Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet127/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Nihoyat, 1949 yil sovet atom bombasining sinovdan o'tishi "kuch pozitsiyasi" dan siyosatni amalga oshirish umidini butkul yo'qqa chiqardi.

1952 yil prezideyatlik saylovlarida respublikachilar partiyasi taniqli amerikalik harbiy, AQSH va Angliyaning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari sobiq bosh qo'mondoni, NATO qurolli kuchlarining bosh ko'mondoni, 1953-1961 yillarda AQSHning ichki va tashki siyosati general Duayt Eyzenxauerni prezidentlik lavozimiga nomzod etib ko'rsatildi va u saylandi.

Hukumat tepasiga respublikachilar ma'muriyati kelgan 1953-1961 yillarda prezident D.Eyzenxauer etakchiligida ichki siyosatda o'zgacha fikr yurituvchilarga qarshi yurish boshlandi. Bu kompaniyani respublikachi senator Jozef Makkarti (1908-1957) boshqargan edi. Senatda "amerikaparastlikka qarshi faoliyatni tekshirish bo'yicha komissiya" tashkil etilib, u ilg'or fikrlovchi kishilarni ta'qib eta boshladi va AQSH Konstitutsiyasini buzgan holda ularga qamoq jazosi, jarima solish va ishdan haydash kabi xukmlar chiqara boshladi. Makkartizm mamlakatdagi har qanday o'zgacha fikrni amalda yo'q qilib AQSHning demokratik an'analariga katta ma'naviy zarar etkazdi.

1954 yili senat Makkartining harakatini qoralab chiqdi. Biroq uning siyosati ko'pincha siyosiy qotillik o'zga maslakdagilarga qarshi terror qilish, ziyolilarni taqib etish va qora tanli aholini kamsitishda o'z tasdig'ini topdi.

Makkartizm o'sha davrda AQSH siyosiy fikriga zid bo'lsa-da umuman olganda u mamlakatning barcha siyosiy doiralarini qamrab g'oyani ifodalardi. Bu g'oya-Amerikaning eng qudratli davlat ekanligini ko'rsatishdan iborat edi. SHu bois Trumen hukumatining tashqi siyosiy arenadagi mag'lubiyati yanada kurashchan konservativ pozitsiyadan tanqid kilingan edi. "Tiyilib turish" siyosati juda kuchsiz, sust, himoyalanuvchi va aynan shuning uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragan siyosat sifatida baholandi. D. Eyzenxauer ma'muriyati "sovuq urush"ni keskin kuchaytirgan yangi, "yalpi qasos" doktrinasi bilan chiqdi. U SSSRga yadro zarbasi berish mumkinligini ogohlantirishni anglatar edi.

Biroq AQSHning o'ta zo'r himoyalanganlik davri tugadi. Sababi: 1953 yil 20-avgustda Sovet Ittifoqida juda katta kuvvatga ega vodorod bombasi, 1957 yil-avgustda esa 10 km radiusda harakatlanuvchi qit'alararo ballistik raketa sinovdan o'tkazildi.

1957 yil 4 oktabrda Sovet Ittifoqi tomonidan birinchi sun'iy er yo'ldoshining uchirilishi dunyoda katta shov-shuv uyg'otdi. SSSRning harbiy-texnik va strategik jihatdan AQSHga yon bermasligi ma'lum bo'ldi. Uch oydan so'ng AQSH ham o'zining ilk Erning sun'iy yo'ldoshini fazoga olib chiqdi.

Sovet Ittifoqi jahon miqyosida AQSHga qarshi targ'ibot kompaniyasini boshlab yubordi. 1960 yil 1 mayda SSSR hududi ustida razvedka maqsadida uchib o'tgan "U-2" samolyoti ushbu kampaniyaning kul'minatsiyasi buldi. Samolyot urib tushirildi, uchuvchi Garri Pauers esa tirik qoldi va asirga olindi. Uning yonidan uchish rejasini tasdiqlovchi xarita va xujjatlar topilgan. Amerika hukumati va shaxsan prezident D.Eyzenxauer samolyot odatiy mashq uchishi davomida adashib qolganligini ma'lum qildi. Biroq jajon jamoatchidigiga AQSH rahbariyatining bu uchishdan habari bo'lganligi haqida ishonarli dalillar taqdim etildi. AQSH prezidenti yolg'on gapirganlikda va xalqaro huquqni buzganlikda ayblandi.

1960 yil 16-19 mayda Parijda ikki buyuk davlat rahbarlarining uchrashuvi bo'lishi kerak edi. Biroq D.Eyzenxauer uzr so'rab bosh tortdi va N.S.Xruщev Parijdan jo'nab ketdi. D.Eyzenxauerning siyosiy kar'erasini nihoyasiga etdi, respublikachilar partiyasi esa tashki siyosatda mag'lubiyatga uchradi.

Qisqacha mazmuni:

" AQSH Ikkinchi ja urushida 300 ming kishini yo'qotdi, moddiy zarar miqdori 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

" Dollar-xalqaro to'lov va hisob-kitoblardagi asosiy valyutaga aylandi.

" HSK ( Harbiy sanoat kompleksi) ning tashkil topishi.

" Liberalizm jamiyatni isloh qilish dasturi (Kennedi-Jonson: "Umumiy farovonlik jamiyati"ni tashkil etish dasturi).

" Neoliberalizm g'oyasiga o'tish (kichik biznes rivojlanishi, raqobatbardosh tarmoq uchun imtiyozlar).

" Konservatorlar siyosati-xususiy tadbirkorlik rivojlanishi.

" Prezident G. Trumen (1945-1952).

" 1950-1953 yillar-Koreyadagi urush.

" 1953-1961 yillar-prezident D.Eyzenxauer (reaktsiyaning avj olishi, makkartizm, qurollanish poygasi).

AQSHNING 60-90 YILLARDAGI

ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

1960 yil prezident saylovida demokratlar g'alaba qozondi. Konservativchilar etakchisi sobik vitse-prezident R. Nikson (1913-1995) demokratik partiya vakili-43 yoshli Jon Kennedidan mag'lubiyatga uchradi.

J. Kennedi dasturi asosida ichki bozorni kengaytirish harakatlarini kengaytirish orkali iqtisodiy o'sish sur'atini rag'batlantirish g'oyasi yotar edi. Ushbu dastur doirasida prezident kuyidagilarni taklif etdi: eng kam ish hakini oshirish, ishsizlik bo'yicha nafaka berish muddatlarini uzaytirish, uy-joy kurilishini kengaytirish, ta'lim, sogliqni saqlash tizimini yaxshilash va malakali ishchi kadrlarni tayyorlash.

Ushbu islohotlar katta xarajatlarni talab kilib, hukumat bunga soliqlarni ko'paytirish orkali erishishni mo'ljallagan edi. Islohotlarni amalga oshirishga urinish J. Kennedi bilan yirik korporatsiyalar o'rtasida nizolarga olib keldi. Prezident ularni o'z mahsulotlari narxlarini oshirmaslikka majbur qildi. Bu bilan og'ir sanoatning barcha tarmoqlarida narx o'sishi to'xtatib qolindi.

Demokratik partiya ichida parchalanish yuz berdi. Prezident islohoti atrofida keskin siyosiy kurash avj oldi. 1963 yil 22-noyabrda J. Kennedi Dallasda (Texas shtati) o'ldirildi.

Texaslik boy neft sanoatchisi, vitse-prezident L.Jonson AQSH ning 36-prezidenti etib saylandi. Uni katta biznes qo'llab quvatladi, demokratik partiya esa unga yakdillik bilan ovoz berdi. YAngi prezident Kennedi siyosatini davom ettirdi. Uning dasturi "Buyuk jamiyat" deb atalar edi. L. Jonson "kambagallik va irqiy adolatsizlikka barham berish"ga qaror qilinganligini ma'lum qildi.

60-yillar o'rtalari neoliberalizmning nibsatan faollashuv davriga aylandi. Ilk bor AQSHda ijtimoiy muammolarni va kambag'allikni bartaraf etishni kompleks hal etishga harakat boshlandi. F.Ruzvel't davridan buyon mamlakat ijtimoiy islohotlarning bunday jadalligini bilmagan edi. Kam daromadli fuqarolarga yordam berish dasturi qabul qilindi. Hukumat barcha bosqichdagi ta'limni rivojlantirish, arzon turar-joy kurilishi, yoshlarga kasbiy ta'lim berishga yirik subsidiyalar ajratdi. 1965 yil-iyulda qariyalar uchun tibbiy sug'urta to'g'risida qonun qabul qilindi, kam daromadli oilalar imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo'ldi.

L. Jonson ma'muriyatining ayniqsa irqiy kamsitishga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlari katta ahamiyat kasb etdi. Bunda negrlarni ishga qabul qilish, ijaraga turar-joy berishda kamsitishga chek qo'yish nazarda tutilgandi. YAngi prezident ma'muriyati fermerlarga yirik subsidiyalar berdi. 1968 yili hukumat ushbu maqsadlar uchun 3,5 mlrd. dollar ajratdi. Umuman olganda, hukumat barcha ijtimoiy chora-tadbirlarga 1964-1968 yillar davomida 10 mlrd. dollar ajratdi.

J. Kennedi va L. Jonson ma'muriyati "moslashuvchan javob qaytarish" siyosatini davom ettirdi. Bu siyosat har qanday bo'lishi mumkin bo'lgan chaqiriqqa javob qaytarishga qobilikkni anglatar edi. Endilikda nafaqat katta, shuningdek kichik urushlarni ham nazarda tutish lozim edi. J.Kennedi davrida mamlakatda misli ko'rilmagan darajada qurollanish poygasi avj oldi. AQSHning raketa-yadro aslahasi 60-yillarda ilgarigi davrga qaraganda bir necha marta jadal suratda ko'paydi.

1965 y-fevralida prezident L.Jonson SHimoliy Vyetnam shaxarlarini bombardimon qilish haqida buyruq berdi. O'sha yilning-mart oyida esa Vyetnamga 50 ming Amerika askarlari yuborildi. Uch yildan so'ng esa harbiy harakatlar safida 550 ming AQSH armiyasi askarlari ishtirok etdi.

Vyetnam urushi-mamlakatga katta kulfat keltirdi. 1968 yil kuziga kelib AQSH Vyetnamda 30 ming askarni yo'qotdi. 180 ming nafari yaralandi. Ijtimoiy islohotlarga pul ajratish keskin qisqarib ketdi. Fukarolar erkinligiga xujum kuchaydi. Mamlakatda ijtimoiy va irqiy mazmundagi chiqishlar holatida urushga qarshi harakatlar kuchaydi. V'etyaamda Songmi qishlog'i va uning 400 nafar aholisining qirib tashlanishi ushbu harakatlar yanada avj olishiga sabab buldi.

Biroq bunga javob sifatida ilg'or arboblarga qarshi terror kuchaytirildi. 1968 yil-aprelda negrlarning fuqarolik huquqi uchun kurashuvchi doktor-martin Lyuter King o'ldirildi. O'sha yilning-iyun' oyida esa Los-Anjelosda prezident Kennedining akasi Robert Kennedi o'ldirib ketildi. U prezidentlikka o'z nomzodini qo'ygan edi. Mamlakatda o'ta keskin siyosiy xolat yuzaga keldi.

1968 yil saylovlarida unchalik katta farq bilan respublikachilar partiyasi g'alaba qozondi. Prezidentlikka R.Nikson saylandi. Biroq demokratik partiya kongressning har ikki palatasida ko'pchilik ovozni saqlab qoldi.

Respublikachilar partiyasi Qo'shma SHtatlar chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglikka tushgan paytda hukumat tepasiga keldi. 1969 yil ikkinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishi keskin kamayib, ishsizlar soni ko'payib ketdi. 1971 yil-yanvariga kelib, mamlakatdagi ishsizlar soni 5 mln. kishini, ya'ni butun ishchi kuchining 6 % ni tashkil etdi. Aktsiyalar qiymati to'xtovsiz tushib, inflyatsiya va narx-navo kuchayib ketdi.

Energetika inqirozi boshlandi. YAqin SHarqda sharoit keskinlashgani bois neft kazib chiqaruvchi mamlakatlar AQSHga neft etkazib berishni qisqartirdi. Bu, narx-navoning yangidan oshishi va inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi.

Iqtisodiy inqiroz respublikachilarni o'z qarashlaririni qayta ko'rib chiqishga majbur etdi. Hukumat tepasiga kelgunicha R.Nikson davlatning boshqaruv vazifasi kuchsizlanishi va erkin tadbirkorlikning kuchayishi zaruriyati haqida so'zlagan edi. Inqirozga duch kelgan respublikachilar partiyasi safida bo'linish yuz berdi: "erkin tadbirkorlik" tarafdorlari bilan bir qatorda yangi qanot-iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda davdat rolining oshishi dasturini ilgari surgan neokonservatorlar paydo bo'ldi. Bu choralar ahvolni yaxshilamadi. Bir qanotga prezident R.Niksonning o'zi boshchilik qildi. 1971 yil 15-avgustda u "yangi iqtisodiy siyosat"ga o'tishni e'lon qildi. Bu, iqtisodiyotga davlat aralashuvining o'sishi va erkin tadbirkorlikka qarshi cheklovchi choralarni kiritishga yo'l qo'yadigan neokonservatizmning g'alabasini anglatar edi.

Narx va maoshlar muzlatib qo'yildi, davlat xarajatlari qisqartirildi, dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to'xtatildi va AQSH keltirilayotgan tovarlarga 10 foizli boj haqi kiritildi. Kishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga bo'lgan ilgarigi cheklanishlar bartaraf etildi.

Bu choralar ahvolni yaxshilamadi. Inflyatsiya oshib bordi, ayniqsa ozik-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. YAngi iqtisodiy siyosat boshi berk ko'chaga kirib qoldi. R.Nikson hukumati energetika muammolarini xal eta olmadi.

Neokonservatorlar ijtimoiy sohada ko'p muvaffaqiyatlarga erishdilar. Inqirozli vaziyat va mehnatkashlarning o'z huquqlari uchun kurashi ijtimoiy sohada ustomonlik bilan siyosat yuritishni talab etardi. R.Nikson ma'muriyati besh yillik faoliyatida qarilik nafaqasi, mehnat qobiliyati yoki bokuvchisini yo'qotgan munosabati bilan to'lanadigan nafaqalar miqdorini bir necha bor oshirdi. Bu toifa bo'yicha barcha to'lov turlari ushbu muddatda 45 foizga, ularni oluvchilar soni 30 mln. kishidan oshdi.

Davlat yordami tizimi ayniksa keng rivojlandi. Kambag'allik darajasidan quyi daromadli oilalar davlatdan maxsus nafaqa olish huquqiga ega bo'ldiki, bu ularning xarid qobiliyatini oshirdi va ichki bozorni rag'batlantirdi. R.Nikson kambag'al odamlar muayyan ozik-ovqat turlarini bepul olishi mumkin bo'lgan ozik-ovqat talonlari tizimining doirasini kengaytirdi. 1969 yidda 3 mln., 1974 yilda 13 mln. kishi bu tizimni qamrab olgan edi. 1974 yilda eng kam ish haki soatiga 1,6 dollardan 2,2 dollarga ko'paydi.

SHunday qilib, neokonservatizm ijtimoiy sug'urtani kengaytirish va davlat yordamini o'z ichiga oldi.

1973 yil 27-yanvarda Parijda Vyetnamdagi urushni to'xgatish, bitimgga imzo chekishdi. Amerika qo'shinlari mamlakatdan olib chiqildi. Bu urushda 58 ming amerikalik halok bo'ldi. Lotin Amerikasida AQSH har bir mamlakatning Kuba bilan munosabatlarini mustaqil yuritishi huquqini tan olishga majbur bo'ldi. Bu, AQSHning diplomatik blokada siyosatidagi ochik oydin adashish edi.

Sovet-Amerika munosabatlarida bu paytda muhim burilish yuz berdi. Moskvada ikkala tomon tinch-totuv yashash haqida kelishib olishdi.

1972 yil prezidentlik saylovlarida R.Nikson yana g'alaba qozondi. Saylovchilarning 60 foizi unga ovoz berishdi. Biroq kongress ikkala palatasidagi ko'pchilikni demokratlar tashkil etdi.

Saylovlar tugashi bilan AQSHda siyosiy janjallar boshlandi. Dastlabki janjal vitse-prezident S.Agnyuning poraxo'rlikda ayblanishi bilan bog'lik bo'ldi. U shundan so'ng bu lavozimni tark etdi.

1973 yil "Uotergeyt ishi" bilan bog'lik siyosiy inqiroz boshlandi. 1972 yil 17-iyunda "Uotergeyt" mehmonxonasidagi demokratik partiya qarorgohida eshituvchi apparatlar o'rnatayotgan shaxslar guruhi ushlandi. Prezident R.Nikson ham bu ishga aralashgani ma'lum bo'ldi.

"Uotergeyt janjali" va fukarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buzuvchi noqonuniy xatti-harakatlar, korruptsiyaga doir dalillar prezidentning iste'foga chiqishi uchun keng harakatlarni yuzaga keltirdi. 1974 yil 9-avgustda R.Nikson impichment-(davlat lavozimidan majburiy cheklantirish) xavfi ostida iste'foga chiqdi.

AQSH vitse-prezidenti Jeral'd Ford yangi prezident bo'ldi. U ijgimoiy sohadagi byudjet harajatlarini qisqartirishga chaqirdi. Bu neokonservatizm kontseptsiyasi va Nikson kursidan jiddiy chekinish edi. Respublikachilar partiyasi o'z ta'sirini yo'qota bordi va demokratlarga o'z mavkeini bera boshladi.

1976 yil saylovlarida demokratik partiya vakili, bu siyosati paytgacha siyosiy doiralarda noma'lum bo'lgan, Jorjiya shtatining sobiq gubernatori, fermer J.Karter g'alaba qozondi. YAngi hukumat harbiy xarajatlarni keskin oshirdi. 1980 yilda ular rekord darajaga, ya'ni 130 mlrd. dollarga o'sdi. Siyosiy doiralarda "YAngi konservatizm" deb nomlangan yangi qudratli harakat shakllandi. Davlatning ijgimoiy xarajatlarini qisqartirish va harbiy xarajatlarni oshirishga intilish uchun asosiy ko'rinishlaridan biri bo'ldi.

J.Karter asosiy sababi aynan xarajatlar bo'lgan inflyatsiya bilan kurash bahonasida oylik ish hakini oshirmasliq ijtimoiy xarajatlarni kisqartirish va shu tariqa mexnatkashlar ommasi xisobiga "qat'iy iqtisodiyot" siyosatini olib borish dasturini amalga oshirdi. Bu ishchilarning ommaviy noroziligiga olib keldi.

Mamlakatda fermerlik harakati jonlandi. Fermerlar qishlok xo'jalik mahsulotlariga narxlarni davlat tomonidan ko'llab-kuvvatlash tizimini tiklashni talab etishdi. Amerikaning tub aholisi bo'lgan xindular harakati faollashdi. 1978 yilda Vashinggonda xindularning kirilib ketishga mahkum etgan genotsid va irqiy ta'kiblarga qarshi umummilliy yurishi bo'ldi.

AQSH o'z tashqi siyosatida Misr va Isroil o'rtasida tinchlik sulhi tuzishni tiqishtirishga muvaffaqiyatsiz urindi. 1978 yil-sentabrda Kemp-Devidtsa (AQSH) Misr prezidenti A. Sadat va Isroil bosh vaziri M. Begin o'rtasida imzolangan bitim butun arab dunyosida qoralandi. A.Sadatning o'ldirilishi bu jarayonga chek qo'ydi.

1979 yil-noyabridagi Eron Islom inqilobining g'alabasi AQSHni YAqin SHarqdagi muhim strategik joylardan maxrum etdi.

AQSH va SSSR o'rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashdi. Sovet Ittifoqining Afg'onistonga bostirib kirishni ro'kach qilgan. J.Karter hukumati Moskvadagi Olimpiya o'yinlarini boykot kildi, Sovet Ittifoqiga don va boshqa tovarlar etkazib berishdan bosh tortdi, fan-texnika sohasida almashuvlarni chekladi.

Mamlakatda neokonservatizmning iqtisodiy g'oyasi tez sur'atlarda rivojlana boshladi.

1980 yil saylovlarida g'alaba qozongan R.Reygan neokonservatizm yo'lboshchisi bo'ldi. U mamlakat tarixidagi eng keksa prezident edi, chunki u prezidentlik o'rindig'iga o'tirganda 70 yoshda bo'lgan. Biroq shunga qaramay keksa yosh unga 1984 yilda ikkinchi marta bu lavozimga o'tirishga xalaqit bermadi.

R. Reygan ma'muriyatining iqtisodiy siyosati ("reyganomika" nomini olgan) yirik korporatsiyalar solig'ini kamaytirish va ularga katta imtiyozlar berish, ijtimoiy ehtiyojlarga byudjet xarajatlarini cheklash, inflyatsiyani engishga yo'naltirilgan kredit-pul siyosatini ta'minlash yo'lidan bordi. "Reyganomika"ning markaziy masalasi harbiy extiyojlarga xarajatlarni oshirish edi. AQSHning harbiy xarajatlari 1980 yil da 134 milliard dollardan 1987 yilda 282 milliard dodlarga o'sdi. Ma'muriyat "yulduzli urushlar" dasturini amalga oshirishni e'lon qildi. Bunda kelajakdagi uruщda asosiy harbiy harakatlar kosmik fazo va Oyda ro'y beradigan bo'ldi. Jamoatchilik fikrini aldaydigan bunday fantastik loyixa astronomik harbiy xarajatlarga olib keldi (1979 yilda-40,2 milliard, 1983 yilda-207 milliard, 1986 yilda-221 milliard dollar).

R. Reygan ma'muriyatining iqtisodiy siyosati mamlakat sanoatining rivojlanishi va muhim tarmoqlarini ilmiy-texnik jixatdan jihozlashda muhim o'zgarishlarga olib keldi. Ular ishchi kuchi qo'llanmasdan ishlaydigan butun boshli fabrikalarni yaratishga yo'naltirgan ishlab chiqarish, elektron avtomatlashtirish jarayonining boshlanishiga asos bo'ldi. 80-yillardagi amerika sanoatining asosini mashinasozlik majmui (metallni qayta ishlash, umumiy mashinasozliq elektrotexnik mashinasozliq transport mashinasozligi va asbobsozlik) tashkil etdi. 80-yillar oxirida dunyoning butun mashinasozlik ishlab chiqarishda AQSH ning ulushi 34 foiz bo'lsa, ikkinchi o'rindagi YAponiyaning ulushi 17 foizni tashkil etgan, xolos. Avtomobil sanoati tubdan rekonstruktsiya qilish AQSH, mahsulotni avtomatlashgan loyihalash tizimi va robototexnik komplekslarni keng tatbik etishdan foydalangan holda, avtomobillar ishlab chiqarish sohasidagi birinchilikni o'ziga qaytib oldi.

R.Reygan ma'muriyada sof kuchlarni tashqi siyosatida "Sovuq urush"ga ilhomlantirishga intilish va xalqaro munosabatlarda AQSH ustunligini tasdiqlash muhim o'rin tutdi. Bu ma'muriyatning kontseptsiyasi shunday jaranglaydi: "Dunyo kuch-iqtisodiy harbiy va strategik omil bilan qaror topadi". Unga ko'ra, dunyoda AQSHga nisbatan dushmanlik ortib bormoqda va faqat harbiy kudrat hamda qat'iy xatti-harakatlargina xavfsizlikni ta'minlaydi. R.Reygan ma'muriyatining ilk tashqi siyosiy harakati Grenadaga havo desanti tushirish va orolning qonuniy hukumatini yo'q qilish bo'ldi. U kongressning mann etishi, BMT, shuningdek Markaziy Amerika mamlakatlari qoralashiga qaramay Nikaraguadagi reaktsion kuchlarni ko'llab-quvvatladi. Amerika ma'muriyati ulkan harbiy xarajatlarni oqlash uchun xalqaro keskinlikni oshirishga intilib, ochiq tajovuzkorona xatti-harakatlarni amalga oshirdi.

Ayni paytda R.Reygan ma'muriyati Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni biroz yaxshilashga intildi. 1986-1988 yillarda M.S.Gorbachev bilan oliy darajada bo'lib o'tgan uchrashuvlar sovet-amerika munosabatlarini sozlash va xalq vaziyatni yaxshilashga imkon yaratdi.

J. Bush ma'muriyati to'rt yil hukmronlik qilgandan so'ng (1989-1993) 1992 yilda demokratik partiya saylovlarda yana g'alaba qozondi. Bill Uil'yam Klinton (1946 yilda tug'ilgan) prezident etib saylandi. AQSHda o'tkir ijtimoiy mojaro pishib etildi. "Reyganomika" tor doiradagi biznesmenlarning boyishiga olib keldi va ayni paytda amerika jamiyatining xastaliklari, jumladan, qashshoqlikni aniqlashga imkon yaratdi. Zotan, 12,5 foiz amerikaliklar qashshoq ahvolda yashamoqda, qora tanli aholi orasida bu ko'rsatkich yana ham yukori 12 million amerikaliklar boshpanaga ega emas edi. Amerikaning 26 ta yirik shaharlari aholisi tezkor ravishda uy-joy berilishiga muhtoj bo'lib, 400 ming amerikalik giyoxvand moddalarni iste'mol etishni man qilish haqidagi qonunni buzgani uchun qamoqxonada saqlandi. Giyoxvand keng ijtimoiy hodisaga aylandi.

YAngi prezident o'zini "yangi demokrat" deb atadi, bu bilan Amerikani davolash uchun barcha demokratik vositalarni qo'llashga tayyorligini bildirdi. Biroq uning qashshoqlar foydasiga daromadlarni "taqsimlash" ga urinishi kongressning ko'pchilik respublikachilari tomonidan rad etildi.

Respublikachyalar uning barcha qonun loyixalarini barbod etishdi. Ayni paytda Senat to'g'ridan-to'g'ri prezident karashlariga zid keluvchi qabul kildi. 1998 yilda Klintonning ijtimoiy siyosatiga zarar etkazuvchi va avtomobil, yo'l, neft va aviatsiya kompaniyalariga ulkan subsidiyalar ajratuvchi bir kator qonunlar qabul kildi.

Bundan tashqari kongress prezidentning Arkanzasdagi gubernatorlik qilgan paytdagi moliyaviy operatsiyalar chog'ida yuz bergan bir qator suiiste'molliklarni fosh etdi, siyosiy raqiblari esa uning shaxsiy xayoti bilan bog'liq janjaldan foydalanishdi. Senatda uni hokimiyatdan maxrum etish (impichment) uchun ikki ovoz etmay qoldi xolos.

Klintonning ijtimoiy siyosati unga omma orasida obro' keltirdi va 1996 yilda u ikkinchi muddatga prezident etib saylandi.

Klinton ma'muriyatining tashqi siyosatida dunyoda yagona hokimlikka intilish ustuvorlik kildi. 1991 yili Sovet Ittifoqi tarkatilgandan so'ng jang maydonida AQSHga qarama-qarshi turadigan rakib qolmadi. U BMT bilan bosh xalqaro tashkilot sifatida hisoblashmay qo'ydi. 1999 yilda YUgoslaviyaning bombardimon qilinishi shundan guvohlik beradiki, AQSH jahon muammolarini o'z manfaatlariga muvofiq holda mustaqil hal etishga kirishdi. Butun g'arb olami AQSH atrofida birlashdiki, bu xol unga imkon yaratdi.

2000 yil prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasi g'alaba qozongan. AQSH sobiq prezidenti J.Bushning o'g'li (kichik) Jorj Bush prezident etib saylandi. Mamlakat ichki va tashqi siyosati o'zgarmadi. 2001 yil 11-sentabrida AQSHda terroristik harakatlar amalga oshirildi. Natijada N'yu-Yorkdagya savdo markazining ikki noyob binosi va harbiy vazirlik-Pentagonning bir qismi vayron etildi. Prezident J. Bush Al-Qoida terrorchilik tashkilotiga qarshi jahon miqyosida urush e'lon qildi. AQSH Afg'onistonni bombardimon qila boshladi. Toliblarnyang tayanch manzillari yo'q qilind. Kobul shimoliy ittifoq qo'shinlari tomonidan egallandi. O'zbekiston aksilterrorchilik kurashida faol ishtirok etdi. AQSH samolyotlari va boshqa aksilterrorchilik harakati kuchlariga respublika hududidan bazalar berildi.

Qisqacha mazmuni:

" 1961 yil-prezident J.Kennedi: soliqlarni oshirish va narx oshishini ushlab turish hisobiga ijtimoiy islohotlar dasturi

" 1963 yil 22-noyabr'-J.Kennedi Dallasda o'ldirildi (Texas shtati).

" 1963 yildan-prezident L.Jonson: "qashshoqlikni tugatish" va irqiy kamsitishni bartaraf etish dasturi; qurollanish poygasining kuchayishi.

" 1965 yil-aprel'-Vyetnamga qarshi tajovuz.

" 1968 yil-aprel'--martin Lyuter King o'ldirildi.

" 1969-1974 yillar-prezident R.Nikson: iqtisodiy va siyosiy inqiroz, ishlab chiqarishning pasayishi, narxlar va inflyatsiyaning oshishi.

" SSSR bilan tinch-totuv yashash haqida shartnoma.

" 1973 yil-"Uotergeyt ishi" (demokratlar shtabi-"Uotergeyt" mehmonxonasiga eshituvchi qurilmalarning o'rnatilishi).

" 1974 yil-prezident J. Ford: neokonservatizm yo'lining barham topishi.

" 1977-1981 yillar-prezident J.Karter: ijtimoiy daromadlarning qisqarishi va harbiy sarflarning oshishi, noroziliklarning o'sishi, SSSR bilan munosabatlarning yomonlashuvi.

" 1981-1989 yillar-prezident R.Reygan: "reyganomika", "yulduzlar urushi" dasturi, tashqi siyosatdagi barbodliklar.

" 1986 yil-SSSR bilan munosabatlarning yaxshilanishi.

" 2000 yildan-(kichik) J. Bush prezidentligi.

BUYUK BRITANIYA 50-60 YILLARDA

1945 yil-iyulda britaniyalik saylovchilar U. CHerchill boshchiligidagi konservatorlarni rad etib, leyboristlar partiyasi uchun ovoz berishdi. Bosh vazir U.CHerchill o'rnini Klement Ettli egalladi.

Leyboristlar hukumati "farovonlik jamiyati"ni barpo etish uchun shart-sharoitlar yaratdi: ko'mir sanoati, energetika, transport, fuqarolik aviatsiyasi, ingliz banki va po'lat quyish sanoati natsionalizatsiya qilindi. Hukumat millionlab inglizlarni arzon kvartiralar bilan ta'minlash uchun uy-joy dasturini qabul qildi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling