Tarixi muhammadiy
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAKONA IBN ABDU YAZID VOQEASI
- XADICHA ONAMIZNING VAFOTLARI
- TOIF XALQINI DINGA DA’VAT QILISH
- ME’ROJ VOQEASI
www.ziyouz.com kutubxonasi 44 o‘tirgan odamlarga undin haqqimni olib berishlari uchun arz qilgan edim, alar sizni ko‘rsatdilar. Xudo xayr bersin, yaxshi kishi ko‘rinasiz, mening haqqimni olib berarmikinsiz, deb keldim, — dedi. Darhol Payg‘ambarimiz: «Yaxshi bo‘lur, yur bo‘lmasa», deb o‘rinlaridin turib, Abu Jahl uyiga qarab yurdilar. Bu ishni payqab o‘tirishgan Quraysh raislari buni ko‘rishib: «Muhammad bu borishida Abu Jahl ila qandog‘ muomala qilgay, buni bilishimiz kerak», deb yashirincha bir odam yubordilar. Payg‘ambarimiz badaviyni boshlab to‘g‘ri Abu Jahlning uyiga kelib, aning eshigini qoqdilar. Abu Jahl ichkaridin turib: «Kimdir?» deb edi, Payg‘ambarimiz: — «Muhammaddurman, bu yoqqa chiqgil», dedilar. Ovozlarini eshitishi bilan, qo‘rqqanidin o‘ngi (rangi) o‘chib, yuzi sarg‘aydi, darhol eshikni ochib edi, Payg‘ambarimiz: «Bu kishini haqqini hozir ado qil», dedilar. Abu Jahl hech qandoq qarshilik qilmasdin, shoshilganicha uyidin pul olib chiqib, badaviy haqqini topshirdi. Payg‘ambarimizga u badaviy ko‘p tashakkurlar bildirgandin so‘ngra, yana Quraysh majlisiga kelib: «Sizlar ko‘rsatgan odamning Xudo xayrini bersin, Abul Hakamdin tamom haqqimni olib berdi», deb Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladi. Bular bo‘lsa, bu ishni Payg‘ambarimizga aziyat yetkazish qasdida qilgan edilar. Alloh taolo irodasi bilan, Payg‘ambarimizga ionat bo‘ldi. Quraysh raislari xijolatlikka qolib, Abu Jahlga nafrat aytib turganlarida yuborgan kishilari keldi. «Nima voqea bo‘ldi?» deb andin so‘radilar. Ul: «Abu Jahlning Muhammad haqida qilgan muomalasi bek (cho‘ng) taajjub ishdur. Ko‘rganim shuldurki, Muhammad badaviy bilan to‘g‘ri borib, Abu Jahl qopqasini qoqdi. Qarasam, Abu Jahl qo‘rqqanidin rangi o‘chgan, ruhsiz holda chiqib keldi. Muhammad badaviyni ko‘rsatib, buning haqqini darhol ado qil, dedi. Ul ham yugurganicha uyidin pul ko‘tarib chiqib, badaviyning haqqini topshirib berdi», deb aytdi. Bu so‘zga hayron bo‘lib turib edilarki, Abu Jahl o‘zi kelib qoldi. Alar yoppasiga: «Bu qandog‘ nomuslik uyat ish, dushmanlarimizni suyuntirding, o‘zingga nomus keltirding», deb unga nafratlarini bildirdilar. — Bu choqqa davr Muhammadga bundoq yumshoqlik qilganingni ko‘rmagan edik». Anda Abu Jahl: — Meni ko‘p ayb qilmanglar, chunki bu ishda mening ixtiyorim yo‘qdur, endi bu sirni aytishga majbur bo‘ldim. Shundoqki, men o‘tirib edim, tuyuqsizdin eshik qoqilib, Muhammadning ovozini eshitdim, ixtiyorsiz ko‘nglimga qattiq bir qo‘rqinch tushdi. Yugurib chiqib edim, ko‘rdimki, badaviy oldida Muhammad turibdi, aning ortida tishlari nayzadek, boshi sandiqdek, haybatlik bir bug‘ro tuya og‘zini ochib turganini ko‘rdim. Agar men qarshilik ko‘rsatsam, ustimga hujum qilgudek ko‘rinur, — dedi. Subhonalloh, bu qandoq ajab ishdurki, shu qadar ulug‘ mo’jizalarni ko‘rishib tursalar ham, bundin hech qandoq ibrat olmadilar. Endi, ey mo‘min, ogoh bo‘lginkim, Payg‘ambarimizning aytishlaricha, insonda uch turlik sifat bordur. 1. Hayvonlik. 2. Shaytonlik. 3. Farishtalik xislatlaridur. Alloh taolo odamni yaratganida, aning vujudiga bu uch turlik sifatini qo‘ymishdur. Shuning uchun har bir insonda shu uch xil maxluqning sifatlari ko‘rinmoqdadur. Shundoqki: yemak-ichmak, uxlamoq, jimo qilmoq (er-xotin qo‘shilishi), mana bular ersa, hayvonlarning sifatlaridur. Insonlardagi urush-talash, o‘ldirishlar, yorish-yirtish, bir-birlariga ozor berishlar, mana shular bo‘lsa, it-bo‘rilar kabi yirtqich hayvonlarning sifatlaridur. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad qilish, xalq ichida buzuqchilik qilib, fitna- fasod ishlarini qo‘zg‘ash, bular shaytoniy ahloqlardin bir namunadur. Ilmdo‘stlik, ilmsevarlik, adolatparvarlik, taqvogarlik, rahmdillik, butun olijanoblik, Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 45 ko‘rkam ahloqlik, mana bunday ishlar farishtalik sifatlaridin bir namunadur. Odam farzandlarida bu sifatlarning borligini ko‘rib turamiz. Agar farishtalik sifati tarbiyat topib, quvvatlanar ekan, uning darajasi farishtadin ortiq bo‘lishi shubhasizdur. Mana, payg‘ambarlarning vujud-shariflari bu so‘zni isbot qilishga ochiq dalildur. Agar bundog‘ bo‘lmay, hayvoniy, shaytoniy tarafiga insonlar mayl qilsalar, shular qatorida qolib, balki bulardin ham tubanroq tushib, asfalasofilin zindoniga giriftor bo‘lgaylar. Shunga ko‘ra, Alloh taolo Rahmon rahim sifati ila insonlarga rahbarlik qilishga bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yubormishdur. Ularning vazifalari esa insonlarning asl gavharlari bo‘lgan farishtalik sifatlarini yuzaga chiqarishdur. Diniy tarbiyatlar berib, shaytoniy sifatlardin alarni arig‘dab (tozalab), hayvoniy sifatlarini cheklashdur. Agar inson farzandlari payg‘ambarlar tarbiyalaridin chetga chiqib, alarning ko‘rsatgan yo‘llaridin yiroq yursalar, shaytoniy va hayvoniy sifatlari rivoj topib, iymon — islomdin bahrasiz bo‘lgaylar. Xudo saqlasin, agar bu ikki buzuq sifatlar insonlar olamida rivojga kirar ekan, aning natijasida qandog‘ ishlar paydo bo‘lishi ko‘z oldimizda ko‘rinmoqdadur. Qiyomat qanchalik yaqinlashgani sayin insonlarda bu yomon sifatlar shunchalar rivojlanishi mashhur hadis kitoblarida yozilmishdur. Haqni botildin ajratish uchun Alloh taolo insonlarga aql gavharini ato qilishi buning misoli bir oyna kabidur. Agar u musaffolik, tekislik sifati ila tursa, aning to‘g‘risiga kelgan har bir narsa anda o‘z haqiqati ila ko‘ringay, agar bundog‘ bo‘lmay, aql oynasi zang boylab, tekislik va safolik sifatidin ajragan bo‘lsa, aning qarshisiga kelgan to‘g‘rini egri, oqni qora qilib ko‘rsatgay. Buning oldida yaxshi-yomon, umuman, barchasi barobar bo‘lgay. Mana bundog‘ odamlarning aqllari, shaytoniy hayvoniy quvvatlariga asir bo‘lib, aning asli fitrati buzilmishdur. Agar tamom umrini shu yo‘lda o‘tkazib, dunyodin tavbasiz ketar ekan, abadiy shaqovatga (tuzalmasga), do‘zax azobiga tutilur. Endi bu asoratdin qutilish, bu dardga davo topish uchun, Xudo tarafidin yuborilgan, Islom dini ko‘rsatgan yo‘ldin boshqa hech qandoq aning chorasi yo‘qdur. Bu yo‘lning chin qalovuzi va aning haqiqiy yo‘lboshchisi hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Alloh taolo tarafidin bu zotga Qur’oni karim kitobi indirilmishdur. Insonlarning ikki dunyoda baxt- saodatlik bo‘lishlari uchun, shu kitob birma-bir kafildur. Bayt: «Haqni ko‘rgan, haqni bilgan, haq yo‘lining boshchisi Bil, Muhammad Mustafodur, ul xudoning elchisi» RAKONA IBN ABDU YAZID VOQEASI Quraysh qabilasi ichida Rakona ibn Abdu Yazid nomlik bir pahlavon yigit bor edi. Kurash maydonida otog‘i chiqqan, yonboshi yerga tegmagan edi. Bir kun xoli bir ko‘chadan o‘tib borayotganida, Payg‘ambarimiz aning oldidan chiqib: — Ey Rakona, Xudodin qo‘rqgil, mening nasihatimni qabul qilib, Islom diniga kirgil, — dedilar. Anda Rakona: — Ey Muhammad, sening kelturgan bu dining haqligini qaydin bilurman? Uning haqligiga biror belgi ko‘rsatsang, qabul qilayin, — dedi. Anda Rasululloh: — Sening pahlavonligingga so‘z yo‘qdur. Kuch-quvvatda barchadin o‘zingni ustun chog‘larsan. Qo‘pgil (tur), ikkovimiz bu yerda kurashaylik. Agar seni yiqar bo‘lsam, mening haq payg‘ambarligimga ishonib, iymon keltururmisan? — dedilar. Ul ham roziligini bildirib, tura kelib kurashga tutindi. Muborak qo‘llari tekkan hamon butun kuchidin ajradi, ikki bukib, ani yerga urdilar. Bu ishga Rakona hayron qolib, qaytadin kurashmoqni talab qildi. Bu qatimda esa, burungidin og‘irroq holga qoldi. O‘zini arslon oldida turgan tovushqondek (quyon) ojiz chog‘ladi. Hech kimsani o‘ziga teng ko‘rmagan Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 Rakona aytdi: — Ey Muhammad, umr ichida eshitilmagan, ko‘rilmagan ajab bir ishdur. Endi bu nechuk voqeadur. Anda Payg‘ambarimiz: — Agar tilar ersang, bundin ham ajibroq narsani senga ko‘rsaturman, — deb yiroqdin ko‘rinib turgan bir daraxtni chorladilar ersa, daraxt yer yorib kelib, Rasululloh oldida salomga egildi. «O‘rningga qayt», degan izm bilan, qaytadin o‘z joyiga borib o‘rnashdi. Mana shundog‘ ulug‘ mo’jizani ko‘rib tursa ham, yana iymon keltirmadi. Payg‘ambarimizga sehrgar tuhmatini taqib, bu ulug‘ ne’matdin mahrum bo‘ldi. Shuning bilan Rakona payg‘ambarimiz oldilaridin qaytib, Quraysh majlisiga kelsa, alar jamoat qurib o‘ltirgan ekanlar. Alarga qarab: — Ey Quraysh xalqi, Xudo haqida qasam qilurman, Muhammaddin ortiqroq yer yuzida sehrchi yo‘qdur. Aning sehrchiligi orqali butun dunyo xalqiga ega bo‘la olgaymiz, — deb ko‘rgan mo’jizalarini alarga bayon qildi. Ammo o‘zi shaytoniy vasvasalarga qolib, iymondin benasib bo‘ldi. XADICHA ONAMIZNING VAFOTLARI Onamiz hazrati Xadicha Huvaylid qizi, Quraysh qabilasi ichida hasab-nasab jihatdin eng yuqori darajali xotun edi. Qirq yoshida Rasululloh uni o‘z nikohlariga oldilar. Ul chog‘da Payg‘ambarimizning yoshlari yigirma beshga yetmagan edi. Payg‘ambarlik davrining o‘ninchi yilida, hijratdin uch yil ilgari Makka shahrida onamiz Xadicha vafot topdilar. Payg‘ambarimizning barcha bolalari, hamma o‘g‘il-qizlari shu onamiz Xadichadin tug‘ilgan edilar. YOlg‘iz Ibrohim otlig‘ o‘g‘illari ersa Moriya degan cho‘rilaridin tug‘ildi. U bo‘lsa Misr podshosi Muqovqis tarafidin Payg‘ambarimizga hadya qilib yuborilmush edi. Eng kichik qizlari Fotima Payg‘ambarimizdin olti oy keyin vafot topdilar. Qolgan katta- kichik hammalari o‘zlaridin ilgari dunyodin o‘tgan edilar. Bu musibat ustiga butun dushmanlariga haybat ko‘rsatib turgan amakilari Abu Tolibning vafot qilishi Payg‘ambarimizga qattiq ta’sir qildi. Bu mehribon yordamchilaridin birdaniga ajralganlari uchun ortiqcha qayg‘urdilar. Shu musibat bo‘lgan yilni qayg‘u-hasrat yili, deb atadilar. Chunki bu ikkovlari umrlarining boricha Rasululloh yordamlarida molu jonlarini ayamasdin fido qilgan edilar. Endi bularning vafotlaridin so‘ngra Quraysh mushriklari fursatdin foydalanib, Payg‘ambarimiz boshliq barcha musulmonlarga bermagan ozorlari, ko‘rsatmagan jabru jafolari qolmadi. Makka mushriklaridin umid qilarlik hech ish ko‘rmaganlikdan, Payg‘ambarimizning ko‘ngillariga Toif xalqini dinga da’vat qilish va hammalaridin yordam so‘rash fikri tushdi. Toif esa, Arabistonda yaylov qatori salqin, Makka shahridin yetmish-sakson chaqirim sharq tomonda joylashgan bir shahardur. U yerda arablardin Bani Saqiyf qabilasi yashar edilar. Eng munbit (unumli) iqlimlarda yetishgan mevalar ul joyda ortig‘i bilan yetishadi. Mana shu safarda nomlari Qur’oni karimda zikr qilingan, Payg‘ambarimizning asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa hamroh edi. TOIF XALQINI DINGA DA’VAT QILISH Shuning bilan Rasululloh Toif shahriga qarab, yo‘ldoshlari Zayd birgaligida yo‘lga chiqdilar. Ot-ulovlari yo‘qligidin tog‘-toshlarda yayov yurishga to‘g‘ri keldi. Toif shahriga kirganlaridin so‘ngra, kunduzi yurishga dushmanlardin, saqlanib, qabila raislari bilan kechalab kelib ko‘rishdilar. Bu xalqning raislari esa Abd Yolayl, Mas’ud, Habib otlig‘ uch og‘ayni edilar. Payg‘ambarimiz bularga: — Ey Bani Saqiyf raislari, Alloh taolo meni yer ustiga payg‘ambar qilib yubordi. Allohning buyruqlarini bandalariga yetkazgani keldim. Inson olamini Islom diniga chaqirurman. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 47 Butun olam xalqini iymon-insofga da’vat qilurman. Agar mening bu so‘zimni qabul qilib, menga iymon kelturur bo‘lsangiz, ikki dunyo davlatiga ega bo‘lursiz, — dedilar. Lekin bulardin umid qilarlik hech bir so‘z chiqmadi. Balki birovlari: — O‘z qavm-qarindoshlaringa foydasi tegmagan bir ishni bizga kelturibsan, alar bu ishdin yaxshilik kutmaganlikdin, ani qabul qilmadilar. Endi biz uni nechuk qabul qilaylik, — dedi. Ikkinchisi esa: Biz senga iymon keltirsak, bizning yordamimiz bilan ishlaring o‘rin topsa, hukumat ishi bizda bo‘lishini shart qilurmiz, — dedi. Uchinchisi: — Arablar ichida ne ulug‘ darajali raislar, katta obro‘ylik boylar bo‘laturib, kishi topilmagandek, Alloh seni payg‘ambar qilurmi? — dedi. Bu so‘zlarni eshitib, Payg‘ambarimizning umidlari bulardin uzildi. Lekin bu voqeani yashirin tutishlarini, boshqalarga aytmasliklarini alardin qattiq o‘tindilar. Chunki u zamonda Makka mushriklari Toif mushriklari bilan adovatda edilar. Agar Quraysh mushriklari bu xabarni eshitib qolsalar, ayniqsa, bularning oldidan umidsizlanib, quruq qaytganliklarini bilsalar, alarning adovatlari Payg‘ambarimizga ilgarigidan ham ortiqroq bo‘lishi aniq edi. Shuning uchun payg‘ambarimiz bu xabarning xalq ichida tarqalmasligini suyar edilar. Bu so‘zning yashirin qolishini alardin o‘tingan bo‘lsalar ham, oldilarida qabul qilgan bo‘lib, keyinlaridin bebosh yomon kishilarni va ham yosh bolalarni Payg‘ambarimizga qarshi qo‘zg‘adilar. Ko‘chaga chiqqanlarida u beboshlar tomonidin tosh-kesaklar otildi. «Lot-manot butlarimizni haqorat qilguvchi, din buzg‘uvchi kishi keldi», deb har tarafdin qichqirar edilar. Atrofdin otilgan tosh-kesaklar zahmidin kiygan kovushlari qonga to‘ldi. Yo‘ldoshlari hazrati Zayd Payg‘ambarimizga o‘zlarini qalqon qilib, to‘sgan edilar, otilg‘on tosh-kesaklar zahmidin tanlari, bosh-ko‘zlari qonga bo‘yaldi. Xudo o‘nglab, shu o‘rtada Quraysh raislaridin Utba degan kishining chorbog‘i bor edi. Bu beboshlar hujumidin saqlanib, shu chorboqqa kirishga majbur bo‘ldilar. Rabianing ikki o‘g‘li — Utba va Shayba Makkadan salqinlash uchun yangidan kelishib, alar ham shu bog‘da edilar. Bular ersa, Payg‘ambarimizning eng qattiq dushmanlaridin sanalgan edi. Bu og‘ir ahvol ustida bularning qarab turishlari yana ham Payg‘ambarimizga og‘irroq xafalik keltirdi. Qutlug‘ ko‘ngillariga nihoyati ma’yuslik paydo bo‘lib, shu duoni o‘qib, Allohga munojot qildilar. Mashhur hadis kitoblarida Toif duosi deb yozilmish edi. O‘qiguvchilarimizga yodgor bo‘lsin, deb u duoni Payg‘ambarimizdan qilingan rivoyati bilan arabcha iboratini keltirmoqni loyiq ko‘rdim. Va duoning mazmunini turkiy tiliga tarjima qildim. Kitobni o‘qiguvchi mo‘minlar, bu duoni o‘qiganlarida, alarning ko‘ngillari erib, ko‘zlari yoshlanur ersa, duo qilish paytining kelganidur. Ana shu chog‘da bu yozuvchi, yozuqlik qulni duoda eskarib qo‘yishni umid qilurman. Toif duosi budur: «Allohumma ilayka ashku zu’fa quvvatiy va qillata hiylatiy va havoniy alannasi yo arhamarrohimiyn, anta rabbul mustaz’afiyna va anta rabbiy iloman takiluniy, ila baidin yatajahhamuniy am ila aduvvin mallaktahu amriy, inlam yakun bika alayya g‘azabun fala uboliy, valokinna ofiyataka hiya avsau liy». Ma’nosi: «Ey bor xudoyo, meni kuch-quvvatim zaiflashdi, qilurga choralarim ozaydi. Odamlar meni ko‘zlariga ilmas bo‘ldilar. Ey mehribon Parvardigorim! Sen mening murabbimsan va barcha kuchsiz, ojiz qullarning suyanchisidursan, mening ishimni kimlarga topshirding. Mandin norozi bo‘lmas ersang, bu yo‘lda har qancha ozor-kulfatlar ko‘rsam ham, hech qandog‘ uni og‘ir tutmasman, ammo ofiyat ato qilsang, men uchun kengchilikroqdur». Yuqorida yozilgan Rabianing o‘g‘illari payg‘ambarimizning bundog‘ og‘ir holga qolganlarini ko‘rib, rahmlari keldi. Qarindoshlik mehrlari biroz qo‘zg‘aldi. Alarning nasroniy dinida bo‘lgan Addos nomlik bir quli bor edi. Ani chorladilar va: «Ul kishi oldiga Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 48 yegali bir-ikki bosh uzum keltirgin», dedilar. Ammo o‘zlari kelib, ko‘rinish berishga uyaldilar. Alarning buyruqlaricha Addos tovoqqa solgan ikki bosh uzumni keltirib, payg‘ambarimiz oldilariga qo‘ydi. Payg‘ambarimiz «Bismilloh» deb, uzumdin olib yedilar. Addos qul buni onglagan so‘ngida yuzlariga qarab turib, «Bu shahar xalqidin men eshitmagan ajab bir so‘z aytdingiz», dedi. Anda payg‘ambarimiz «Qaysi shaharliksan, qaysi dindansan?» deb Addos quldin so‘radilar. «Nasroniy dinidadurman. Naynavo shahridan erurman», — deb javob berdi. «Andog‘ bo‘lsa, Yunus ibn Matto degan yaxshi kishining shahridan ekansan, ey Addos», dedilar. Addos: «Yunus ibn Mattoni siz qaydin bilursiz?» dedi. Payg‘ambarimiz: «Ul mening birodarimdur, har ikkovimiz ham Xudo tarafidin yuborilgan Payg‘ambardurmiz», dedilar. Addos bu so‘zni eshitishi bilan Payg‘ambarimizning oyoqlariga o‘zini otdi. Oyoqlariga ko‘zini surtib, bosh-ko‘zlarini o‘pib, darhol musulmon bo‘ldi. Ajib ishdurkim, necha ming sonlik Toif xalqiga nasib bo‘lmagan iymonni, Alloh taolo shu qulga loyiq ko‘rdi. Addosning bundoq qilganini yuqorida turishgan xo‘jayinlari ko‘rishib, qilgan ishlariga pushaymon bo‘lishib, shoshilib qoldilar. «Endi qulimiz buzildi, undan ajraydigan bo‘ldik», deb bir-birlariga ta’na aytishdilar. So‘ngra Rasululloh u yerdan chiqishib Makka shahriga qarab yo‘lga tushdilar. Xo‘jayinlari Addosni chaqirib: «Nechuk ul kishining qo‘l-oyoqlarini o‘pding? Undan nima ko‘rganing, bilganing bo‘ldi», — deb so‘radilar. Anda Addos aytdi: — Men bilurman, yer ustida bu kishidan yaxshiroq hech kimsa yo‘qdur. Uning aytgan so‘zlarini payg‘ambar bo‘lmagan kishi hech qachon bilmaydi. Xudo tarafidin yuborilgan payg‘ambarligini aniq bildim. Shuning uchun aning diniga kirdim. Rasululloh Toif shahridin chiqib, shu yurganlaricha, Naxla degan xurmolik boqqa kelganlarida kech bo‘lib, tun qorong‘uligi bosdi. Mana shu joyda tunab qoldilar. Kechalab tahajjud namozini o‘tamakchi bo‘lib, tun yarmida turganlarida namoz o‘qib, uzun qiroat qildilar. Shul chog‘da Nasiybin degan joydagi jin toifalaridin yetti nafar jinlar raislari shu joydin o‘tishmoqda edilar. Qarasalar, bir kishi namozda qiroat qilib turibdi. Namoz o‘qib bo‘lganlaricha quloq solib turishdilar. Rasulullohning o‘qigan Qur’onlarining ta’siridan ko‘ngillari erib, ko‘zlari yoshlandi. Qur’on nuri bilan ko‘ngillari ochilib, haqiqat yo‘li yoridi. Barchalari hidoyat topib, shu joyda iymon keltirdilar. O‘z urug‘-aymoqlariga borgach, bu voqeani bayon qilib, alarni ham Islom diniga dalolat qildilar. Qur’ondagi «Qul-uvhiya» surasi boshdin-oyoq shu mo’min jinlar qissalaridur. Rasulullohga payg‘ambarlik vahiyi kelgandin so‘ngra o‘n uch yil Makka shahrida turib, xalqni dinga da’vat qildilar. Shu muddat ichida Quraysh kofirlari qancha qatim mo’jizalar ko‘rgan, Qur’on oyatlarini eshitgan bo‘lsalar ham yana iymon kelturmadilar. Bu qandog‘ ulug‘ nasibadurki, Rasulullohning Qur’on qiroatini bir yo‘lgina eshitgan o‘tkinchi jinlar bu davlatga yetdilar. Va ham shu safardin qaytishlarida, Jabroil alayhissalom «Malakul jibol», ya’ni tamom tog‘larning ustida turgan ulug‘ bir farishta bilan kelib: — Ey Muhammad, Alloh taolo bizni sening farmoningga yubordi. Sening buyrug‘ing bilan ish qilgani keldik. Agar tilar ersang, senga qarshilik ko‘rsatgan ikki shahar ustiga ikki tog‘ni tashlagaymiz, — dedilar. Anda Rasululloh shu duoni o‘qidilar: «Allohumma ihdi qovmiy fainnahum lo ya’lamun». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo! O‘zing bu xalqni to‘g‘ri yo‘lga solgil, alarga balo yubormagil, senga qarshilik qilgan bo‘lsalar, bilmaslikdin qildilar. Ularning gunohlarini kechirgaysan». Rasulullohdin bu javobni eshitganlaridin so‘ngra Jabroil alayhissalom: — «Ey Muhammad, seni Xudoi taolo Qur’onda «Roufur-rohim», deb atamish edi. (Ya’ni, rahmdillik, yumshoq ko‘ngillik.) Endi senda bu sifatlarning borligini ko‘rdik, Allohning chin suygan habibi emishsan», deb Rasulullohga rahmatlar aytib, yondilar (qaytdilar). Shundoq bo‘lib, Rasululloh asrandi o‘g‘illari Zayd bilan birgalikda Makka shahriga yaqinlashdilar. Ammo bu safardin qaytishlarida ochiqdan-ochiq shahar ichiga kirishlik Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 49 anchagina xatarlik edi, chunki Toif shahrida yashovchi Saqiyf qabilasi ila Makka mushriklari uzun yillardin beri adovatda edilar. Bularga qarshi Rasulullohning ulardin yordam so‘rab borishlari Qurayshning adovatlarini yanada ortiqroq qilgan edi. Payg‘ambarimiz o‘zlaricha shaharga kirganlarida mushriklardin ortiqroq aziyat chekishlari mumkin edi. Mana shu to‘g‘rilik, arablar odatlaricha biror qabila raisining himoyasiga kirish zarur bo‘ldi. Shuning uchun Quraysh raislaridin Mut’im ibn Adiyga kishi yuborib, o‘zlarini himoyasiga olishni andin so‘radilar. U ham bu ishni o‘ziga faxr bilib, darhol qabul qildi. So‘ngra o‘ziga qarashlik kishilar ila barobar qurollangan holda Payg‘ambarimizni birga olib, Quraysh majlisiga keldi. Alarga qarab, egiz ovoz ila: «Ogoh bo‘linglarki, men Muhammadni o‘z himoyatimga oldim, buni buzishga Quraysh ichida jur’at qiluvchilar bo‘lmas deb o‘ylayman», deganida, majlis ahli tomonidan: — «Sening hurmating saqlanishi lozimdur», degan tovushlar eshitildi. Shuning bilan Payg‘ambarimizning ko‘ngillari tinchlanib, shahar ichiga kirdilar. Ul zamon arablarning odatlaricha, himoyaga olingan odamga, agar dushmanlari tarafidin tajovuz bo‘lar ekan, himoyachi raisning o‘z oilasiga bo‘lgandek sanalur edi. Himoyat haqqini, qo‘shnilik ahdini saqlashlik arablar oldida ulug‘ sharafga ega bo‘lgandek, bularni buzishlik esa eng qattiq or-nomuslardin hisoblanur edi. Bu sabablik chiqqan urushlar, to‘kilgan qonlar arab tarixlarida bek ko‘p uchraydi. Bu ham bo‘lsa, o‘tmishdagi arab millatining yaxshi odatlarining birisidur. Chunki buning himoyasida birmuncha mazlumlar, nohaq zulm, tahdidlar ko‘rishdan saqlanur edilar. Shundog‘ bo‘lib, Payg‘ambarimiz Toif shahridin kelib, Makkada bir necha kun turganlaridin so‘ngra, Xudo tarafidin karomatlik ulug‘ voqea ko‘rsatildi. ME’ROJ VOQEASI Endi bu o‘rinda haqiqatga muvofiq ravishda, qisqacha qilib Me’roj voqeasini bayon qilib o‘tamiz. Bu haqda uzun-qisqa so‘zlar yozilgan kitoblar ko‘p bo‘lsa ham, ammo haqiqati ila yozuvchilar ozdur. Shuning uchun Islom olamida Qur’ondin so‘ngra ishonimlik kitobimiz «Sahih Buxoriy» so‘zlariga qanoat qilib, aning Me’roj haqida keltirgan hadislarini bu o‘rinda tarjima qildim. Alloh o‘zi madad berishini so‘rayman. Endi bilmak kerakkim, Payg‘ambarimizning bir kechada Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga kelganlari Qur’on oyatlari bilan sobitdur. Bunga iymon keltirmaklik mo’minlarga farzdur. Masjidul Harom deb Makka shahridagi Baytulloh masjidini ayturlar. Butun yer ustida tamom musulmonlarning qiblasi shu Baytullohdur. Har namozimizda yuzimizni shu qiblaga qaratamiz. Yana o‘z o‘rni kelganda, Ka’batulloh va qibla haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz, inshaalloh! Masjidul Aqso bo‘lsa Falastin o‘lkasida Quddusi sharif shahrining masjididur. Bu masjid ersa, o‘tgan barcha payg‘ambarlarning qiblasi edi. Payg‘ambarimiz ham Makkada turgan vaqtlarida, o‘qigan namozlarini Masjidul Aqsoga qarab o‘qir edilar. Qachon Madinaga hijrat qilib borib, o‘n sakkiz oy o‘tgandin so‘ngra Qibla yo‘tkaldi (o‘zgardi). Ana shu kundin boshlab, barcha ahli Islomning qiblasi Makka shahrida, Baytullohni ichiga olgan Masjidul Harom bo‘ldi. Haqiqiy qiblamiz esa, shu masjid ichidagi Ibrohim Xalilulloh yasagan o‘ng burchagiga hajarul Asvad toshi qo‘yilgan qutlug‘ bir o‘rindur. Yuzimizni shu tomonga qaratib, Allohga ibodat qilamiz. Yana maqsadga kelaylik. Payg‘ambarimizning Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga kelganlari ushbu oyat bilan sobit bo‘ldi: «Subhanallaziy asro, bi abdihi laylamminal Masjidil Haromi ilal Masjidil Aqsollaziy barakna havlahu, linuriyahu min oyatina, innahu huvassamiul basir». Ma’nosi: «Arig‘ zotlik (ya’ni, toza) ul Xudokim, quli Muhammadni, Masjidul Haromdin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling