Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet33/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Afrikaliklar san'atning turli sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog'och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda. Benindagi shoh saroyida jezdan ishlangan podsho va a'yonlari bo'rtma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shuningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.

Afrika xalqlarining o'rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo va Yevropa davlatraridagiga nisbatan birmuncha orqada bo'lishiga qaramasdan aholi xo'jalikda muvaffaqiyatlarga erishib o'ziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat yaratdi.

MUHIM TARIXIY SANALAR

43 yil-London shahriga asos solinadi.

3 asr-Qadimgi Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, uning o'rnida uchta mustaqil: Vey, SHu va U davlatlari vujudga keladi.

320-340 yillar-CHandragupta 1 hukmronlik qilgan davr.

395 yil-Rim imperiyasi ikki mustaqil davlatga: G'arbiy Rim imperiyasi poytaxti Rim va SHarqiy Rim (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga bo'linadi.

4-6 asrlar-xalqlarning buyuk ko'chishlari davri.

6 asrning boshlari-Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirib german-larga qarshilik ko'rsata boshlaydi.

e 407 yil-Rim legionlari Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi.

476-yil-Germanlar istilosi G'arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keladi.

486 yil-Xlodvig franklar davlatiga asos soladi.

527-565 yillar-Yustinian 1 hukmronlik qilgan davr.

532-537 yillar-Konstantinopolda Muqaddas Sofiya ibodatxonasi barpo etilgan.

570 yil-Muhammad (s.a.v.) Makkada tavallud topadilar.

589-618 yillar-Xitoyda Suy suiolasi hukm surgan davr.

600 yillar-Angl-sakslar tomonidan Britaniyaning katta qismi bosib olingan.

610 yil-Muhammad (s.a.v.)ga Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayon bo'la boshlaydi.

618-907 yillar-Xitoyda Tan suiolasi hukm surgan davr.

622-yil-Muhammad (s.a.v.) o'z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi.

632-1258 yilIar-Arab xalifaligi faoliyat yuritgan davr.

632-634 yillar-Abu Bakr xalifalik qilgan davr.

634-644 yilIar-Umar xalifalik qilgan davr.

681-701 yilIar-Bolgariyada Asparux hukmronlik qilgan davr.

644-656 yillar-Usmon xalifalik qilgan davr.

656-661 yillar-Ali xalifalik qilgan davr.

661-750 yillar-Arab xalifaligida Umaviylar suiolasi hukmronligi davri.

7asrning oxirlari-Bolgar podsholigiga asos solingan.

8 asr-Xitoyda Xanlin akademiyasi tashkil qilingan.

711 yil-Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo'shini Ispaniyani bosib oladi.

732 yil-Puate jangida franklar hukmdori Karl Martell arablami yen-gib, ularning Fransiyaga yurishlariga chek qo'yadi.

750-1258 yillar-Arab xalifaligida Abbosiylar hukmronligi davri.

756-yil-Italiyada Rim papalari davlati-Papa viloya'ti tashkil topadi.

768-814 yillar-Buyuk Karl hukmronlik qilgan davr.

769-783 yillar-Movarounnahr markazi Sug'diyonada Muqanna bosh-chiligida yirik xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tadi.

772-802-yillar-Franklarning sakslar bilan urushlari.

9 asr-Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi ochiladi.

9 asr boshlari-Xalifa Ma'mun saroyida "Bayt ul-hikma"-"do-nishmandlik uyi" tashkil etiladi.

800 yil dekabr-Rim papasi avliyo Pyotr ibodatxonasida Karlga impe-ratorlik tojini kiydiradi.

815 yil-Ozarbayjonda Bobek boshchiligidagi qo'zg'olon boshlanadi.

843 yil-Verden shahrida tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o'rnida, keyinchalik-Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi.

871-900 yillar-Buyuk Alfred hukmronlik qilgan davr.

879 yil-Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.

882 yil-Oleg Kiev Rusi davlatiga asos soladi.

893-927 yillar-Bolgariyada Buyuk Simeon hukmronlik qilgan davr.

10 asr-Roman uslubi Apennin yarim orolida shakllangan.

919 yil-Saksoniya gersogi Genrix qirol deb e'lon qilindi.

920-935 yillar-Vatslav hukmronlik qilgan davr.

936-973 yillar-Otton 1 ning hukmronlik davri.

10 asr o'rtalari-Knyaz Meshko Polsha davlatiga asos soladi.

960-1279 yillar-Xitoyda Sun sulolasi davri.

962-1806 yillar-Muqaddas Rim imperiyasi hukm surgan davr.

962-yil-Rim Papasi Ioann 12 Otton 1ga imperatorlik tojini kiydiradi.

988 yil-Kiev Rusida xristian dini joriy qilinadi.

1054 yil-Xristian cherkovi rasman katolik va pravoslav cherkovlariga bo'lindi.

1066 yil-Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi.

1085 yil-German imperatori Genrix 4 Rim papasiga qarshi og'ir kurashda unga yordam bergan chex knyazi Bratislav 2 ga qirol unvonini taqdim etadi.

1095-yil-Papa Urban 2 Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida so'zlagan nutqida xristianlarni salib yurishiga da'vat qiladi.

1096-1270-yillar-Salib yurishlari bo'lib o'tgan yillar.

12 asr-G'arbiy Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki oliy mak-tablar-universitetlar ochila boshlandi.

12 asr-Asteklar Tenochtitlan shahriga asos soladilar.

1108-1137 yillar-Fransiya qiroli Lyudovik 6 hukmronlik qilgan davr.

1113-1125-yillar-Kiev Rusida Vladimir Monomax hukmronlik qilgan davr.

13-15 asrlar-G'arbiy Yevropada Ispaniya, Italiya, Janubiy Fran-siyani dengiz orqaii Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog'laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqaii London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog'laydigan SHimoliy savdo yo'llari harakatda bo'lgan.

1152-1190 yillar-Fridrix 1 Barbarossa hukmronlik qilgan davr.

1180-1223-yillar - Filipp 2 hukmronlik qilgan davr.

1187 yil-Misr sultoni Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddusni tortib oladi.

1204-1261 yillar-salibchilar tomonidan asos solingan Lotin imperi-yasi faoliyat yuritgan davr.

1206 yil-Onon daryosi bo'yidagi qurultoyda Temuchin ulug' xon deb e'lon qilinadi.

1206 yil-Dehli sultonligi tashkil topadi.

1242 yil 5-aprel-CHud ko'lida bo'lib o'tgan Muz ustidagi jang.

1279 yil-Mo'g'ullar tomonidan Xitoy to'liq bo'ysundiriladi.

1285-1314-yilIar-Filipp IV hukmronlik qilgan davr.

1302 yil-Fransiyada General shtatlarning chaqirilishi.

1337-1453 yillar-Angliya va Fransiya o'rtasidagi "Yuz yillik urush".

1346 yil-Angliya va Fransiya o'rtasidagi Kresi jangi.

1358 yil-Fransiyada Gilom Kal boshchiligidagi dehqonlaming Jakeriya qo'zg'oloni bo'lib o'tadi.

1368 yil-Xitoyda Yuan CHjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topdi.

1380-yil sentabr-Knyaz Dmitriy qo'shinlari Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida Oltin O'rdaning Mamay boshchiligidagi qo'shini ustidan g'alaba qozonadi.

1381 yil-Uot Tayler boshchiligidagi qo'zg'olon bo'lib o'tadi.

1395 yil-Sohibqiron Amir Temurning Oltin O'rda ustidan Tarak daryosi bo'yidagi jangda g'alabasi Rus yerlari va SHarqiy Yevropa xalqiarining mo'g'ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo'ladi.

1397-yil-Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll qurib bitkazilgan.

1402 yil yoz-Amir Temur va Boyazid o'rtasidagi Anqara jangi.

1409-yil-Bryuggeda birja tashkil topgan.

1415-1420 yil-Xitoy imperatorlari Samarqanddagi Ulug'bek saroyiga elchilar yuboradi.

1445 yil-Iogann Gutenberg kitob bosish dastgohini kashf qiladi.

1453 yil 29-may-Konstantinopol turklar tomonidan egallanadi va shahar Istanbul deb nomlanadi.

Java Books Maker Kirish

"...inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi"

I.A.Karimov

Aziz o'quvchi!

8-sinf "O'zbekiston tarixi" darsligida 16 asrdan 19 asrning o'rtalarigacha Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy hayoti tarixi yoritilgan.

Qariyb 350 yilcha davom etgan bu davrda mamlakatimiz hududidagi ijtimoiy-siyosiy hayot nihoyatda keskinlashadi. Buni Siz so'nggi temuriy shahzodalar o'rtasidagi taxt uchun kurash oqibatida siyosiy inqirozning vujudga kelishi, Bobur Mirzo bilan Muhammad SHayboniyxon o'rtasidagi kurash, tinimsiz davom etgan ichki nizo, taxt uchun kurash misolida bilib olasiz.

Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo'linib ketishi va buning sabab va oqibatlarini yoritishga alohida e'tibor berilgan. Siz Buxoro xonligi (amirligi), Xiva va Qo'qon xonliklarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy hayoti, davlat boshqaruvi, xonliklar o'rtasida o'zaro ahillik, hamkorlik bo'lmaganligini anglash bilan birga, yurt tinchligi va barqarorligini ta'minlash qanchalik zarur ekanligi haqida saboq chiqarib olasiz.

16-17 asrlarda Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga kirib kelgan turli turkiy urug'-qabilalar bilan mahalliy aholining aralashuvi, xalqimizning o'zbek degan nomni o'ziga qabul qilishi kabi jarayonlarni bilib olasiz. SHuningdek, bu davrda qoraqalpoqlar hayotida ham sodir bo'lgan jiddiy o'zgarishlarni, qoraqalpoqlarning xalq bo'lib shakllanish jarayonini o'rganasiz.

16-19 asrning birinchi yarmida ajdodlarimizning bunyodkorlik mehnati tufayli ko'plab shaharlar, ko'rkam binolar, madrasalar, suv inshootlari barpo etildi, qo'riq yerlar o'zlashtirildi, hunarmandchilik rivojlandi. Biroq xonliklar o'rtasidagi o'zaro urushlar, siyosiy tarqoqlik natijasida Vatanimiz jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Siz darslikni o'qish, o'rganish jarayonida qoloqlikning sabablari va oqibatlarini bilib olasiz.

1-§. 15 asr oxiri-16 asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat.

Siyosiy inqiroz. Xuroson hukmdori SHohrux 1447 yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o'n bir qismga bo'linib ketdi. Ularning bar biri o'zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469 yilda Amir Temurning ikkinchi o'g'li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi.

Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to'la osoyishtalik o'rnatilmagan bo'lsa-da, Xuroson davlatining xo'jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nishatan siyosiy barqarorlik ta'minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o'rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo'ldi.

1506 yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. SHundan keyin mamlakatda qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o'g'li (Badiuzzamon va Muzaffar Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e'lon qilindi. Bu hol shusiz ham og'ir kunlarni boshidan kechirayotgan Xuroson davlatini to'la parokandalikka olib keldi. Natijada shayboniylar hujumi arafasida davlat inqirozga yuz tutdi.

Mirzo Ulug'bek vafotidan keyin. Movarounnahrda ham toj-u taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib ketdi. Bu kurashda Mironshohning nabirasi Abu Said ibn Sulton Muhammad g'alaba qozonadi va Movarounnahr taxtini egallaydi (1451-1469). U 1469 yilda urushda halok bo'lgach, hokimiyatni uning ikki o'g'li: Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1495) hamda nabiralari Boysung'ur Mirzo (1495-1497) va Sulton Ali Mirzo (1498-1500) lar boshqargan. Xullas, temuriylar hukmronligi davri oxirida o'zaro urush-talash oqibatida mamlakat to'la tanazzulga yuz tutgan.

16 asr bo'sag'asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur chiqdi.

Bobur Mirzo siyosiy kurash maydonida. Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshohning chevarasi edi. U 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug'ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o'tgan. U otasi Umarshayx Mirzo (1456-1494) saroyida o'z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egallagan.

Umarshayx Mirzoni otasi Abu Said Mirzo hukmronligi davrida, dastlab, Kobul viloyatiga, so'ng Farg'ona viloyatiga hukmdor etib tayinlagan. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berilgan. Biroq o'zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo'l ostida faqat Farg'ona, Xo'jand va O'ratepagina qolgan.

Umarshayx Mirzo 1494 yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo'lgach, hokimiyat 11 yoshli Bobur Mirzo qo'liga o'tdi.

Yodda tuting. Bobur yosh bo'fganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o'qimishli, oqila onasi Qutlug' Nigorxonim yordamida boshqarardi.

Bobur Mirzoning siyosat maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og'irlashgan sharoitga to'g'ri keldi. Bu holat Farg'onadagi siyosiy vaziyatda ham o'z ifodasini topdi.

CHunonchi, 1494 yili Bobur Mirzoning amakisi Sulton Ahmad Mirzo Farg'ona ustiga yurish boshladi. Samarqand qo'shini Quvasoy ko'prigidan o'tayotganda falokat yuz beradi. Ko'prik sinib, natijada ko'p kishi suvga g'arq bo'ladi. Buning ustiga otlarga o'lat tegadi, qo'shin orasida vahima va sarosimalik ham boshlanadi. Ayni paytda mahalliy xalq g'animlarga qaqshatqich zarba bera boshlaydi. CHorasiz qolgan Sulton Ahmad Mirzo Samarqandga qaytib ketadi.

Oradan ko'p vaqt o'tmay Bobur Mirzoning tog'asi-Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxon Farg'ona ustiga yurish boshlaydi va Axsi qo'rg'onini qamal qiladi. Biroq Sulton Mahmudxon qanchalik urinmasin, Axsini olishga qurbi yetmadi. Axsi himoyachilarining mardonavor kurashayotganini ko'rgan Sulton Mahmudxon ham Toshkentga qaytishga majbur bo'ldi.

Sulton Ahmad Mirzo Samarqandga yetmasdan yo'lda to'satdan vafot etadi. 1495 yilning yanvarida Samarqand taxtiga Sulton Mahmud Mirzoning ikkinchi o'g'li Boysung'ur Mirzo (1495-1497) o'tqizildi.

SHunday qilib, Andijonda Bobur Mirzo, Samarqandda Boysung'ur Mirzo, Toshkentda Sulton Mahmudxon, Hirotda esa Sulton Husayn Boyqaro hukmron edilar.

Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi. Bobur Mirzo ham barcha taxt da'vogarlarga xos xususiyatlardan xoli emasdi. U ham saltanat tuzish, buning uchun, avvalo, ulug' bobosi Amir Temur saltanatining markazi-Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi.

Tez orada Boysung'ur Mirzo bilan ukasi Sulton Ali Mirzo o'rtasida toj-u taxt uchun kurash boshlandi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo 1496 yilning 17 iyunida qo'shini bilan Samarqand qamaliga tutinadi. Ayni paytda, Bobur Mirzo tog'asi-Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxondan yordam oladi. Biroq qish yaqinlashib qolganligi tufayli ittifoqchi shahzodalar Samarqand qamalini to'xtatib, yurtlariga qaytishga majbur bo'ldilar.

1497 yilning may oyida Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va yana Samarqand qamali boshlanadi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi yuz bergani tufayli Boysung'ur Mirzo askarlari orasida parokandalik ro'y beradi. Qamalga bardosh berishga ko'zi yetmagan Boysung'ur Mirzo Dashti Qipchoq hukmdori SHayboniyxondan yordam so'raydi. SHayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobur Mirzo qarorgohining ro'parasiga joylashadi. Bobur Mirzo bor askari bilan SHayboniyxonga qarshi chiqishga shaylandi. Kutilmaganda SHayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi, biroq Boysung'ur uni shaharga kiritmadi. Boysung'ur uni shahar tashqarisida bo'ladigan jangda ittifoqchi bo'lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan SHayboniyxon qo'shini bilan Turkistonga qaytib ketdi. SHunday bo'lsa-da, SHayboniyning Samarqandga kelishi behuda ketmadi. U bu yerga yana qaytishni, qaytganda ham qanday kuch bilan qaytishi zarurligini bilib oldi. Ikkinchidan, u temuriyzodalarning ahvoli o'zaro urushlar oqibatida nochor holatga tushib qolganligini ko'rib qaytdi.

Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi. SHayboniyxondan yordam ololmagan Boysung'ur Mirzo kam sonli qo'shini va yaqinlari bilan Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga qochdi.

Andijonda hokimiyat uchun kurash. Bobur Mirzo 1497 yilning noyabr oyi oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo'ldi. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Boburning Andijonga yuborgan ishonchli begi Uzun Hasan Boburning dushmani Ahmad Tanbal bilan til biriktirib, Boburning ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o'tqizish harakatiga tushgan edilar. Ular o'z maqsadlariga erishdilar ham. Vujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur Mirzo qanday bo'lmasin Andijonni saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandni yuz kun idora etgandan so'ng uni tark etishga majbur bo'ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi.

Ayni paytda, Bobur Mirzoning kichik ukasi Nosir Mirzo Andijonga hujum qildi va Uzun Hasan hukmronligiga barham berib, hokimiyatni Bobur Mirzoga topshirdi. Biroq vaziyat hamon og'irligicha qolaverdi. CHunonchi, Jahongir Mirzo hali taxt da'vosidan voz kechmagan edi. Qolaversa, Ahmad Tanbal ham hamon uni qo'llab-quvvatlayotgan edi. Nihoyat, 1500 yilda Bobur Mirzo bilan Jahongir Mirzo o'rtasida sulh tuzildi. Unga ko'ra, Sirdaryoning §himoliy tarafi Axsi shahri bilan Jahongir Mirzoga, daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Bobur Mirzoga berildi.

Temuriylar saltanatining boshqa qismlarida ham Farg'onadagi kabi toj-u taxt uchun kurash davom etardi. O'sha davr tarixchisi Muhammad Solih yozganidek, "Hamma bir-biridan qo'rqar edi. O'zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig'vo urug'ini sochardilar".

Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko'pdan buyon Temuriylar saltanati hududlarini egallashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan Muhammad SHayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi.

SHohrux vafotidan so'ng Xuroson mayda bo'laklarga bo'linib ketdi.

1469 yilda Xuroson taxtini Husayn Boyqaro egalladi va davlatni birlashtirishga erishdi.

Mirzo Ulug'bek vafotidan so'ng boshlangan temuriy-zodalarning toj-u taxt uchun o'zaro kurashlari oqibatida Movarounnahr tanazzulga yuz tuta bordi.

2-§. Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad SHayboniyxon

Dashti Qipchoq haqida 11 asrdan boshlab arab va fors manbalarida "Dashti Qipchoq" deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g'arbiy yon bag'ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho'zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan.

Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g'arbiy qismlarga ajratib turgan.

Yodda tuting. Bu hududlar rus manbalarida "Poloveslar yeri" nomi bilan yuritilgan. CHunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular kumanlar, sharq manbalarida esa qipchoqlar nomlari bilan qayd etilgan.

SHarqiy Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat. 1428 yilda Jo'jining beshinchi o'g'li SHaybon naslidan bo'lganAbulxayrxon (1412-1468) SHarqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy man-balarda bu davlat "O'zbek ulusi" (o'zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1431 yilda Xorazmni ham bosib oladi.

1446 yilda Abulxayrxon Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan shaharlar-Sig'noq, Oqqo'rg'on, Arquq, O'zgan va Suzoqni bosib oladi. O'z davlatining poytaxtini Turadan Sig'noqqa ko'chirdi.

Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451 yilda o'zidan madad so'ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o'ljalar bilan o'z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug'bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi.

Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. SHu orqali u Movarounnahrda borgan sari o'z nufuzining ortishiga erisha olgan.

Abulxayrxon tomonidan tuzilgan davlat 40 yil hukmronlik qiladi. 1468 yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, bu davlat parchalanib ketdi.

Muhammad SHayboniyxon. Muhammad SHayboniy Abulxayrxonnig nabirasi, SHohbudoq Sultonmng o'g'li edi. SHohbudoq Sultondan ikki o'g'il qolgan: Muhammad SHayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad SHayboniy 1451 yilda tug'ilgan.

SHayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko'ra tug'ilgan go'dakka ikki ism qo'yish urf bo'lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo'lgan. Tug'ilganda Muhammad deb nom olgan SHayboniy o'zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo'lgan. "Boburnoma" asarida SHayboniyning ismi SHoybog'xon deb berilgan. Bu nom "kuch-qudrat" degan ma'noni anglatadi. Umuman olganda, Muhammad SHayboniyxon faqat xon bo'lmasdan, ayni paytda, ilm-ma'rifat homiysi va o'zi ham didli ijodkor, shoir bo'lgan. SHu bois, SHayboniyxon SHohbaxt, SHoybog', SHoybek, SHeboni, SHohibek, SHayboniy taxalluslari bilan she'rlar yozgan.

Otasi SHohbudoq Sulton va onasi Qo'zibegimdan yoshligida yetim qolgan Muhammad SHayboniy otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalangan. Qorachabek bu shahzodaga otalarcha mehribonlik ko'rsatgan. Keyinchalik SHayboniyga nufuzli temuriy amirlardan bo'lmish Turkiston va O'tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. SHayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular Buxoroda yashab, ilm o'rgandilar, she'riyat va ilm-fanga oshno bo'ldilar. Balog'atga yetgani sari SHayboniy ko'nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo'sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to'plashga muvaffaq bo'ladi. Ayni paytda, u bobosi davlatini tiklash yo'lidagi xatti-harakatini dastlab o'z qo'shini bilan temuriylarga yollanma qo'shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan.

Dastlab, SHayboniy parchalangan Amir Temur davlatining shimoliy chegarasida noiblik qilayotgan homiysi Mazid tarxondan uni o'z xizmatiga olishni so'raydi. Avvaliga bu taklifga rozi bo'lgan Mazid tarxon tczda SHayboniyning xavf solishi mumkinligini anglab yetadi. Natijada u SHayboniyni Buxoro hokimi Darvish Muhammad tarxon ixtiyoriga jo'natib yuborish orqali undan qutuladi. CHunki Darvish Muhammad bunday yordam kuchiga muhtoj edi.

SHayboniyxonning xizmatidan ham Mo'g'uliston, ham Movarounnahr, ham Xuroson hukmdorlari o'zlarining qo'shnilariga hamda ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Bu kurashlarda SHayboniy o'zining mohir lashkarboshilik qobi-liyatini namoyon qildi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish SHayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishga imkon berdi.

Yodda tuting. SHayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo'lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida 15 asrning 80 yillarida davlatni qayta tiklashga muvaffaq bo'ldi.

Vaqt o'tib, SHayboniyxon Sirdaryo bo'ylaridagi qo'rg'onlarni ham egalladi. Bu qo'rg'onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o'tadi.

15 asrning yigirmanchi yillarida Abulxayrxon SHarqiy Dashti Qipchoqda "O'zbek ulusi" nomli davlatga asos solgan.

3-§. Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o'rnatilishi

SHayboniyxon hokimiyatining kuchayishi Dashti qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so'ng boshlangan o'zaro qirg'inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. SHu tufayli ular Muhammad SHayboniyxon timsolida bunday qirg'inga yo'l qo'ymaydigan qodir shaxsni ko'rdilar.

Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko'pdan buyon o'troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o'zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro'yobga chiqishi mumkin edi

Qabilalar rahnamolari Muhammad SHayboniyxonni o'z orzularini ro'yobga chiqarishga qodir birdan bir qudrat deb hisoblardilar. SHu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo'shinga ega bo'lgan Muhammad SHayboniyxonni qo'llab-quvvatlaydilar.

Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o'lkalarning bosib olinishi o'troq hayotga o'tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad SHayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad

SHayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o'zaro kurashlaridan charchagan ham edi. SHu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto oddiy aholining ma'lum qismi ham Muhammad SHayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o'rnatishga qodir yagona shaxsni ko'rganlar. SHu tufayli Muhammad SHayboniyxonni qo'llab-quvvatlaganlar.

SHu tariqa, Muhammad SHayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o'z hokimiyatini o'rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling