Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Germaniyada 1254-1273 yillari umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273 yili to'"planib Rudolf Gabsburgni taxtga o'tqazadilar. Ammo, Gabsburglar taxtni uzoq davrlarga egallashi uchun hali ancha yillar Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib borishiga to'g'ri keladi. Faqat 1437 yildagina Gabsburglarning 369 yillik imperatorliklari boshlanadi. Yodda tuting! Germaniyada Saksoniyliklar, Frankoniya, SHtaufenlar, Lyuk semburglar, Gabsburglar sulolalari hukmronlik qilgan. German shaharlari 14-15 asrlarda. Nemis knyazlari salibchi ritsarlarining Boltiq bo'yiga istilolari Germaniyaning shimolidagi shaharlarni yuksalishiga yo'l ochadi. Bu shaharlar 14 asrning o'rtaiariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu faqat iqtisodiy masalalar savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan ittifoq bo'lmasdan, Ganza, 14 asrning 70 yillarida SHimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi. Ganza ittifoqidan tashqari 13-15 asrlarda Germaniyaning janubiy va g'arbiy qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo'ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan SHvabiya ittifoqi Italiya shaharlari biian bevosita bog'liq edi. Augsburg, Ulm va Nyurenberg shaharlari movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan. Yodda tuting! Germaniya shaharlari Ganza va SHvabiya savdo ittifoqlariga birlashadilar. Reyn daryosi bo'ylab joylashgan g'arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metall ishlab chiqarish va movut to'qish rivojlangan. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan. 31-§. RUSDA FEODAL TARQOQLIK, UNING OQIBATLARI Feodal tarqoqlik. Rus yerlarining fojiasi o'zaro qonli urushlarda edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar edi. Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo'shni knyazliklarga qarshi yurishlar qilishi holatlari ham uchrab turardi. Asta-sekin ko'pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo'yishni o'ylay boshlaydilar. Kiev knyazi Yaroslav Donishmandning o'g'li Vladimir Monomaxning 1097 yili Lyubech shahrida knyazlarning birinchi sezdini chaqirishi ham, asosan, o'zaro urushlarga chek qo'yishga mo'ljallandi. Sezdning muhim qarori "har kirn o'z yeriga egalik qilsin" deyilishidan maqsad o'zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to'xtatish ko'zda tutilgan edi. Ayni paytda Kiev knyazining mavqei pasayadi. U ilgarigidek rus yerlarini o'g'illariga istaganicha bo'lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo'ladi. Kiev Rusi o'z tarixining muhim bosqichi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi. Rus qipchoqlarga Vladimir Monomax (1113-1125) va uning o'g'li Mstislav (1125-1132) davrida katta talafotlar yetkazadi. Lekin Monomax va Mstislavning vafotidan so'ng nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo'lsa, keyingi asrda, Botuxon bosqinlari arafasida ularning soni 50 taga yetadi. Novgorod respublikasi. Novgorod Kiev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik bo'lgan. 11 asrda vujudga kelgan Novgorod, keyinchalik faqat Rusninggina emas, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylandi. An'anaga ko'ra, 11 asrda Novgorod knyazligiga Kiev knyazining to'ng'ich o'g'li qo'yilgan. Lekin yillar o'tib mahalliy boyarlar ta'siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlaydilar. SHu tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga aylana boradi. 1136 yili novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi. Xuddi shu paytdan shahar uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. Novgorod siyosiy hayotida asosiy o'rin xalq vechesida saylangan shahar hokimi, saylanadigan "shahar dumasi" va yepiskop qo'liga o'tadi. Yodda tuting! 1136 yili Novgorod uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. Vladimir-Suzdal knyazligi. Moskva. Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi 12-13 asrlarda Kiev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi. Vladimir Monomaxning o'g'li Yuriy Dolgorukiy 12 asrda Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlarni boshqarar edi. Knyazlikda 11-13 asrlarda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir, Yurev kabi sha-harlarga asos solinadi. Knyaz Dolgorukiyning Kiev ustidan 1147 yilgi g'alabasini nishonlash sharafiga asos solgan Kuchkovo qo'rg'oni, keyinchalik Moskva nomini oladi. Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir knyazligini Ivan Grozniyga (1547) qadar boshqaradi. Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri XIV asrdan Rus yerlarining birlashuviga asos bo'ladi. 32-§. RUS YeRLARINING CHET EL BOSQINCHILARIGA QARSHI KURASHI Mo'g'ullarning Rus yerlarini istilo qilishi. CHingizxon O'rta Osiyo va Eronning shimoiini istilo qilganidan so'ng 1223 yili mo'g'ul qo'shinlari rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo'g'ullar harbiy hiyla ishlatib rus askarlarini otliq qo'shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, so'ng hujumda tor-mor qiladi. CHingizxonning nabirasi Botuxon 1237-1242 yillari SHarqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo'shinlari avval Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo'g'ullarga qo'l keladi, uzoq qamaldan so'ng, 1240 yili Kiev olinadi. Yodda tuting! 1237-1240 yillarda Botuxon boshchiligidagi mo'g'ullar Rus yerlarini bosib oladi.Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzadi. Uning poytaxti Saroy Botu (keyinchalik Saroy Berka) Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo'lgan. Botuxon bo'ysundirilgan aholidan soliq va to'lovlarni tezroq to'lay boshlashi uchun, rus knyazlariga nisbatan himmat ko'rsatadi. Yaroslav "knyazlar oqsoqoli" deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi. Knyazlardan bosqinchilar talabini qabul qilishni istamaganlari, learning joriy etgan tartiblarini bajarishdan bosh tortganlari ham uchragan. Jumladan, O'rdada CHernigov knyazi Mixail Vsevolodovich bilan bog'liq fojia ma'lum. U mo'g'ullarning gulxanlar orasidan o'tib tozalanish va sanamlarga ta'zim etish udumlarini bajarishdan bosh tortadi. Bunga javoban mo'g'ullar knyazni kaltaklab o'ldirishadi. Keyinchalik, pravoslav cherkovi Mixailni avliyo deb e'lon qilib, uning hokini Moskva Kremlidagi Arxangelsk ibodatxonasida dafn etadi. Mo'g'ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta'sir o'tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi Ruslarning nemis va shved bosqinchilariga qarshi kurashi. Nemis feodallari 13 asrning boshlarida Boltiqbo'yida yashovchi est va liv qabilalariga qarshi urush olib boradi. Rim papasi salib yurishlari deb e'lon qilgan bu urushlardan maqsad mahalliy aholini katolik diniga o'tkazish ham edi. Livoniya ordeni ritsarlari estlar yerlarini egallaganidan so'ng, Novgorod-Pskov chegaralariga yaqinlashadi. Nemis ritsarlaridan so'ng shved feodallari ham faollashadi. Ular 1240 yili Neva daryosi bo'ylab Novgorod yerlariga bostirib kiradilar. Ushbu sharoitda Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich 1240 yilning 15-iyulida Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g'alaba qozonadi. Bu g'alaba sharafiga knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi. Novgorod-Pskov knyazligining mo'g'ullar istilo qilmagan boy yerlari nemis ritsarlarini ham o'ziga jalb etadi. Nemislar qo'shini 1240 yili Pskov yaqinidagi Izborsk qal'asini egallaydi. Yodda tuting! 1240 yilda Rus yerlariga shved va nemis bosqinchilari bostirib kiradi. Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich ular ustidan yorqin g'alabaga erishadi. SHahar hokimi Tverdilaning xoinligi tufayli Pskov ham nemislarga o'tadi. O'sha yilning qishida nemis ritsarlari Novgorod chegaralariga yaqinlashadi. Bu sharoitda Novgorod himoyasiga yana Aleksandr Nevskiy boshchilik qiladi. Knyaz Suzdal qo'shinlari ko'magida Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qiladi. Hal qiluvchi jang 1242 yilning 5-aprelida CHud ko'lida boLib, Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus qo'shinlari nemis ritsarlari ustidan porloq g'alabaga erishadi. Bu jang Rus tarixida "Muz ustida jang" nomi bilan ataladi. 33-§. RUSNING MO'G'ULLAR ZULMIDAN OZOD BO'LISHI Markazlashish omillari. Mo'g'ullar istilosi natijasida Rus yerlari og'ir talafot ko'rgan bo'lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to'xtab qolmaydi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo'jaligidagi siljishlar-Rus yerlarining birlashishiga yordam beradi. Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, avvalo, Oltin O'rda xonlari zulmiga qarshi kurash zaruriyati ham ko'p jihatdan ta'sir qiladi. Rus yerlarining birlashuvi. 14 asrning boshlarida bir asr avval Vladimir knyazligi chekkasi hisoblangan Tver va Moskva qo'rg'onlari shaharlarga aylanib, rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi. Rus yerlaridan Oltin O'rda xoni yorlig'i bilan soliq yig'ish uchun kurashi davomida Tver knyazlaridan bir nechtasi mo'g'ullar qo'lida o'lim topadi. Knyazlar o'zaro kurashda hech qanday usuldan jirkan-maydi, xususan Moskva knyazi Yuriy Danilovichning O'zbekxonga o'z sadoqatini ko'rsatishi Tver knyazi Mixailning halokati bilan tugaydi. Bu kurash faqat knyaz Ivan Kalita (1325-1340) davrida uzil-kesil Moskva foydasiga hal bo'ladi. Moskva knyazlari 14 asrning o'rtalariga kelib ancha kuch to'playdi. Bu kuch bilan Oltin O'rdaga qarshi kurashish ham mumkin edi. Knyaz Dmitriy Ivanovich taxtga kelganida 10 yoshda edi. U balog'at yoshiga yetguncha Moskva knyazligi siyosatini mitropolit Aleksiy boshchiligidagi boyarlar kengashi oqilona olib boradi. Oltin O'rda ham 14 asrning o'rtasidan siyosiy nizolar davriga kirib, u deyarli 20 yil davom etadi. Moskva knyazi Omitriy Ivanovich (1359-1389) 1378 yili Voje daryosi bo'yida mo'g'ullarga qarshi kurashdagi dastlabki g'alabaga erishadi. Knyaz Dmitriy qo'shinlari 1380 yilning sentabrida Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida Oltin O'rda tumanboshisi Tamay boshchiligidagi qo'shin ustidan yana g'alaba qozonadi. Bu g'alaba sharafiga Moskva knyazi Donskoy faxriy nomini oladi. Ammo, oradan ikki yil o'tib To'xtamishxon yana Moskva ustidan hukmini o'rnatib, rus knyazlarini boj-yasoq to'lashga majbur etadi. Sohibqiron Amir Temurning Oltin O'rda ustidan 1391 yili Qunduzcha, 1395 yili Tarak daryosi bo'yidagi janglarda g'alabalari Rus yerlari va SHarqiy Yevropa xalqlarining mo'g'ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo'ladi. Nihoyat, 1480 yili knyaz Ivan 3 davrida Moskva Oltin O'rdaga boj-yasoq to'lashdan bosh tortadi. SHu tariqa Rus yerlarida, deyarlik 250 yil davom etgan mo'g'ullar hukmronligi tugaydi. 6 BOB. SALJUQIYLAR VA USMONLI TURKLAR 34-§. SALJUQIYLAR VA USMONLI TURKLAR DAVLATLARI Saljuqiylar davlati. O'rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o'g'uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari 11 asrdan kuchayadi. Ko'p o'tmay Vizantiya va unga qo'shni Eron, Iroq, Ozarbayjon, SHarqiy Armaniston hududlarida Saljuqiylar davlati shakllanadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan SHarqiy Rim imperiyasi ko'chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko'rsata olmaydi. Vizantiyaning yollanma qo'shini esa 1071 yili Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman 4 Diogen jangda halok bo'ladi. Bu mag'lubiyatdan so'ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko'rsata olmaganidan ko'p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo'l oladi. Yodda tuting! Saljuqiylar davlati-Yaqin va O'rta SHarq, qisman Mo-varounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To'g'rulbek asos solgan. Ijtimoiy tuzum. O'g'uzlar bu paytda urug'-jamoachilikning inqirozi va yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo'lishi bosqichida yashaganlar. CHorvaning asosiy qismi va yaylovlarga egalik qilish huquqlari yangi shakllanayotgan boylar tabaqasi qo'lida to'planib boradi. 11 asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli toiiq bosib olgan o'g'uzlar o'zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmini tan olsalar-da, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Ko'chmanchi turkiy qabilalarning o'troq hayotga o'tishi ayni shu paytdan boshlanadi. O'troqlashayotgan turklar o'lkaning tub aholisi yunonlar va armanlar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullana boshlashi kuzatiladi. Bu jarayonlar 12-13 asrlarda Saljuqiylarda ham feodal davlatini uzil-kesil shakllanshiga olib keladi. Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi SHarq-dagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko'p bo'lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto' tarzida harbiylar va amaldorlarga, xizmatlari evaziga in'om etilgan. Iqto' dastlab merosiy mulk bo'lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan. SHaharlar taraqqiyoti. Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Ko'nyo, Suvas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo'lib, ularda o'n minglab aholi yashagan. Turklar istilosidan so'ng shaharlar qiyofasi ham o'zgarib, sharqona tus ola boshlaydi. Sulton devoni hujjatlari va yozishmalar fors tilida olib borilgan. SHarqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy (1207-1273) o'z ijodining asosiy qismini Ko'nyoda o'tkazgan. Asta-sekin turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos-turk xalqining shakllanishiga asos bo'ladi. Bu jarayon 13 asrning 20-30 yillarida kuchayadi. Lekin 1243 yilgi mo'g'ullar bosqini davlatning keyingi taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 14 asr boshlariga kelib Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay parchalanib ketadi. Usmoniylar davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar davlatining o'rnida ko'plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan bin-Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy hududida, Eskishaharga yaqin joyda edi. Uning keyingi taraqqiyotiga, beylikning Vizantiya bilan qo'shni bo'lgani qo'l keladi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta'minlaydi. Keng istilolar Usmoniylar qo'shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo'shilishini ta'minlaydi. Sulola asoschisi Usmon (1299-1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o'g'li O'rxon Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo'lgan. Xususan bey unvoni, Usmon va O'rxonga qabila boshliqlari yig'inida berilgan. Beylarriing asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo'shni hududlarni istilo qilishini ta'minlash bo'lgan. Beylikning kuchayib borishi, uning boshqaruvida ham o zganshlarga olib keladi. Natijada, O'rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta'sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma'muriy birliklarga bo'linadi. O'rxon harbiy islohot o'tkazib qo'shinni piyoda va otliq qismlarga ('musallam'), alohida harbiy birliklarga aylantiradi. Yodda tuting! Usmonlilar davlati-Kichik Osiyo, SHarqiy Yevropa, Yaqin SHarq va SHimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299-1922). Asoschisi-Usmon 1. Bolqon yarim orolidagi istilolar. Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarim orolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Ammo, siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353-1357 yillari bo'lgan. Uning asosiy qismini turklar keyingi o'ttiz yil davomida egallaydilar. Usmoniylar poytaxti Bolqondagi Edirne (Adrianopol)ga ko'chiriladi. 14 asrning 80 yillaridan Serbiyaga hujum boshlanadi. 1389 yilda Kosovo maydonidagi jangda turk qo'shinlarining g'alabasi serblarning o'z mustaqilligini yo'qotishiga olib keladi. Usmoniylar 1393 yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini, 1396 yili Nikopol yonidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik ritsarlar qo'shinini yengadi. Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o'zining tezkor g'alabalari bilan shuhrat qozonib yildirim (SHiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan. Ayni paytda, Amir Temurning Boyazidga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402 yilning yozida Anqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo'shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Konstantinopolning olinishiga yo'l qo'ymay, Vizantiyaning yana 50 yil yashashiga imkon yaratadi. Mexmet 2 (1451-1481) yuz minglik qo'shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi. 1453 yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so'nggi imperatori jangda halok bo'ladi. Usmoniylar shaharni Istanbul deb nomlab, unga o'z poytaxtlarini ko'chiradi. Yodda tuting! 1453 yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tomonidan egallanadi va shahar Istanbul deb nomlanadi. Istanbul Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylanadi. Usmoniy turklar g'alabalarining omillari. Usmoniy turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo'shin, lashkarboshilik xususiyatlariga ega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo'shinining bo'lishida edi. Usmoniylar otliq qo'shinni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratdilar. Qo'shinni har bir suvoriysiga 3-5 ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk-tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytida taqdim etilgan. Natijada otliq qo'shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan. Sulton Yevropadagi eng yaxshi piyoda qo'shinga ham ega edi. 14 asrning o'rtalaridan, asirga olingan eng sog'lom va baquvvat xristian bolalaridan, sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tarbiyalangan. Yillar o'tib bolalar o'z tilini va dinini unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan. Usmoniy turklar sultoni jangga hamisha o'zining sodiq yanicharlari bilan kirgan. Oilasi, boyligi, mol-mulki bo'lmagan yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan. Ular Varna, Kosovo, Konstantinopol janglaridagi g'alabalarga katta hissa qo'shganlar. Turk qo'shiniga shuhrat keltirgan lashkarboshi va jangchilarning aksari ko'pchiligi yanicharlardan chiqqan. Usmoniylaraing keyingi istilolari. Yevropa va Osiyoni bog'lab turgan savdo yo'llari ustidan nazorat, Vizantiya poytaxti olinishi bilan turklar qo'liga o'tadi. 15 asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati o'z istilolarini davom ettiradi. 1475 yili Qrim yarim oroli bo'ysundiriladi. Ko'p o'tmasdan Moldaviya va Valaxiya turklar vassalligini tan olishadi. Old Osiyoda turklar Mesopotamiya, Armaniston va Gruziyaning g'arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni bosib oladilar. Keng istilochilik yurishlari Usmoniylar imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlandi. Madaniyati. Usmoniylar jamiyatida 15 asr oxirida madaniyatning turli sohalari: adabiyot, tasviriy san'at, me'morchilik ravnaq topdi. Geograflk bilimlar va tarixshunoshlik ham yaxshi rivojlandi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qa-tor iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me'morchiligi turli mam-lakatlardan keltirilgan usta-quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati grek Xoja Sinon (1490-1588)ning qurgan ajoyib me'morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko'priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti ayniqsa e'tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O'rta, Qora va Egey dengizlari atlasi-"Bahriya" dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya CHalabiyning "Sayohatnoma" ko'p jildli asari, Xoja Xalifaning "Jahonnoma" asarlarida arab va Yevropa manbalari aso-sida jahonning turli mamlakatlari tasvirlangan. 7 BOB. OSIYo, AMERIKA VA AFRIKA DAVLATLARI 11-15 ASRLARDA 35-§. MO'G'ULLAR DAVLATI VA UNING BOSQINI Ijtimoiy tiizuni. Mo'g'ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Manjuriya va Mo'g'uliston hududlarida yashab kelgan. Ularning ko'pchiligi ko'chmanchi chorvachilik bilan shug'ullarlgan, o'rmonda yashagan ayrim urug'lar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-qabilalari 11-12 asrlarda ham urug'chilik tuzumi darajasida yashab, urug'-qabila boshliqlari o'tovi atrofida o'nlab, yuzlab oddiy jamoa a'zolarining ko'chma uylari joylashgan. Mo'g'ullarda qadimgi udumlar, xususan xun olish, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig'inish, shomonlik e'tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan. Yodda tuting! SHomonlik-ibtidoiy diniy e'tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta'sir ko'rsatishiga ishonish shomonlikning asosini tashkil etadi. Lekin 12 asrning ikkinchi yarmidan mo'g'ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat, mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. Urug'chilik jamoalari alohida ko'chmanchi xo'jalik-ayllarga bo'linib, har bir ayl endilikda o'z xo'jaligi-mollarining egasiga aylanadi. Urug'-qabilalarda boy xonadonlar, bo'lajak mo'g'ul zodagonlari: no'yonlar, bahodirlar. botirlar shakllana boradi. Aksari urug' boshliqlari no'yonlar o'z urug'doshlaridan navkarlar olib harbiy bo'linmalar tuzadilar. Mulkiy tabaqalanish sharoitida hayotning o'zi ularni harbiy qabila ittifoqlari tuzishga majbur etadi. Ularni xonlar boshqargan. Kuchli qabila ittifoqlari o'zlariga tobe etilgan qo'shnilardan boj-to'lovlar olib turganlar. Bu qabila ittifoqlari "harbiy demokratiya" bosqichidagi an'anaga binoan o'z yig'inlari, qurultoylarida eng muhim: urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash kabi masalalarni hal etardilar. CHingizxon davlati. Mo'g'ul qabilalari orasidagi o'zaro urushlarda, 13 asrning boshlarida Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 1206 yili Onon daryosi bo'yidagi qurultoyda u ulug' xon deb e'lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga CHingizxon unvonini beradi. CHingizxon so'zi "kuchli", "qudratli", "toza" ma'nolarini bildiradi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida CHingizxon Qoraqurum qalasini o'z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Mo'g'ullar qo'shinini kuchaytirishga katta e'tibor qaratilgan. Tinch paytda chorvachilik bilan shug'ullangan mo'g'ullar urush boshlanishi bilan o'nlik tizimdan iborat muntazam qo'shinga aylanar edi. Qo'shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Bahodir, botir, morgan, sechan, no'yonlar mo'g'ul harbiy zodagonlarini tashkil etgan. Talonchilik bosqinlari ko'chmanchilar uchun asosiy mashg'ulotga aylana boradi. Mo'g'ullar tez orada Janubiy Sibirda yashagan ko'pgina xalqlarni bo'ysundiradi. Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg'izlar va boshqalar bor edi. Mo'g'ullar qo'shini. Ko'chmanchilar qo'shiniga qarshi urushga uzoq tayyorlanish zarurati ham bo'lmagan. Mo'g'ullar hayotining o'zi, har qanday vaqtda otni egarlab yo'lga tushishga mos edi. Mo'g'ullar ko'chma uy-o'tovlarda yashagan. Harbiy yurishga tayyorlanganda yoki ko'chish paytida o'tovni o'rnatish uchun nari borsa bir soat, yig'ib yuk tuyasiga ortish uchun undan ham kam vaqt ketardi. Harbiy yurishda jangchilar oilalari qo'shinni kuzatib borishi ham mumkin edi. O'g'il bolalar yoshligidan gulxan tutunidan va janglar olovidan nafas olganlar, janglarni kuzatganlar, ot va qurol bilan muomala qilishni o'rganganlar. Oqibatda ular baquvvat va jasur jangchilar bo'lib yetishganlar. Mo'g'ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan. Jangchilarning ko'pchiligi nayza va qilich bilan qurollangan. Har bir ko'chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida, albatta, arqoni bo'lishi lozim edi. Qo'shni mamlakatlami istilo qilish jarayonida CHingizxon qo'shini devorni buzishda maxsus moslama-palaxmonlardan foydalanishni o'zlashtiradilar. Ko'chmanchilar qo'shini odatda uchta qismga bo'lingan: markaz va ikki qanot. Jang boshlanganda, markaz yolg'ondan chekingan, dushman uni ta'qib eta boshlasa, qanotlardan hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to'xtab, jangga kirishardi. Asosiy qo'shindan tashqari CHingizxon ixtiyorida "keshik" deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda holatlar uchun doimo jangovor hoiatda tutib turilar edi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling