Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
qilishlik Xudo tarafidan buyurildi. 
Bu dinning qoida-qonunlarini ochiq bayon qilib, Payg‘ambarimizga Qur’on kitobini 
tushirdi. Boshqa mo’jizaga hojat qolmay shu kitobning o‘ziyoq Rasulullohning 
Payg‘ambarligiga eng ulug‘ hujjat bo‘ldi. Shundoqkim, Rasulullohga Payg‘ambarlik vahiyi 
kelgach, xalq ichiga kirib ochiqdan-ochiq aytdilar: 
— Bilinglarkim, meni Alloh taolo sizlarga Payg‘ambar qilib yubordi. Yer ustidagi barcha 
insonlarni Islom diniga da’vat qilurman. Agar menga iymon keltirib qabul qilsangiz, najot 
topursiz. Yo‘q ersa, abadiy azobga qolursiz. 
Anda ular: 
— Senga dalilsiz, hujjatsiz qanday ishongali bo‘lur, bosh-oyog‘i bilinmagan bir so‘z bilan 
o‘z dinimizni nechuk tashlagaymiz? — deb Rasulullohdan hujjat so‘radilar ersa, darhol 
Qur’ondan bir qisqaroq sura o‘qib: 
— Mana menim hujjatim, bu so‘z Allohdan kelmishdur, menim barhaq 
Payg‘ambarligimga shu o‘qiganlarim dalildur. Bu oyatlar Alloh so‘zidur, maxluq so‘zi 
emasdur. Alloh so‘zini o‘zga hech kimarsa so‘zlay olmagay. Maxluq so‘zini har kim 
so‘zlay olgay. Agar menim shu so‘zimga ishonmas ersangiz, Muhammad Qur’onni o‘zi 
ko‘nglidan to‘qib chiqardi desangiz, qani bo‘lmasa, sizlar ham shunga o‘xshash birorta 
surani, yoki besh-o‘n oyatni o‘z ko‘nglingizdan to‘qib chiqaringlar-chi! Agar sizlar ham 
shunga o‘xshash oyat to‘qib chiqarur bo‘lsangiz, ul chog‘da meni yolg‘onchi qilmoqqa, 
albatta, haqqingiz bordur. Lekin aniq bilurman «Inno a’tayno» kabi qisqacha bir sura 
keltirmakka ham kuchingiz yetmaydur, bu ishga ojiz erursiz. Yo‘q esa, qani shunga 
o‘xshash bir sura keltiringlar-chi! Shu bilan osongina ishimiz ayrilsun, o‘rtamizdagi 
talashgan masalamiz tezroq hal bo‘lsin, — deb ularni qistagali turdilar. 
Mana shu kunlarda Rasulullohni quvvatlab ushbu oyat Allohdan tushdi: 
«Qul lainijtama’atil insu val jinnu ala an ya’tu bimisli hazal Qur’ani la ya’tuna bimislihi va 
lav kana ba’zuhum li ba’zin zahiron». 
Ya’ni «Aytgil, (ey Muhammad), Qur’onga o‘xshash bir kitob chiqarmoqchi bo‘lib barcha 
insu jinlar yig‘ilishsalar ham, ular bir-birlariga yordamlashsalar ham, undoq Kitobni 
chiqarolmagaylar», dedi. 
Allohning bu degani albatta to‘g‘ridur. Chunki Rasululloh qirq yoshga kirganlarida 
payg‘ambarlik keldi. Oltmish uch yoshga kirganlarida vafot topdilar. Yigirma uch yil 
xalqni Islom diniga da’vat qildilar. Shu muddat ichida Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam har doim: 
— Agar Qur’onni inkor qilib, bu kitobni Alloh so‘zi emas, mahluq so‘zidur deb gumon 
qilsangiz, sizlar degandek bu kitob Alloh so‘zi bo‘lmay, balki men o‘zim chiqargan so‘z 
bo‘lsa, sizlar ham birorta surani yoki besh-o‘n oyatni Qur’onga o‘xshatib yasab 
chiqarmoqqa, albatta, qudratingiz yetgay, o‘zingiz o‘ylaganingizcha men aytgan so‘zlarni 
nechuk siz aytolmagaysiz? Ichingizda necha minglab so‘z ustalari, shoir, xatiblaringiz 
bordur. Barchalaringiz yig‘ilishib birlashinglar, yordamlashinglar, har qandoq qilib ham 
bo‘lsa, o‘n oyat to‘qib chiqazib, meni mot qilinglar, — deb har vaqt ularni qistar edilar. 
Rasulullohdan shunchalik so‘z eshitib xijolatga qolsalar ham hech birlari bu ishning 
uddasidan chiqa olmadilar. 
Musaylama Kazzobga o‘xshash shaqovatda qolgan ba’zi birovlari o‘z gumonicha 
Qur’onga o‘xshatdik, deb besh-o‘n og‘iz so‘z rostlab chiqargan bo‘lsa ham, butun arablar 
ichida kulgu bo‘ldi, o‘z tarafdorlari oldida sharmanda bo‘lib rasvosi chiqdi. Endi haqiqat 
izlagan har bir kishi oldida ochiq ma’lum bo‘ldikim, Qur’on Allohning so‘zidur, banda so‘zi 
emasdur. 
Agar Qur’on inson so‘zi bo‘lib, Muhammad alayhissalom buni o‘zi ko‘nglida o‘ylab 
chiqargan bo‘lsa, shunchalik uzun muddatlar o‘tib, nima uchun birorta odam besh-o‘n 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
oyat bo‘lsa ham Qur’onga o‘xshash so‘z chiqara olmadi? 
Albatta, Unga o‘xshash qilib, inson tarafidan chiqarmoq mumkin emasdur. Chunki Alloh 
taolo azaliydur. Aning so‘zini boshqalar hech bir chiqara olmaydilar. 
Yana Qur’on Alloh so‘zi ekaniga ikkinchi dalil shulki, o‘tgan zamondagi g‘ayb ishlardan va 
vahiy tushib turgan vaqtning g‘ayb ishlaridan, kelajakdagi bo‘ladigan bir necha g‘ayb 
ishlardan Qur’on xabar bermishdur. G‘ayb ishlarni ersa Allohdan o‘zga hech kim bila 
olmagay. Qur’onda aytilmish g‘ayb xabarlari ersa qandoq aytilgan bo‘lsa, shundoqcha 
chiqqanligi bugun ummatlariga ma’lumdir. Agar vahiy orqalik Alloh bularni bildirmagan 
bo‘lsa, Rasululloh bu g‘ayb ishlarni qanday bildirur edilar? 
Endi Qur’onda aytilgan g‘ayb ishlardan ba’zi birlarini bu o‘rinda keltiramiz. 
Alardin biri shul erdikim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratdan ilgari Makkada 
turgan zamonlarida Eron podshosi bilan Rum podshosi orasida urush ochildi. Rum xalqi u 
zamonda nasoro dinida bo‘lib kitobiy kofir edilar. 
Eron ahli ersa majusiy dinida bo‘lib, otashparast edilar. Rasululloh zamonlarida Eron 
bilan Rum oralarida ikki yil urush bo‘lgan edi. Har vaqt bular urush qilsalar, arab 
mushriklari Eron tarafdori bo‘lib, ularning g‘alabasini tilar edilar. Agar Eron hukumati 
g‘alaba qozonur ersa arab mushriklari: 
— Mana bizning tarafdorlarimiz sizlarning tarafdorlaringiz ustidan g‘alaba qildi. Biz bu 
ishdan fol ko‘rdik, har qachon biz bilan urush qilsangiz, biz g‘alaba qilurmiz, — der 
edilar. 
Hijratdan ilgari Eron podshosi Rum ustiga askar yubordi. Ikki qo‘shin Suriya tuprog‘ida 
to‘qnashdilar. Bu urushda Eron g‘alaba qozondi. Buni anglashib mushriklar bek 
suyundilar. Musulmonlar ma’yus bo‘ldilar. Bu ish ersa Rasulullohga og‘ir keldi. Ana shu 
chog‘da Rasulullohga tasalli bermoq uchun Alloh taolodan bu oyat nozil bo‘ldi: 
«G‘ulibatir-Rumu fi adnal arzi vahum min ba’di g‘alabihim sayag‘libuna fi biz’i siniyna». 
Ya’ni, «Rum askari Shom yerida Eron askaridan yengildi. Ko‘p uzoq o‘tmay bir necha yil 
ichida Rum askari Fors askarini yenggaylar» demakdur. 
Bu oyat tushgandan so‘ngra Hazrati Abu Bakr Siddiq Quraysh majlisiga chiqib: 
— Ko‘p ortiqcha suyunib ketmanglar. Alloh taolo bizning Payg‘ambarimizga xabar berdi, 
bu yaqin zamonlarda Rum bilan Fors yana urushgaylar, bu urushda ersa Rum podshosi 
yengadur, — dedilar. 
Bu so‘zni anglab Quraysh mushriklarining g‘azabi qo‘zg‘aldi. Ulardan Umiyya ibn Xalaf 
turib Hazrati Abu Bakrga dashnom berib: 
— Bu so‘zing yolg‘ondur, — dedi. 
Anda Hazrati Abu Bakr Siddiq: 
Ey Xudo dushmani, sen yolg‘onchi kazzobdursan, — dedi ersa, ul aytdi: 
— Andoq bo‘lsa o‘rtamizda o‘n tuyadan garov bog‘lashaylik. Kimning so‘zi rost bo‘lsa 
tuyalar uniki bo‘lsin. 
Har ikki tomon bu so‘zga kelishib garov bog‘lashdilar. Bu ishga uch yil muddat qo‘ydilar. 
Rasululloh bu so‘zni anglagach, Abu Bakr Siddiqqa aytdilarkim: 
— Garov tuyalarini ko‘paytirib, muddatni uzun qo‘ygil. 
U ersa qaytadan borib tuyani yuzga, muddatini to‘qqiz yilga keltirdi. Shuning bilan bu 
so‘zdin yetti yil o‘tganda, Rum va Eron qaytadan urush boshladilar. Ammo Qur’on 
aytgandek, Rum podshosi bu urushda eroniylarni qattiq yengdi. Garovga qo‘ygan yuz 
tuyani Hazrati Abu Bakr Siddiq oldilar. So‘ngra tuyalarni Rasulullohning buyruqlari bilan 
Xudo yo‘lida sadaqa qilib, kambag‘allarga ulashib berdilar. 
Yana Qur’onda aytilgan g‘ayb xabarlarning birisi shuldurki Fath surasida bu oyat keldi: 
«Liyuzhirahu aladdini kullihi». 
Ya’ni «Alloh taolo Muhammadni Islom dini bilan dunyoga yubordi. Bu din ersa kelajakda 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
barcha dinlarga g‘alaba qiladi», demakdir. 
Sharqda Xitoy xonligini bo‘ysundirgudek, G‘arbda Andalus, Ispaniya, Portugaliya, yarim 
Fransa Toriq ibn Ziyod qo‘lida fath bo‘ldi. Usmonli turk sultonlaridan Sulaymon Qonuniy 
davriga kelganda butun Ovrupo davlatlari buning taxti oldida tiz cho‘kib, bosh egmakka 
majbur bo‘ldilar. 
Yuqorigi oyat mazmuniga barchalarini iqror qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytganlaricha, oldimizdagi kunlarning birida Islom dini, inshaalloh, yana bir karra yer 
yuzini qoplagay. Dinsizlik shumligidan kelib chiqqan xiyonatlar yer ustidan ko‘tarilgay. 
Aning o‘rniga haqlik, adolatlik hukm surgay, yer osti xazinalari yuzaga chiqarilgay. Ana u 
chog‘da barcha barobar boy bo‘lib, zakot olg‘udek kambag‘al kishi qolmagay. Bu ishning 
bo‘lishi hadislarning mazmunicha Hazrati Imom Mahdiy xuruj qilib, Hazrati Iso 
osmondan tushganda bo‘lg‘ay. Yana Qur’onda kelgan g‘ayb xabarlarning birisi ushbu 
oyatdur: 
«Inna nahnu nazzalnazzikra va inna lahu lahafizuna». 
Ya’ni, «Biz Qur’onni yer ustiga tushirdik, endi uni o‘zimiz saqlaymiz», demakdur. 
Alloh taolo Qur’onni tushirgandan so‘ngra uni saqlaymiz, deb o‘zi va’da qildi. Alloh 
aytganidek, shu kungacha Qur’onni o‘zi saqlab keldi. Qur’onning kelganiga bir ming uch 
yuz sakson yil bo‘lmishdur. Mana shunchalik uzun muddat ichida Qur’ondan bir harf ham 
bo‘lsin ortiq yoki kam bo‘lmadi. Yo‘q esa, din dushmanlari Qur’onni buzmoqqa ko‘p qasd 
qilgan edilar, va’dasi bo‘yicha Alloh taolo alarga yo‘l bermadi. Yuqorigi oyatning 
mazmuni amalga oshdi. O‘tgan Payg‘ambarlarga tushgan Qur’ondan boshqa kitoblar 
ersa o‘zlaridan keyin ko‘p zamon o‘tmay, ummatlari tomonidan buzilishga turdi. Tavrot, 
Injil oyatlarini o‘g‘irladilar. Bu kitoblarning ko‘p joylarida o‘zgarishlar bo‘ldi. Chunki 
bularni saqlash vazifasi har Payg‘ambarning o‘z ummatiga topshirilgan edi. 
Qur’on Alloh so‘zi ekanligiga ochiqdan-ochiq yana bir dalil shulki, otamiz Odam 
Safiyullohdan boshlab yigirma sakkiz payg‘ambarning qissalari Qur’onda aytilmishdur. 
Nuh qavmi to‘fon suvi bilan, Hud qavmi shamol bilan, Samud qavmi qattiq tovush bilan 
halok bo‘lganliklari Qur’onda bayon qilinmishdur. Bulardan boshqa o‘tgan ummatlar 
voqealari, Namrud, Fir’avn qissalari keltirilmishdur. O‘shal zamondagi Yahud nasoro 
olimlari o‘zlari iqror bo‘lib, Qur’onda aytilmish shu qissalarni tasdiq qildilar. Chunki 
Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarda ham bu qissalarning bayoni bor edi. Qur’on 
xabari to‘g‘ri chiqqach, yolg‘on deyishga yo‘l topolmadilar. Endi o‘ylab qaraylik, agar bu 
so‘zlar Payg‘ambarimizga Alloh taolodan bildirilmagan bo‘lsa, Rasululloh bularni qaydin 
bildilar, kimdan o‘rgandilar? O‘zlari o‘qimagan, madrasa ko‘rmagan bo‘lsalar, bunday 
kishiga bu so‘zlarni bilmak hech mumkin emasdur. So‘z topolmagan dushmanlar yahud, 
nasoro olimlaridan o‘rganib olib ayturmikin desalar, bu ish aqldan yiroqdur. Chunki 
umrlari ichida ikki martagina Shom safariga chiqdilar. Birinchisida, o‘n ikki yoshlarida 
bo‘lib, ikkinchisida, yigirma to‘rt yosh edilar. 
Keyingi safarlarida Busro shahrida Nasturo rohib Rasulullohni ko‘rdi. Bu kishi ersa 
Tavrot, Injilda Payg‘ambarimizning sifatlarini o‘qimish edi. Oxirzamon Payg‘ambari 
Arabistonda Makka shahrida tug‘iladi. Yigitlik vaqtida Shom tuprog‘iga qadami yetgay 
deb, Rasulullohni ko‘rmakka mushtoq bo‘lib savmasi ustiga chiqib o‘ltirgan edi. Shu 
chog‘da Quraysh karvoni bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu joyga kirdilar. 
Nasturo rohib darhol savmasidan chiqib Rasululloh bilan ko‘rishdi. Tavrot va Injilda 
sifatini ko‘rgan oxirzamon Payg‘ambari aniq shu kishi ekanligini bildi. Bir necha soat 
suhbatlashgandan so‘ngra Rasulullohga shahar ichiga kirmaslikni tavsiya qildi. Uning 
maslahatiga kirib, shahar bozoriga bormay, mollarini shu joyda sotib qaytdilar. 
Mana, Rasulullohning umr ichida qilgan safarlari va din olimlaridan ko‘rgan kishilar shul 
edi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
Endi oqillar oldida bu ochiq masaladurkim, bir necha soat ichida boshqa bir tillik kishidan 
Qur’onga o‘xshash kitob aytgudek darajada ilm o‘rganish hech bir mumkin emasdur. Aqli 
o‘zida bor kishilar buni xayoliga ham keltira olmagaylar. Nasturo rohibga o‘xshash bir 
kishi emas, yana shunga o‘xshash milyonlab olimlar yig‘ilsanlar ham Qur’onning «Inno 
a’tayno» kabi bir qisqa surasini ham chiqara olmagaylar. 
Ahli kitob olimlari Rasulullohni sinamoq uchun Tavrot va Injilda yozilmish birmuncha 
xabarlardan so‘rashdilar. Muso bilan Hizr alayhissalomlarning suhbatlaridan, Yusuf 
alayhissalom va uning akalari haqidagi voqealaridan, Ashobi Kahf, Zulqarnayn 
xabarlaridan, inson ruhining haqiqati nima ekanligidan Rasulullohga savol berdilar. Vahiy 
orqali bu savollar Rasulullohga ma’lum bo‘ldi. So‘ragan savollariga qanoatlantirib javob 
berdilar. Alar ko‘rdilarkim, Rasulullohning bergan javoblari o‘z kitoblari Tavrot va Injilga 
to‘g‘ri kelib, tasdiq qilmoqdan o‘zga chora topolmadilar. 
Muhammad javobi to‘g‘ridur, deb iqror qildilar. Ba’zilari insofga kelib, iymon keltirgan 
bo‘lsa ham kufr, hasad balchig‘iga botgan bir qanchalari bu ulug‘ ne’matdan quruq 
qolishdi. 
Chunki haqiqiy hidoyat Allohdan bo‘lsa ham, hidoyat talab qilmoq bandaning vazifasidur. 
Talab qilmagan kishilarni hidoyat qilmoqqa qudrati yetsa ham uni ato qilmaydur. Banda 
o‘z ixtiyoricha kelib tavba eshigini qoqib, Allohdan hidoyat so‘ramog‘i kerakdur. 
Banda so‘ramaguncha, ul eshikni ochmoq Allohga odat emasdur. 
Endi Qur’onda xabar berilmish g‘ayb ishlarning hammasini bu o‘rinda yozmoqchi bo‘lsak, 
bir kitob bo‘lur. Yuqorida yozilgan so‘zlarimiz ersa daryodan bir tomchidur. 
Yana shuni bilmak kerakkim, Qur’onning mo’jizaligini aql ishlatgan, fikr yurgizgan 
kishilar boshqalardan yaxshiroq bilgaylar. Islom dinining haqligini bilgudek, haq yo‘lni 
botil yo‘ldan ajratgudek aqlni Alloh taolo barchaga bermishdur. Shunchalik aqlning 
bo‘lishi bari insonda barobardur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallam marhamat qilib: 
— «Qur’on sening foydangga hujjatdir yoki ziyoningga hujjatdur. Ya’ni, Qur’onga iymon 
keltirib aning yo‘lida o‘lsa, foydasi uchun hujjat bo‘lgay, yo‘q esa, ziyoni bo‘lib chiqqay. 
Qur’on Yer ustiga kelgandan keyin unga iymon keltirib amal qilmaganlarning Xudo oldida 
uzr aytgudek tillari yo‘qdur. 
O‘tgan payg‘ambarlarga berilgan mo’jizalar ular dunyodan o‘tgandan so‘ngra ummatlari 
qo‘lida qolgani yo‘qdur. Ammo menga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i Qur’ondur. Buni 
ummatlarim qo‘lida qoldirdim. Unga amal qilgan kishilar ersa qiyomatgacha haq yo‘ldin 
adashmagaylar, — dedilar. 
Qur’onda 114 sura bo‘lib, bir rivoyatda 6666ta oyat bordur. Bundan mingta oyat 
amrdur, ya’ni Alloh taoloning buyruqlaridurkim, ularni qilmoqqa mo’min bandalarni 
buyurmishdur. Yana ming oyat nahiydur, ya’ni, mo’min bandalarini qilmanglar, deb 
qaytargan ishlaridur. 
«Amr» buyurmoq, «nahiy» qaytarmoqdur. Allohning buyurgan ishlari ersa barchasi 
yaxshilikdur, aning qaytargan ishlari bari zararlikdur. Demak, Alloh taolo insonlarni 
yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmish ekandur. Yana ming oyati va’dadur, ya’ni, 
Alloh taolo Qur’onga amal qilgan bandalariga dunyoda oxiratda yaxshilik berurman, deb 
shu oyatlarda va’da bermishdur. 
Yana ming oyati va’iddur, ya’ni, Qur’onga amal qilmaganlarni dunyoda va oxiratda azob 
qilgayman, deb shu oyatlarda qo‘rqitmishdur. 
Yana mingta oyat ilgarigi ummatlarning, Payg‘ambarlarning tarixlaridur. Ya’ni, qaysi 
qavmga qaysi payg‘ambar keldi? Iymon keltirgan, keltirmaganlarning hollari qandoq 
bo‘ldi? Payg‘ambarga qarshilik qilgan qavmlar boshiga xudo tarafidan qanday balolar 
keldi? Alarning qaysilari to‘fon suvida g‘arq bo‘lib, ba’zilari g‘azab yeli bilan halok 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
bo‘ldilar. Horunni mol-mulki bilan qo‘shib yer yutdi. Muso alayhissalom bilan Fir’avnni, 
Ibrohim alayhissalom bilan Namrud qissalarini, bulardan boshqa tarixiy voqe’alarni shu 
oyatlarda bayon qildi. Yana mingta oyat bilan ibrat olurlik har turli misollar, aql 
o‘rgatgudek hikmatli so‘zlar keltirdi. 
Besh yuz oyat halol, harom narsalarni ajratmoq uchun keldi. Islom shariatidagi borliq 
halol harom narsalar shu oyatlar bilan ajradi. 
Yuz oyat erta-kechda bandaning qanday duo qilishi kerak, Allohga qanday zikr, tasbeh 
aytishi lozim shularni bildiradi. 
Qolmish oltmish olti oyat ersa, ularni mansux demishlardur. Buning ma’nosi ersa, bu 
oltmish olti oyatlarning hukmi vaqtlik yurgizilmish edi. Vaqti yetgan o‘rinlariga boshqa 
oyatlar tushib, ilgarigi oyat hukmi to‘xtaldi, demakdur. Mana shunday bo‘lganni mansux 
oyati deb aytilur. Bundog‘ oyatlardan ba’zilarini Alloh taolo butunlay unutdirmish edi. 
Payg‘ambarimiz boshliq barcha sahobalar unday oyatlarni hech vaqt esga olmaydilar. 
Ba’zilari esa hukmlari ko‘tarilib, Qur’onda tilovatlari qolmishdur. Masalan, Kofirun surasi 
shundog‘dir. Qolganlari ersa Qur’onda oyatlari o‘qilib tilovat qilinur. 
Alloh taolo mansux oyatlarini bayon qilib Baqara surasida bu oyatni kelturdi: «Ma 
nansax min oyatin av nunsiho na’ti bixayrin minho av misliho alam ta’lam annalloha ala 
kulli shay’in qodir». Ma’nosi: «Qur’on oyatlaridan hech birining hukmini ko‘tarmadik yoki 
unuttirmadik. Agar shunday qilgan bo‘lsak andin yaxshiroq, foydaliroqni yo uning 
o‘xshashini keltirdik», demakdir. 
Qur’onning boshi Fotiha surasi, oyog‘i An-Nos surasi bo‘lib, uning tuzilish tartibi Lavhul 
mahfuzning tartibiga to‘g‘ridur. Lavhul mahfuzdagi Qur’on qudrat qalami bilan shu 
tartibda yozilmish edi. Jabroil alayhissalom Qur’on oyatlarini Lavhul mahfuzga to‘g‘rilab 
Payg‘ambarimizga o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga 
buyurib shu kundagi Qur’on tartibicha qilib yozdirdilar. Qur’onning bu tartib yozilishi 
uning birinchi yozilishidur. 
Suyaklarga, taxta parchalariga, xat yozgudek har xil toza narsalarga yozib qo‘yilmish 
edi. Qur’onni butun yod olgan sanoqlik kishilar ham bor edi. Rasulullohning tirik 
vaqtlaridayoq Qur’on yozilmish ham sahobalar ko‘ngillarida yodlamish edilar. 
Ammo Qur’onning kitob suratiga keltirib, qog‘oz ustiga yozilishi ersa Hazrati Abu Bakr 
Siddiq xalifalik davrida butun sahobalarning ittifoqlari bilan amalga oshirilmishdir. 
Hazrati Usmon davriga kelguncha butun musulmonlar o‘qigan Qur’onlar ersa shu 
nusxadan olinmish edi. So‘ngra Qur’on qiroatida ixtilof chiqqach, shu nusxadan to‘rt 
nusxa yozdirib, Islom olamiga tarqatdi. Boshqalarini kuydirishga buyurdi. Bizning shu 
kunlarda o‘qib yurgan Qur’onimiz o‘shal Hazrati Usmon raziyallohu anhu yozdirgan 
Qur’on nusxalaridandur. 
Qur’on «Bo» harfi bilan boshlanib «Sin» harfi bilan tugadi. Bu ikkovi qo‘shilsa, «Bas» 
bo‘lur. Ya’ni, ikki jahonni topmoqqa Qur’on yetur, demakdur. 
Bayt: 
Nechun «bo» birla «sin» kelmishdi Qur’on bosh oyog‘ida, 
Demak ikki jahonning rahbari chun «bas» demakdur. 
Ammo Qur’onning dunyoga kelish tartibi esa, yozilish tartibidan butunlay boshqadur. 
Chunki Qur’onning birinchi vahiyda kelgani Alaq surasi edi, so‘ngra Muddassir, undan 
keyin Muzzammildur, eng oxirgi sura ersa, Tavba surasi edi. 
Qur’onning ulug‘ mo‘jiza ekanligini yuqorida aytib o‘tdik. Lekin buning mo’jizaligini 
bilmak uchun aql yurgizmak, fikr ishlatmak kerakdur. Aql ko‘zi ochiq olimlar oldida 
Qur’onning mo’jizaligida hech shak yo‘qdur. 
Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimizga ikki turlik mo‘jiza bermishdur. Birisi aqliy 
mo‘jiza, ikkinchisi hissiy mo’jizadur. Aqliy mo‘jiza Qur’ondur, hissiy mo‘jiza deb xalqqa 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
ko‘rsatib turib, aqldan tashqari, odatdan tashqari bir ish qilg‘anga aytilur. 
Masalan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Tabuk cho‘lida barmoqlari orasidan 
ot-ulovi bilan ellik ming kishi ichib qong‘udek suv chiqardilar. Rasulullohning bu 
mo’jizalari ersa shuncha ko‘p askar ko‘z oldilarida bo‘lganlikdan, uning aniqligida hech 
gumon yo‘qdur. Unga gumon qilganlar ersa, Makka shahrining borligiga gumon 
qilgandek bo‘lib, kulguga qolgaylar. Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning hissiy mo’jizalarini 
bayon qilurmiz. Ma’lum bo‘lgaykim, Qur’ondan boshqa Payg‘ambarimiz ko‘rsatgan 
mo’jizalari ichidagi eng ulug‘rog‘i «Oy yorilishi» mo’jizasidur. Buning voqeasi shunday 
bo‘lgan edi: 
Quraysh raislaridan Valid ibn Mug‘iyra, Abu Jahl, Os ibn Voil va bir qancha kishilar bir 
to‘p bo‘lib, Rasululloh oldilariga kelishdi. So‘ngra alar: 
— Ey Muhammad, agar sen biz so‘ragan mo’jizani ko‘rsatur bo‘lsang, u chog‘da senga 
iymon kelturgaymiz. Qani, sen Alloh yuborgan payg‘ambar ekansan, shu ustimizdagi 
turgan oyga ishorat qil, u ikkiga bo‘linsin. O‘shanda sening so‘zingga ishonurmiz, — 
dedilar. 
Shu kechasi o‘n to‘rt kunlik oy to‘lig‘i edi. Ular shu talabni qo‘ygach, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam oyga barmoq ko‘tarib ishorat qildilar ersa, Alloh amri bilan ikkiga 
bo‘lindi. 
Bir bo‘lagi o‘z o‘rnida qolib, ikkinchi bo‘lagi Jaro’a tog‘ining to‘g‘risiga kelib turdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Mana, ko‘ringlar, Alloh qudratini, — deb oyga ishora qildilar. 
Shundog‘ ulug‘ mo’jizani ko‘rib tursalar ham yana iymon keltirishmadi. 
— Muhammad bizni sehr qildi, ko‘z boyladi, — dedilar. 
Anda o‘z ichlaridan bir kishi turib: 
— Atrofdan kelgan yo‘lovchilardan so‘rab ko‘raylik, bizni sehr qilgan bo‘lsa ham, ularni 
sehr qila olmag‘ay, — dedi. 
Har tomondan keluvchi kishilardan so‘radilar ersa: 
— Shu tunda shu soatda biz falon joyda edik. Oy ikki bo‘lak bo‘ldi, ko‘rdik, — deb 
hammalari guvohlik berdilar. 
Bu bilan ham tavfiq topmadilar. Ammo mo’minlarning iymonlari yana ham ziyoda bo‘ldi. 
Baxtsiz kishilarga ersa mundoq ulug‘ ne’matdan zarrachalik ham bahra yetmadi. 
Bu mo‘jiza hijratdan besh yil ilgari Makka shahrida bo‘lgan edi. Ikki parcha bo‘lib 
yorilgan oy ersa bir-biriga qo‘shilmay bir-ikki soatcha turib, so‘ngra qo‘shildi. Muni 
ko‘rdilar ersa yana iymon keltirmadilar, mana shu chog‘da «Iqtarobatis-so’atu 
vanshaqqal-qamaru» oyati nozil bo‘ldi. Ya’ni, «Qiyomat yaqinlashdi, oy yorildi», 
demakdur. Bu oyat mazmunidan ma’lum bo‘ldikim, Rasulullohga mo‘jiza bo‘lib, oy 
yorilmish ersa, bu ham qiyomat alomatidur. Bu mo’jizaga shak keltirmak musulmon 
kishiga durust emasdur. Chunki bu mo’jizaning haqligi yuqorigi oyat bilan, ham hadis 
bilan sobit bo‘ldi. Munga inkor qilish Qur’onni inkor qilish, demakdur. 
IKKINCHI MO’JIZA 
Raddish-Shams, ya’ni, botib ketgan quyoshni qaytarmoqdur. Bu voqea shundoq erdikim, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar urushidan qaytishlarida butun askar bilan 
Sahbo’ degan joyga kelib tushdilar. Shu yerda Hazrati Alining tizzasiga bosh qo‘yib 
yotib, ko‘zlari uyquga ketdi. Hazrati Ali ersa asr namozini o‘qimagan edi. Uyqulari 
buzilmasin deb qimirlamay o‘ltira berdi. Bir vaqtda Rasululloh uyqudan uyg‘ondilar, 
qarasalar kun botmishdur. 
— Asr namozini o‘qidingmi? — deb Hazrati Alidan so‘radilar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling