Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Jaxon savdosi. Gollandiya va Angliya jaxon savdo-sotig'ining markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini xam kompaniyalarga birlashishga majbur etgan. Angliyaga chetdan qalampir olib kelish xuquqi faqat "Ost-Indiya" kompaniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi boylikka ega bo'ldi. CHunonchi, 1607 yildayoq o'z aksiyadorlariga 500% miqdorida dividend to'ladi. Angliyaga paxta olib kelish xuquqi esa "Levantiy" kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda O'rta Er dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish xuquqini xam qo'lga kiritgan. Rossiya bilan savdo aloqasi olib borishga "Moskva" kompaniyasi xaqli edi. Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va xatto eng mashxur dvoryanlargacha - xamma qaysidir bir kompaniyaning aksiyadori edilar. Xatto qirollar xam bundan mustasno emasdilar. Ayni paytda ular savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar. CHunki kompaniya tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga juda katta miqdorda daromad keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari o'zlariga uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini ximoya qilish majburiyatini xam olar edilar. 17 asr boshlarida ingliz savdo kompaniyalari Erondan SHimoliy Amerikagacha, SHvetsiyadan Xindistongacha bo'lgan juda katta xududni o'z ta'sirlarida tutgan. Xindiston va Amerikaga tobora ko'proq kirib borgan. Qisqa vaqt ichida ingliz savdosining xajmi ikki barobar ortgan. Manufaktura ishlab chiqarishi. Dengiz savdosining rivojlanishi, Yangi Dunyo axolisining ko'payib borishi va u erdan Evropaga oltin xamda kumushlarning ko'plab miqdorda tashib keltirilishi xunarmandchilik maxsulotlariga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Ortib borayotgan talab tsexlarga nisbatan yirikroq korxonalar qurishni zaruratga aylantirib qo'ydi. Bu esa yangi tipdagi korxona - mexnat taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatuvchi manufakturaning paydo bo'lishiga olib keldi. Manufakturalar uchun maxsus binolar qurilishi boshlandi. U erda turli xil mutaxassislikdagi yollanma ishchilar mexnat qilardilar. Ularning xar biri faqat bitta ishni bajarardi. Bu esa ishning tez va sifatli bajarilishini ta'min etardi. Bu yangilik tabiiyki, mexnat unumdorligining ortishiga olib kelgan. Manufaktura ishlab chiqarishi maxsulot tannarxining arzonlashuviga xam sabab bo'ldi. 17 asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi Angliya va Gollandiyada xo'jalikning asosiy shakliga aylandi. Frantsiyada esa rivojlanish bosqichiga kirdi. Qurolsozlikdagi ixtirolar. 16-17 asrlarda qurolsozlik sohasida xam muxim ixtirolar amalga oshirildi. Agar 17 asrgacha artilleriya qal'a devorlarini bemalol qulata olganligi tufayli shaxarlar devor bilan emas, balki ulkan tuproq uyumlari bilan ximoya qilina boshlangan edi. CHunki artilleriya yadrosi (artilleriya o'qi) tuproq uyumini yorib o'ta olmagan. Endi esa - mortira ixtiro qilindi. U artilleriyaning qisqa masofaga balandlatib o'q otadigan turi edi. Bu qurol tuproq uyumlarini xam qo'porib tashlash imkonini yaratdi. 17 asr ikkinchi yarmida qo'lda o'q otadigan qurollar ixtiro qilishda xam katta yutuqlarga erishildi. CHunonchi, mushket deb ataluvchi miltiq ixtiro qilindi. 17 asrning 1-yarmida miltiqqa qo'ndoq, to'pponcha, qo'l granatalari yasash boshlandi. Qurolsozlik soxasidagi ixtirolar ritsarlar mavqeiga putur etkazdi. Endi ritsarlik jasurlik belgisi bo'lmay qoldi. Burjuaziya - (frantsuzcha - shaharliklar) - aholining savdo-sanoat, bank sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish natijasida daromad topuvchi hamda ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalashuvchi toifasi. Aksiyadorlik jamiyati - daromad topish maqsatida hissadorlik qoydalari asosida uyishgan sherikchilik jamiyati Divideng-(lotincha taqsimlanadigan narsa) aksiyadorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromatiga aylanadigan qismi. Savdo monopoliyasi - savdo sohasida tanho hukmronlik qiluvchi tashkilotlar. Negosiant- ulgurji savdo bilan shug'illanuvchi savdogar. Bu atama ko'pincha chet ellar bilan savdo qiladigan savdogarlarga nisbatan ishlatiladigan Patent (lotincha-ochiq, aniq -ravshan) 1.biror bir ihtironing davlat tomonidan etirof etilgani va ihtirochining o'z ihtirosiga olgan huquini tastiqlovchi hujjat. 2.savdo yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat. 4-§. Evropada reformatsiya. Germaniyada dexqonlar urushi Reformatsiya xaqida. Reformatsiya - 16 asrda katolik cherkovi ta'limotini islox qilish maqsadida Germaniyada bo'lib o'tgan va 17 asrning birinchi yarmida G'arbiy Evropaning qator davlatlariga xam yoyilgan ijtimoiy xarakatdir. Bu xarakat oqibatida katolik cherkovida bo'linish yuz berdi. Zamon ruxiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, islox qilingan yangi oqim - protestantlik vujudga keldi Katolik cherkovining mavqei xaqida. 16 asr boshlarida xam katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini qavrnlarning faqat Xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining bchisob boyliklarga egaligi xam yotardi. Zero, xamma - oddiy dexqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o'z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o'zi xam katta er-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgentsiya savdosi xam cherkovga katta daromad keltirardi Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunoxnigina emas, kelajakda qilinishi mumkin bo'lgan gunoxni xam kechirardi Reformatsiyaning shart-sharoiti. 16 asrda Angliya va Frantsiya qirollari mutlaq xokimiyatga ega bo'lib olgan bo'lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik xukm surardi. Ya'ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo'linib ketgan edi. SHu sababli, Germaniya imperatori amalda real xokimiyatga ega bo'lmagan. SHuning uchun xam Germaniyada katolik cherkovining ta'siri xamon qudratliligicha qolayotgan edi. Germaniya axolisi xam o'z xukmdorlariga, xam cherkovga tinka-madorni qurituvchi soliq to'lardi. Bundan tashqari, katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka xam ega edi. Arxiepiskop va episkoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya imperatorini saylab qo'yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiepiskoplar edi. Rim cherkovi o'z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatorning esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdoring kamaytirishga kuchi etmagan. Qolaversa, katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to'sig'iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi xam edi. Yuqorida qayd etib o'tilgan omillar 16 asr boshlarida Germaniyada umumiy norozilikni keltirib chiqargan. Umumiy norozilikning yuzaga kelishiga shuningdek, katolik marosimlarini bajarishning og'irlashtirib yuborilganligi xam sabab bo'lgan. Martin Lyuterning faoliyati. Reformatsiya 1517 yilda Germaniya axolisining katolik cherkovini islox (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Reformatsiyani, knyazlarning bir qismi, shaxarliklar va dexqonlar qo'llab-quvvatladilar. Reformatsiya to'lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida iloxiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta'limoti katta ta'sir ko'rsatdi. U 1517 yili cherkov eshigiga o'zining dindorlarga qarata yozgan mashxur "95 tezis" deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo'ydi. Xitobnomada indulgentsiya savdosi qattiq qoralangan, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog'idan ozod etish talab etilgan, cherkovning esa "kam chiqim cherkov" bo'lishi yoqlangan edi. "95 tezis" butun Germaniyani to'lqinlantirib yubordi. Ko'p o'tmay u cherkov Papasiz xam yashashi mumkin, deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etdi. Bu "qilmishlari" uchun Rim Papasi Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyaga uni la'natlovchi yorliq yubordi. Biroq xalq Lyuterni qo'llab-quvvatlayotganligi uchun bu yorliqni Germaniya bo'ylab tarqatishning iloji bo'lmadi. Aksincha, M. Lyuter Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to'g'risidagi qarorini talabalar ko'z o'ngida yoqib yubordi. Bu uning katolik cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi. M. Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi. Imperator undan o'z ta'limotidan voz kechishini talab qildi. Biroq Lyuter imperator talabini bajarmadi. Aksincha, Papaga bo'ysunishdan va indulgentsiya savdosini ma'qullashdan bosh tortdi. Katolik cherkovidagi bo'linish. Reformatsiya natijasida Rim katolik cherkovida bo'linish yuz berdi. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi? Tez orada Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo'ravonligiga qarshi boshlangan xarakat ommaviy tus oldi. 1524 yilda esa bu xarakat xatto dexqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi urushiga aylanib ketdi. Qo'zg'olonning etakchisi ruxoniy Tomas Myuntser edi. Garchand dexqonlar urushda engilgan bo'lsalar-da, u Germaniyada katolik cherkovi xukmronligiga barxam berilishida katta axamiyatga ega bo'ldi. 1526 yilda Germaniya reyxstagi Lyuterchi-knyazlar talabi bilan xar bir nemis knyazi o'zi va fuqarosi uchun xoxlagan dinni tanlash xuquqiga ega ekanligi to'g'risida qaror qabul qildi. Biroq 1529 yilda reyxstag bu qaromi bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaxarlari va 5 knyazi protest (norozilik) bildirishgan. Ular "Protestatsiya" deb atalgan xujjatga, ya'ni ruxoniy va dunyoviy feodallarning umumgerman yig'ilishi lyuterchilikning tarqalishini cheklash xaqidagi qaroriga qarshi protestga imzo qo'yganlar. SHu tariqa 5 nafar knyaz protestant (norozi) deb atalgan. Protestan knyazlar 1555 yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo'ldilar. Unga ko'ra, endi xar bir knyaz o'z fuqarolari uchun istagan dinni, ya'ni yo lyuterchilikni, yoki katoliklikni tanlash xuquqiga ega bo'lganlar. SHu davrdan boshlab reformatsiyaning barcha tarafdorlari protestantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala boshlandi. SHunday qilib, xristlanlikda uchinchi oqim - protestantlik vujudga keldi. M.Lyuterning katolik ta'limotiga kiritgan islohlari natijasida vujudga kelgan ta'limotning nomi bilan lyuterchilik deb ataladi. "Lyuterchilik" va "protestanlik"atamalari amalda bir hil manoni anglatadi. Reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta'limot vujudga kelibgina qolmadi. Endi knyazlarga bo'ysunadigan cherkov xam vujudga keldi. Uzoq yillar davomidagi kurashlardan so'ng Germaniya imperatori Karl 5 xam knyazlarga o'zlari e'tiqod qilgan diniy ta'limotni o'z knyazliklari xududlarida o'rnatish xuquqini beradigan qonun chiqarishga majbur bo'ldi. Protestantlik oqimi ta'limotining mazmunini uning katolik ta'limotidan farq qiluvchi asosiy hususiyatlarini siz 9-sinfda "Dunyo dinlari tarixi" darslarida o'rganasiz. Ilohiyot (arabcha-hudo to'g'risidagi ta'limot )- diniy qoidalar va ular haqidagi hudo ko'rsatmalarini o'z ichiga olgan asosiy diniy ta'limot Isloh - o'zgartirish kiritish, yaxshilash, tuzatish. Tezis (yunoncha-qoida, isbot) - bahsga yoki biror ta'limotni bayon qilishda aytiladigan asosiy fikr Hitobnoma (arabcha-forscha) - biror ish yoki harakat qilishga undab yozilgan maktub, yozma chaqiriq, murojotnoma 5-§. Angliyada qirol xokimiyatining kuchayishi Mutlaq monarxiya. Mutlaq monarxiya (absolyutizm) - oliy xokimiyatning xuquqi xech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs - monarx qo'lida to'planishidir. Boshqaruvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy xokimiyat qo'l ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barxam berdi. CHunonchi, qirol Genrix 8 Tyudor (1509-1547) butun mamlakatni yagona markaz - Londonga bo'ysundirdi. Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o'zaro ichki urushlariga barxam bergan. Tyudorlar sulolasidan chiqqan yangi qirollar feodallar qo'shinlarini tarqatib yubordi. Bo'ysunishni istamagan feodallarning qo'rg'onlarini er bilan yakson qildi. Isyonchilarning erlari tortib olindi va qirollik mulkiga qo'shib yuborildi. SHaxarlarning xuquqlari cheklab qo'yildi. Toifaviy-vakillik organi bo'lmish parlament butunlay bo'lmasa-da, o'z axamiyatini yo'qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilab qo'yildi. Angliya qirollari veto xuquqiga ega edilar. Bu xuquq ularga parlamentning xar qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. Mamalakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishini parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash belgilar edi. 16 asrning Angliya tarixidagi o'rni. 16 asr Tyudorlar sulolasi asri bo'ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy xodisa bilan ajralib turadi. Bular - reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya xukmronligining o'rnatilishi edi. Angliyada reformatsiya qirol Genrix 8 (1491-1547) xukmronligi davriga to'g'ri keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xoxish va irodasi bilan amalga oshirildi. Genrix 8 qirol xokimiyatini yanada mustaxkamlash uchun cherkovni erdan va boshqa mol-mulklardan maxrum etish xaqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo'lgan erlarning 2/3 qismi sotib yuborildi. Angliyada protestantlik ta'limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi. Qirol cherkov boshlig'i deb e'lon qilindi. Rim Papasi xokimiyati inkor etildi. Katolik cherkovining boyliklari tortib olindi. Kontrreformatsiya. Genrix 8 ning vafotidan so'ng Angliya qirolligi taxtini uning qizi Mariya (1553-1558) egalladi. Mariya o'z xukmronligi davrida kontrreformatsiya o'tkazishga urindi. U o'zining cherkov boshlig'i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e'lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Mariya parlamentning Angliyada Rim Papasi xokimiyatini qayta tiklash xaqidagi qarori chiqarilishiga erishdi. Ayni paytda shakkoklikka qarshi o'rta asrlar qonunlari qayta tiklandi. Mamlakatda qatag'on boshlandi, katolik dushmanlari olovda yondirildi. SHunday sharoitda ko'pchilik protestantlar Germaniya va SHvetsariyaga qochib ketib jon saqladilar. Mariyaning qatag'on siyosati mamlakatda norozilikni kuchaytirib yubordi. Xukmron tabaqalar endi Genrix 8 ning boshqa qizi Elizavetani qirollik taxtiga o'tqazishga qaror qildilar va Mariya vafotidan so'nggina bunga erishdilar. Angliya Elizaveta xukmronligi davrida (1558-1603). Yangi qirolicha ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobiliyatga ega edi. Elizaveta 1 protestantlikni davlat dini deb e'lon qildi. Qirolichaning o'zi "CHerkov va dunyoviy ishlarning oliy xukmdori" unvonini oldi. CHerkov ibodatlari endi xalqning katta qismiga tushunarsiz bo'lgan lotin tilida emas, balki ingliz tilida o'tkaziladigan bo'ldi. Elizaveta 1 ning asosiy vazifalaridan biri mamlakat yaxlitligini mustaxkamlash edi. Dengiz xukmronligi uchun kurash. Angliyaning bu davrdagi ashaddiy dushmani katolik Ispaniyasi edi. Ispaniya qiroli Filipp 2 "shakkok" Angliya qirolichasi Elizaveta 1 ga nafrat bilan qarardi. Bu davrda Gollandiyada Ispaniya zulmiga qarshi xarakat boshlanganda Elizaveta 1 Gollandiya tarafida turdi. Oxir-oqibatda bu ikki davlat o'rtasida 1588 yilda urush kelib chiqdi. Bo'lib o'tgan jangda Angliya floti g'alaba qozondi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Ispaniya o'zini boshqa o'nglay olmadi. Angliya esa Evropaning buyuk davlatiga va dengiz xukmdoriga aylandi. Angliya uchun 16 asr ana shunday yakunlandi. Reformatsiya nixoyasiga etdi. Elizavetaning o'limi bilan Tyudorlar sulolasining xukmronligi xam barxam topdi. Taxtga Tyudorlar sulolasiga qarindosh SHotlandiya qiroli Yakov 6 Styuart o'tqazildi. SHu tariqa Angliyada Styuartlar sulolasi xukmronligi boshlandi. Veto (lotincha taqiqlayman) - davlat boshlig'ining biror qonunni yoki qarorni kuchga kiritishdan to'htatib qo'yish huquqi Kontrreformatsiya- 16-17 asrlar o'rtalarida Evropada Rim Papasi rahnamoligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Monarxiya (yunoncha - yakka xokimlik) - cheklanmagan huquqqa ega bo'lgan yakkashaxs boshqaradigan davlat. 6-§. Frantsiyada mutlaq monarxiya Frantsiya mutlaq monarxiyasining o'ziga xos xususiyatlari. 16-18 asrlarda Frantsiyada mavjud bo'lgan siyosiy xokimiyatning mazmuni quyidagi iborada o'z ifodasini topgan edi: "Xudoning irodasi shuki, xar qanday qaram bo'lib tug'ilgan o'ylab o'tirmasdan bo'ysunmog'i lozim". Frantsiyada mutlaq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o'zining avvalgi axamiyatini yo'qotdi. Qirollarning o'ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo'q qilardilar. Biroq buning iloji yo'qligi uchun ularning mamlakat siyosiy xayotiga ta'sirini kamaytirishga urinar edilar. Bunga erishganlar xam. Angliya parlamentidan farqli o'laroq, Frantsiyada General shtatlar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan-kam xolatlarda, faqat kuchli zarurat tug'ilganidagina chaqiriladigan bo'ldi. 1614 yildan boshlab butun 17 asr davomida esa biror marta xam chaqirilmadi. Bu xodisa Frantsiyada qirol xokimiyati Angliya qiroli xokimiyatidan xam kuchliroq bo'lganligini isbotlaydi. Qirol ayni paytda xukumat boshlig'i xam edi. Uning xuzurida xukumat kengashi tashkil etilgan. Kengash a'zolari qirol tomonidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o'zi xal etgan. SHu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy xukmronligi o'rnatilgan. SHunday bo'lsa-da, parlament butunlay tugatilmagan. Frantsiya xududida jami 17 ta viloyat parlamenti mavjud edi. Mamlakat fuqarolariga viloyatlardagi sudlar ustidan shikoyat qilish xuquqi berilgan. Ayniqsa, Parij parlamenti katta ta'sirga ega bo'lgan. Uning vakolati mamlakat xududining 1/3 qismiga tarqalgan. Parij parlamenti taxt vorisi yosh bo'lsa, regent tayinlash xuquqiga xam ega bo'lgan. Qirol saroyi xayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini iloxiy deb xisoblovchi axloq tashkil etgan. Frantsiya qiroli Lyudovik 14 bekorga "Davlat - bu men!" demagan edi. Qirol qarorgoxidagi bog'larga o'rnatilgan xaykallar xam uning buyukligini eslatib turishi lozim bo'lgan. Xatto Yupiter xaykali Lyudovik 14 ning yuziga o'xshatib ishlangan. Frantsiyada protestantlikning tarqalishi. Frantsiya qirolligida xar ikki cherkov xam faoliyat ko'rsata boshladi. 16 asr boshlarida Lyuter ta'limotiga mos g'oya tarqaldi. Mamlakatda "Injil" ning frantsuzcha tarjimalari paydo bo'ldi. Ibodatxonalarda duolar ona tilida o'qila boshlandi. SHu tariqa vaqtlar o'tishi bilan Frantsiya ikki dushman lagerga katoliklar va protestantlar lageriga bo'linib qoldi. Frantsiyada protestantlar gugenotlar deb atalgan. Mamlakat shimoli va qirol xonadoni katoliklar tomonida, Janubiy Frantsiya esa gugenotlarniki bo'lib qoldi. Gugenotlar xammani o'z dinlariga tortishga intildilar. Ular maxfiy bosmaxonalar tashkil etib, varaqalar chop etdilar va uni butun mamlakat bo'ylab tarqata boshladilar. Reformatsiya Frantsiyaga shu tariqa kirib keldi. Diniy urushning yuz berishi. Katolik cherkovi protestantlikning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi. 1562 yilda qirolning qarindoshi, katoliklar raxnamosi gertsog Giz o'zining ko'p sonli qo'riqchilari bilan Vassida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarga xujum qildi. Oqibatda 20 dan ortiq protestant o'ldirildi, 100 dan ortig'i esa yarador qilindi. Bu voqea Frantsiyada 32 yil davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo'ldi. Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi. Mamlakatda yovuzlik, jaxolat kuchaydi. Gugenotlarga juda katta talofat etkazildi. SHunday bo'lsa-da, gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar. 1570 yilda tomonlar kelishuvga erishdilar. Qirol yarashish ediktiga imzo chekdi. Gugenotlarga katoliklar qatorida davlat mansablarini egallash xuquqi, diniy marosimlarni to'siqsiz o'tkazish erkinligi berildi. Biroq bu erishilgan tinchlik uzoqqa cho'zilmadi. CHet davlatlarning aralashuvi vaziyatni yanada chigallashtirdi. Urushning oldini olish uchun qirol Karl 9 gugenotlar etakchisi Genrixga o'z singlisi Margaritani turmushga berishga qaror qildi. To'y marosimi 1572 yilning avgustiga belgilandi. Biroq katolik mutaassiblari shu voqeadan foydalanib, gugenotlarning barcha raxbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdilar. 24 avgust kechasi gugenotlar qirg'ini uyushtirildi. 3 kunlik qotillik davomida 30 ming kishi qurbon bo'ldi. Bu voqea Frantsiya tarixiga "Varfolomey kechasi" nomi bilan kirdi. SHu voqealardan keyin Frantsiyada protestantlik taqiqlandi. Rim Papasi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi. Urushning davom etishi. "Varfolomey kechasi" mamlakatdagi diniy urushga chek qo'ymadi. Urushning davom etishi muqarrar edi. CHunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Frantsiyani bo'lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o'z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenot Genrix Burbon (u Genrix Navarskiy deb ham ataladi) boshqardi. Gugenotlar yaxshi qurollangan qo'shin tuzishdi. Genrix Giz esa qattiq xarbiy intizom o'rnatilgan katolik liga tuzdi. Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga ko'ra yangi qirol Genrix 3 olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi. Biroq qirol Genrix 3 Genrix Gizni o'ldirtirishga muvaffaq bo'ldi. Katolik cherkovi Genrix 3 ning bu ishini kechira olmas edi. O'ldirilganlar "azob chekkan avliyolar" deb e'lon qilindi. CHerkov dindorlarga qirol sog'lig'i uchun duo o'qishni taqiqladi. Ayni paytda barcha fuqarolarning Genrix 3 ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e'lon qildi. 1589 yilda Genrix 3 katoliklar tomonidan sho'ldirilgach, qirol xonadonining qarindoshlari gugenotlar rahbari Genrix Burbon (Genrix Navarrskiy) Genrix 4 nomi bilan egalladi (1589-1610). U katolik mazxabini qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o'tira olmasligini yaxshi bilardi. Genrix 4 o'zining kuchi, qobiliyati va ta'siridan xar ikki cherkov qavmini murosaga erishtirish yo'lida foydalandi. U katolik amaldorlarni exsonga ko'mib tashladi. Diniy urushlarni to'xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598 yilda Nant ediktini imzoladi. Ediktda katoliklik davlat dini deb e'lon qilingan bo'lsa-da, gugenotlar quvg'in qilinmaydigan bo'ldi. Mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi Jaholat-(arabcha)-ilm-marifatdan mahrumlik,qoloqlik. Fanat (lotincha)-diniy e'tiqodiga yoki biror ta'limotga qattiq yopishib oluvchi. Edikt-qirolning alohida muhim farmoni. 7-§. 16-17 asrlarda Rossiya Rusni birlishtirishning tugallanishi. Siz 7-sinf "Jaxon tarixi" darsligidan Rusning 240 yil davomida Oltin o'rdaga qaram bo'lib kelganligini, bu qaramlik 1480 yilda barham topganligini bilim oldingiz. Moskva knyazligi raxbarligida mustaqillikdan so'ng xam Rossiyani birlashtirish jarayoni davom ettirildi. 1485 yildan boshlab Moskva knyazi Ivan 3 butun Rus xukmdori unvonini qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo'ldi. Nixoyat, 1521 yilda yagona markazlashgan poytaxti Moskva shaxri bo'lgan rusni birlashtirish to'la nixoyasiga etkazildi. Markazlashgan Rossiya davlatining tashkil topishi katta tarixiy axamiyatga ega xodisa edi. Avvalo, endilikda Rossiya o'zini tashqi xujum xavfidan ximoya qila oladigan bo'ldi. Ikkinchidan, markazlashish xalq xo'jaligi va madaniyatining tezroq rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Maxalliy biqiqlik barxam topdi. Mamlakat turli qismlarining o'zaro aloqalari kuchaydi. Rossiya Evropa davlatlari orasida muxim o'rin egalladi. Rossiya podshosi Ivan 4. 1547 yilda Rossiya tarixida o'ziga xos voqea yuz berdi. Rossiyada ichki nizolar, boshboshdoqliklar kuchayib ketgan bir davrda Rus pravoslav cherkovining boshlig'i mitropolit Makariy vafot etgan Buyuk knyaz Vasiliy 3 ning o'g'li Ivan 4 ga (1533-1584) Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydirdi. Bu voqea juda katta xalqaro axamiyatga ega bo'ldi. CHunki Rusda uzoq yillar davomida faqat Oltin O'rda xonlari podsho deb atalib kelingan. Rus davlati xukmdorlari esa bu davrgacha Buyuk knyaz deb atalib kelingan. Ivan 4 ga podsholik unvonining berilishi uni G'arbiy Evropa davlatlari qirollari bilan bir qatorga qo'ydi. Yosh podsho Ivan 4 o'z xuzurida "Saylanma rada" deb ataluvchi maslaxat kengashini tuzdi. Ivan 4 ichki siyosatining vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boylar mavqeini zaiflashtirishdan iborat edi. SHu maqsadda 1549 yilda Ivan 4 feodallar turli qatlamlari vakillarining birinchi yig'ilishini Zemstvo soborini chaqirdi. Keyinchalik bu sobor ishida shaxarlarning savdogar (posad kishilar), shuningdek, davlatga qaram dexqonlardan (chernosot) xam saylangan vakillar qatnashadigan bo'ldi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling