Tarixi muhammadiy
KINDA QABILASINING ELCHILARI
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- HIMYAR PODSHOSI ELCHILARI
- FARVA IBN AMRUL-JUZOMIY ELCHISI
- BANI HORIS QABILASINING ELCHILARI
- HAMDON QABILASI ELCHILARI
- BANI SA’LABA QABILASINING ELCHILARI
- BANI FAZORA QABILASINING ELCHILARI
KINDA QABILASINING ELCHILARI Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 295 Kinda qabila boshchilaridan sakson kishi saylanib elchilikka keldilar. Bularning raislari ersa Ash’as ibn Qays degan kishi edi. YOshi kichik bo‘lsa ham aqli, axloqi bo‘lganlikdan mundog‘ oliy riyosatga ega bo‘ldi. Rasululloh huzurlariga kirish oldida o‘zlariga ziynat berishib, soch-soqollarini taradilar. Ipaklik kiyimlar kiyishib, so‘ngra Rasululloh huzurlariga kirishdilar. Islomdan ilgarigi arablar odatlaricha Rasulullohga ko‘zlari tushishi bilan «Abaytalla’n» deb salom berishdi. Johiliyat zamonidagi arablar podsholari oldiga kirishganda shunday salom berishur edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Men podsho emas, Abdulloh o‘g‘li Muhammad Abul Qosim erurman, — dedilar. So‘ngra ular: — Ey Abul Qosim, biz seni sinamoq uchun ko‘nglimizda bir narsa yashirib keldik. Agar sen payg‘ambar bo‘lsang, shu yashirgan narsamiz nimadur, topgil, — dedilar. Bu yashirganlari ersa, saryoqqa ko‘mgan chigirtka ko‘zi erdi. Arablar g‘aybdan gapiruvchi kohinlarini shunday qilib sinar edilar. Anda Rasululloh: — Subhonalloh, munday ishlar kohinlarga qilinur edi. Kohinlar, folchilarga ishonuvchilarga Alloh taolo do‘zaxda azob bergay, — dedilar. Anda ular aytdi: — Andog‘ ersa sizning payg‘ambarligingizni qaydan bilurmiz? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerdan bir changal mayda tosh olib: — Mana bular menim payg‘ambarligimga guvohlik berurlar, — deyishlari bilan mayda toshlar tilga kirib, tasbeh aytgali turishdi. «Subhonalloh» sadosini ko‘targan toshlar tovushini elchilar eshitgach, barchalari shahodat aytishib iymon keltirdilar. Alar: — Endi aniq bildik, siz Allohning haq Payg‘ambari ekansiz, — dedilar ersa, Rasululloh aytdilar: — Meni Alloh taolo butun dunYo xalqiga elchi qilib yubordi, O‘zini tanitgali, Islom dinini yer ustiga tarqatgali keldim. Yana Alloh taolo Qur’on otliq menga bir kitob yubordi, uni olam ahliga o‘rgatgali meni yubordi. Bu kitobning oldi-orqasi, osti-usti butunlay haqliq bilan o‘ralmishdur, — dedilar. So‘ngra ular Rasulullohdan Qur’on so‘zini anglagach, besh-o‘n oyat undan o‘qib berishlarini so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vas-saffoti surasini boshlab tilovat qildilar. «Varabbul-mashoriq» oyatiga kelganlarida to‘xtab qoldilar, muborak ko‘zlaridan yosh oqqali turdi, soqollari xo‘l bo‘ldi. Muni ko‘rishib ular: — Yo Rasululloh, sizni yubormish Rabbingizning qo‘rqinchisidan yig‘laydursizmi? — dedilar. Anda Rasululloh: — Ha, shundoqdur. Bir to‘g‘ri yo‘l uzra turg‘izib, xalqqa meni payg‘ambar qildi. Qilich damida tururman, qilchalik bu yo‘ldan chetga chekinsam, halok bo‘lurman, — dedilar. So‘ngra bularning raislari Ash’as ibn Qaysdan: — Necha o‘g‘ling bor? — deb so‘radilar. — Yo Rasulalloh, shu safar yo‘lga chiqayotganimda yangidan bir o‘g‘il tug‘ildi. Yetti o‘g‘lim bo‘lsa edi, koshki, — dedi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: — «Innahum lamujbinatun mubqilatun muhzinatun va innahum qurratul-ayni va samaratul fuodi», ya’ni «Bolalar botir otalarni qo‘rqoq qilurlar. Saxiy otalarni baxil qilurlar. Quvonchlik otalarni qayg‘ulik qilurlar. Shundog‘ bo‘lsalar ham ko‘zlar quvonchisi, ko‘ngillar mevasi erurlar». Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 296 AZDI SHANU’A QABILASINING ELCHILARI Azdi Shanu’a qabilasidan bir jamoa kishilar elchi bo‘lishib, Madinaga kelishdi. Bularning raislari ersa Surad ibn Abdulloh nomli bir kishi edi. Rasulullohni ko‘rishlari bilanoq ko‘ngillari Islomga moyil bo‘lib, barchalari iymon keltirdilar. Rasululloh ko‘rdilarkim, bularning raislari fazl-sharafga ega bo‘lib, har ishga yararlik ekandur. Qavmining musulmonlariga uni amir qilib, Islomga kirmagan Yaman qabilalari bilan jihod qilmoqqa buyurdilar. Shu bilan o‘z yurtiga qaytgandan so‘ngra u yerlik musulmonlardan bir qo‘shin askar tayyorlab, jihod niyati bilan chiqdi. Jurash degan bir shaharga kelib Islomga taklif qildi ersa, qabul qilmagach, ularni qamal qildilar. Bu urush bir oyga cho‘zilib, har ikki tomondan anchagina odam chiqimga uchradilar. Shahar aylanasi qalin qo‘rg‘onlik, kuchlik qopqalik, eng tepalik joy bo‘lgani uchun uni olish musulmonlarga og‘irlashdi. Qal’abuzar jabduqlari yo‘qligidan dushmanni qo‘rg‘ondan chiqarmoq arg‘asida o‘zlarini ularga qochgan bo‘lib ko‘rsatdilar. Bularni qochdi deyishib qal’adan chiqib orqadan quvlashganicha Shukur degan tog‘ga yetganlarida musulmonlar qaytarma hujumga o‘tib, dushmanlaridan ko‘p kishini o‘ldirdilar. Qolganlarini ersa asir oldilar. Urush boshlanmasdan ilgari shu shahar xalqi Madina xabarini bilib kelmak uchun ikki kishi yubormish edi. Ular kelib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Bularning Madinaga birinchi yo‘l kelishlari edi. Ko‘rishib bo‘lishlari bilan: — Shukur degan tog‘ni bilganinglar bormi, qay yerda bo‘lur? — deb sahobalardan so‘radilar. U ikki kishi bu so‘zni anglagach, darhol turishib: — Yo Rasulalloh, u bizning yerimizdur. U joyda nima ish bo‘ldi? — dedilar. Rasululloh bo‘lgan voqeani, ularning qirilganini aytib berdilar ersa, anglashlari hamon u ikkovi to‘xtovsiz yurishib o‘z ellariga kelishdi. Qarasalar xuddi Rasululloh aytgandek ish bo‘lmishdur. U shahar xalqi bu so‘zni anglashib ko‘ngillari Islomga moyil bo‘ldi. Madinaga qaytadan elchilar yuborishib, hammalari iymon keltirdilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u shahar atrofidagi yerlarni o‘zlariga ko‘ruq qilib berdilar. HIMYAR PODSHOSI ELCHILARI Yaman viloyatida yashaydigan katta bir qabila bor edi. Uning podshosi Horis ibn Abdukulol ko‘rishmay turuboq Islom dinini qabul qildi. So‘ngra o‘zining musulmon bo‘lg‘onligini bildirib, Rasulullohga elchi yubordi. Elchi qo‘liga noma yozib bermish edi. Madinaga kelgach, Rasululloh bilan ko‘rishib nomani topshirdi. O‘qib ko‘rgach, shunday keng bir o‘lka podshosi boshliq butun xalqi bilan Islom dinini qabul qilganligi uchun Allohga hamdu sano aytdilar. So‘ngra ularning nomlariga shu mazmunda javob yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Allohning elchisi Muhammaddan Horis ibn Kulolga va Maofir va Hamdon qabilalariga salom. Ulug‘ Allohga hamdu sano aytgandan keyin shulki, Tabuk g‘azotidan qaytgan kunlarimizda sizlarning yubormish elchilaringiz Madinaga kelishdi. Ular bilan ko‘rishib, yozgan nomalaringizni o‘qidik. U yoqda bo‘lgan butun xabarlarni keltirdilar. Hidoyat topib Islom dinini qabul qilganlaringizni anglab, Allohga hamdu sano aytdik. Endigi ish ersa, Allohga va aning Payg‘ambariga har ishda itoat qilursiz. Har kuni besh vaqt namozni o‘z vaqti bilan ado qilursiz. Boy kishilarning zakot berishlari farzdur. Zakotni chala bermasdan tugal bergaylar. Muhammad ersa Allohning yuborgan Payg‘ambaridur. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 297 Boy-kambag‘al demay barcha mo’minlarni do‘st tutadur. Zakot—sadaqa yemoq Muhammadga va uning oilalariga halol emasdur. Zakot, sadaqani boy musulmonlardan olurmiz va ularni kambag‘al, faqir, miskin, muhtoj musulmonlarga berurmiz. Allohning amri shudir. Musulmonlardan yig‘ilgan zakot, sadaqalarni, boshqalardan olingan oliq-soliqlarni biz tomondan yuborilmish kishilarga topshiringlar. Bularning raislari ersa Mu’oz ibn Jabaldur. Bu kishi sizlardan rozi bo‘lib qaytsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh». FARVA IBN AMRUL-JUZOMIY ELCHISI Bu kishi ersa Rum podshosi Qaysar tarafidan Shom o‘lkasidagi arablar ustiga qo‘yilgan ulug‘ amirlarning birisi edi. Rasulullohni ko‘rmasdan turib iymon keltirib, buni bildirish uchun elchi yubormish edi. Bir ot, bir xachir, bir eshak, yana oltin ziynatlik liboslar qo‘shib Rasulullohga hadya yubordi. Bu xabarni Rum podshosi Qaysar eshitishi bilan g‘azabi kelib uni keltirib zindonga solishlarini buyurdi. Ani tutib Qaysarga olib keldilar. Qaysar: — Agar Muhammad dinidan qaytur ersang, yana o‘z yurtingga podsho qilurman, — deb aytdi. Anda ul: — O‘zing bilursan, Iso payg‘ambar Injilda bashorat bergan oxirzamon payg‘ambari shul kishi erur. Bu ishda hech shubha yo‘qdur. Baqosiz dunYo davlatiga aldanib, Rasululloh nomalarini qabul qilmading. Men ersam oxirat ishini ortiq ko‘rdim. To‘rt kunlik dunYo davlatiga qiziqib dinimdan ajramasman, — dedi. Shu bilan Qaysar uni zindonga solishga buyurdi. Bir qancha vaqt zindonda yotgandan so‘ngra qarasalar, yana dinidan hech qaytgudek holi yo‘qdur. Boshqalarga ibrat bo‘lgan deb oxiri uni dorga osib, shahid qildilar, raziyallohu anhu. BANI HORIS QABILASINING ELCHILARI Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Validni Hars qabilasiga yubordilar va alarga avval ularni dinga da’vat etib, qabul qilmasalar jihod qilmoqliklarini buyurdilar. Bular ersa Najrondagi nasoro arablariga yaqin yerda turishar edi. Hazrati Xolid bu joyga keldi ersa, qabila ichiga jarchilar tarqatdi. Ular turib: — Ey odamlar, Islom diniga kiringlarkim, mol-jonlaring salomat qolib, oxiratinglar obod bo‘lgay,— deb qichqirdilar. Alar ham qabul qilishib, to‘p-to‘pi bilan Islom diniga kirgali turishdi. Hazrati Xolid boshliq butun askarlar qabila ichiga taralib, alarga Qur’on o‘qitib, Islom dinining asoslarini o‘rgatdilar. Bu voqeani bayon qilib Hazrati Xolid Rasulullohga xat yozdi ersa, shundoq javob keldi: «Islomga kirgan qabilalardan vakillar olib, o‘zi ham tezlikda qaytgay». Buyruq kelishi bilan qabila elchilarini olib, hammalari Madinaga keldilar. Bular ichida qabila kattalaridan Qays ibn Husayn, Yazid ibn Abdulmudon, Yazid ibn Mujmul va boshqa bir necha mashhur raislaridan bor edi. Bular bilan ko‘rishgandan so‘ngra o‘z ixtiyorlaricha dinga kirganlari uchun ularga rozilik bildirdilar. Ular ham Allohga ko‘p hamdu sano aytishdi. Bu qabila ersa Islomdan ilgari johiliyat zamonida qaysi qabila bilan urush qilsalar, u qabilani yengar edilar. Bu ish arablar ichida mashhur edi. Rasululloh ulardan shuni so‘rab: — Qabila urushlarida doim sizlar yengar edinglar, buning sababi nimadur? — dedilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 298 Anda ular: — Yo Rasululloh, birlik ittifoqimizni hech vaqt buzmadik, birovga zulm qilib, o‘zimiz urush boshlamadik. Mazlumlik holda majburlik bilan urushga kirishdik, xorlik bilan yashamoqdan o‘limni ortiq ko‘rib, undan qochmadik, shuning uchun Alloh bizga yordam berdi, — deganlarida, Rasululloh bu so‘zni tasdiq qildilar. So‘ngra Qays ibn Husaynni butun qabila ustiga amir qo‘yib, qaytmoqqa ruxsat berdilar. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o‘ltirib edilar, ularga qarab: — Eng so‘nggi ummatlarim boshlariga bir zamon kelurkim, och qolgan bir to‘p kishilar o‘rtasiga qo‘yilgan bir tovoq oshni qanday talashib yesalar, menim ummatlarimni ham boshqalar shunday qilib yeydi, — dedilar. Buni eshitgan sahobalardan birovi turib: — Yo Rasulalloh, u kundagi ummatlaringiz ozlikdan boshqalardan yengilib, shundoq kunlarga qolg‘aylarmu? — deb so‘radilar. Anda Rasululloh: — Yo‘q, o‘sha kunda ham ummatlarimning sonlari ko‘p, lekin sifatlari yo‘qdur. Shundoqkim, alarda Islomiyatga to‘g‘ri kelmaydigan ikki yomon ish paydo bo‘lur. Birisi, xirsi dunYo bo‘lib, baxil bo‘lgaylar. Ikkinchisi, o‘limdan qo‘rqqaylar. Qachonkim o‘limdan qo‘rqib, jihoddan qochar ekanlar, ummatlarim xorlikka qolgay. Bu ummatning avvali nima bilan rivoj topgan bo‘lsa, eng oxiri ham shu bilan rivoj olg‘ay, — dedilar. Aqli yorug‘, fikri ochiq kishilarga shu so‘zlarning o‘ziyoq yetarlidur. Sollallohu alayhi vasallam. HAMDON QABILASI ELCHILARI Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana Xolid ibn Validni Yaman viloyatiga yubordilar. U yerda yashayotgan katta qabilalarning birovi shu Hamdon qabilasi erdi. Hazrati Xolid u joyga borgach, olti oygacha xalq ichida yurib, ularni dinga da’vat qildi, lekin hech kim o‘z ixtiyoricha dinga kirguvchi bo‘lmadi. Bu xabar Rasulullohga yetdi ersa, bir noma yozib, Hazrati Alini yubordilar. Xolid ibn Validni o‘z oldilariga chaqirib oldilar. Hazrati Alini kelayotganlarini anglashib butun qabila xalqi to‘sishib chiqishdi. Shu chog‘da qaysi bir namoz vaqti kirgan edi. Hazrati Ali azon aytib, takbir tushirib, o‘z askarlari bilan saf bog‘lashib namoz o‘qidilar. Boshqa qabila xalqi ersa qarashib turdi. Namoz o‘qigandan so‘ngra Hazrati Ali Rasulullohning bularga yozgan xatlarini saf oldiga chiqib turib, butun xalqqa o‘qidilar. Bu muborak nomadagi so‘zlarni anglashlari bilan barchalarining ko‘ngillari Islomga moyil bo‘lib, iymon keltirdilar. So‘ngra bu voqeani Hazrati Ali yozib, Rasulullohga chopar bilan yubordilar. Xatni o‘qib, bu ulug‘ ne’mat shukronasi uchun darhol sajdaga bosh qo‘ydilar. Yaxshilik ko‘rilgan chog‘da shukr sajdasini qilish shuning uchun ummatlariga sunnat bo‘ldi. Rasululloh sajdadan bosh ko‘tarib: — Assalomu ala Hamdan, assalomu ala Hamdan, — deb ikki marta aytdilar. Bu qabila Hazrati Ali qo‘lida iymon keltirishgandan so‘ngra qabila kattalaridan bir necha kishilarni boshchi qilib, Madinaga elchi jo‘natmish edi. Shu orada ular ham kelishib qoldi. Bularning raislari Ibn Molik degan kishi erdi. Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishgandan keyin, oldilarida turib arablar odatlaricha Rasulullohni, Islom dinini maqtab fasohat bilan kelishtirib bir qancha she’rlar o‘qidi. Chunki u zamon arablari o‘qish-yozishdan har qancha yiroq bo‘lsalar, yana ularning til o‘suklari eng yuqori ko‘tarilganlikdan qabila raislari shoir yoki notiq xatib bo‘lishlari eng ulug‘ sharaf sanalur edi. Shuning uchun Rasululloh arab odatlarini hurmatlab, o‘z oldida o‘qilgan she’rlarni zavq bilan eshitib, uni taqdirlar edilar. Shu kabi muning o‘qigan she’rini ham tinglab o‘ltirib, o‘qib bo‘lgach, uni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 299 yaxshilab ruhini ko‘tardilar va uni butun Hamdon qabilasiga amir qilib yubordilar. Raziyallohu anhum. TUJIB QABILASIDAN KELGAN ELCHILAR Tujib qabilasidan ersa, o‘n uch kishi elchi bo‘lib, Madinaga kelishdi. Zakotga chiqarishgan chorva mollarini birga haydab kelishgan edi. Bu qilgan ishlarini ko‘rib, Rasululloh ulardan bek rozi bo‘ldilar. Chunki bulardan boshqa hech bir qabiladan mundog‘ ish ko‘rilmagan edi. Rasululloh bilan ko‘rishib bo‘lgach, alar: — Yo Rasulalloh, chorva mollarimizdan Alloh buyurgan zakotlarimizni chiqazib sizga keltirdik, — deyishdi. Anda Rasululloh: — Ko‘p yaxshi. Lekin har yerdan olingan zakot mollarni shu yerning chog‘aylariga, kasb qilishdan ojiz qolgan muhtoj kishilarga berish kerakdir. Bir shahardan chiqqan zakotni, ikkinchi shaharga keltirib bermak loyiq emasdur. Bu mollarni o‘z yeringizga qaytarib borib, u yerning faqir, miskin muhtojlariga beringizlar, — deb buyurdilar. Anda: — Yo Rasulalloh, o‘z yerimizdagi faqirlarimizni to‘ydirdik. Alarni qanoatlantirib, ortiqchasini bu yerda keltirdik, — dedilar. Anda Rasululloh rozilik bildirib: — Agar banda bir yaxshilik ish qilmoqchi bo‘lsa, ul ishga chin ixlos, muhabbati bilan kirishmog‘i lozimdur. Ul agar shunday qilur ekan, bilsinki, Allohdan unga tavfiq yetmishdur. Bunday bo‘lgach, Islomga uning ko‘ngli ochilur, — dedilar. Rasulullohdan bu so‘zni eshitib, din ishlariga ko‘ngillari yanada qizg‘inlashdi. Qaytishga ko‘p shoshilmay, Qur’ondan qiroat o‘qishib, Islom hukmlaridan so‘rashgani turdilar. Buni ko‘rib, Rasululloh ulardan ko‘p rozi bo‘ldilar. Chunki bularning iymonlari yuzaki bo‘lmay, ongli ravishda Islomga kirdilar. So‘ngra o‘z yurtlariga qaytmoqchi bo‘lishib, Rasulullohdan ruxsat olgali kelishdi. Rasulullohning odatlari ersa, atrofdan kelgan elchilarga in’om qilmasdan qaytarmas edilar. Ul zot buyurdilarkim, bu qabila elchilariga boshqalardan ko‘proq in’om berilsin. Alar sovrunlarini olib bo‘lgach Rasululloh: — Sizlardan hech kim qolmadimi? — deb so‘radilar. — Yo Rasulalloh, qo‘sh poylab bir yosh bolamiz qoldi, — dedilar: Anda ul zot: — Ani kelturgaysiz, — deb buyurdilar. Kelgandan so‘ng ko‘rdilar, bir yosh o‘g‘lon emishdir. Ul aytdi: — Yo Rasulalloh, menim bu yo‘ldoshlarimning barchalari o‘z tilaklarini topdilar. Endi menim ham bir necha tilagim bordur. Anda Rasululloh: — Nima hojating bo‘lsa aytgil, — dedilar. Anda ul yosh bola: — Birinchi, Alloh mening gunohlarimni kechgay. Ikkinchi, rahmatidan meni yiroq qilmagay. Uchinchi, ko‘nglimga qanoat bergay, — dedi. Rasululloh ham: — Omin, shundog‘ bo‘lsin, — deb duo qildilar. Yana unga ham hadya berdilar. Shu bilan ular ham o‘z yurtlariga qaytishdi. Shu yili Rasululloh hajga borganlarida, bu o‘g‘ilning yo‘ldoshlarini ko‘rib qolib, ul bolani so‘radilar, ul ersa bu yili kelmagan edi. Ular aytdi: — Yo Rasulalloh, bu yerdan borgach, ul bolaning holi o‘zgardi. Shunday qanoatli kishi bo‘ldikim, agar dunYo xazinasi xalq ichida bo‘linur bo‘lsa, unga qarab qo‘ymagay, — Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 300 dedilar. Anda Rasululloh: — Andog‘ bo‘lsa umid shuldurki, u kishining ajali yetdi ersa, xotirjamlik bilan ko‘ngli bo‘linmasdan dunyodan ketgay, — dedilar. Bir kishi turib: — Yo Rasulalloh, ko‘ngli bo‘linib o‘lgan kishi qandog‘ bo‘lur? — dedi. Rasululloh aytdilar: — Inson ko‘ngli dunYo ishlariga bog‘lanib, oxirat ishlaridan parvosiz bo‘lsa, g‘aflat bosib, o‘lim yodiga kelmagay. Mundog‘ odamlar ko‘nglida Alloh muhabbati ham bo‘lmag‘ay. Agar shundog‘ odamga ajal yetar ekan, dunyosining qaysi bir chuquriga yiqilib o‘lsa Alloh ham, unga parvo qilmagay, — dedilar. Rasulullohning bu so‘zlari ersa, butun inson olami ichra ibratli so‘zdir. Rasululloh vafot topgandan keyin iymon, ko‘ngillariga yaxshi o‘rnashmagan arab qabilalaridan bir nechalari dindan qaytib murtad bo‘ldilar. Ana shu chog‘da Islom dini haqida so‘zga chiqib, Xudo va Rasulullohni yod qilib, o‘z qavmiga shu o‘g‘il o‘tkir bir va’z qildikim, shuning ta’siri bo‘lib, ulardin hech kim dindan qaytmadi. Raziyallohu anhu. BANI SA’LABA QABILASINING ELCHILARI Bani Sa’laba qabilasi ersa, Rasulullohni ko‘rmay turib o‘z yerlarida iymon keltirgan kishilar edi. Raislardan to‘rt kishini elchi qilib Rasulullohga yubordilar. Madinaga kelgach, to‘g‘ri masjidga kirishib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Shu chog‘da Hazrati Bilol qaysi bir namozga takbir tushirmoqchi bo‘lib turgan edi. Anda ular: — Yo Rasulalloh, biz ersak siz bilan ko‘rishmay turib butun qabilamiz bilan hammamiz iymon keltirdik, ular o‘z tomonlaridan bizni elchi qilib yubordilar. Hijrat qilmagan kishilar o‘z yurtida iymon keltirganlari bilan Xudo oldida qabul bo‘lmagay, degan so‘zni siz aytgansiz deydilar. Bu qanday ishdur, shul to‘g‘rimi? — deb so‘radilar. Rasululloh: — Islom yo‘lida bo‘lsanglar, unga to‘sqinlik yo‘q ersa, qaysi joyda tursanglar ham uning ziyoni yo‘qdur,— dedilar. Shu bilan bir necha kun turishib, Islom asoslarini o‘rganishgandan keyin, o‘z yerlariga qaytmoqchi bo‘lishdi. Bularning har biriga besh uqiya kumush hadya berib, qaytmoqqa ruxsat qildilar. BANI SA’D ELCHILARI Bani Sa’d qabilasidan Nu’mon nomli bir kishi shundog‘ rivoyat qilurkim: — Qabilamizdan bir necha kishilar bilan Rasulullohga elchi bo‘lib keldik. U chog‘da arab xalqi ikki sinf bo‘lmish edilar. Bir qismi ersa o‘z ixtiyoricha Islomga kirib, mol-jonlariga omon topmish edi. Islomni qabul qilmagan ikkinchi qismi qo‘rqinch ostida qolmish edilar. O‘z yerimizdan chiqqanimizcha to‘g‘ri kelib, Madina shahri ichiga kirdik. Masjid eshigi oldiga kelganimizda qarasak, bir janoza hozir turmishdir. Rasululloh kelib janoza namozini masjidda o‘qidilar. Biz ersak bir joyda bu namozga qatnashmay qarab turdik. So‘ngra namozdan bo‘shagach, bizga qaradilar. Bizni chaqirib: — Qaysi qabiladan bo‘lursiz? — deb so‘radilar. — Bani Sa’d Huzaymdan bo‘lurmiz, musulmon erurmiz, — dedik. — Andoq ersa, bu o‘lgan birodaringiz janozasiga nechuk qo‘shilmadingiz? — dedilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 301 Anda biz aytdik: — Yo Rasulalloh, sizga bay’at bermasdan ilgari mundog‘ ishlar joiz bo‘lmagay, deb o‘yladik. Rasululloh aytdilar: — Qaysi joyda iymon keltirur ersangiz, to‘liq musulmon bo‘lursiz. Butun Islom hukmi sizga lozim bo‘lg‘ay. So‘ngra barchamiz qo‘llarini tutib, bay’at topshirdik va qaytib o‘z o‘rnimizga keldik. Ichimizda eng kichik yosh bir kishimizni qo‘shxonamizga qo‘yib ketgan edik, xiyol o‘tmay ortimizdan odam yuborib, Rasululloh bizni qaytarib keltirdilar. Bu yosh kishimiz ilgarilab kelib, Rasulullohga bay’at berdi. Biz ani taqdim qilib: — Yo Rasulalloh, bu kishi ichimizdagi eng kichigimiz va xizmatchimizdur, — dedik. Anda Rasululloh: — Sayyidilqavmi xodimuhum, ya’ni bir qavmning raisi, u qavmning xizmatchisi bo‘lur. Alloh unga barakot bersin, — deb duo qildilar. Shu onda duolari qabul bo‘lib, barimizdan Qur’onni yaxshi o‘qidi. Unga kun sayin qilgan ishlari barakotlik bo‘ldi. Muni ko‘rib, Rasululloh uni namozda bizga imom qildilar. Yosh bo‘lsa ham aqli va axloqi ortiq bo‘lganlikdan qabilamiz ustiga uni amir qo‘ydilar. So‘ngra har qaysilarimiz bir necha uqiya kumushdan hadyalar olib, o‘z yurtimizga qaytdik. BANI FAZORA QABILASINING ELCHILARI Bani Fazora qabilasidan o‘n necha kishi elchi bo‘lib kelmish edi. Raislari esa Horija ibn Hisn degan kishi bo‘lib, ozg‘in tuyalarga minib kelgan edilar. Chunki bir necha yillardan beri bularning yerlarida yomg‘ir bo‘lmay, qahatchilik balosi hukm surmoqda edi. Rasululloh bilan ko‘rishganlaridan keyin, ulardan hol so‘radilar. Anda raislari: — Yo Rasulalloh, bizning yurtimizga yomg‘ir yog‘may, bek qahatchilik bo‘ldi. Chorva mollarimiz qirilib, xotin-bolalarimiz och qoldi. Duo qiling Rabbingizga, bizlarga yomg‘ir bersin, Rabbingizga sizni shafei’ keltirdik, sizga Allohni shafei’ qildik, — dedi. Rasululloh muning bu so‘ziga ajablanib: — Subhonalloh, sening bu so‘zing qandoq bo‘ldi? Men Allohga shafe’ bo‘lsam yarashur. Alloh menga qandoq shafe’ bo‘lur, bu ersa adabdan tashqari so‘zdur. Ulug‘lik, azamatlik, yolg‘iz Allohga yarashur, — dedilar. Bu so‘zni aytguvchi odam ersa, o‘zlarini qanday qattiq og‘irchilikka qolganliklarini Rasulullohga bildirmoqchi edilar. Och kishidan aql chiqmas degandek, o‘rinsiz so‘z qilsa ham, Rasululloh uni kechirdilar. So‘ngra ularning holiga yarasha aytdilarkim: — Sizlarga suyunchilikdur. Mehnat kunlari tugadi, najot vaqti keldi, Alloh kulib turadi, — dedilar ersa, bular ichidan bir a’robiy turib: — Mundog‘ kulib turgan Allohdan sira ajramaylik, — dedi. Rasululloh uning so‘zidan kulib, darhol minbarga chiqib, qutlug‘ qo‘llarini eng egiz ko‘tardilarkim, qo‘ltiq oqlarigacha (taglarigacha) ko‘rindi. Boshqa vaqtlarda ersa, mundoq odatlari yo‘q edi. So‘ngra ushbu duoni o‘qidilar: «Ey bor Xudoyo, rahmat suviga bizni serob qilgil. O‘lgan yerlaringni tirgizgil, chanqoqlikda qolgan bandalaringni, hayvonlaringni yomg‘ir suvi bilan qondirgil. Yerlardan insonlar uchun ekinlar unsin, hayvonlar uchun o‘tlar o‘ssin, yaylovlar ko‘paysin, yoqqan yomg‘ir barcha yerni qoplasin, tez yog‘sin, keng yog‘sin, foydalik bo‘lsin, ziyoni bo‘lmasin. Kelgan yomg‘ir biz uchun rahmat bo‘lsin. Azob-mehnat bo‘lib, uylar buzilmasin, mol-jon g‘arq bo‘lmasin, botrog‘ yog‘sin, — dedilar. Anda ansor sahobalardin Abu Luboba degan kishi o‘rnidan turib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling