. Iden (1955-1957) va G.Makmillan (1957-1964) bosh vazir lavozimida ishladilar. Konservativ hukumat po'lat quyish sanoatini denatsionalizatsiya qildi, biroq "farovonlik jamiyati"ni barpo etish dasturini (bepul tibbiy xizmat, uy-joy qurilishi) amalga oshirishda davom etdi. Ingliz xukmron doiralarining 1956 yilda Misrda o'z mustaqilligini saqlab qolish va kuch bilan o'z talablariga buysundirishga so'ngi urinishi to'liq barbod bo'ldi. Sovet Ittifoqi Misrni himoya qilib chiqdi, 1956 yil-dekabrda ingliz-fransuz qo'shinlari Misrdan olib chiqib ketildi. Bu, ingliz tashqi siyosatining butun mamlakat tarixidagi eng qaqshat muvaffaqiyatsizlikka uchrashi edi. Angliya Osiyoda o'z ta'sirini yo'qotdi va to'liq yakkalanib qoldi. Hatto AQSH ham uni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Jahon siyosatiga Angliya ta'sirining tanazzulga uchrashi 1964 yili hokimiyatga kelgan leiboristlar hukumatida ham davom etdi. Bosh vazir Garol'd Vil'son mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilay olmadi. Valyuta yana qadrsizlandi, Vil'sonning Angliyani "Umumiy bozor"ga qabul kilinishiga urinishi barbod bo'ldi, chunki Fransiya bunga qarshi chiqdi. 1970 yili konservator Edvard Xit bosh vazir bo'ldi. Uning eng yirik muvaffaqiyati Angliyaning 1973 yili "Umumiy bozor"ga qabul qilinishi bo'ldi. Biroq u tred-yunionlar bilan kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1973-74 yillar qishida tog'-kon sanoatida inqiroz boshlandi. 1974 yili leyboristlar partiyasi yana xokimiyatga keldi va Garol'd Vil'son yana bosh vazir bo'ldi. U tred-yunionlar bilan munosabatlarni yaxshilashga va'da berdi. Bosh vazir oylik ish hakini bir qadar cheklash haqida bitimga erishishga muvaffak bo'ldi, biroq 1976 yildagi ingliz pul birligi kadrining yana pasayishi bu urinishlarni puchga chiqardi. Vil'son o'z ixtiyori bilan iste'foga chiqdi va uning o'rniga leyboristlar partiyasi yo'lboshchisi Jeyms Kellagan keldi. Millatning kelajagi va umuman iqtisodiy vaziyat noaniqligicha qoldi. SHotlandiya qirg'oqlaridan uncha uzoq bo'lmagan SHimoliy dengizda yirik neft konlarining topilishi bu borada umid uyg'otdi. Ayni paytda SHimoliy Irlandiyada yangi yirik siyosiy muammo yuzaga keldi. 1921 yil shartnomasiga ko'ra Ol'ster grafligi Buyuk Britaniya tarkibida qolib keng miqyosda o'z-o'zini boshqarish saqlangandi. Biroq ko'pchilikdan iborat protestantlar kamchilikdan iborat katoliklarni kamsitish uchun o'z hokimiyatidan doimiy ravishda foydalanib keldi. 1968 yilda katoliklarning o'z fuqarolik huquqlari uchun harakati boshlandi. Irland respublikachilar qo'shini birlashmalari Ol'sterning Irlandiya reslublikasi bilan birlashishi uchun faol kurashni boshlab yubordi. O'z navbatida protestant harbiy tashkilotlari ham qarab turmadi. Britaniya hukumati tartib o'rnatish uchun qo'shin yubordi. Biroq tez orada qo'shin birlashmalari jangovar irlandlarning ikkala guruhi uchun nishonga aylandi. 1979 yili Angliyada ishsizlar soni 1935 yildan buyon ilk marta 2 million kishiga etdi, keyingi yili esa 3 milliondan oshdi. Ularning yarmi ishsizlik bo'yicha nafaqa olmas edi. Tez o'sib borayotgan inflyatsiya tufayli 1979 yili so'ngi 20 yil ichida aholi turmush darajasi eng kuyi nuktaga etdi. SHu bois 1979 yilgi parlament saylovlarida konservatorlar g'alaba qozonishi bejiz emas edi. Hukumat boshligi etib ilk bor ayol kishi-konservatorlarning yangi yo'lboshchisi Margaret Tetcher saylandi. M. Tetcherni inglizlar "temir xonim" deb atashdi. U boshchiligidagi konservatorlar partiyasi 1983 hamda 1987 yillar saylovlarida g'alaba qozondi. "Temir xonim" esa Angliya hukumatini ketma-ket o'n bir yil boshqardi. Bu paytni tarixchilar "Tetcher davri", uning dasturini esa "tetcherizm" deb ataldi. Dasturning mohiyati Britaniya orollarida ham, Yevropa va Amerikaning barcha mamlakatlarida ham tez o'sib borayotgan neokonservativ g'oyalarni ifoda etardi. M.Tetcher dasturi bo'yicha Angliya kuchli qo'shin va flotga ega bo'lishi hamda o'z yadro qurolini takomillashtirishi lozim. Tashqi siyosatda u AQSH bilan "alohida" ittifoq munosabatlari va NATO bilan shartnomalar buyicha majburiyatlarga rioya qilishni ustuvor deb hisoblardi. 1982 yil-aprelida u Argentinaning Folklend orollarini bosib olishga urinishiga qat'iy javob berdi. Bu joy ingliz orollaridan 13 ming km masofada bo'lsa ham tarixan argentinaliklar mulki hisoblangan. M.Tetcher bu orolga qo'shin yubordi va uch oylik janglardan so'ng, Angliya bu orollardagi mavqeni tikladi. Ichki siyosatda M. Tetcher ishsizlik bo'yicha nafakalar va boshqa ijtimoiy dasturlarni qisqartirdi, natijada axolii ish tashlashni kuchaytirdi. U qattiq qo'llik choralar bilangina Angliyani "Yevropaning kasal odami" axvolidan qutkarish mumkin, degan fikrni bildirdi. Hukumat davlat sektoridagi korxonalarni xususiylashtirdi. Ko'plab neft va aviakosmik sanoat, shuningdek havo transporti korxonalari xususiy mulkdorlar ko'liga o'tdi. Davlat sektoridagi korxonalarning uchdan ikkisi xususiy mulkdorlar yoki xususiylashtirilgan korxonalar jamoalariga o'tdi. SHu paytda, kvartiralar sotildi va natijada mamlakat axolisining 60 % dan ko'prog'i uy-joyga ega bo'ldi. Bu hol davlatda mulkdorlarning ko'payishi va konservatorlar partiyasi ijtimoiy negizining kengayishiga olib keldi. M. Tetcher dasturining muvaffakiyatli amalga oshirilishida SHimoliy dengizda topilgan neft konlari asosidagi Angliya neft sanoatining rivojlanishi muhim bo'ldi. 1980 yilga kelib Angliya o'zining neft va gazga bulgan extiyojlarini qondirdi. 1981 yili neft kazib chiqarish 60 million tonnaga etdi va Angliya uni jahon bozoriga olib chiqdi. Neft sanoatining rivojlanishi ingliz hukumatiga ulkan valyuta tushumlarini berdi. 1982-1987 yillarda Angliyaning o'sishi Yevropada eng yuqori bo'ldi. M. Tetcher Angliyaning Yevropadagi rahbarlik rolini qaytarishga urindi va EIH qariyb barcha asosiy muammolar barcha mustaqil pozitsiyada turdi. Xususan u Yevropada yagona pul birligini yaratishga keskin qarshi chiqdi. 1989 yili Strasburgdagi hamjamiyat mamlakatlari rahbarlari sammitida u mazkur mamlakatlardagi ishchilar qonunchiligini unifikatsiyalash (bir xillashtirish)ga qarshi chiqdi va "Ishchilar asosiy huquqlari xartiyasi"ni qo'llashdan bosh tortdi. 90-yillar boshlaridanok iqtisodiy kon'yuktura yomonlashdi, byudjet etishmovchiligi, inflyatsiya va ishsizlik kabi "eski kasallik"lar yana kayta boshlandi. Mamlakatning 18 yoshdan yukori bo'lgan, daromadidan qat'iy nazar barcha aholisi to'laydigan yangi soliq ahvolni tuzatishga urinish bo'ldi. Bu tadbir ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo'ldi. Ol'sterdagi ahvol keskinlashdi. "Tetcherizm davri" o'z imkoniyatlarini tugatgani ma'lum bo'ldi. Xususiylashtirish va neft sanoati bilan bog'liq barcha zahiralar ham deyarli tugadi. 1990 yil-noyabrida M. Tetcher o'z ixtiyoriga ko'ra iste'foga chiqdi. U hukumatda kelgusi saylovgacha ishlab turishi mumkin edi. Biroq bu hol partiyani mag'lubiyatga olib kelardi. Estafetani konservatorlar partiyasining yangi yo'lboshchisi Jon Meyjor qabul qildi. Jon Meyjor M. Tetcher siyosatini davom ettirdi. Uning dasturi jahon bozorida rakobatlasha olmaydigan sanoat tarmokdarini xususiylashtirish y da vom etgirishni k tutdi. U inflyatsiyaga qarshi kurashni eng asosiy vazifa deb hisobladi, chunki inflyatsiyaning o'sishi ishsizlikning o'sishiga olib kelishi mumkin edi. Tashqi siyosatda J. Meyjor EIH bilan integratsiyaviy jarayonlarni kuchaytirish va AQSH bilan ittifoqchilik aloqalarini mustaxkamlash yo'lini olib bordi. Angliya AQSHning Iroqdagi urushini ko'llab quvvatladi va Fors qo'ltigi rayoniga harbiy qismlarni yubordi. J.Meyjor jon boshidan olinadigan soliqni bekor qildi va "britaniyaliklarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini ko'proq qondirish tomoniga burilishni amalga oshirish"ga va'da berdi. 1992 yili parlament saylovlarida yana konservatorlar mutlak ko'p ovozni oldi. J. Meyjor bosh vazir lavozimida qoldi. 1997 yil saylovlarida konservatorlar mag'lubiyatga uchradi, leyboristlar parlamentdagi 650 o'rindan 419 tasini egalladi. YAngi ingliz bosh vaziri, leyboristlar partiyasi yo'lboshchisi Toni Blerga o'tmishdan og'ir meros qoldi. SHotlandiya va Uel'sda mahalliy millatchilar g'alaba qozondi. Ular o'z parlamentlarini chaqarish huquqini qo'lga kiritdi. 1997 va 1998 yillarda bu viloyatlarda parlamentlarga saylovlar o'tkazildi. Ular ichki ishlar ustidan nazoratni o'z qo'liga oldi va muxtoriyat e'lon qildi. Bu Buyuk Britaniyaning parchalanishiga birinchi qadami bo'ldi, leyboristlar hukumati esa uning oldini ololmadi. Irland millatchilari ancha faollashib qoldi. Qirollik oilasi ehtiyojlari uchun har yili davlat byudjetidan 5 mln. funt sterling ajratiladi, va bu davlat xazinasi kimmatga tushadi, shuning uchun bu keskin baxsga sabab bo'lmoqda. Qisqacha mazmuni: " 1945 yil-iyul'-bosh vazir K.Ettli davri (keng ijtimoiy islohotlar, mamlakat aholisi farovonligining oshishi). " 1945 yil-avgust-lend-liz bo'yicha AQSH etkazib berayotgan tovarlarning to'xtatilishi. " 1948 yildan-iqtisodiy rivojlanishning pasayishi, funt sterlingning qadrsizlanishi. " 1949 yil-moliyaviy inqiroz. " 1956 yil-dekabr-ingliz-fransuz qo'shinlarining Misrdan olib chiqilishi. Angliyaning xalqaro maydonda yakkalanib qolishi. " 1968 yil-Ol'ster katoliklarining Irlandiya respublikasi bilan birlashish harakati boshlanishi. " 1973 yil-Angliyaning "Umumiy bozor"ga a'zo bo'lib kirishi. " 1979 yil-aholi turmush darajasining keskin pasayishi. " 1979-1990 yillar-M. Tetcher konservatorlar partiyasidan bosh vazir etib saylandi. Angliyaning jahon miqyosida buyuk davlat sifatida tiklanishga urinishi. " 1982 yil-aprel'-Argentina bilan Folklend orollari uchun g'olibona jang. " 1982-1987 yillar-iqtisodiy rivojlanish sur'atlarining keskin oshishi. " 90-yillar boshlaridan-iqtisodiy pasayish, inflyatsiya, ishsizlikning o'sishi. " 1990 yil-noyabr'-M. Tetcherning iste'fosi. " 1990 yil-noyabr'-Jon Meyjor-bosh vazir: xususiylashtirish siyosatining davom ettirilishi, ijtimoiy muammolarning hal qilinishi. " Tashqi siyosatda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. " 1997 yildan-T. Bler bosh vazir etib saylandi. FRANSIYA: GOLLIZM QAROR TOPISHI Fransiya ozod etilgan 1944 yil kuzidan to To'rtinchi respublika konstitutsiyasi qabul qilingan. 1946 yil kuzigacha bo'lgan muddatdagi siyosiy tuzumi tarixga "Vaqtli rejim" nomi bilan kirgan. Bu mamlakat tarixida uzoq davom etmagan, Biroq juda muhim davr bo'lganki, unda demokratik va antifashist kuchlar katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Urush natijasida fransuz iqtisodiyoti kuchsizlanib qoldi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmi urushgacha bo'lgan darajadan 38 %, qishlok xo'jaligida-60% gacha pasaydi. Tashqi savdo qariyb yo'q darajada edi. Pul tizimi izdan chiqdi. Mamlakatda yonilg'i, xom ashyo, oziq-ovqat, keng iste'mol mollari etishmasligi yaqqol sezilib turdi. Narxlar jadal oshdi va urushdan oldingi darajadan 6 marta o'sdi. Axolini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun kartochka tizimi joriy etildi. "Qora bozor" va chaykovchilik gullab yashnadi. Fransiya milliy manfaatlariga xiyonat kilgan partiyalar siyosiy maydondan ketdi. So'l antifashist tashkilotlar uchun ro'shnolik kunlari keldi. Ayniqsa Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) katta obro' qozondi. Uni "otib tashlanganlar partiyasi" deb nomlashdi, chunki gitlerchilar uning deyarli barcha yirik vakillarini otib tashlashgan edi. Bu partiya rahbarligida fransuz qarshilik harakati amal qildi. 1945 yilda u mamlakatdagi eng yirik siyosiy partiyaga aylandi. Uning saflarida 900 ming a'zo bo'lgan. Qarshilik harakatida ishtirok etgani va ishchilar harakati bilan aloqasi tufayli sotsialistik partiya o'z pozitsiyalarini mustahkamladi. "Tamoyillar bayonotnomasi" da (1946 yil) u mavjud tuzumni tugatish haqidagi o'z niyatini e'lon qildi. Urush yillarida sotsialistlar FKP bilan birligini bildirdi va 1944 yil-dekabrida ikkala partiya kelishuv qo'mitasini tuzishdi. Urush paytida Yevropa mexnatkashlari birlashtiruvchi va saflarida 5,5 million kishi bo'lgan "Umumiy mexnat konfederatsiyasi" (UMK) tashkil etildi. Fashistlar bilan xamkorlik qilgan partiyalar hukumat dekretlari bilan tarqatib yuborildi. Ular o'rniga yangi partiyalar yuzaga keldi. Bu partiyalar orasida 1944 yyuщa tuzilgan Xalq respublikachilar harakati (XRJ) eng obro'lisi edi. Uning dasturida "Inqilobni qonunlar yo'li bilan" amalga oshirish, sanoatni qisman natsionalizatsiya qilish va iqtisodiyotga rahbarlikni davlatga berish ko'zda tutildi. Harakat ishchilarning ishlab chiqarishni boshqarishdagi ishtirokini ko'zda tutuvchi tizimni yaratishni rejalashtirdi. XRH tashqi siyosatda G'arbiy Yevropa davlatlarini birlashtirish kontseptsiyasini ilgari surdi. Uning yo'tlboshchilari AQSH namunasi bo'yicha "Yevropa Qo'shma SHtatlari"ni yaratishga chaqirdi. Ushbu harakatning ommaviyligi birinchi galda General de Godl' nomi bilan bog'lik edi. "Kurashayotgan Fransiya" vatanparvarlik harakatining rahbari bo'lgan bu insonning irodasi va siyosiy qarashlari urushdan keyingi Fransiya tarixiga xal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi. SHarl' de Goll 1890 yil 22-noyabrda Lill shahrida eski dvoryan oilasida tug'ildi. 1940 yil-iyunida Fransiya kapitulyatsiya qilingan kunda de Goll "Bi-Bi-Si"da chiqish qilib, fransuz qo'shinini fashist bosqinchilariga qarshi kurashni davom etgirishga da'vat etdi. De Goll shu kundan davlat arbobi bo'ldi. Uning siyosiy kontseptsiyasi Fransiyani buyuk davlat sifatida tiklanishi "gollizm" nomini oldi. Uning mohiyatini 4 ta tushuncha: "millat", "kuchli davlat", "Fransiyaning ulug'vorligi" va "ijgimoiy islohotlar". SH. de Gollning fikricha, Davlat- agar millatda birlik bo'lsa va bir maqsad atrofida jipslashsagina kuchli bo'lishi mumkin. U davlat boshlig'i, prezidentning kuchli hokimiyatini, uning umumxalq ovoz berish yo'li bilan saylanishi va keng vakolatlarga ega bo'lishini va siyosiy masalalar bo'yicha referendum o'tkazishni lozimligini yoqlab chiqdi. U hammaga teng imkoniyatlarni beruvchi ijtimoiy isloxotlar o'tkazishni zarur deb hisobladi. U sanoatni qisman natsionalizatsiya qilish, iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini o'rnatish, ijtimoiy sug'urta tizimini kiritish va mehnat sharoitlarini yaxshilashni shunday islohotlar qatoriga kiritdi. 1944 yil-martida urush hali qizgin kechayotgan va ittifoqchilar Normandiyaga qo'shin tushirishga endi tayyorlanayotgan bir paytda u g'arb davlatlarining keng guruhini Yevropada iqtisodiy asosda birlashish dasturini ilgari surdi. Bu blokka Germaniyaning qo'shilishi ham ko'zda tutildi, biroq SSSR va SHariщy Yevropa davlatlari unda yo'q edi. SH. de Goll o'z o'rnida El'zas-Lotaringiya temir va ko'mir, Rur ko'mirini qazib chiqarishni birlashtirish asosida Yevropa davdatlari hamjamiyatini yaratishga intilgan fransuz tadbirkorlari va siyosatchilari manfaatlarining ifodachisi sifatida maydonga chiqdi. Bu orqali albatga, G'arbiy Yevropa qudratli jahon industrial markaziga aylanardi. SH. de Goll fransuz burjuaziyasining ichki siyosatdagi yon berishlari va ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarning oshishini qoplamoq uchun bu yo'lni tutdi. Urushdan keyingi dastlabki vatqli hukumatga SH.de Goll raxbarlik qildi. Vaqtli hukumat okkupatsiya yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilgan kishilarni davlat apparatidan tozaladi. Peten va Laval boshchiligidagi barcha ministrlar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, sud qilindi. Laval o'lim jazosiga tortildi. Peten esa avf qilindi. Unga o'lim jazosi umrbod qamoq bilan almashtirildi. Muvaqqat rejim davridagi asosiy voqea mamlakat yangi konstitutsiyasi qabul qilinishi kerak bo'lgan Ta'sis majlisiga saylovlar bo'ldi. Saylov 1945 yil 21-sentabrda bo'lib o'tdi va unga Fransiya KP g'olib chiqdi. FKP 5 million ovoz (umumiy ovozning 26 foizi) olib, jami 545 ta deputatlik mandatidan 152 tasiga ega bo'ldi. Ikkinchi o'rinni 142 ta mandat bilan sotsialistlar egalladi, uchinchi o'ringa esa 141 ta mandatga ega Xalq harakati vakillari chiqishdi. Sotsialistlar va kommunistlar Ta'sis majlisida eng kam (294) tashkil etganda mamlakatda yangi siyosiy sharoit yuzaga keldi. De Goll prem'er-ministr lavozimini egalladi. Hukumat tarkibiga kommunistlar, sotsialistlar va Xalq respublikasi harakati vakillari kirdi. Biroq hukumatning bunday taqsimlanishi de Goll ni qoniqtirmasdi. SHu bois 1946 yil-yanvar' oyida bo'lib o'tgan Ta'sis majlisida deputatlar harbiy xarajatlarni 20 foizga qisqartirishganda orada nizo chiqdi va general iste'foga chiqdi. Bunday xatti-harakat bilan u o'zining shaxsini bildirib qo'ymoqchi bo'ldi. Biroq hech kim de Golldan hokimiyatga qaytib kelishini so'ramadi va u 1958 yilgacha mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etmadi. SHu paytda SH.de Gollning iste'foga chiqishi mamlakatdagi voqealar rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Barcha yirik banklar, elektr energetikasi va gaz sanoati davlat tasarrufiga o'tkazildi. 40 soatlik ish haftasi, ishchilar uchun 2 xaftalik xizmatchilar uchun 3 haftalik ta'til joriy qilindi. Ish haqi 80 foizga oshdi, yagona ijtimoiy sug'urta tizimi joriy qilindi. Muvaqqat rejim erishgan katta yutukdan biri yangi konstitutsiyaning qabul qilinish bo'ldi. Hukumat va parlamentni nazorat qiluvchi kuchli prezident hokimiyatini o'rnatish loyixasi rad etildi. Fransiya o'z tarixining yangi davriga kirdi. To'rtinchi respublika davrida fransuz iqtisodi qayta tiklandi. Uning asosida monopoliyani davlat apparati bilan yagona mexanizmga birlashtirildi. Yirik davlat sektori tashkil etildi, iqtisodni rejalashtirish va dasturlash keng qo'llanilib To'rtinchi respublika yashagunga kadar (1958) modernizatsiya va rekonstruktsiyalashning ikkita rejasi qabul qilindi. (1947-1954 va 1954-1957). 1949 yili kartochka tizimi bekor qilindi. 1958 yili og'ir sanoat mahsulotlarining qiymati Fransiyadagi jami sanoat mahsulotlarining 2/3 qismini tashkil etdi. 1946 yil-dekabrida fransuz mustamlaka hukumati Vyetnamni Xo SHi Min rahbarligida respublika deb e'lon qilgan vatanparvar kuchlarga qarshi urush boshladi. Bu urush 8 yil davom etdi va 1954 yili Fransiya mag'lubiyati bilan yakunlandi. Vyetnamdagi kurash tinchimasdan turib Fransiya Jazoirda mustamlakachilik urushini boshlab yubordi. U ham Fransiyaning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Fransiyaning angliyalik interventlar bilan YAqin SHarqda Suvaysh kanali hududidagi yangi harbiy avantyurasi ham engildi. To'rtinchi respublikaning butun siyosati Yevropani birlashtirish bilan bog'liq. 1951 yil-dekabrida Fransiya tashabbusi bilan Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi (EKPB) tashkil etildi. Bu Fransiya va Germaniya ko'mir hamda po'lat eritish sanoati birlashuviga asos soldi. 1952 yili Parijda "Yevropa mudofaa uyushmasi" to'g'risidagi shartnoma imzolandi va u Germaniyaning qayta qurollanishiga olib keldi. 1955 yili may oyida Germaniya NATO tarkibiga kirdi. Bunga javob sifatida Sovet Ittifoqi 1944 yilgi sovet-fransuz shartnomasini bekor qildi. To'rtinchi respublikaning 12 yillik davrida 23 ta hukumat almashdi. To'rtinchi respublika xalq ishonchini yo'qotdi. Ish tashlash harakati kuchaydi. 1956 yilgi ish tashlashlarda 982 ming kishi, 1957 yilgisida 2.964 ming kishi ishtirok etdi. 1958 yil may oyida navbatdagi hukumat krizisi ro'y berdi. 1958 yil 28 may kuni yuz minglab kishilar harbiy diktatura o'rnatilishiga qarshi norozilik bildirdilar. Siyosiy tebranish xavfi oldidan 1958 yil 1-iyunda Milliy majlis general de Gollni mamlakat prem'er-ministri etib tayinladi. Generalning Fransiya uchun yangi siyosiy hayoti boshlandi. 1958 yil-sentabrdagi yangi konstitutsiyaga ko'ra prezident umumxalq ovozi bilan 7 yil muddatga saylanadigan bo'ldi. Davlat raxbari shaxsan barcha ichki va tashqi siyosatni boshqaradi, prem'er-ministr, ministrlar va barcha harbiy va fukarolik rahbarlarini tayinlaydi, turli dekret va farmoyishlarni imzolaydi, saylovdan bir yildan so'ng har kanday paytda Milliy majlisni tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident Oliy bosh qo'mondon, Oliy Kengash va Milliy mudofaa qo'mitasi raisi sanaladi. U tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa ministrliklari faoliyatiga ham rahbarlik qilar edi. Konunlar va qarorlarning barcha loyihalari prezident kantselyariyasida ishlab chiqariladi. 1958 yil 21-dekabrda general SHarl' de Goll umumxalq ovozi bilan respublika prezidenti etib saylandi. "Beshinchi respublika" davri boshlandi. SH. de Goll uchun saylovchilarning 75,5 foizi berdi. SH. de Goll Jazoir xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini tan oldi. (1959 yil 19-sentabr'). Bunga javoban Jazoirda fransuz mustamlaka qo'shinlari zobitlari g'alayoni boshlandi. 1962 yil 18-martda Fransiya prem'er-ministri Jorj Pompidu va Aljir milliy-ozodlik fronti rahbari Ben Bella Jeneva ko'li yaqinidagi Evian shahrida urushni to'xtatish va hukumatni aljir xalqi qo'liga topshirish shartlari to'g'risidagi Fransuz-Jazoir bitimini imzoladilar. Aljirda 8 yil davom etgan urush yakun topdi. 8-aprelda Fransiyada referendum bo'lib o'tdi va fransuz saylovchilarining 90 foizi Evian bitimini yoqlab ovoz berdi. 1962-1963 yillarda prezident de Goll va GFR kansleri K. Adenauer o'rtasida Parij va Bonnda to'rt marta uchrashuv bo'lib o'tdi. 1963 yil 22-mart kuni Fransiya va GFR o'trtasida hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolanib, ikki davlat o'rtasida ittifoq tasdiqladi. 1966 yil-martda Fransiya NATO tarkibidan chiqib ketdi. 1968 yil-avgustda Fransiya birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi va yadro quroliga ega bo'ldi. 1958 yildan 1964 yilgacha 500 ta yirik sanoat trestlarining daromadi 70 foizga o'sdi. Nominal ish haqi bu yillarda 32 foizga ko'paygan holda, narx-navo 42 foizga oshdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling