Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
SHarq bozorlarida hunarmandchilik ustaxonalari, do'konlari ham joylashgan. Ayrim hollarda ko'chma bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo'lgan aholisi to'plangan. 18-§. XRISTIAN CHERKOVI O'RTA ASRLARDA Dinning Yevropada tarqalishi. Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma'lumki, xristianlik dini Yaqin SHarqda 1 asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini halol hayot kechirish hamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg'unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi. Xristian dini 4 asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni 5 asrning oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya yarim orolining tub aholisi ham o'tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg'ayrat rohiblar 6-8 asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o'tkazganlar. Skandinaviya aholisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta'limotni 9 asrdan qabul qiladi. Vengerlar 9 asrda, polyaklar 10 asrda xristianlikka o'tsalar, Kiev Rusi va Bolgariya 10 asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan. Eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi polab slavyanlari 12 asrda), pruss va litva qabilalari (13-14 asrlarda) cho'qintirilgan. Yodda tuting! Xristian dini 4 asrdan boshlab 13-14 asrlargacha tarqalgan. CHerkovning bo'linishi. Rim imperiyasining 395 yili G'arbiy va SHarqiy Rimga bo'linishi cherkovni ham ajralishiga olib keldi. Frank qiroli ko'magida 756 yili Italiyada Rim papalari davlati-Papa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo'ysunuvchi, Konstantinopol patriarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi. SHarqiy Yevropada bolgarlarni cho'qintirishdagi raqobat 1054 yili xristian cherkovini rasman: g'arbiy katolik ("jahon") va SHarqiy pravoslav ("sof din", "chin e'tiqod") cherkovlariga bo'linishiga olib keldi. 11 asr o'rtalaridan rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda. Mazhablar orasidagi tafovutlar udum marosimlarda ham mavjud. Xususan, katoliklarda ibodatdan avval faqat ruhoniylar bir chimdim non va bir ho'plam vino bilan poklansalar, pravoslavlarda barcha dindorlar bunday huquqqa ega bo'lishgan. Katoliklar beshta, pravoslavlar uchta barmoqlari bilan cho'qinganlar. G'arbda cherkov va'zlari lotincha, SHarqda esa yunon tilida olib borilgan. Katolik cherkovi barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlasa ("selebat"), pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan. 1054 yili - xristian dini rasman ikkiga bo'linib ketdi. CHerkov va davlat. Yevropada 5 asrda boshlangan feodal munosabatlaridan cherkov ham chetda qolmaydi. Ekinzorlarning uchdan biri ibodatxona va monastirlar qo'lida to'planadi. Davlat soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100 minglab qaram dehqonlar mehnat qilganlar. Undan tashqari xristian cherkovi aholidan ushr (hosilni 1/10) solig'ini undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho'qintirish, nikohdan o'tganida, marhumga ta'ziya marosimi o'tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham pul to'laganlar. CHerkovga tushadigan daromadning talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi, shuningdek, indulgensiya (lotincha "afv")-gunohlardan kechish yorliqlarini sotish hisobiga ham boyigan. CHerkovning badnafsligi insonning faqat qilgan gunohlari emas, balki qilishi mumkin bo'lgan gunohlarini ham avvaldan ma'lum pul evaziga kechishida ko'rinadi. Evropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini bajargan, CHerkov qo'llagan jazoning eng og'iri interdikt-mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik taqiqlanishi bo'lgan. Katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga Innokentiy 3 (1198-1216) papaligi davrida erishdi. Uning "Oy o'z yog'dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o'z jilosini papalikdan oladi" degan so'zlari amalda qo'llaniladi. Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. Papaning hukmini aholiga o'tkazishdagi tayanchlardan yana biri rohiblar bo'lgan. Dastlabki monastirlar 4 asrdan tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibodatdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug'ullanganlar. Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o'qitganlar. Dahriylarga qarshi kurash. CHerkov va uning ta'limotiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha "dahriylar") deb nomlangan. Bunday kishilar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, sodda cherkov g'oyasi tarafdorlari bo'lishgan. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi-inkvizitsiya (lotincha-"qidiruv") tuziladi. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug'ullangan inkvizitsiya o'z qudrati cho'qqisiga papa Grigoriy 9 (1227-1241) davrida erishadi. Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada, ayniqsa, keng tus oladi. Unda mahkum etilganlarni gulxanda yondirish "autodafe" (portugalcha-"e'tiqod, yoki din ishi") ham qo'llaniladi. Qatl jarayonini cherkov bayram tomoshasiga aylantirib, unda qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar va minglab oddiy xalq vakillari qatnashgan. 19-§. SALIB YuRISHLARI VA UNING MAQSADLARI Salib yurishlari. Salib yurishlari-G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin SHarqdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari edi. Bu yurishlar 1096-1270 yillar oralig'ida bo'lib o'tgan. Salib yurishlari katolik cherkovi tomonidan sakkiz marta tashkil qilingan. SHarqdagi yerlarni egallash orqali cherkov o'zining ta'sirini kuchaytirishni maqsad qilgan. SHarqda 11 asr oxirida vujudga kelgan sharoit salib yurishlari uchun qulay bo'lgan. Kichik Osiyo yarim orolini saljuqiy turklar deyarli to'liq qo'lga kiritgan. Bu hududdan, G'arb mamlakatlari ziyoratchilari, Falas-tinning muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko'ra, Iso payg'ambar dafn etilgan Quddusga boradigan yo'llar o'tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyon musulmonlar qo'lida edi. Mahalliy hukmdorlar va aholi-ning ziyoratchilarga munosabati yomon bo'lmasa-da, 11 asr oxiridan boshlangan musulmon hukmdorlarining o'zaro urushlari xristianlarni ziyoratlarini tobora xavfli tadbirga aylantira borardi. Yodda tuting! Salib yurishlari Yaqin SHarqqa qarshi 1096-1270 yillarda katolik cherkovining rahnamoligida bo'lib o'tgan bosqinchilik va talonchilik urushlaridir. Saljuqiylarning Kichik Osiyoni bosib olishi va Vizantiyaga xavf solishi, Quddusdagi Iso payg'ambar qabrini musulmonlardan xalos etish "zaruriyati" feodallar hamda cherkov uchun urushlarga bahona bo'ladi. Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uchun jangchilar yuborishini so'rab G'arbga murojaat qiladi. Papa Urban 2 1095 yili Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig'ini soborga to'plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so'zlaydi. U Quddusdagi "payg'ambar qabrini" musulmonlardan ozod etishga chaqiradi. Papa yurishda ishtirok etganlarga, ularning gunohlaridan kechirilishini, halok bo'lganlar ruhini jannatga-"arshi-a'loga" tushishini va'da qiladi. Urban 2 "muqaddas yer"ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o'tadi. Falastinda "sut va asal daryo bo'lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o'lka" ekanligini ta'kidlaydi. Bu so'zlarni xaloyiq "Xudoning irodasi shu!", "Xudoning xohishi shu!" kabi hayqiriqlar bilan qarshilab, gazlamadan "but", ya'ni "salib"ning aksini qirqib o'z kiyimlariga tika boshlaydilar. Ayni shu sababli yurish qatnashchilari "salibchilar", yurishlarning o'zi esa salib yurishlari nomini oladi. Yodda tuting! CHerkov yig'inlari-3 asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining: cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi. Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklar, jumladan dehqonlarga qarzlaridan kechilishini, ularning oilalari cherkov himoyasi-ga o'tishini e'lon qiladi. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari. Dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o'zlarining og'ir hayotidan qutulib, SHarqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar. Salibchilaming aksari ko'pchiligini ritsarlar tashkil etib, ular ko'pincha boy bo'lmagan xonadonlardan edilar. Oilaning kichik o'g'illari, mayorat tizimi bo'lganidan, ya'ni meros katta o'g'ilga qoldirilgani sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo'lardi. Bu holatdagi ritsarlar o'zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo'lga chiqqanlar. SHarqqa gersoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham jo'naydilar. Ular o'zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo'ysundirishni maqsad qilganlar. Qolaversa, salib yurishlarida ishtirok ularga Yevropada hurmat-e'toborni oshirardi. Qo'shin bilan savdogarlar ham yo'lga chiqqanlar, ular SHarq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar. Salib yurishi istirokchilari faqat foydani o'ylagan desa xato bo'ladi. Moddiy manfaat ularda "payg'ambar qabri"ni musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonch bilan mujassamlashgan. 20-§. DASTLABKI SALIB YuRISHLARI Birinchi salib yurishi. Birinchi salib yurishini rohib Pyotr Amenskiy va ritsar Valter Golyaklar tashkil qilishadi. Unda dehqonlar ishtirok etadi. Rohib Pyotr Amenskiy Fransiya va Germaniya qishloqlarida yurib aytgan va'zlari minglab dehqonlaming yo'lga chiqishiga sabab bo'ladi. Dehqonlar olomoni yaxshi qurollanmagan, ular yo'1-yo'lakay Reyn daryosi sohilidagi shaharlarda yahudiylarga qarshi qirg'inlar uyushtiradi. Salibchilar Konstantinopolga yetib kelganida Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyo yarim oroliga o'tkazib yuboradi. Bu yerda dehqonlar lashkari turklar pistirmasiga uchrab qirilib ketadi. Feodallar yurishi. Birinchi salib yurishlariga Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli viloyatlaridan ritsarlar to'plangan. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta'minlangan edilar. Vizantiya ppytaxti Konstantinopolda 1096 yilning kuzidan to'plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey 1 vassallik qasamyodini qabul qildirishga erishadi. Uning ma'nosi Yaqin SHarqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo'lishi lozim edi. Yurishlar 1097 yilning bahoridan 1099 yilning yoziga qadar davom etib: Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirol-liklarini tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Quddusni egallashda bir-gina jome masjidida 10 ming musulmonni o'ldiradilar. Yahudiylar o'z sinagogasi (ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg'in paytida ko'plab ayollar va bolalar ham halok bo'ladi. SHaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar, eshikka qalqonni osib qo'yar va bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo'jayinga o'tganligini anglatar edi. Yodda tuting! 1 salib yurishlari 1096-1099 yillarda bo'lib, Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirolligining tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Yaqin SHarqda. Salibchilar tuzgan davlatlarning eng yirigi Quddus qirolligi bo'lgan. Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo'lda saqlash imkonini beradi. Yaqin SHarqda salibchilar mahalliy dehqonlarni qaramlikka tushiradilar. Yangi xo'jayinlar hosilning 1/3 qismini soliqqa ola boshlaydi. Unga qo'shimcha tarzda aholi qirolga, xristian cherkoviga ham soliq to'lashga majbur etiladi. Natijada, mahalliy aholida salibchilarga nisbatan nafrat kuchayib, qo'zg'olonlar ham bo'lib turadi. Salibchilar orasidagi o'zaro ziddiyatlar, atrofdagi musulmon hukmdorlari tazyiqi ham tobora kuchayib boradi. Yillar o'tib salibchilarning asosiy kuchlari yangi harbiy tashkilotlari-diniy-ritsarlik ordenlari bo'lib qoladi. Diniy-ritsarlarning ordenlari. Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G'arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi ibodat va mehnat qilish bo'lsa, diniy-ritsarlik ordeni a'zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikohga kirmaslikka, kambag'allikda yashashga, cherkovga so'zsiz bo'ysunishga va umrining oxirigacha qo'lida quroli bilan xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga qasamyod qilishgan. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalerlar ordeni bo'lgan. Qud-dusda salib yurishlari boshlanmasidan oldin avliyo loann lerusalimskiy nomli gospital ("g'aribxona") bo'lib, unda kasal va kambag'al ziyoratchilarga yordam ko'rsatilgan. Gospitalda xizmat qilayotgan rohib-birodarlardan keyinchalik orden tashkil etiladi. Evropa mamlakatlarida orden a'zolari hozirga qadar ehtiyojmandlarga tibbiy yordam ko'rsatib keladilar, lekin u hozirgi kunda oddiy hayriya tashkilotidir. Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan tamplierlar (xramovniklar, "xram" ibodatxona so'zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. Salib yurishlari paytida bu tepalikda xalifa Umar buyrug'i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi joylashgan edi. Orden a'zolari harbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan. Tamplierlar hayriya va in'omlar olishdan tashqari, sudxo'rlik bilan ham shug'ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to'qilgan. Boylik ordenni 14 asr boshlarida taqiqlanishiga olib keladi. Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag'ishlangan. Undagi ko'pchilik ritsarlar Germaniyadan bo'lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan. Uni 13 asrning boshida venger zodagonlari qipchoqlar bilan kurashga jalb qilganlar. Keyinchalik tevtonlar Boltiqbo'yiga o'tadilar. U yerda yarim asr davomida orden prusslar yurtini to'liq egallab o'z davlatlarini tuzadilar. Salib yurishlari katolik cherkovining G'arbiy Yevropada ta'sirli kuchga aylanganini ko'rsatadi. Yurishlar Yevropaning Yaqin SHarqda bir necha xristian davlatlarini tuzilishiga olib keladi. Ikkinchi salib yurishi 1147-1149 yillari bo'lgan. Unda Fransiya qiroli Lyudovik 7 o'z qo'shini bilan ishtirok etgan. Qirol uylanganiga ko'p bo'lmaganiga qaramay, Klervo monastiri abbati Bernarning xristianlarni yangi salib yurishlariga otashin chaqiriqlariga javoban yoiga chiqadi. Qirol o'zi bilan rafiqasi Eleonorani ham olib ketgan. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Misr sultoni Salohiddin Ayubiy 1187 yili jihod elon qilib, salibchilardan Quddusni tortib oladi. Bu voqea Yevropada 3-salib yurishlarini (1189-1192) tashkil qilinishiga olib keladi. Ammo german imperatori Fridrix 1 Barbarossa, Fransiya qiroli Filipp 2 Avgust va Angliya qiroli Richard 1 SHeryurak ishtirokidagi bu yurishlar ham muvafTaqiyatsiz tugaydi. 21-§. KEYINGI SALIB YuRISHLARI: NATIJALAR, OQIBAT VA YaKLN To'rtinchi salib yurishlari (1202-1204). 12 asr oxiridan papa Innokentiy 3 yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi. Salibchilar Venetsiya bilan dengiz orqali qo'shinni kemalarda Falastinga olib o'tishga kelishib 85 ming kumush marka pul to'lashni zimmalariga oladilar. Kelishilgan pulning deyarlik 1/3 qismini to'lay olmagan salibchilar yurishlar boshlanishidanoq Venetsiyaning savdodagi asosiy raqibi Vizantiyaga qarshi urush boshlashga majbur bo'ladi. Urushga bahona ukasi tomonidan taxtdan tushirilib ko'ziga mil tortilgan Isaak 2 Angelga toj-u taxtni qaytarish boiadi. To'rtinchi salib yurishi qatnashchilari ritsarlar qo'shini Konstantinopol devorlari ostiga kelib tushadi. Salibchilar qo'shini 1204 yilning 9-13-aprelida Konstantinopolga hujum boshlaydi. Yigirma minglik qo'shin yarim million aholisi bo'lgan shaharni egallaydi. Asos solinganidan buyon ilk bor Konstantin shahri dushman o'ljasiga aylanadi. Lotin imperiyasi (1204-1261). Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida, zamondoshlari SHarqdagi Romaniya, hozirgi tarixchilar Lotin imperiyasi deb atagan davlatni tuzadilar. Romaniyaning birinchi imperatori etib salibchilar yo'lboshchilaridan biri-Flandriya grafi Bolduin saylanadi. Qizig'i, Bolduin o'zini Vizantiya imperatorlari hokimiyatining qonuniy davomchisi, Romaniyani-Vizantiyaning davomi deb hisoblagan. Mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiya yerlarini to'liq bo'ysundira olmadilar. Lotin imperiyasining o'zi ham tez orada bir necha mayda knyazliklarga bo'linib ketadi. Fessalonika qirolligi, Afina gersogligi, Axeyya knyazligi va boshqalar Konstantinopol hokimiyatini nomigagina tan olganlar. Lotinlar bosib olingan hududlarda o'z tartiblarini o'mata boshlaydilar. Avvalgi Vizantiya yerlarida zamonasida aytilgandek, "Yangi Fransiya" vujudga keladi. Bu davlatda ham G'arbiy Yevropadagi kabi ritsarlar qasrlari qad ko'tardi. Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar. Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko'pchiligi tez orada vataniga qaytib ketadi. Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar hokimiyatni faqat o'zlarining temir intizomi va uyushganligi bilan ushlab turadi. Konstantinopol saroyi butun Yevropada ritsarlari jasorati bilan shuhrat qozongan edi. Ular, ayniqsa, ritsarlik sha'niga, sadoqatiga rioya qilishda namuna bo'lishgan. Vizantiyaning tiklanishi. Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada haydab yuborishiga umidlari bekor ketmaydi. Bo'ysundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar esa o'zaro kelishishmagan. Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo'linmasi lotinlarni "qo'rqitish" maqsadida Konstantinopolga keladi. Ayni paytda lotinlar qo'shini nikeyalarga qarshi dengizdan hujum qilishga ketgan va sha-harni himoyasiz qoldirgan edilar. Konstantinopol yunonlari nikeyaliklar qo'shinini yaqinlashganini eshitib xursandchiliklarini yashirmaydilar. Ularning yordami bilan nikeyaliklar shaharga kirib, poytaxtni osongina egallashgan. Tez orada ortga qaytgan lotinlar shaharni qo'ldan ketganiga guvoh bo'ladilar. Nikeyaliklar bilan jangda mag'-lubiyatga uchragan lotinlarga kemalarga o'tirib, Yevropaga qaytishdan boshqa chora qoimaydi. Nikeya imperatori, Vizantiya vasilevslari so'nggi sulolasi asoschisi Mixail 8 Paleolog 1261 yilning 15-avgustida Konstantinopolga tantanali kirib keladi. Vizantiya imperiyasi shu tariqa tiklanadi. Yuqorida qayd etilgan baxtsizliklar tufayli Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan, Bolqon yarim orolining bir qismi, Kichik Osiyodagi ayrim hududlar va Egey dengizidagi ba'zi orollarni egallagan unchalik katta bo'lmagan yunon davlatiga aylanadi. Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari. 13 asrda tashkil qilingan qator salib yurishlari Yaqin SHarqdagi vaziyatni o'zgartira olmaydi. Fransiya qiroli Lyudovik 9 ning 1269-1270 yillardagi sakkizinchi salib yurishlari so'nggi salib yurishlari bo'ladi. Ko'p o'tmay salibchilarning SHarqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo'liga qaytadi. Salib yurishlari yakun topishining asosiy sababi 13 asrning oxiridan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o'zgarishlar bo'ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o'sadi. O'rmonlar kesilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Qishloq aholisining yersiz bir qismi tobora yuksala borayotgan shaharlarga ketadi. Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Savdogarlar tinch yo'l bilan savdo-sotiq olib borishning afzalligiga yana bir bor ishonch hosil qiladilar. Salib yurishlari o'zining asosiy, ya'ni SHarqda kuchli xristian davlatlarini yaratish maqsadiga erisha olmaydi. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok boiib, katta moliyaviy zarar ko'riladi. Yaqin SHarqda ham ko'plab kishilarning qirilishi, vayronagarchiliklar, musibatlar cheksiz bo'ladi. Lekin SHarqning yuksak madaniyati bilan tanishishi Yevropa feodallari turmush tarzini keskin o'zgartirdi. Ularda dabdabali hayotga havas, pulga-boylikka erishish uchun intilish kuchayadi. Natijada, Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot bilan emas, pul bilan olish o'sib boradi. Ayrim feodallar qaram dehqonlarini to'lov evaziga ozod-likka chiqara boshlaydilar. 12-13 asrlardan Yevropada sholi, grechixa, tarvuz, o'rik va limonlar o'stirila boshlanadi. Damashqdan keltirilgan atirgulning "shon" navlari ko'plab mamlakatlarga tarqaladi. Yevropaning janubida shakarqamish yetishtirila boshlanadi. 12 asrdan Yevropada shamol tegirmonlari quriladi. G'arbga nafis gazlamalar: muslin (yupqa gazlama), atlas, Damashq shoy-ilari keltiriladi. Ulardan ajoyib nafis kiyim-kechaklar tikila boshlanadi. Aloqa kaptarlari yordamida xatlarni tashish arablardan o'zlashtirilib, 12 asrdan yevropaliklar tomonidan ham qo'llanila boshlanadi. Yevropada salib yurishlaridan so'ng hammomlar qurish, hashamatli liboslar kiyish keng urf bo'ladi. 4 BOB. G'ARBIY YeVROPADA MARKAZLASHGAN DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI 22-§. FRANSIYaDA MARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISHI Ijtimoiy munosabatlar. Feodal jamiyatida hukmron toifa vakillarining shaxsiy erkinliklari amalda cheksiz bo'lgan. Feodal tarqoqlik davrida Fransiyada qirol o'z xonadoniga tegishli bo'lgan yer-mulklar, ya'ni domenida ham to'la xo'jayin emasdi. Qirol hukmida hisoblangan gersog va graflar xalqni uning nomidan boshqarar, zarur paytda sud qilar va jazolar edi. Qirolning feodal tarqoqligi sharoitida na qo'shini va na ishonchli amaldorlari bo'lgan. Fransiyada mulklari yonma-yon joylashgan feodallar o'rtasida uzluksiz urushlar bo'lib turardi. Agar mojaro bitta senorning vassallari orasida bo'lsa uni toifa sudi ko'rib chiqqan. Lekin sudning qarori feodal manfaatiga mos kelmasa uni bajarmaslikka harakat qilgan. Natijada ko'pchilik muammolarning yagona yechimi urush bo'lib qolgan. Feodal o'z raqibiga istagan vaqtda urush e'lon qilishi mumkin edi. Urush harakatlari natijasi esa har qanday qonun yoki huquqdan ustun turardi. Qirol hokimiyati. Salibchilar Suriya cho'lida musulmonlar bilan jang qilayotganida Fransiya og'ir davrlarni boshdan kechirayotgan edi. Avvalgi G'arbiy Frank qiroliigi bir-biridan mustaqil katta-kichik o'nlab knyazliklarga bo'linib ketadi. Bu knyazliklar merosga qoldirilganida yana bo'linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo'ldan-qo'lga o'tardi. Fransiyaning janubi shu qadar mustaqil ediki, u yerda qirol haqida eshitishni ham istamaganlar. SHimolda Gugo Kapet avlodlari, Parij graflari hokimiyatini tilda tan olsalar-da, amalda ularga deyarli hech kim bo'sunmagan. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan-janubda Orleanga qadar ensiz tasma shaklida joylashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko'proq hudud va aholiga ega edilar. Qiroldan Anju, Tuluza, Blua graflari ham kuch-qudrat bobida kam bo'lishmagan. Qirol domenida esa unga bo'ysunmagan feodallar mustahkam qal'alar qurib joylashib olgan edilar. Yodda tuting! Domen (lotincha dominium-mulk)-qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari. Qirol Lyudovik 6 (1108-1137) o'zining ishonchli yordamchisi, ilgari Sen-Deni monastiri abbati bo'lgan Sugeriy ko'magida o'z domenida tartib o'rnatishga harakat boshlaydi. U Burj va Sans shaharlarini o'z domeniga qo'shib oladi. Qirol o'zboshimcha baronlar qal'alarini buzib ularni bo'ysundiradi. Lyudovik 6 ning omadi yuri-shib 17 yoshli o'g'li bo'lajak qirol Lyudovik 7 (1137-1180)ni Akvitaniya gersogining yagona merosxo'ri 15 yoshli Aleonoraga uylan-tirishga muvaffaq bo'ladi. Mamlakatni birlashtirish uchun kurash. Fransiyada 10-11 asrlardan qishloq xo'jaligining, hunarmandchilik va savdoning o'sishi boshlanadi. 12 asrdan yangi o'zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismini pul bilan to'lanadigan bo'ladi. Natijada dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarning ma'lum Normandiyadagi qismini bozorga sotish uchun chiqara boshlaydi. Fransiyada feodallar 12-13 asrlardan o'z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Bu tadbir dehqonni yerga munosabatini ijobiy tomonga o'zgartiradi. Viloyatlar orasida mehnat taqsimoti kuchaya borib, Normandiya-temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirishga; SHampan va Burgundiya-vinochilik, zig'ir tolasi va jundan gazlamalar to'qishga ixtisoslashgan. Viioyatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ehtiyojlari feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling