Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
8-§. KIEV RUSI Davlatning tashkil topishi. Yilnomalarda yozilishicha, SHarqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik normannlarga) elchi-lik jo'natib, o'zlariga knyaz yuborishlarini so'raydi. Bu taklifga binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda knyazlik qiladilar. Ko'p o'tmay ukalari vafot etib, Ryurik yakka hukmronlik qila boshlaydi. Yilnomada yozilishicha, Ryurik 879 yili vafot etib, o'g'li Igor yosh bo'lganidan hokimiyat uning qarindoshi Olegga o'tadi. Uning boshqaruvi paytida Kiev Rusi tarixi-ning boshlanishi bilan bog'liq muhim voqea bo'ladi. Oleg 882 yili o'z lashkari bilan Kievni egallab, ayni paytdan yozma manbalarda Kiev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi. Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari: Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo'lish, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom et-tirish, tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash, Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o'rnatish bo'ladi. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati Olegning qo'lida shimolda Ladoga ko'lidan, janubda Dneprning quyilishigacha yerlarni to'planishiga imkon beradi. Knyazning qo'shini 907 yili Konstantinopolga hujum qilib, vizantiyaliklardan katta to'lov olishga erishadi. So'ng shartnoma tuzilib unga ko'ra, Rus savdo-garlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi. Igor knyazligini (912-945 yillari) ko'chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi. Konstantinopol tuzilgan shart-nomani bajarmagani tufayli Igor 10 asrning 40 yillarida Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish tashkil qiladi. Dastlabki yurishda ruslar qo'shini mag'lub bo'ladi. Keyingi yurishda esa Vizantiya jangsiz tinchlik shartnomasini tuzib katta oipon to'laydi. Igor 945 yili drevlyan qabilalari bilan to'qnashuvda halok bo'lganidan so'ng, uning rafiqasi Olga o'g'li Svyatoslav balog'at yoshiga yetgunga qadar Kiev knyazligini boshqargan. U Rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan. Yilnomada yozilishicha, Olga 10 asrning 50 yillari o'rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin, Olganing o'g'li Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi. U "agar men bir o'zim boshqa dinga o'tsam, drujinam ustimdan kuladi"-degan edi. Xazarlarga qarshi kurash. Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav 964 yili 22 yoshida knyazlikni olgandan so'ng qo'shini bilan sharqqa yurish boshlagan. Ayni paytda Turk xoqonligining parchalanishidan Itil (Volga) va Don daryolari oralig'ida tashkil topgan Xazar xoqonligi qudratli davlat edi. Uning hududidan ko'plab karvon yo'llari o'tib, Xazarning boy shaharlarida musulmonlar, xristianlar, majusiylar yonma-yon yashar edilar. Ko'chmanchi xazarlar o'z xoqonlarini ilohiy kuchga ega deb hisoblashgan. Mamlakatda ishlar ko'ngildagiday ketsa xoqonni olqishlashgan, aks holda uni o'ldirishlari ham mumkin bo'lgan. Svyatoslav xazarlarning asosiy kuchlarini mag'lub etib, ularning poytaxti Itil shahrini egallaydi. Keyinchalik Svyatoslav Bolgariyaga, ko'chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi urushlar olib boradi. Uzoq davom etgan yurishlarda muvaffaqiyatsizliklarga uchragan knyaz Svyatoslav Kievga qaytishida Dnepr bo'ylarida ko'chmanchi bijanaklar bilan jangda halok bo'ladi. Xristianlikning qabul qilinishi. Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash 972-980 yillari bo'lib, uning so'ngida Vladimir taxtni egallaydi. Endilikda yosh knyaz oldida mamlakatdagi boshboshdoqlikni bartaraf etish vazifasi turar edi. Dastlab u slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal'alarini qurdiradi. SHundan so'ng knyaz Dunay bo'ylarida yashagan bulg'orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi. Ammo rus tarixida Vladimir istilochi emas, balki 988 yili. ruslarni xristian dinini qabul qildirgan hukmdor sifatida qadrlanadi. Qolaversa, uning boshqaruvi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, ularning o'rniga Vladimirning o'g'illari noiblikka tayinlanadi. Lekin boshqaruvning bu shakli ham muammolarsiz kechmaydi. Knyazning katta o'g'li, Novgorod noibi Yaroslav Kievga boj to'lashdan bosh tortadi. Vladimir unga qarshi yurishga tayyorgarlik paytida 1015 yili vafot etadi. Uning vorislari orasidagi taxt uchun kurashlarda g'olib chiqqan Yaroslav (1019-1054) boshqaruvi Kiev Rusining gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Yangi knyaz davrida, 1036 yili Kiev ostonalarida paydo bo'lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag'lub etiladi. G'alaba sharafiga Kievda avliyo Sofiya ibodatxonasi bunyod etiladi. Keyinchalik ushbu nomdagi cherkovlar Polosk va Novgorodda ham quriladi. Novgorodliklar uchun avliyo Sofiya ibodatxonasi shaharning eng muqaddas ziyoratgohiga aylanadi. Yaroslav davrida Kiev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Madaniyat. Yaroslav davrida Rusda maorif yuksaladi. Agar Vladimir davrida xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o'quv yurti Kievda tashkil etilgan bo'lsa, Yaroslav Novgorodda ham uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi. Knyaz davrida avval Kievda so'ng Novgorodda (1050 yil) yilnomalar tuzila boshlanadi. Poytaxt Kievda Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo'lga qo'yiladi. Yaroslav davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlangan. Knyazning o'g'illaridan biri Vizantiya imperatori Konstantin 9 ning qiziga uylansa, qizlari-Anna, Anastasiya va Yelizavetalar Fransiya, Vengriya va Norvegiya qirollariga turmushga berilgan. Qonunchilik. Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to'plami ("Rus haqiqati") tuzilib, uning vorislari davrida u yangi moddalar bilan to'ldirib boriladi. "Rus haqiqati"ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo'yicha qonunlar kiritilgan. Undan faqat jinoyat va jazo haqida uzurida aholiga "Rus haqiqati" emas, o'sha zamon rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari, odat, udum va an'analari bo'yicha ma'lumotlarni ham olish mumkin. Eng og'ir jinoyatlar uchun o'lim jazosi belgilangan bo'lsa-da, "Rus haqiqati"dagi ko'pchilik moddalarda jarima to'lash ko'zda tutilgan. Yaroslav Donishmand vafotidan oldinroq vorislariga turli knyazliklar noibligini berar ekan, ular orasida hokimiyat uchun kurashishni oldini olishga harakat qiladi. Kiev Rusi va qipchoqlar. Ko'chmanchi qipchoq qabilalari 11 asrning o'rtalarida Yoyiq daryosidan Dunaygacha hududlarni egallab, ularning ayrimlari harbiy ittifoqlarga birlashgan. Qipchoq xonlari zarur paytda o'n minglab jangchilarni safga tizib, Rus knyazlari yerlariga talonchilik bosqinlari uyushtirganlar. Ularning dastlabki yurishlari 11 asrning 60 yillarida boshlangan bo'lsa, 90 yillarda Dnepr havzasidagi qipchoqlar birlashib Rus yerlariga yangi hujum boshlaydilar. Rus knyazi Vladimir Monomax 1095 yili ilk bor qipchoq xonlaridan ikkitasining qo'shinini yengadi. Keyingi davrda ham qipchoqlar bilan kurash goh g'alaba, goh mag'lubiyat bilan davom etadi. Faqat Vladimir Monomax Kiev knyazi bo'lgan yillari (1113-1125) urushlar qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko'chadi. Lekin muvaffaqiyat uzoq davom etmasdan Monomaxning vafotidan so'ng qipchoqlar hujumi qaytadan boshlanadi. Kiev Rusi esa siyosiy tarqoqlik bosqichiga kiradi. 9-§. 6-11 ASRLARDA YeVROPA MADANIYaTI Franklar imperiyasida madaniyat. Buyuk Karl o'z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol tomonidan 789 yili xalq maktablari joriy etiladi. Qonunga binoan, maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o'qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do'stlari, olimlar saroy akademiyasi a'zolari dars berishgan. Qirol yunoncha akademiya deb nomlagan saroy olimlari birlashmasi antik davr mualliflari asarlarini o'rganish, she'rlar bitish bilan mashg'ul bo'lishgan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari "mehnatsevar chumoli" deb ataganlar. Saroy akademiyasining yana bir a'zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o'zi ham lotin va yunon tillarini mukammal bilgan. U Italiyadan ikki mashhur qo'shiq-chini taklif etib, saroyda qo'shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan. Vizantiya madaniyati. O'rta asrlarning asosiy ko'pchilik davrida Vizantiya o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qoladi. Sababi german qabilalari istilosi natijasida in-qirozga uchragan G'arbiy Rimdan farqliroq Vizantiyada antik madaniyat an'analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida, yunon hamda SHarq madaniyatlari qorishmasi-ellinizm muhim o'rin tutgan. Ilm-fan eng rivojlangan shahar, "fanlar onasi"-Afina edi. Platon (mil. av. 4 asrda) asos solgan Afina akademiyasida mashhur faylasuflar ta'lim berardi. Afinada o'qigan talabalar o'z bilimlari chuqurligi va kengligi bilan faxrlanganlar. Bu haqda 5 asrda yashagan tarixchi: "Ular o'zlarini yarim xudo, o'zgalarni esa yarim eshak deb hisoblaydilar" deya kinoya bilan yozgan edi. Keyinchalik imperator Yustinian o'z siyosatiga qarshi bo'lgan Afina akademiyasini yopish haqida farmon chiqaradi. Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o'quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda 9 asrda Magnavr oliy maktabi, 1045 yili huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi. Vizantiyada tabiiy fanlar ham rivojlangan, matematika va astro-nomiya singari ular ham hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq xo'jaligi taraqqiyotining amaliy ehtiyojlari uchun xizmat qilgan. Vizantiyaliklar tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishganlar. Tibbiyot va hunarmandchilik talablari kimyoning yuksalishiga yordam beradi. O'rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo'yoqlar tayyorlash sirlari antic davrdan saqlanib kelingan. 7 asrda ixtiro qilingan "grek olovi" Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta'minlagan. Yodda tuting! "Grek olovi" uloqtiriladigan yonuvchi modda bo'lib, uni neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlashgan. Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan. Uni amalda ishlatishning o'ziga xos sirlari bo'lib, raqiblar bu sirni uzoq payt ocha olmaganlar. Tasviriy san'at va me'morchilik. Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi tasviriy san'at: mozaika. freska va ikonalar yasash bo'lgan. Yodda tuting! Mozaika (frans. mosaique-muzalarga bag'ishlangan)-bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog'och, marmar va metall) bo'laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san'atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san'at asarlarini bezashda qo'llanadi. Freska (ital. fresco-yangi)-nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm. Ikona (yun. eikon-tasvir, siymo)-xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan, cho'qinadigan Iso, Bibi Maryam va avliyolarning rangtasvir yoki bo'rtma tasviri. Diniy ikonaning eng qadimgisi 2 asrga mansub, 4 asrdan bu soha ayniqsataraqqiy eta boshlagan. Tasvirning vizantiyacha uslubi: suratlar uyg'unligi, bo'yoqlar serjiloligi bilan ajralib turadi. Rassomlar cherkov qonunlari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni tasvirlashga intilganlar. Mozaika va freskalari bilan Xori monas ri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) o'z davrining ajoyib me'morchilik yodgorliklaridan hisoblanadi. Yustinian 1 davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi-ni hech shubhasiz ilk o'rta asrlarning eng mahobatli me'morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi (diametri 31,5 m) bo'lib, 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Osmon gumbazi kabi ushbu gumbaz go'yo havo-da muallaq turgandek tuyuladi. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan. 10-11 asrlarda to'g'ri burchakli ibodatxonalar o'miga ko'rinishidan xochsifat, o'rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan. Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblangan. Ibodatxonalarni bezatishda qat'iy cherkov qonunlariga-Iso payg'ambar, Bibi Maryam, avliyolar va Bibliyadan manzaralarni tasvirlash qonunlariga rioya qilingan. Xristian diniga oid san'atning maqsadi o'lgandan keyin jannatning rohat-farog'atiga qanday erishish yo'1-yo'rig'ini dindorlarga targ'ib qilishdan iborat edi. Ibodatxonalarga va yashash joylariga-Isoning, Bibi Maryamning chiroyli rasmlari, muqaddas kitoblardan manzaralar tasvirlangan silliq taxtachalar qo'yilgan. O'rta asr Yevropasiga Vizantiya asosiy madaniyat tarqatuvchi edi: uning ustalari, musavvirlari, me'morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, shuningdek, ustalar va olimlar qo'lida Yevropa yoshlari tahsil olganlar. Janubiy va SHarqiy slavyanlar madaniyatiga Vizantiya kuchli ta'sir ko'rsatadi. Vizantiyadan Kiev Rusi xristianlik dinini qabul qiladi. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar ham vizantiyalik ustalar tomonidan qurilib jihozlangan. G'arbiy Yevropada ham ilk o'rta asrlarda ibodatxonalar, monastirlar qurilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Me'morchilikda roman uslubi ay-niqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari gumbaz-lari, qalin ustunlari, unchalik katta bo'lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilgani bilan ajralib turadi. Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi SHpeer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi.CHerkov va maorif. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. CHerkov ilm, maorif, adabiyot va san'atga bevosita ta'sir o'tkazgan. SHuning uchun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta'limotiga asoslangan edi. Boshqa mamlakatlar haqidagi ma'lumotlar yetarli bo'lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko'p bo'lardi. Fan-texnika taraqqiyotining pastligi, insonlarning qurg'oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasalliklardan jabrlanishiga olib kelgan. Zarurat bo'lmaganidan faqat dehqonlar emas, hatto feodallar orasida ham savodli kishilar kam bo'lgan. Ritsarlar imzo o'rniga ko'pincha ikki chiziq tortib qo'yishgan. Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang'ich maktablar quyi martabadagi ruhoniylarni tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o'qish tartiblari ham o'rgatilgan. Katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o'rta maktablarda esa dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi maktablar, asrlar o'tib universitetlar uchun asos bo'ladi. Ibodatxona maktablarida turli yoshdagi bolalar bo'lgan. Ularni yoshiga qarab sinflarga bo'lmasdan aralash o'qitishgan. Aksari maktablarda bittagina kitob boiib, o'qituvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o'qitgan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O'quvchilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o'quvchilar qattiq jazolangan. Maktablarda antik davrdan mavjud "etti erkin san'at" deb nomlangan fanlar o'rgatilgan. O'quvchilar dastlab trivium-grammatika, dialektika va ritorikani o'zlashtirganlar. Yodda tuting! Grammatika-tilshunoslik ilmi, bolalarni o'qishga o'rgatgan. Dialektika-hozirgi mantiqqa o'xshash fan bo'lib, unda o'quvchilar munozara olib borishga, o'z fikrini isbotlashga o'rgatilgan. Ritorika-she'r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san'atini, huquq asoslarini o'rgatgan. Nisbatan murakkab fanlar tarkibi-kvadriumda o'quvchilar: arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya asoslarini o'zlashtirganlar. Astronomiyaga o'rta asrlarda mashhur bo'lgan astrologiya-munajjimlikka oid ma'lumotlar kiritilgan. Munajjimlar sayyoralar va yulduzlarga qarab odamlar taqdirini aytib berishga intilganlar. Antlar-6 asr yirik slavyan qabilalar birlashmalari. Polyanlar-7 asr slavyan qabila ittifoqlari. 2 BOB. OSIYo XALQLARI ILK O'RTA ASRLARDA 10-§. YaNGI DIN BESHIGI Arabiston. Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo'lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo'lishgan. Bu xalqlar Qadimgi SHarqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan. Ko'chmanchi arablar-badaviylar (sahroyilar) boshqa chorvador qabilalar singari: tuyachilik, qo'ychilik va yilqichilik bilan shug'ullanib kelganlar. Ular cho'l-dashtlarda: o't-o'lanlar, yantoq o'sadigan yaylovlarda mollarini boqib, ko'chib yurganlar. Arabistonning janubi va g'arbidagi o'troq dehqonchilik aholisi soy va jilg'alar, quduqlar bo'ylarida xurmo bog'lari va uzumzorlar barpo etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo'li o'tardi. Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarida notinchlik paytlarida karvon yo'llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o'tib bu karvon yo'llari bo'yida aholi qo'rg'onlari va shahar-lar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi esa karvon yo'llaridagi savdogarlar, sayyohlarga xizmat qilish bilan mashg'ul bo'lgan. Bu qo'rg'onlardan eng yirigi Makka shahri bo'lgan. Ko'chmanchilar mollarini shaharlarga keltirib, mahalliy aholidan don, gazlama, qurollarga ayirboshlagan. Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlari-Yaman va Hijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nom chiqargan, unda suv yetarli bo'lganidan mevali daraxtlar, xurmozorlar bunyod etilgan. "Yaman" arabcha "haq", "baxtli" ma'nosini bergan. Arablarga taqlid qilgan rim tarixchilari Yamanni "Baxtli Arabiston" (Arabia felix) deb nomlaganlar. Hijoz va Yaman Hindistondan Vizantiyaga ziravorlar, ipak gaz-lamalar, marvarid olib boradigan yo'lda joylashganidan dengiz sohili bo'ylab shaharlar vujudga keladi. CHo'l aholisi badaviylar ko'chmanchi chorvachilik xo'jaligi uchun iqlim noqulay kelgan yillari, qo'shni mamlakatlar, xususan Hijoz va Yamanga talonchilik bosqinlari ham uy-ushtirib turganlar. Ijtimoiy tengsizlikning paydo bo'lishi. Ko'chmanchi badaviylar ko'plab urug'-qabilalardan tashkil topgan. Qabila yer, yaylov, suv manbalariga birgalikda egalik qilsa, mollar ayrim oilalarga tegishli edi. 6-7 asrlarda aholi soni ko'payib qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi. Ularda turli ilohlarga sig'inilgani qabilalar orasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan Urushlarda olingan harbiy o'ljalar qabila sardorlari, harbiy yo'lboshchilarning boyib borishi,natijada urug'-qabila zodagonlari-shayxlarning shakllanishiga olib keladi va bu jarayon,7 asrning boshlarida urug'chilik tuzumining inqirozini tezlashtiradi. Eron shohi Xisrav 1 570 yili Yamanni istilo qilishi bilan karvon yo'li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig'iga siljiydi. Savdoning inqirozi uning hisobidan yashovchi Hijoz va Yaman shaharlaridan boshlab, ko'chmanchi-badaviylargacha, barcha aholining hayotini mushkullashtirgan. Bu holat, markazi Makka shahri bo'lgan, asosan quraysh qabilasi yashaydigan Hijozda ravshan namoyon bo'ladi. Islom dini va arablaming birlashuvi. Iqtisodiy inqiroz ko'chmanchilarni yangi yerlarni istilo qilishga, yaylovlarni kengaytirishga undaydi. Bu paytda arablarga qo'shni Vizantiya, Eron kabi davlatlarda iqtisodiy tanglik, kuchli qo'shinning bo'lmasligi ham arablarga qo'l keladi. Vujudga kelgan vaziyatda arablaming birlashuviga yangi islom dini xizmat qiladi. Yodda tuting! Islom (arab tilida "itoat", "tobelik")-jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga e'tiqod qiluvchilar musulmonlar deb ataladi. Arablar istilosi va targ'iboti natijasida: Old, Janubiy, Janubiy-SHarqiy Osiyo, SHimoliy va G'arbiy Afrikada keng tarqalgan. Islom tarixchilari uning asoschisi bo'lajak payg'ambar Muhammad alayhissalomni 570 yili Makkada tavallud topganini yozadilar. Otalari Abdulloh bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo'lib, Makkaga qaytishida qo'qqisdan vafot etadi. Ikki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo'y va habashistonlik Barakat ismli cho'ri ayol merosga qoladi. An'anaga binoan, makkaliklar jaziramadan asrash uchun har yili yosh bolalarni tog'dagi yaylovlarda yashovchi banu sa'd qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar. Muhammad (s.a.v.) ham 6 oyligidan banu sa'dlik Halima ismli ayol tarbiyasiga o'tib, ko'chmanchilar orasida 4 yil yashaydi. Uning keyingi hayoti bobosi Abdulmutallib homiyligi ostida o'ta boshladi. Onasi va bobosining o'limidan so'ng u amakisi Abu Tolib tarbiyasida qoladi. Islom dini manbalarida yozilishicha, Muhammad alayhissalomga 610 yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayon bo'la boshlaydi. U qudratli yakka-yu yagona xudodan, ya'ni Alloh taolodan o'zga hech qanday xudo yo'q deb, o'zini rasululloh-xudoning elchisi, payg'ambari deb e'lon qildi. Yodda tuting! Qur'on (arab tilida "qiroat", "o'qish")-islom diniga e'tiqod etuvchilarning muqaddas kitobi bo'lib, Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Kitob Alloh taoloning payg'ambar alayhissalom orqali insonlarga buyurgan amallar majmuasidan iborat. Qur'on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo'lib, 114 suradan tashkil topgan. Dastlab Makka qurayshlari tomonidan yangi din yaxshi qarshilanmaydi. Natijada 622 yili Muhammad (s.a.v.) o'z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Bu voqea hijrat (ko'chish) nomini olib, musulmon yil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi. Yasrib Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi kutib oladi. Musulmon bo'lgan madinaliklar va ularga qo'shilgan ko'plab arab qabilalarining Makka uchun kurashi muvaffaqiyatli tugaydi. SHahar jangsiz olinib, muqaddas dargohlar qabila diniy sanamlari, ma'budalaridan tozalanadi. Makkadagi Ka'ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi. Muhammad (s.a.v.) arab qabilalarining o'zaro urushlariga chek qo'yib, islom dinini qabul qilishga chaqiradi. Keyingi 10-12 yil davomida Arabiston shaharlari va ko'chmanchi qabilalar birin-ketin Muhammad payg'ambarga itoat etadi. 630 yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo'ladi. Makka islom dinining markazi, barcha musulmonlar uchun muqaddas shaharga aylanadi. Islom dini asosida Arabiston yarim orolida ko'chmanchi va o'troq qabilalarni birlashtirgan yagona davlat vujudga keladi. 11-§. ARAB XALIFAL1GI. UNING ICHKI VA TASHQI SIYoSATI Xalifalikning vujudga kelishi. Muhammad payg'ambar vafotidan keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifalikka ("o'rinbosar") saylanadi. Uning boshqaruvi paytida Arabiston yarim oroli aholisi islomni to'liq qabul qildi. Keyingi xalifa Umar (634-644) islom dunyosida o'zining sahiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat'iyligi bilan shuhrat qozongan. Uning davrida arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilgan. Manbalarda yozilishicha, xalifa Umar 637 yili Quddusga tuyada yetib keladi. Tuya ustidagi xurjunning bir tomonida arpa uni, ikkinchi tomonida-quritilgan xurmo va ko'zachada suv solingan edi. Quddusga yaqinlashgan Umarni qarshilash uchun, shahar hokimlari, ulardan biri arab Xuaydod, ikkinchisi yepiskop Safroniylar chiqishadi. Sulh tuzilib, qasamyod qilinadi. Xalifa hokimlar so'ragan va ularning odatlari hamda qonunlariga asoslangan yorliqni topshiradi. Ma'lumki, 135 yili rimliklar yahudiylami Quddusdan haydagan. Xalifa Umar keyinchalik, yahudiylami shaharga qaytishiga ruxsat beradi. SHartnoma imzolanganidan so'ng Umar shaharga kiradi. U Sulaymon ibodatxonasi xarobalari o'rnida arablar uchun masjid qurishni buyuradi. Yepiskop Safroniy Umarga yangi kiyim-bosh keltirib, undan sovg'ani qabul qilishini qat'iy iltimos qiladi. Lekin Umar in'omni olishni istamay hech kimdan hech narsa olishi mumkin emasligini uqtiradi. Gap shundaki, Umar palma barglaridan yelpig'ich yasab, uni sotishga berar va shu mablag'i hisobidan kiyim-kechak sotib olardi. U o'z mehnati hisobidan tirikchilik qilardi. Safroniy undan in'omni olishini o'tinib so'raganida, u mezbonga hurmati yuzasidan kiyimlarini yuvib, quritib berganlaridan so'ng qaytarishini ta'kidlaydi. Umar toza kiyimlarini qaytib olib, sovg'ani qaytaradi. Quddusda biroz yashagan xalifa, Yasribga, o'z shahriga qaytadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling