Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com
www.ziyouz.com kutubxonasi 316 — Yo Rasulalloh, uyqungiz buzilmasin deb qimirlamasdan o‘ltirdim. Namoz vaqti o‘tdi, o‘qiyolmay qoldim, — dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Ey bor Xudoyo, agar Ali sening xizmating va mening xizmatim uchun o‘ltirgan bo‘la, botgan quyoshni qaytarg‘il, namozini o‘qib olsin, — dedilar ersa, darhol lop etib kun chiqdi. Hazrati Ali namozini o‘qib bo‘lishi bilan kun botib, qorong‘ulik bosdi. Bundog‘ ishlarning bo‘lishi Xudo qudratiga qaralsa hech narsa emasdur. Oy-kunlarning chiqishi, botishi Alloh amri bilan bo‘lur. O‘n sakkiz ming olamda aning hukmidan tashqari qilchalik ish yo‘qdur. Ishondik, iymon keltirdik, ey rabbim, iymonimizni mangulik qil. Omin! UCHINCHI MO’JIZA Bu ersa daraxtlar tilga kelib Payg‘ambarimizga salom berishidir. Bu mo’jizani ko‘zlari bilan ko‘rgan yaqin yuz sahoba rivoyat qildi. Bular ichida chahoryorlar boshliq, ulug‘ sahobalardan ko‘p kishilar bordir. Hazrati Umar rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot safariga chiqdik. Yo‘lda ketayotgan bir a’robiyni ko‘rib: Qayon borursan? — deb so‘radilar ersa: Uyimga borurman, dedi. Shunda ul zot: Yaxshilik topmoqqa qandaysan? — deb edilar, u nimadur dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Meni Alloh taolo butun Yer ustiga Payg‘ambar qilib yubordi, yaxshilikka yetganing shuldur, deb marhamat qildilar. A’robiy: — Men sening Payg‘ambarligingni qaydin bilurman? Bu aytgan so‘zing rostligiga kim guvohlik bera olur? — dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soy ichida ko‘rinib turgan bir tup daraxtga qarab: — Ana shu daraxt menim Payg‘ambarligimga guvohlik berur. Sen unga borib, seni Rasululloh chorlaydi degil, kelib guvohlik bersun, — dedilar. A’robiy borib u yog‘ochga shu so‘zni aytdi. Daraxt oldi, orqa, ikki yoniga egilib qimirladi. Yer yorib tomirlarini sudraganicha to‘g‘ri Rasululloh oldilariga kelib: «Assalomu alayka yo Rasulalloh», deb salom berdi. A’robiy: — Daraxtga buyurgil, yana o‘z o‘rniga qaytsun, — dedi. Rasululloh amr qildilar ersa, ildizlarini chuvalandirganicha qaytib borib, o‘z joyiga o‘rnashdi. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rgan a’robiy darhol iymon keltirdi. So‘ngra: — Yo Rasulolloh, ruxsat bering, sizga sajda qilurman, — dedi. Anda Rasululloh: — Maxluqqa sajda qilmoq durust emasdur. Agar tuzuk bo‘lsa edi, xotinlar erlariga sajda qilsun, deb buyurgay edim, — dedilar. — Yo‘q esa ruxsat bering, qo‘l-oyog‘ingizni o‘payin,— dedi. O‘pishga ruxsat qildilar. Pir-ustozlar oyoq-qo‘llarini o‘pmaklik shundan qolgandur. TO‘RTINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 317 Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka ko‘chalarining birida kelayotib Rukona degan bir kishiga yo‘liqib qoldilar. Bu ersa Quraysh yigitlari ichida eng atoqlik bahodirlardan edi. Uni ko‘rib: — Ey Rukona, Xudodan qo‘rq. Men Allohning payg‘ambaridurman, iymon keltirib, musulmon bo‘lg‘il, — dedilar. Anda ul: — Ey Muhammad, Payg‘ambarligingga bir alomat ko‘rsatur bo‘lsang iymon keltirur edim. Dalil, hujjatsiz qanday musulmon bo‘lurman? — dedi. Rasululloh: — Agar alomat ko‘rsatsam musulmon bo‘lurmisan?— deb so‘radilar. Rukona: — Albatta, musulmon bo‘lurman, — dedi. Yiroqdan ko‘rinib turgan bir tup daraxtga qarab: — Alloh izni bilan oldimga kelgil, — dedilar. Shundog‘ deyishlari bilan, u daraxt turgan joyida teng yorilib, ikki ajradi. Yarmisi shul turgan joyida qoldi. Qolgan yarmi yerni yorganicha Rasulullohga kelib salom berdi. Muni ko‘rgach, hayron qolib aytdikim: — Ey Muhammad, eng ulug‘ ish ko‘rsatding, bunga buyurgil, yana o‘z joyiga borsin, — dedi. — Agar buyursam, o‘z joyiga borib qo‘shilsa, iymon keltirurmisan? — dedilar. — Albatta, iymon keltirurman, — deb va’da berdi. Rasululloh buyurdilar ersa, Xudo qudrati bilan bu yarmi borib, u oldingi yarmiga yopishib, ilgarigidek bo‘ldi. Shundog‘ ulug‘ qudratni ko‘rib turib, yana iymon keltirmadi. Rasulullohning daraxtlardan ko‘rsatgan mo’jizalari ersa, besh-olti joyda bo‘lganligini mo’tabar hadis kitoblarida bayon qilurlar. BESHINCHI MO’JIZA Hazrati Abdulloh ibn Abbos rivoyat qilur: «Bir kuni a’robiylardan bir kishi Rasululloh qoshlariga keldi va: — Ey Muhammad, Alloh meni butun insonlarga Payg‘ambar qildi, deb aytur emishsan. Bul so‘zning rostligini qaydan bilurmiz? — deb so‘radi. Anda Rasululloh: — Agar xurmo daraxtidan bir shohini chaqirsam, oldimga kelsa, iymon keltirurmisan? — dedilar. — Albatta, iymon keltirurman, — dedi. Rasululloh uni chaqirdilar ersa, shoh uzilib yerga tushdi. Yer ustida sakrab-sakrab Rasululloh oldilariga keldi. — O‘z o‘rningga qaytgil! — dedilar. Yana qaytib borib ilgarigidek bo‘ldi. A’robiy ham darhol iymon keltirdi». OLTINCHI MO’JIZA Hazrati Jobir raziyallohu anhu rivoyat qilur: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahli Makkani dinga ochiq da’vat qildilar ersa, yosh-yalang, aqlsiz bir necha kishilar Rasulullohga hujum qilishib, ba’zi bir adabsizlar otgan tosh-kesaklardan muborak badanlari yaralandi. Bu ishdan qayg‘ulanib ma’yuslik bilan o‘ltirgan edilar, shul chog‘da Hazrati Jabroil alayhissalom hozir bo‘ldilar. Rasulullohni xafalikda ko‘rib, hol so‘radilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 318 Aqlsizlarning qilgan ishlarini aytdilar. Anda Jabroil alayhissalom: — Ey Muhammad, g‘amingizni ketkazgudek bir karomat ko‘rguzaymu? — deb aytdi. — Albatta ko‘rgazing, — dedilar Rasululloh. Soy ichida yiroqdan ko‘rinib turgan bir daraxtni ko‘rsatib: — Shuni chaqiring, — dedilar. Chaqirdilar ersa, oldilariga keldi. — Ayting, o‘z joyiga qaytsin. Aytdilar ersa, qaytib borib, o‘z joyiga turdi. Buni ko‘rgach Rasululloh: — Endi meni yolg‘onchi desalar ham parvoyim yo‘q,— dedidar». ETTINCHI MO’JIZA Hazrati Ya’lo ibn Murra shundoq rivoyat qilur: «Rasululloh bilan birga safarga chiqdik. Bir mo‘ljal yo‘l yurgandan so‘ngra manzilga kelib tushdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotib uxladilar, men ersam shul yerda qarab o‘ltirgan edim. Shunda bu joydagi o‘sgan daraxtlarning biri qo‘zg‘olib, yerni yorganicha Rasululloh tomoniga yurdi. To‘g‘ri kelib, Rasululloh boshlarida bir aylangach, qaytib borib yana o‘z joyida turdi. Muni ko‘rgach, hayronlikda turib erdim, shu orada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyg‘ondilar ersa, bu voqeani bayon qildim. Anda Rasululloh aytdilar: — Bu daraxt meni ziyorat qilmoqqa Allohdan ruxsat so‘radi. Unga ruxsat berilgach, menga kelib salom qilib qaytdi». SAKKIZINCHI MO’JIZA Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qancha askar bilan g‘azot safariga chiqdilar. Bir manzil yo‘l yurgach, ikki tog‘ oralig‘idagi keng bir joyga kelib tushdik. Rasululloh hojat qilmoqchi bo‘lib, bir tomonga qarab yurdilar ersa, idishda suv ko‘tarib keyinlaridan keldim. Yer tekis bo‘lib, yalangligidan kishiga dalda bo‘lg‘udek biror narsa u yerda ko‘rinmadi. Soyning ikki chetida bir tupdan ikkita daraxt turgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tomondagi bir tup daraxt oldiga bordilar ersa, aning shoxidan tutib: — Alloh izni bilan yurgil, — deb yetakladilar. Tuya yetaklagandek uni o‘rtaga keltirdilar. Yana birini ham shunday qilg‘ondan keyin: — Xudo qudrati bilan qo‘shilinglar, — deganlarida, bu ikki daraxt bir-biriga chaplashgandek bo‘lib qalinlashdilar. Rasulullohning odatlari ochiq joyda hojat qilmas edilar. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rib, Xudo qudratiga hayron qolib o‘ltirdim. Keyin qarasam, Rasululloh hojatdan bo‘shanmish edilar, u ikki daraxt ham bir-biridan ajralmish. Muborak boshlari bilan o‘ng va so‘l yoqqa imo qildilar ersa, har qaysisi o‘z joyiga borib o‘rnashdi». TO‘QQIZINCHI MO’JIZA Jobir ibn Samura degan sahoba rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: — Makkada bir tosh bor edi. Payg‘ambar bo‘lishimdan ilgari bu tosh oldidan har vaqt o‘tar bo‘lsam: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh», deb menga salom berur edi. U toshni shu kunlarda ko‘rsam ham taniydurman». Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 319 Bu tosh ersa Makka shahrida Hazrati Abu Bakr Siddiq qo‘ralariga qarshi ko‘cha yuziga qo‘yilmish edi. Odamlar buni ziyorat qilur emishlar. Bu kunlarda ersa, ikki Haramga ega bo‘lib turgan kishilar bu esdalik muborak mo‘jiza toshni yo‘qotish qasdida qaysi chuqurga eltib tashladi ekan? Rasululloh zamonlaridan qolib, shundan buyon saqlanib kelgan ikki Haramdagi turgan tarixiy joylarni vayron qilgan bu kishilar mazkur esdalik muborak toshni albatta qo‘ymagan bo‘lsalar kerak. Makka qabristoni «Jannatul mu’allo»dur. Madina mozori «Jannatul baqi’» atalur. Bunda esa onalarimiz Hazrati Xadicha, Hazrati Oisha, Payg‘ambarimiz amakilari Hazrati Abbos, Hazrati Usmon, imomi Hasan raziyallohu anhumlar bor edilar. Bulardan boshqa Madina mozorida o‘n olti ming sahoba bor, deb rivoyat qilurlar. Mana shularning qabr gumbazlarini buzib yer bilan tekis qilibdilar. Nega bundog‘ desalar, ziyoratga kelgan kishilar bulardan madad talab qilib hojatlarini so‘raydilar, bu esa kufr emishdur. Vahhobiylar ersa, o‘z mazhablaridan boshqa musulmonlarni mushrik hisoblagaylar. Bu so‘z ersa Islom sharafiga bek ulug‘ xiyonatdur. Qur’oni karim sha’niga eng katta jinoyatdur. Bir kishini kofir qilmoq, uning qonini nohaq to‘kkandan yomonroqdur. Xudodan o‘zga narsaga sig‘inib, Allohni eskarmasdan, shuning o‘zidangina hojatini talab qilish shariatda durust emasdur. Bu ishga hammamiz ham iqrordurmiz. Chunki mahluqdan hech kimarsa inson bo‘lsin, yo farishta bo‘lsin, Allohdan madad topmaguncha o‘z kuchi bilan boshqa bir mahluqqa albatta yordam qila olmagay. Lekin xohi tirik, xohi o‘lik mozor, mashoyix, kiromlar ziyoratiga borib, bularni orachi qilib Allohdan hojat talab qilsalar, nima ziyoni bordur? Buning durustlig‘ida shar’an hech qanday shak yo‘qdur. Payg‘ambarlar, aziz avliyolar, boshqalarni Xudo oldida shafoat qilgaylar, bu ersa oyat va hadis bilan sobitdur. Islom ahlida bu ishga qarshilik qilguvchilar yo‘qdir. Dunyo podshohlari oldida zarrachalik ulug‘ martabalik kishilar ham muhtojlarning hojatlarini chiqarib, gunohliklarini podshodan tilab jazodan qutqaza oladilar. Ma’lumdurki, Qur’onning mingta oyati ersa tarix bayoni uzra kelmishdur. Tarixiy ishlarni saqlamoq, Islom yo‘lida ilmiy-amaliy xizmat ko‘rsatgan zotlarga hurmat ko‘rsatmak butun inson olamida eng yaxshi ko‘rilmish ishlarning birisidur. Hozirgi yigirmanchi asr madaniyati ustida boshqalar Yer olami ma’lumotiga qanoat qilmasdan, yuqorigi olam atalgan oy, kunga qarab intilmoqdadurlar. Imkoniyat ichidagi borliq narsalarning sababi topilgan taqdirda uning vujudga chiqishi aniqdir. 1907 yilda Islom olamidagi musulmonlardan Arafotga yig‘ilgan hojilar soni ikki milyonga yetgan edi deb, ishonimlik kishilardan eshitgan edik. O‘shal zamon gazetalari xabarlaricha, yolg‘iz Namangon uezdiga qarashlik yerlardan mingdan ortiqroq kishi haj safariga chiqqan edilar. Bu kunlarda esa (1959 y.), hajga butun sovet tuprog‘idagi musulmonlardan yigirmadan ortiq emasdur. Bayt: Bilmas ersa hech kimarsa bu musibat bo‘lg‘usi, Bildi ersa qayg‘udin har kunda ming qiynalg‘usi. Imom Termiziy Hazrat Ali karamallohu vajhadan rivoyat qilur: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib, Makka shahri atrofini aylanishdik. Bizga to‘g‘ri kelgan daraxtlar, toshlar oldidan o‘tganimizda: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh», deb ochiq so‘zlab, salom berishur edi. Ayniqsa, Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizga birinchi vahiy keltirgan kuni Hiro tog‘idan uyga kelgunlaricha yo‘lda yo‘liqqan daraxtlar, toshlar hammasi salom qilishdi. Rasululloh alarning salomlariga javob qaytardilar». Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 320 O‘NINCHI MO’JIZA Ibn Mojja rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni Hazrati Abbos uylariga kirib, hammalarini bir yerga yig‘ib o‘ltirg‘izdilar. So‘ngra alarning ustilariga ridolarini yopib turib, duo qilib: — Ey bor Xudoyo, bular ersa menim amakim, amakizodalarim erurlar. Men bularni yopgandek sen ham yopib, do‘zaxdan ozod qilg‘aysen, — dedilar. Shunda to‘rt yoq tomlardan, eshik bo‘sag‘alaridan uch qayta «Omin» deb ovoz chiqdikim, besh-o‘n odam barobar «Omin» degandek eshitildi. Payg‘ambarimiz amakilari boshliq o‘g‘illari Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh, Qusam, Ma’bad, Abdurahmon, Said, Ummu Habiba — barilari bu mo’jizani quloqlari bilan angladilar». Boshqa sahobalar ersa bulardan rivoyat qilishdi. Raziyallohu anhum. O‘N BIRINCHI MO’JIZA Imom Buxoriy, Imom Termiziy Hazrati Anas ibn Molikdan shundog‘ rivoyat qilurlar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrati Usmon raziyallohu anhumlar hammalari birga Uhud tog‘iga kelishib, aning ustiga chiqdilar ersa, tog‘ titragani turdi. Anda Rasululloh: — Ey Uhud, to‘xta. Sening ustingdagi kishilarning birisi Allohning payg‘ambaridur, ikkinchisi, aning yori Siddiq akbardur, qolgan ikkovlari shahiddurlar,— deyishlari bilan darhol to‘xtadi. Endi bu voqeada uch mo‘jiza bordur: Birinchisi, Rasululloh tog‘ tepasiga chiqishlari bilan aning titrab ketishi; Ikkinchisi, Rasululloh so‘zlarini anglab darhol to‘xtalishi. Uchinchisi, kelasi g‘aybdan xabar berishlaridurkim, Hazrati Umar va Hazrati Usmon ikkovlari ham shahid bo‘ldilar. Birinchilarini Eron asiri Hurmuz kofir, namozda turganlarida xanjar urib shahid qildi. Ikkinchilarini ersa, o‘zaro chiqqan fitnachilar uylariga bostirib kirib o‘ldirishdi, raziyallohu anhum. O‘N IKKINCHI MO’JIZA Rasululloh qo‘llarida mayda ushoq toshlarning tasbeh aytishlaridur. Bu voqeani bir necha mashhur hadis olimlari o‘z kitoblarida keltiribdurlar. Imom Bayhakiy, Imom Tabaroniy Hazrati Abu Zardan rivoyat qilurlar. «Bir kuni Rasulullohni hilvatda topdim, yolg‘iz o‘ltirur ekanlar. Kelib salom berdim, javob bergan so‘ngida: — Ey Abu Zar, nima uchun kelding? — deb so‘radilar. — YO Rasulalloh, muhabbatingiz tortib keldi, — dedim. — O‘ltir, — deb iltifot qildilar, yonlariga o‘ltirdim. O‘zlari gapirmagach, men ham hech narsa so‘ramadim. So‘ngra ko‘p xiyol o‘tmay Hazrati Abu Bakr Siddiq shoshilgan kishidek ildam yurib kelib salom berdi, javob berganlaridan so‘ng: — Ey Abu Bakr Siddiq, seni kim keltirdi? — dedilar. — Yo Rasulalloh, sizning muhabbatingiz, — dedilar. — O‘ltir, — deb unga ham ishorat qildilar. Shunday qilib, ketma-ket Hazrati Umar, Hazrati Usmon ham kelishdi. Alardin ham shundog‘ so‘radilar ersa, javoblari biz aytgandek bo‘ldi. So‘ngra Rasululloh sollallohu Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 321 alayhi vasallam yerga qo‘l uzatib bir siqim mayda tosh oldilar. Hovuchlarini ochishlari bilan u mayda toshlar sado qilib tasbeh aytishgali turdi. Ari g‘o‘ng‘illagandek ularning tasbeh tovushlarini atrofda o‘ltirgan sahobalar eshitdilar. So‘ngra changallaridagi mayda toshlarni yerga qo‘ydilar. Tasbeh aytib turgan toshlar, yerga qo‘yishlari bilan to‘xtab, jim bo‘lib qolishdi. Yana ularni olib, Abu Bakr Siddiq olaqoniga qo‘yib edilar, yana tovushlari chiqdi. Andin olib yerga qo‘yib edilar, tasbehdan to‘xtadi. So‘ngra shu tartibda Hazrati Umar, Hazrati Usmon qo‘llariga soldilar, yana tasbeh aytgali turdi. Hazrat Ali u kuni yo‘q edilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu uchovlaridan boshqa sahobalar qo‘llariga ham qo‘ydilar ersa, hech birlarining qo‘llarida tasbeh aytmadi». Bundan ma’lum bo‘ldikim, boshqa sahobalarga qaraganda choryorlarning Xudo oldida darajalari ulug‘ ekandir. Raziyallohu anhum. O‘N UCHINCHI MO’JIZA Anas ibn Molik rivoyat qilur: Bir kuni Rasulullohga bir kishi idish hadya berdi. Sahoblardin bir nechalari shu yerda o‘ltirishgan edi. Anda Rasululloh: — Shu hozirda bu idishdagi taom tasbeh aytib turadur. Men uning tovushini eshitdim, yaqinroq kel, sen ham eshitursan, — deb alardan biroviga buyurdilar. U kishi ham yaqinroq kelib, quloq soldi ersa, taomdan chiqqan tasbeh tovushini ochiq eshitdi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu taomdan og‘izlariga solib edilar, og‘izlarida turib yana tasbeh aytdi, muni ersa shu yerda bor sahobalar eshitdilar». Ibn Mas’ud ham: «Rasululloh bilan taom ustida o‘ltirgan chog‘imizda tasbeh aytgan taom tovushini ko‘p uqqanmiz», deb rivoyat qilur. Makkadan Madinaga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelganlaridan so‘ngra muhojir, ansor sahobalar Alloh amri bilan ikki-ikkidan do‘stlashdilar. Shunda Abu Dardo bilan Salmon Forsiy o‘rtalarida do‘stlik bog‘lanmish edi. Bir kuni ikkovlari o‘ltirib edilar, oldilariga bir tovoq osh keltirdilar. Bu taomdan yeyayotganlarida osh tovog‘i tasbeh aytgani turdi. Buning tovushini har ikkovlari angladilar. Bu ham Rasulullohning mo’jizalaridan edi. O‘N TO‘RTINCHI MO’JIZA Imom Buxoriy boshliq bir necha hadis olimlari Hannona degan ustuna yig‘lagani xususida kelgan hadisni mutavotir debdurlar. Ya’ni, bu mo‘jiza juma namoziga minglab yig‘ilg‘on ko‘pchilik xalq o‘rtasida bo‘lgan ishdur. Bu to‘g‘rida hech qanday gumon yo‘qdur, bunga shak kelturmak kufr bo‘lur, chunki yuzlab, minglab sahobalar bu hadisni rivoyat qildilar. Endi bu mo‘jiza shundog‘ erdikim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilib kelganlarida, dastlab bir masjid bino qildilar. Uning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz kelur edi. Bunga xurmo yog‘ochidan bir necha ustun qo‘yilg‘on edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har vaqt juma namozi o‘qisalar, shu ustunlarning biriga suyanib turib, shu yerda xutba o‘qib, xalqqa va’z aytur edilar. U kunlarda minbar qo‘yish rasm bo‘lmagan edi. Sahobalardan Tamimud-doriy raziyallohu anhu: — YO Rasulalloh, siz uchun bir minbar yasatsak, ustida va’z aytgudek bo‘lsangiz, qanday Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 322 bo‘lur? — deb so‘radi. — Yaxshi bo‘lur, — deb ruxsat berdilar. So‘ngra bir minbar yasashdi. Uni keltirib, imomning o‘ng tomoniga qo‘ydilar. Islom olamida eng avval yasalgan va masjidga qo‘yilgan minbar shul edi. Juma kuni kelgach, jamoat namozga yig‘ildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatlaricha xutba o‘qimoqqa turib, ustun oldidan to‘xtamay o‘tib ketdilar. Mana shu chog‘dayoq ul ustun ingray boshladi. Bo‘talog‘idan ajragan tuya singari bo‘zlagani turdi. Rasululloh minbar ustiga chiqib edilar, bola baqirgandek bo‘lib yana qattiqroq yig‘ladi. Silkinib ketib, yorilishga yaqinlashdi. Buni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam darhol minbardan tushib ul ustunni quchog‘lab turdilar. Uzoqroq yig‘lab qolgan yosh bolani onasi olib ovutganda o‘ksib-o‘ksib yig‘lagandek, Rasululloh quchog‘larida turib, bu ustun ham shuning singari o‘ksib yig‘ladi. Anda Rasululloh: — Buning oldida har juma Alloh zikri aytilib, andin bahra olur edi. Shundan ajrab qolganiga yig‘laydi, — dedilar. Buni ko‘rib sahobalar barisi yig‘lashgali turdi. Masjid ichi larzaga kelib yig‘i-sig‘iga turdi. Anda Rasululloh: — Qasam Allohgakim, buning yig‘isini o‘zim kelib to‘xtatmasam, qiyomatgacha shu ahvolda bo‘zlab yig‘lar edi, — dedilar. Shundan keyin bu ustun oti «Hannona», ya’ni «Yig‘laguvchi» bo‘ldi. U yig‘idan to‘xtagach, unga Rasululloh aytdilar: — Ey Hannona! Xohlasang qaysi chorbog‘dan seni kesib kelgan bo‘lsalar, o‘shal bo‘stonga eltib o‘ltirgizay, yangidan ildiz olib ko‘karursan. Agar buni xohlamasang, seni jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizurman. Jannat ahllari, Xudoning do‘stlari mevangdan yegaylar, bu ikki ishdin birini ixtiyor qil, — deb uning javobiga quloq solib turdilar. Anda ul: — Yo Rasulalloh, meni jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizing, shuni xohlayman. Mening mevamni Allohning do‘stlari yegaylar, foniy dunyo bo‘stonida bo‘lishni istamayman, eskimaydigan jannatda turishni tilayman,— dedi. Bunga yaqinroq safda turgan sahobalar uning tovushini eshitdilar. Tilagini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham qabul qilib, jannatga eltib o‘tkizishga va’da qildilar. Hazrat Hasan Basriy har qachon shu mo’jizadan gapirgudek bo‘lsa, yig‘lab; — Ey mo’minlar, bu yog‘och ustun Rasulullohdan yiroqlashganiga shuncha yig‘lagan bo‘lsa, biz ummatlar ul zotning diydorlariga mushtoq bo‘lib qancha zor yig‘lar ersak, yana oz ekandur. «Mavohib» degan kitobda aytibdurkim, Alloh taolo bu yog‘ochga jon berib tirgizdi, Rasululloh firoqida tirik kishidek tovush chiqarib yig‘ladi. Safardan kelgan kishi yoru do‘st, ahli ayollari quchoqlagandek, uni Rasululloh quchoqladilar, u bilan tiriklarga qilgandek muomala qildilar, o‘tgan payg‘ambarlarning hech biriga bundoq ulug‘ mo‘jiza berilmagan edi. Hazrat Iso alayhissalom Alloh izni bilan o‘likni tiriltirib mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quruq ustunga jon kirgizib, u bilan so‘zlashdilar. O‘N BESHINCHI MO’JIZA Imom Ahmad, Imom Nasaiy hazrati Anasdan rivoyat qilurlar: «Madinalik sahobalardan bir kishining ishlatib yurgan tuyasi bor edi. Bir kuni u tuyaning xo‘yi buzilib, hech bir kimarsani yaqiniga keltirmaydigan bo‘ldi. Oldidan kelgan kishiga ajdarhodek og‘iz ochib, hujum qilur edi. Butun ishlari to‘xtab, tirikchilikdan qoldi. Nochor Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 323 bo‘lib u tuya egalari Rasulullohga arz qildilar: — Yo Rasulalloh, ishlatib turgan bir tuyamiz bor edi, ichishga va ekinlarimizga shul tuya bilan suv tashir edik. Nima bo‘ldiki, fe’li aynab, yaqiniga kishini keltirmaydurgan bo‘lib qoldi. Xurmo daraxtlarimiz va boshqa ekinlarimiz chanqoqlikdan qurishga yaqinlashdi. Buni anglab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan tuya bor joyga keldilar. Rasululloh tuya oldiga bormoqchi bo‘ldilar, anda tuya egalari: — Yo Rasulalloh, bu ersa quturgan itdek bo‘lmishdur. Sizga hujum qilg‘aymu deb qo‘rqamiz, — dedilar. — Yo‘q, menga hujum qilmas, — deb tuyaga qarab yurdilar. Tuya Rasulullohni ko‘rgach, darhol kelib oldilariga cho‘kib sajda qildi. Ul jonivor o‘z holicha tovushini chiqazib bukullab so‘zlagandek bo‘ldi. Ana Rasululloh: — Bu tuya sizlardan shikoyat qilur. Ko‘p ishlatib oz yedirur emishsiz. Endi ersa, andog‘ qilmagaysiz, to‘ydirib yediring, holiga qarab ishlatingiz, — dedilar. So‘ngra tuyani tutib egasiga topshirib edilar, burungidan ham yuvoshroq bo‘lib, hech qanday qarshilik qilmadi. Buni ko‘rgan tuya egalari: — Yo Rasulalloh, bu ersa aqli yo‘q hayvon bo‘laturib sizga sajda qildi. Biz aqllik insonlar nechukdirkim sizga sajda qilmagaymiz, ruxsat bering sizga sajda qilaylik, — dedilar. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Maxluqqa sajda qilmoq durust emasdur, balki mahluqlar o‘z holiqlariga sajda qilurlar. Agar mahluqqa sajda qilmoq ravo bo‘lur edi, xotunlar o‘z erlariga sajda qilur edilar, — dedilar. Erlarning haqlari xotinlari ustida naqadar ulug‘ ekanligi bu hadisdan ma’lum bo‘lsa ham, lekin sajdaga loyiq bo‘lguvchi erlar esa xotunlarning dunyolik, oxiratlik haqlarini qoldirmay bajarib turuvchi erlardir. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling