Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
331
Salmon Forsiy bu xabarni anglagach, bir savatda xurmo olib, Rasululloh huzurlariga 
keldi va: 
— Buni sizga sadaqaga keltirdim, — dedi. 
Sahobalarga: 
— Sizlar yenglar, — deb buyurib, o‘zlari andin yemadilar. 
Salmon muni ko‘rgach: 
— Rohib aytgan alomatlarning biri to‘g‘ri chiqdi, qani qolganlarini ham sinab ko‘rayin-
chi, — dedi. 
Oradan uch-to‘rt kun o‘tgandan so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubodan 
Madina ichiga kirdilar ersa, Salom Forsiy yana bir savat xurmo ko‘tarib kelib, bu gal 
hadya qildi. Rasululloh xurmoning hadya ekanligini bilgach, sahobalar bilan birga o‘ltirib 
yedilar. 
Muni ko‘rib Salmon: 
— Rohib aytgan uch alomatdan ikkisi to‘g‘ri chiqdi. Endi uchinchisini ham bilishim kerak, 
— dedi. 
Yana uch-to‘rt kun o‘tgandan so‘ngra shu maqsadni ko‘zlab Rasulullohning ziyoratlariga 
keldi ersa, Baqi’ go‘ristoniga janoza bilan ketmish edilar. Orqalaridan kelib u joyda 
Rasululloh bilan ko‘rishdi. Ikki yelka orasidagi payg‘ambarlik muhrini ko‘rmakchi bo‘lib, 
orqa tomonlariga o‘tib edi, muni Rasululloh bildilar. Ridolarini yelkalariga tushirib 
qo‘ydilar ersa, bu muborak muhr ochilib qoldi. Muhrni ko‘rgach, Salmon chidayolmasdan 
Payg‘ambarimizga o‘zini otib yuz-ko‘zini surtib o‘pgali turdi. So‘ngra undan hol-ahvol 
so‘radilar. Boshidan kechirmish ishlarini aytgandan so‘ngra, uchinchi rohib so‘zini bayon 
qilib: 
— Endi aniq bildim, Tavrot, Injilda xabari berilib, sifatlari yozilgan oxir zamon 
payg‘ambari albatta Siz ekansiz, — deb darhol shu yerda iymon keltirdi. 
So‘ngra Rasululloh Salmonga qarab: 
— Xo‘jang yahudiyga aytgil, seni mukotib qilsun,— dedilar. 
Muning ma’nosi qul xo‘jasi bilan kelishmakdur. Shundoqkim, agar menga shuncha aqcha 
topib berur ersang, seni ozod qilurman, deb xo‘jasi qo‘liga hujjat xati bergay. 
Rasululloh so‘zlari bilan Hazrati Salmon xo‘jasi yahudiydan muni so‘radi ersa, ul unamay 
yurib eng keyin bir ming olti yuz dirham kumushga, yana uch yuz tup xurmo daraxtini 
ko‘kartirib berishga kelishdilar. 
Rasululloh muni anglagach, sahobalarga: 
— Birodaringiz Salmonga yordam qilaylik, — deb aytdilar, ansor sahobalar har qaysilari 
topganicha xurmo ko‘chatini keltirishdi. 
Shunda Salmonga ko‘chatlar o‘rnini qazib bitirgandan keyin kelib xabar qilishlarini 
buyurdilar. Ko‘chat chuqurlari tayyor bo‘lgach, Rasululloh qutlug‘ qo‘llari bilan tutib 
berib, boshqalar ko‘mishdi. 
Shunchalik ko‘p xurmo ko‘chatlaridan biror tupi qurimasdan barisi ko‘kardi», bu esa 
Rasulullohning mo’jizalaridur. 
Yana shu orada sahobalardan birovi Rasulullohga tuxumdek oltin hadya qildi. Anda ul 
zot darhol Salmonni chaqirib: 
— Muni yahudiyga berib o‘zingni qulliqdan ozod qilursan, — dedilar. 
Ul oltin ersa Salmon ko‘ziga oz ko‘rinib: 
— Yo Rasululloh, menim berasim ko‘pdur, bu bilan qutila olmagayman, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Shu bilan Alloh seni undan qutqargay, borgil, topshirib bergil, — dedilar. 
Muni anglagach, yahudiy oldiga eltib, tortib qarasa qolmish qarziga ortiq chiqmasdan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
332
teng keldi. Bu ham Rasulullohning mo’jizalari erdi. Shu bilan Rasululloh aytganlaridek, 
Salmon Forsiy qulliqdan qutuldi, Raziyallohu anhu. 
YIGIRMA TO‘QQIZINCHI MO’JIZA 
Salmon Forsiy Rasululloh bilan dastlab ko‘rishganda arabcha gapirolmas edi. Arabcha, 
forscha bilgan yahudiylardan Madinada bir savdogar kishi bor edi, uni tilmochlikka 
chaqirdilar. Salmon Forsiy Rasulullohni maqtab Tavrot, Injilda ko‘rgan sifatlarini bayon 
qildi ersa, tarjimon yahudiyning dushmanligi qo‘zg‘aldi. So‘zni teskari aytib, Rasululloh 
haqida loyiqsiz so‘zlar bildirdi. Muni anglab Rasululloh g‘amgin bo‘ldilar. Shu hollarida 
Jabroil alayhissalom kelib Salmon so‘zini tarjima qildi ersa, yahudiy sharmanda bo‘lib: 
— Ey Muhammad, o‘zing ersa forsiy tilga komil ekansan, tilmochlikka meni nega 
chaqirding? — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Bu tilni hech bilmas edim, birodarim Jabroil shu hozirda o‘rgatdi, — dedilar. 
So‘ngra yahudiy: 
— Mundan ilgari sening payg‘ambar ekanligingga gumonim bor edi. Endi aniq bildim, 
Tavrot, Injilda sifati yozilgan, Muso alayhissalom o‘z qavmiga topshirgan oxirzamon 
payg‘ambari siz ekansiz, — deb darhol iymon keltirdi. Raziyallohu anhu. 
O‘TTIZINCHI MO’JIZA 
Hazrati Abu Hurayra rivoyat qilur: 
«Rasululloh bilan g‘azot safariga chiqdik. Oziq-emishlarimiz yetishmaslikdan askarda 
ochlik bor edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam; 
— Ey Abu Hurayra, yegudek biror narsang bo‘lsa keltirgil, — dedilar. 
Non xaltam tagida o‘n dona quruq xurmo qolmish edi, uni keltirib Rasulullohga berdim. 
Xalta ichiga qo‘l solib xurmoni chiqardilar. Ushlab turib aning barakasiga duo qilib, 
qaytarib xaltaga soldilar. So‘ngra Abu Hurayraga sahobalardan o‘n kishi chaqirib 
keltirmoqni buyurdilar. Bular kelgandan keyin shu xaltadan xurmo olib to‘yguncha 
yegizdilar. Yana o‘n odam chaqirib edilar, bular ham shu xurmodin yeb to‘yishdilar. 
Shunday qilib o‘n kishidan chaqirib shu xurmodan beraverdilar. Askarning barisini 
to‘ydirib qarasalar, xalta ichidagi xurmo yana boyagidek turmish edi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
— Ey Abu Hurayra, qay vaqtda xurmo yeging kelsa, xaltaga qo‘l solib olgil, ammo uning 
og‘zidan to‘kmagil. 
Abu Hurayra aytur: 
— Rasulullohning hayotlaricha shu xaltadan xurmo yeb va boshqalarga berur edim. 
Hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar, Hazrati Usmon — bu uchovlarining davrlarida ham shu 
xaltadan yeb turdim. Hazrati Usmonning oxirgi kunlarida fitna qo‘zg‘alib, ul kishini 
shahid qildilar. Shu chog‘da Madinadan bir necha odamlarning uy-joylari talon-taroj 
bo‘ldi. Shu qatorda menim uyimni ham talab ketdilar. Mana shu fitna sabab bo‘lib, u 
baraka xaltadan ajrab qoldim. Bor molim yo‘qolib, koshki shu xaltam qolgan bo‘lsa, rozi 
edim. Oz deganda shu xaltadan oltmish tuyaga yuklik xurmo yegan edim. Raziyallohu 
anhu. 
O‘TTIZ BIRINCHI MO’JIZA 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
333
Fahd ibn Atiyya rivoyat qilur: 
«Rasululloh oldilariga o‘n necha yoshlik tilsiz, duduq bolani keltirib: 
— Yo Rasulalloh, duo qiling, buning tili chiqsin,— dedilar. 
Anda Rasululloh u bolaga qarab: 
— Men kim bo‘lurman? — deb so‘radilar ersa, darhol bola: 
— Siz Allohning payg‘ambaridursiz, — deb javob berdi. 
Shu bilan tili ochilib ketdi. 
Yana bir yangi tug‘ilgan bolani momosi keltirib: 
— Barakot bo‘lgay, — deb Rasulullohning quchoqlariga qo‘ydi. 
Unga qarab: 
— Men kim bo‘lurman? — deganlarida: 
— Siz Rasululloh erursiz, — dedi. 
— Barakalloh, rost aytding, — dedilar. 
Shu sababdan bu bola ismini Muborak qo‘ydilar». 
O‘TTIZ IKKINCHI MO’JIZA 
Rasulullohning xodimlari hazrati Anas bu voqeani shunday rivoyat qilur: 
«Sahobalardan bir yigit vafot topdi. Aning bir ko‘r kampir onasi bor erdi. O‘lik iyagini 
bog‘lab kampir onasiga ta’ziyat aytdik. Onasi yig‘lab: 
— Ey bor Xudoyo, o‘zing bilursan, men vatanimni tashlab, sening roziliging uchun 
payg‘ambar oldiga hijrat qilib keldim. Ko‘zim ko‘r, o‘zim ojiz erurman. Bu o‘g‘limdan 
o‘zga xizmat qilgudek mening yordamchim yo‘qdur. Ey rahmlik mehribon rabbim, bu 
musibatni mendan ko‘targil, — deb duo qilishi bilan yotgan o‘likka qaytadan jon kirdi. 
Yuziga yopgan pardani olib tashlab: «Alhamdulilloh» deb o‘rnidan turdi». 
Bu ham bo‘lsa Rasulullohning mo’jizalari erur. Chunki ummatidan ko‘rilgan karomat ersa 
payg‘ambarning mo’jizasidan bo‘lg‘ay. Oy nurini quyoshdan olgandek, har ummatning 
avliyolari ko‘rsatgan karomatlarini o‘z payg‘ambarlaridan olgaylar. 
O‘TTIZ UCHINCHI MO’JIZA 
Sahobalardan bir kishi kelib: 
— Yo Rasululloh, Islom diniga kirmasdan ilgari shu tog‘ ichida bir chuqurga ikki yoshli qiz 
bolamni tashlagan edim, nima bo‘lganidan xabarim yo‘qdur. Xudo oldida bunga nima 
javob ayturman? — dedi. 
Arablarning eng yomon odatlaridan biri ikki-uch yoshli qiz bolalarini faqirlikdan qo‘rqib, 
yoki qabila urushlarida yengilur bo‘lsa, dushman qo‘liga asir tushib qolishidan nomus 
qilib, tiriklayin ko‘mar edilar. Islom kelganidan so‘ng bu odatlar yo‘qoldi. U kishi ersa 
Rasululloh bilan shu chuqur ustiga kelib qarasalar, andin hech bir nishona ko‘rinmadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning otini aytib: 
— Alloh izni bilan menga javob qaytarg‘il, — dedilar. Shunda: 
— Labbayka, yo Rasulalloh, — deb qizcha shu chuqurdan chiqa keldi. 
Anda Rasululloh: 
— Mana, ota-onang ersa Islom diniga kirdilar. Agar dunyo turmushini xohlar ekansan, 
seni ularga topshirurman, — dedilar. 
Anda qizcha: 
— Yo Rasulalloh, ularga hech hojatim yo‘qdur, dunyoga chiqishni xohlamayman, har 
yaxshilikni Alloh oldida topdim, — dedi». 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
334
O‘TTIZ TO‘RTINCHI MO’JIZA 
Imom Bayhaqiy «Daloilun-nubuvva» degan kitobida shundan keltiribdur: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini dinga da’vat qildilar. Uning bir qiz bolasi 
o‘lmish edi. 
U: 
— Agar o‘lgan bolamni tiriltirur ersang, men senga iymon keltirayin, — dedi. 
— Andog‘ ersa, uning qabrini ko‘rsatgil, — dedilar Rasululloh. 
Qizning otasi qabr ustiga boshlab keldi ersa, Rasululloh: 
— Ey Faloniy, — deb chaqirdilar. 
— Labbayka, yo Rasulalloh, — deb javob keldi qabrdan. 
— Dunyoga qaytib chiqmoqni yaxshi ko‘rurmisan? — deb Rasululloh undan so‘radilar 
ersa. 
Ul: 
— Yo Rasulalloh, Xudo haqqi, dunyoga qaytmoqni xohlamaydurman. Ota-onamdan 
Allohni yaxshi ko‘rdim, dunyodan oxirat rohatini ortiq topdim, — dedi». 
O‘TTIZ BESHINCHI MO’JIZA 
Jobir ibn Abdulloh shundog‘ rivoyat qilur: 
«Bir kuni Rasulullohga hadya qilmoqchi bo‘lib, bir qo‘yim bor edi, uni so‘yib pishirdim, 
katta choraga solib, Payg‘ambarimiz oldilariga keltirib qo‘ydim. 
Anda ul zot: 
— Mundan yegan kishilar suyagini sindirmasdan yesinlar, — dedilar. 
Bu tamom yeyilgandan so‘ngra suyaklarini to‘plab ustiga muborak qo‘llarini qo‘yib, 
og‘izlari qimirlashi bilan unga jon kirib, bir qo‘y sakrab turdi. Bu ulug‘ qudratni ko‘rib, 
barcha sahobalar takbir aytdilar». 
O‘TTIZ OLTINCHI MO’JIZA 
Onamiz Hazrati Oisha roziyallohu anho rivoyat qilur: 
«Madinada bir nopok, uyatsiz xotun bor edi. Bir kuni Rasululloh o‘tirgan edilar, ustilariga 
u xotun kirib qoldi. Oldilariga bir parcha qotgan go‘sht pishirib qo‘ygan edim, shundan 
yeb o‘ltirur edilar. 
Muni ko‘rib, u xotun: 
— Ko‘ringlar bu kishinikim, qul kishilardek taom yeydur, o‘ltirishlari ham qullarga 
o‘xshaydur, — deb aytdi. 
Anda Rasululloh: 
— To‘g‘ri, men Allohning qulidurman, qullardek o‘ltirib, quldek taom yeydurman, — 
dedilar. 
So‘ngra ul xotun: 
— Menga ham bu taomdan bering, yeb ko‘ray, — dedi. 
Eb turgan go‘shtlaridan bir parchasini berib edilar, ul xotun: 
— Yo‘q, og‘zingizdagi chaynab turgan go‘shtdan so‘rayman, — dedi. 
Og‘zilaridagi chala chaynalgan go‘shtdan chiqarib unga berdilar ersa, u: 
— O‘z qo‘lingiz bilan yegizib qo‘ying, — dedi. 
O‘z qo‘llari bilan uning og‘ziga solib qo‘ydilar. Buni yutishi bilan tavfiq chirog‘i uning 
ko‘nglini yoritdi. O‘z zamonasidagi sharm-hayoli, soliha xotunlardan bo‘ldi». 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
335
O‘TTIZ YETTINCHI MO’JIZA 
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rakona ibn Abdu Zaydni Makka ko‘chasida 
yolg‘iz turganini ko‘rdilar. Bu ersa, Quraysh yigitlari ichida eng kuchlik, atoqlik 
bahodirlardan edi. 
Anga Rasululloh: 
— Ey Rakona, endi iymon keltirgali vaqting bo‘lgandir. Agar xohlasang
payg‘ambarligimga mo‘jiza ko‘rsatayin, — dedilar. 
Yiroqdan bir tup yog‘och ko‘rinib turmish edi. 
Rakona: 
— Andog‘ ersa, o‘shal ko‘rinib turgan daraxtni chaqirgil, shundog‘kim, teng yarmi o‘z 
o‘rnida qolsun, qolgan yarmi ersa kelib, sening payg‘ambarligingga guvohlik bersun, ana 
shunda iymon keltirgayman, — dedi. 
Anda Rasululloh daraxtga qarab ishorat qildilar. Yarmi kelib Rasulullohga salom berdi. 
— O‘z o‘rningga qayt, — deb yana ishorat qildilar ersa, daraxt qaytib borib yarmiga 
yopishdi. 
Bu mo’jizani rivoyat qilguvchi sahoba aytur: 
— O‘shal daraxtni ko‘rdim, yopishgan o‘rni uzun ip tortib qo‘ygandek bo‘lib bilinib 
turibdur. 
Bu ulug‘ mo’jizani Rakona ko‘rdi ersa, ul aytdi: 
— Bu ish sirrini men bila olmadim. Kel endi, ikkovimiz kurashaylik. Agar sen meni yiqitur 
bo‘lsang, bir qo‘ra qo‘yim bor, uning yarmini senga berayin. 
Shu bilan ikkovlari kurashdilar ersa, Rasululloh uning belini ushlashlari hamon ko‘tarib 
yerga urdilar. Kuch-quvvatdan butunlay ajralmish edi, sharmanda bo‘lib o‘rnidan 
turgach: 
— Ey Muhammad, armonim qolmasin, yana bir marta kurashaylik, — dedi. 
Yana kurashgach, qo‘l uchlari tegishi bilan yiqilib, nima deyishini bilmay, hayron qolib 
turdi. So‘ngra aytdi: 
— Ey Muhammad, Quraysh majlisiga borib qolsang, ularga nima aytursan? 
— Rakonani yiqitib, uning yarim molini yutib oldim, deydurman, — dedilar. 
Rakona: 
— Yo‘q, andog‘ aytmagil. Bu ish men uchun qattiq nomusdur. Hadya qilib berdi, degil, — 
dedi. 
Rasululloh aytdilar: 
— Qandoq yolg‘on gapira olurman? 
Anda ul: 
— Hech yolg‘on so‘zlamasmusan? — dedi. 
— Albatta so‘zlamaydurman, — dedilar Rasululloh. 
So‘ngra Rakona: 
— Endi aniq bildim, sen Allohning haq payg‘ambari ekansan, — deb darhol iymon 
keltirdi. Raziyallohu anhu. 
O‘TTIZ SAKKIZINCHI MO’JIZA 
Ulug‘ sahobalardan Ammor ibn Huzayma rivoyat qilur: 
«Madina xalqi Avs, Xazraj degan ikki qabila erdilar. Bular ichida Xazraj raislaridan Abu 
Omir degan kishi Rasulullohni ko‘rmasdan turib, doim maqtab, u zotni qachon ko‘rar 
ekanman, deb kutmakda edi. Chunki bu kishi Madinadagi yahud olimlaridan 
Rasulullohning sifatlarini ko‘p eshitgan edi. Bu so‘zni aniqlash uchun, Shom viloyatiga 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
336
safar qildi. U joyda ham yahud, nasoro olimlari bilan ko‘rishib Tavrot, Injilda aytilmish 
oxirzamon payg‘ambarining sifatlarini ulardan ham aniqlab angladi. So‘ngra u yerdan 
yana Madinaga qaytib kelib, rohiblik havasiga tushdi. Riyozat qilib, jonlik narsalardan 
chiqqan ovqatni yemasdan, ulardan parhez qilib, egniga janda kiyib, toat-ibodat qilishga 
kirishdi. Shuning uchun buni arablar Abu Omir Rohib der edilar. 
Aslida esa rohib deb, nasoro dinida er bo‘lsa xotun olmay, xotun bo‘lsa erga tegmay, 
jonlik hayvonlardan chiqqan ovqatlarni yemay, tarki dunyo qilib so‘fiylik qilgan kishini 
ayturlar. Bu ham shu yo‘lni tutganlardan edi. Ammo arablarga o‘zini Ibrohim Halilulloh 
dinini tutgandek ko‘rsatur edi. Oxirzamon payg‘ambarining hijrat qilib kelar joyi Madina 
degan so‘zni Shom olimlaridan anglab, bu ish qachon bo‘lur ekan deb qizg‘inlik bilan 
kutmoqda edi. Shu orada Payg‘ambarimiz ham Islom tug‘ini ko‘tarib Makkadan chiqdilar. 
Bu xabar butun Arabistonga tarqaldi. Kecha-kunduz shu ishni kutmoqda bo‘lgan Abu 
Omir, o‘n uch yil ichida biror yo‘l bo‘lsa ham Makkaga borib Rasululloh bilan 
ko‘rishmoqni tilamadi. Yo‘q esa, bu ishni bilish uchun safar mashaqqatlarini chekib, 
Shom viloyatiga ham borgan edi. 
Bu muddat o‘tgandan so‘ngra Rasululloh Makkadan Madinaga hijrat qilib keldilar ersa, 
shu kundan boshlab uning hasadi qo‘zg‘alib kundan-kunga dushmanligi ko‘paygali turdi. 
Bir kuni ul Rasululloh qoshlariga kelib: 
— Ey Muhammad, qanday din keltirding? — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Haq din keltirdim, — dedilar ersa: 
— Yo‘q, sen uni boshqasiga aralashtirding, — dedi. 
Rasululloh: 
— YOlg‘on aytursan, menim keltirganim yoruq, yumshoq, arig‘ (toza) dindur. Yahud, 
nasoro olimlaridan eshitgan so‘zlaring qayerda qoldi? Alar ersa menim sifatlarimni senga 
aniqlab aytmish edilar, — dedilar. 
Anda ul: 
— Ular aytgan oxirzamon payg‘ambari sen emasdursan, — dedi. Payg‘ambarimiz: 
— Bu so‘zing yolg‘ondur, ochiq yolg‘on aytding, — dedilar. 
— Kim yolg‘onchi bo‘lsa, el-yurtidan chiqib, yolg‘iz qolib, sarsonlikda o‘lsin, — dedi rohib. 
Payg‘ambarimiz ham: 
— Iloho, shundog‘ bo‘lsin, — dedilar. 
Bu so‘zdan uning maqsadi ersa Rasulullohga tekkizib, sen Madinaga shundog‘ bo‘lib 
kelgansan, demoqchi edi. So‘ngra ul o‘z yurti Madinani tashlab Makkaga ko‘chib borib, 
mushriklarga qo‘shildi. U yerda turganda Rasulullohga qarshi qo‘lidan kelgan yomonligini 
qildi. 
Hijratning sakkizinchi yili Makka fath bo‘lgach, qochib, Toyifga bordi. Toyifni qamal 
qildilar. Ko‘p o‘tmay, ular ham iymon keltirishdi. U yerga ham sig‘may qolib, Shomga 
qarab qochdi. Eng oxiri, bola-chaqalaridan ham ajrab, Payg‘ambarimiz aytganlaridek, 
tentirab yurib o‘ldi. 
O‘TTIZ TO‘QQIZINCHI MO’JIZA 
Mutrif ibn Molik rivoyat qilur: 
— «Hazrat Umarning xalifalik davrlarida Islom g‘oziylari bilan chiqib, Eronistonda Tastar 
shahrini fath qildik. O‘ljaga tushgan mollarning hisobi yo‘q edi. Bular ichidan bir sandiq 
chiqdi. Ochib qarasak, eskidan uning ichida bir kitob bor ekan. Biz bilan hamroh yurgan 
Naim nomlik bir nasoro kishi u kitobni ko‘rib, menga sotgil deb so‘radi ersa, sandiqni 
sotib, kitobni unga hadya qilib berdim. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
So‘ngra oradan bir muncha zamon o‘tib Hazrati Muoviya zamonida Quddusi sharifga 
keldim. Bir kuni shahar ko‘chasida, bundan ko‘p yillar ilgari Tastar shahrida kitob hadya 
qilgan kishiga yo‘liqib, uni tanidim. Ko‘rishgandan so‘ngra: 
— Ey Naim, hali ham o‘z diningda erurmisan? — deb so‘radim. 
— Yo‘q! Alhamdullilloh, Islom dinini qabul qildim, — dedi. 
So‘ngra u bilan Damashq shahriga kirmoqchi bo‘ldik. Ka’bul Ahbor ham bizga qo‘shilib, 
uchovimiz Damashq-qa keldik. Bu kishi ersa shu zamonning ulug‘ olimlaridan edi. Buni 
anglab yahud, nasoro olimlaridan bir qanchalari uning ziyoratiga keldilar. Tastar 
shahridan topilgan kitob Naimning qo‘lida edi. Bu kitob ersa o‘tgan payg‘ambarlardan 
qolgan va Eronistonda nusxasi saqlanganlikdan asli nusxasi buzilmagan edi. Buni bilib 
Ka’bul Ahbor: 
— Bu kitobni o‘qib ko‘ringlar-chi, — deb ularning qo‘liga berdi ersa, bir oz o‘qigandan 
so‘ngra o‘qiguvchining rangi o‘zgarib, o‘qishni to‘xtatdi. 
Anda Naimning g‘azabi kelib: 
— Bu kitob ersa, xiyonat qo‘li tegmagan, oyatlari o‘zgarmagan qadimgi kitob ekandur. 
Agar oxiriga yetguncha o‘qimas ersang, mendan sog‘ qutila olmaysan, — dedi. 
U ham nochor bo‘lib o‘qigan erdi, bu oyat chiqdi: «Va man yabtag‘i g‘oyrol Islomi dinan 
falan yuqbala, minhu va huva fil oxirati minal xosirina». 
Ya’ni, «Kim Islom dinidan boshqa dinni tutsa, hech qachon qabul qilinmaydur. Ul kishi 
oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan, bo‘lur». 
Bu so‘z ersa, butun Shom xalqiga tarqaldi. Keyingi Tavrot, Injil kitoblarini buzib, dinga 
xiyonat qilganlari barchaga ma’lum bo‘ldi. Yo‘q ersa, Rasulullohning sifatlari ilohiy 
kitoblarning barchasida yozilmish edi. Shu ish sabab bo‘lib, bir kun ichida Shom 
shahrining yahud, nasoro olimlaridan qirq ikki kishi iymon keltirdilar. Shu kuni 
musulmonlar uchun bayram kunlaridek suyunchlik bo‘ldi. Hazrati Muoviya tomonidan 
bularga hadyalar yuborildi. 
QIRQINCHI MO’JIZA 
Ka’bul Ahbor rivoyat qilur: 
«Bani Isroil qavmi haq yo‘ldan adashib o‘z payg‘ambari Hazrati Armiyo alayhissalom 
nasihatlarini qabul qilmadilar. Shuning uchun Alloh taolo ularga qahr qilib Buxti Nasr 
degan podshoni yubordi. Yahudlar ustiga hisobsiz cherik keltirdi. Bu ersa, Qur’onda 
aytilgan Bobil shahrining podshosi edi. Yahudlar bunga qarshi turolmadilar. Falastin 
viloyatiga bosib kirib Baytul Muqaddasni buzib, butunlay xarob qildi. Shahar xalqini 
qatliomga buyurdi. O‘limdan qolganlarini asir olib, Bobilga qarab jo‘nadi. Bular ichida 
Doniyol payg‘ambar ham bor edilar. Bu yerga kelib bir qancha zamon o‘tgandan keyin 
Buxti Nasr bir kecha qo‘rqinchlik tush ko‘rib uyg‘ondi ersa, ani unutmish edi. Qo‘ruqchi, 
sehrchilarni yig‘ib: 
— Bu kecha uyqumda bir tush ko‘rmish edim. Endi siz shu tushimni topib, uning ta’birini 
ayting, — dedi. 
Anda ta’birchilar: 
— Eshitmagan tushga qanday ta’bir aytgani bo‘lur?— dedilar. Anda podshohning g‘azabi 
kelib: 
— Bir kunimga yararmikinsizlar deb sizlarni tarbiyat qilmish edim. Agar uch kun ichida 
buning ta’birini topmas ekansiz, barchangizni o‘ldirurman, — dedi. 
Alar buni anglab, qattiq g‘amgin bo‘ldilar. Bu ish uddasidan qandog‘ chiqa olgaymiz, deb 
motamda qoldilar. Bu voqeaning xabari shahar ichiga tarqaldi. Shu kunlarda ersa, 
hazrati Doniyol zindonda edilar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
Hammadan ilgari bu xabar zindonga yetgan edi. Bir kun Doniyol alayhissalom 
zindonchiga: 
— Sen borib podshoga yetkaz, ko‘rgan tushini men aytib berurman, ham uni ta’bir 
qilurman, — dedilar. 
Zindonboshi bu so‘zni Buxti Nasrga yetkurdi ersa, uni darhol kelturmaklarini buyurmish. 
Podsho oldiga har kim kirsa unga sajda qilur erdi. 
Doniyol alayhissalom uning qoshiga kirganlarida bu odatni qilmadilar. Buning bu 
jur’atiga podsho ajablanib: 
— Bu ishda bir sir bo‘lg‘aymu? — deb o‘yladi. Boshqa kishilarni tashqari chiqarib, so‘ngra 
Doniyolga aytdi: 
— Kishi qilmagan bir ish qilding. Nega menga sajda qilmay kirding? — dedi. 
Anda Doniyol alayhissalom: 
Menim bir Tangrim bordur, tush ta’bir qilmoq ilmini menga ul o‘rgatmishdir. Agar 
undan o‘zgaga sajda qilur ersam, bu ilmni mendan olib qo‘yg‘aymu deb qo‘rqdim. U 
chog‘da sen ko‘rgan tushni topib yo‘ruyolmay qolsam, meni o‘ldirursan. O‘zing ham tush 
ta’birini o‘ylab g‘amda qolursan. Har ikkovimizga ham foyda bo‘lg‘ay deb, sajda 
qilmadim, — dedilar. 
Bu so‘zni anglagandan so‘ngra Buxti Nasr: 
— Endi esa menim oldimda sendan ortiq ishonchlik hech kishi yo‘qdur. Shuning 
uchunkim, sen o‘z Tangring buyrug‘ini ching (qattiq) tutmish kishi ekansan. Menim 
qoshimda eng yaxshi ko‘rilganlar shu sendek kishilardur. Ko‘rgan tushimning yo‘rimini 
bilarmisan?, — dedi. 
Anda Doniyol: 
— Alloh menga bildirmishdir. Tushingda haykalga o‘xshash katta bir but ko‘rding. Aning 
boshi oltindan, ko‘kragi kumushdan, qorni misdan, oyog‘i temirdan, tovoni sopoldan. 
Sen uni ko‘rib, hayron qolib qarab turmish erding, shu orada osmondan gurullab bir tosh 
tushib u butning boshiga shunday urdikim, ul parcha-parcha bo‘lib tuproqqa aralashib 
ketdi. Shamol bo‘lsa uchirgudek bo‘lib, to‘zgani turdi. 
So‘ngra sen u toshga qarab hayron bo‘lib turib eding, tosh yo‘g‘onlashib o‘sishga 
boshladi, borgan sayin yo‘g‘onlashib, yer yuzini butunlay qopladi. Shundoqkim yer-
ko‘kda u toshdin bo‘lak hech biron narsa senga ko‘rinmay qoldi. 
Anda Buxti Nasr: 
— To‘g‘ri topding, xuddi shunday ko‘rmish edim. Endi aytgil, muning ta’biri nimadir? — 
dedi. 
Doniyol alayhissalom: 
— Ul butning ta’biri yer ustidagi podsholardur, ularning qaysi birlari oltinga o‘xshaydur, 
qay birlari kumushdek bo‘lur. Mis Rum podshosi erur. Temir Fors Xisravidur. Ikki sopol 
tovon ikki xotun podshohdurkim, biri Rumga, ikkinchisi Fors ahliga podsho bo‘lgaylar. 
Ammo osmondan tushgan tosh — bu bir dindurki, buning boshiga urib parchaladi. U din 
oxirzamonda arablardan chiqadigan Islom dinidur, uni Rasululloh orqalik Alloh yuborur. 
Bu din butun yer ustini qoplab, barcha dinlarni yengib, yolg‘iz o‘zi qolg‘ay. Ko‘rgan 
tushingizning ta’biri shu bo‘lg‘ay, — dedilar». 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling