Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Bu ko‘ringan mo’jizaga Abu Jahl o‘zi iqror qilganligidan, bu so‘z tarqalib, xalq ichiga yana 
g‘ulg‘ula tushdi. Quraysh raislaridan Nazr ibn Horis degan odam turib: 
— Ey Quraysh xalqi, bu voqea ersa taajjub qilurlik darajada bir qiziq ishdur. Chunki 
Muhammadning bolalik, yigitlik davrlari ko‘z oldimizda o‘tdi. Ul bo‘lsa ichimizda eng oliy 
axloqlik, chin so‘zlik, har ishda ishonimlik, har kimga yoqimlik yigitimiz edi. Qachonki 
uning yigitlik davri tugab, chakka sochlari oqara boshlaganda bundoq bir ulug‘ hodisani 
o‘rtaga chiqardi. Endi buni birimiz sehrchi, birimiz folchi dedik, yana birimiz turib ani 
majnun dedik. Men Alloh oti ila ont ichib, qasam qilamanki, uning haqida bularning barisi 
bir quruq tuhmatdur. Bu ishning haqiqatiga endi bizlar yetishimiz kerakdur, — dedi. 
Quraysh raislari andin bu so‘zlarni eshitgandin keyin, unga Uqba ibn Abu Muayt degan 
odamni qo‘shib, Madinaga yubordilar. Alarga aytdilarkim: 
— Madina shahrida Yahud toifalari ko‘pdur. Alarning ichlarida Tavrot, Injil kitoblarini 
o‘qiydigan katta olimlar bor, deb eshitamiz, shularning oldilariga boringlar. 
Muhammadning sifatlarini, xalqqa aytayotgan so‘zlarini, o‘rtamizda o‘tgan voqealarni 
ularga yaxshilab tushuntiringlar, chunki Yahud qavmi kitob ahllaridur, o‘tgan 
payg‘ambarlar, ulamolardin xabardor bo‘lib, biz bilmagan sirlarni albatta ular bilishlari 
kerak — dedilar. 
Shuning bilan bu ikkovlari Madinaga keldilar, yahud olimlari bilan ko‘rishib, bo‘lgan 
voqeani ularga bayon qilishdi. Yahud olimlari bu haqda bir qancha fikr qilishgandin 
keyin, ularga: 
— Andog‘ bo‘lsa, ul payg‘ambarlik da’vosini qilgan kishiga shul uch narsadin savol 
beringlar, buni payg‘ambardin boshqa hech kim bilmaydi. 
1. O‘tmish zamondagi Ashobi Kahf qissalaridin so‘ranglar. 
2. «Butun olam atrofini aylangan bir odam o‘tgan, u kim?» deb so‘ranglar. 
3. Inson ruhining haqiqati nimadur? 
Agar shu uch savolga haqiqati ila javob bera olsa, bilinglarkim, u kishi payg‘ambardur. 
Anda u odamga iymon keltirib, ko‘rsatgan yo‘liga kirish kerak, agar bu savollarga javob 
bera olmasa, ul chog‘da uning yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lib, o‘zi jazoga loyiqdur, dedilar. 
Shuning bilan bu ikkovi Makkaga qaytishdi, ularning xabarini kutishib turgan ko‘p xalq 
yig‘ildilar. Anda bu ikkisidin birovi turib: 
— Ey xaloyiq, Madinaga borib, xizmat topshirig‘ini sizlar degandek bajarib keldik. Yahud 
ulamolarining maslahatlaricha, ushbu uch narsadin savol beramiz. Agar haqiqatga 
muvofiq javob bera olsa, uning payg‘ambarligi aniqlanadi, yo‘q ersa, yolg‘onchiligi 
yuzaga chiqib, o‘zi jazoga tortildai, deb shu ko‘pchilik bilan Payg‘ambarimiz oldilariga 
kelishib: 
— Ey Muhammad, Ashobi Kahf yigitlari kimdur? Alar qaysi zamonda o‘tmishdurlar? 
Ikkinchi, butun dunyoni kezgan mag‘rib-mashriqqa qadami yetgan qaysi kishidur? 
Uchinchi, inson ruhining haqiqati nimadur? Mana shu uch narsaga javob berishingni 
sendan so‘raymiz, — dedilar. 
Anda Payg‘ambarimiz bu haqda Xudo tarafidin vahiy kelishiga ishonib: «Buning javobini 
mendin ertaga olinglar» — dedilar, ammo «Xudo xohlasa», demadilar. Bandachilik, ul 
so‘z yodlaridin chiqqan edi. Shuning bilan ertaga, deb va’da bergan kishi o‘n besh kunlab 
vahiy kutib turdilar. Islom dinida butun ishlarni Alloh irodasi ila bo‘lur, deb ishonish 
farzdur. Shuning uchun har bir musulmonga, so‘z boshlarida yoki aning tugashida, 
«Inshaalloh» — «Xudo xohlasa», demak lozimdur. Mana shunchalik ishga tanbeh bo‘lib, 
vahiy kelishi o‘n besh kun kechikdi. Makka mushriklari ta’na qilishlariga bu ishni bahona 
qildilar: 
— Mana, Muhammadning qilgan va’dasidin o‘n besh kun o‘tdi, hali daragi yo‘q, biz 
so‘ragan narsalarning javobiga ojiz qolgandek ko‘rinur. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Xalq ichiga tarqalgan bundoq ta’na so‘zlardin Payg‘ambarimiz ham xafa bo‘ldilar. Bu 
ishning zohiridagi sababi «Inshaalloh» demaganlari bo‘lib ko‘rinsa ham, yana buning 
haqiqatini Alloh o‘zi bilur. Endi bu muddat o‘tgandin so‘ngra Jabroil alayhissalom Kahf 
surasini vahiy kelturdilar, alar so‘ragan uch masalaga shu surada javob berildi. Ashobi 
Kahf qissalari, Ruh masalasi, Zulqarnayn qissasi tamom shu surada bayon qilindi. 
Bundin bir qancha nasibalik kishilar hidoyat topgan bo‘lsalar ham boshqalar yana shu 
gumrohlikda qoldilar. Yuqorida aytilganicha, mo‘minlarga mushriklar tarafidin haddin 
osha aziyatlar yetganlikdin, yana hijrat qilishga Payg‘ambarimiz ruxsat qildilar. 
Sahobalardin birinchi daf’a ketgan o‘n uch kishi Islomning rivoji haqida xato xabarlar 
onglashib, biror yil o‘tmasdin turib, qaytib kelgan edilar. Kelishlari bilan mushriklardin 
ko‘rgan jabrujafolari ilgarigidin necha barobar ortiq bo‘ldi. Bu ish sabab bo‘lib, sahobalar 
yana ikkinchi navbat hijrat qilishga kirishdilar. 
HABASHISTONGA IKKINCHI HIJRAT 
Bu daf’a hijratlarida, bolalardin boshqa er-xotun bo‘lib, muhojirlarning soni sakson 
uchga yetgan edi. Hazrat Alining akalari Ja’far Tayyor, Hazrati Usmon ibn Affon, Zubayr 
ibn Avvom bularning ichida edilar. Bu kelishlarida Habashiston podshosi 
mehmonnavozlik qilib, muhojirlar haqida ko‘p yaxshi muomalada bo‘ldi. Quraysh xalqi 
bu musulmonlarning bundog‘ rohat, amniyat bilan turishlariga hasadlari qo‘zg‘olib, alarni 
qaytarish uchun chora ko‘rishga kirishdilar. Habashiston podshosi va uning arkon-
davlatlariga atab, birmuncha tansuq tortiqlar tayyorlashdilar. Quraysh ichida ishlik, 
kuchlik odamlardin hisoblangan ikki kishi, birisi Abdulloh ibn Rabia, ikkinchisi Amr ibn Os 
edi. Bu ikkovlarini vakil saylashib, hozirlangan hadyalarni alarga topshirdilar. Bu 
maqsadlariga yordam berish niyati ila podshoh atrofidagi davlat arboblari uchun 
belgilangan hadyalari bor edi. U vakillar Habashistonga kelgandin keyin, dastlabda 
davlat arboblari ila ko‘rishdilar. Alarga hadyalar taqdim qilib, bu ishga yordam 
berishlarini so‘radilar. Podshoh yaqinlari qo‘lga kirgandek ko‘rinib, ko‘ngillari tinchidi. 
Ertasi kuni tortiq-tarag‘aylari bilan barobar podshoh huzuriga kirdilar. So‘ngra: 
— Ey podshoh, bu yaqinlarda o‘z ichimizdan chiqqan bir necha yosh, aqlsiz yigitlar 
paydo bo‘lishgan edi, qarasak, ular o‘zlaricha sizu biz tanimagan yangi bir din 
chiqardilar. Bu to‘g‘ridan o‘z oramizda dushmanchilik ko‘paydi. So‘ngra ular xalq 
tarafidin qattiq qarshilikka uchrashib, u joyda turolmasdin, qochishib ketgan edilar. 
Keyin ul buzuq qochoqlarning sizlarning ko‘z ostingizga kelib, tinch-omon 
yashayotganlari bizga eshitildi. Endi, ul yurtning yaxshilari, bularning qavmu 
qarindoshlari bizni yubordilar. Ota-bobolarining dinlaridin qaytgan, o‘z el-yurtlariga 
sig‘magan ul buzuqlarni o‘z yeringizdan haydab chiqarib, ularga qaytarib berishingizni 
sizdan so‘raydilar, — deb aytdilar. Podshoh atrofida o‘tirgan davlat arboblari: 
— Ey podshoh, ularning haqida bu vakillarning aytgan so‘zlari to‘g‘ridur. Bularning 
yaxshi-yomon fe’l-xo‘ylari bizlarga ma’lum emas, ammo o‘zlariga ma’lumdur. O‘z eliga 
sig‘magan odamlardin boshqa joyda ham vafo kelmas, deb o‘ylaymiz. Shuning uchun 
ularni qaytarib berishingizni bizlar ham ma’qul ko‘ramiz,— dedilar. Bu so‘zlarni eshitib 
podshohning g‘azabi qo‘zg‘oldi. So‘ngra: 
— Qasam qilurmanki, bularni qaytarib bermayman. Nechuk qaytarayki, boshqalardin 
meni ortuq ko‘rib, yaxshilik umidi ila kelibdilar. Bir mamlakatdin ikkinchi mamlakatga 
qochib, panoh so‘rab kelgan bechoralarni qaytarib chiqarish podshohlar sha’niga loyiq 
ish emasdur. Munosib ish shuldirki, ul qochqinlarni chaqirib, o‘zlaridin gap so‘raylik. Agar 
haqiqatda bu ikkovlari degandek bo‘lib chiqsalar, ul holda qaytarsak arzimiz qabul bo‘lur. 
Agar bundoq bo‘lmagan taqdirda, qo‘l ostimda turganlaricha o‘z himoyatimga olurman. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Har holda alarga yaxshilik qilurman,— dedi. 
Bu so‘z so‘ngida muhojirlarni huzuriga chorlab, bir kishi yubordi. Kelishlari oldida 
sahobalar o‘zaro yig‘ildilar. «Podshoh oldida diniy masalalardin so‘ralsa, qandoq javob 
berilur va kim javob qilur?» degan so‘z ustida to‘xtaldilar. Oxirgi maslahatlari shul 
bo‘ldiki, diniy savollarda Payg‘ambarimizdin qandoq eshitgan bo‘lsak, shundoq javob 
beraylik, deyishib podshoh mukolamasi uchun ichlaridin hazrati Ja’far ibn Abu Tolibni 
tayin qildilar. Shuning bilan barchalari podshoh devoniga hozir bo‘lishdi. Podshoh ham 
diniy ruhoniylarini ushbu majlisga chaqirdi. Alar ham kelib podshoh atrofida Tavrot, Injil 
kitoblarini ochib o‘tirdilar. Shu chog‘da muhojirlarga qarab podshoh: 
— Sizlar tutgan yangi dininglarning asosi — haqiqatini bizlarga bayon qilinglar. Ota-
bobonglar yo‘lidin chiqib, o‘z dininglardin qandoq ajradinglar? Nechuk hozirgi kunlarda 
mashhur bo‘lgan bizning dinimizga yoki boshqa dinlarning biroviga kirmasdin, u dinga 
kirdinglar? — dedi. 
Podshoh javobiga hozirlangan hazrati Ja’far dedi: 
— Ey podshoh, biz arab xalqi uzun zamonlardin beri johillikda yashab yurgan bir toifa 
edik. O‘zimiz yasagan butlarga ibodat qilur edik. Halol-haromni farq qilmay, o‘limtiklar 
yer edik. Urush-talashlar, qon to‘kish, qaroqchiliklar bizlarning kasbimiz edi. Har turlik 
buzuqchilik, xiyonat ishlar bizlarda ko‘p edi. Kuchliklarimiz kuchsizlarimizni bosib, yeyish 
bizlarga odat edi. Mana shunday hol ila birmuncha davr o‘tkazdik. Oxirda Allohning 
rahmati bo‘lib, o‘z ichimizdin bizlarga payg‘ambar chiqardi. Uning hasab-nasabi, aql-
farosati, sidq-omonati yoshligidin beri barchamizga ma’lum edi. U kelib bizlarni Allohni 
bir bilmakka, yolg‘izgina o‘ziga ibodat qilmakka chaqirdi. Bizlarni ham ota-bobolarimiz 
qilgan, oltin-kumushdin, tosh-tuproqdin o‘z qo‘llari bilan yasalmish butlarga sajda 
qilishdin qaytardi. U bizni har ishda rostlikka, omonat saqlashga, siylai rahmni uzmasga, 
qo‘shnilar haqqini bilishga buyurdi. Zulm-xiyonat qilishdin, urush-talash, nohaq qon 
to‘kilishlardin, yolg‘on, tuhmat so‘zlashdin, barcha buzuqchilik, harom ishlardin, yetim 
molini yeyishdin, umumiy insonlar huquqiga xiyonat qilishdan bizlarni qaytardi. 
Allohning yolg‘iz o‘ziga ibodat qilmakka, anga hech kimni sherik qilmasga, kundalik besh 
vaqt namoz o‘tashlikka, boy kishilar mollaridin kambag‘allarga zakot berishga, har yili 
bir oy ro‘za tutishga, bor kishilar yo‘q kishilarga yordam qilishga, bulardin boshqa, 
insonga foydalik barcha yaxshilik ishlarni qilishga bizlarni buyurdi. So‘ngra biz aning 
so‘ziga ishondik, o‘ziga iymon keldirdik, Xudo tarafidin keltirgan narsalarni haq deb 
bildik. Sheriksiz, yolg‘iz Allohga ibodat qildik, halolni halol, haromni harom deb bildik. 
Mana shu sababdin qavmimiz bizga hujum qildilar. Bizni urdilar, qiynadilar, dinimizdin 
qaytargali bizlarga ko‘p azoblar berdilar. Yana ilgarigi butparastlik, haromxo‘rlik, 
xiyonatgarlik, har turlik buzuqchiliklarga bizlarni zo‘r bilan qaytarmoqchi bo‘ldilar. 
Dinimizdin chiqarish uchun alarning bizlarga qilgan jabru jafolari, bizga ko‘rsatgan 
zulmlariga qarshi mudofaa kuchiga ega emasligimizdin, har to‘g‘rida ulardin yengila 
boshladik. O‘z elimizda himoyatimiz qolmadi. Nochor bo‘lib, o‘z yerimizdin qochib 
chiqdik. Boshqa hech kimni xohlamay, barchadin sizni ortiq ko‘rib panohingizga sig‘inib 
keldik. Endi, ey podshohim, shunday ahvolga qolib, sizning panohingizga sig‘inib 
keluvchilar hech vaqt zulm ko‘rmagaylar, deb umid qilamiz, — dedi. So‘ngra Najoshiy: 
— U payg‘ambarga Alloh yuborgan oyatlardin o‘qigil, eshitaylik, — dedi. 
Anda hazrati Ja’far surai Maryam boshidin bir necha oyat o‘qidi. Tilovat ta’siridin 
podshoh yig‘lab, soqollarini ho‘l qildi. Atrofida o‘tirishgan ruhoniy olimlar ham yig‘ladilar. 
Keyin Najoshiy: 
— Xudonnig zotiga qasam ichamanki, buning o‘qigan oyatlari, Isoning keltirgan Injil 
kitobi har ikkovi bir chiroqdin chiqqan nurdek ko‘rinur, — dedi. So‘ngra ul ikki vakilga 
qarab: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
— Endi bu joydin chiqinglar. Allohga qasamki, man bu aziz mehmonlarimni har vaqt o‘z 
himoyatimda saqlayman, turganlaricha adolatim panohida tursinlar, alarni sizlarga 
qo‘shib yuborishim menga zulmdur, — deb so‘zini uzdi. 
Shundog‘ bo‘lib, Quraysh mushriklaridin kelgan bu ikki vakil xijolatlik bilan ul joydin 
chiqdilar. So‘ngra Amr ibn Osning g‘azabi kelib, bu ishga chidolmay: «Bular ustidan bir 
so‘z topdim, shuning bilan bularning tub tomirlarini qirqamiz», dedi. Anda ikkinchi 
yo‘ldoshi Abdulloh: «Ortiqcha bularga zarar yetkurmakni qasd qilmaylik, hozircha bular 
bizga dinda muholif bo‘lsalar ham, o‘z qarindoshlarimizdur», degan edi, Amr ibn Os: 
«Yo‘q, albatta, u so‘zni aytishim kerak, musulmonlar Isoni Xudo yaratgan bandadur, deb 
e’tiqod qilurlar. Nasorolar bo‘lsa, Iso Xudoning o‘g‘li yoki o‘zi deydurlar. Mana shu so‘z 
bo‘lsa, alarning diniga qattiq haqoratdur», dedi. Shuning bilan ertasi kuni ikkovi podshoh 
huzuriga kirib: 
— Ey podshoh, siz himoyatingizga olgan musulmonlarni chaqirib, so‘rang-chi, alarning 
Iso haqida ko‘p yomon buzuq e’tiqodlari bordur, — dedilar. 
Buni podshoh eshitib ularni chaqirishga odam yubordi. Bu ishdin sahobalar qattiq 
g‘amgin bo‘ldilar. Chunki bu e’tiqod alarning diniga haqorat qilish edi. Musulmonlar bu 
haqda maslahat uchun yig‘ilishib, qandoq javob berishlarini muzokara qilishdi. Oxirida 
hammalari bir ittifoq bo‘lib: «Qur’oni karimda qandoq aytilgan bo‘lsa, Payg‘ambarimiz bu 
to‘g‘rida nima degan bo‘lsalar, o‘sha javobni beramiz», dedilar. Shu yig‘ilganlaricha 
podshoh huzuriga kirishdi. Podshoh bularga qarab, Iso haqida qandoq e’tiqod qilishlarini 
so‘radi. Anda hazrati Ja’far: 
— Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bu haqda bizlarga nima aytgan bo‘lsalar, 
bizlar ham shuni aytamiz. Iso Xudoning bandasi va uning barhaq payg‘ambari 
Ruhillohdurlar. Bu ruh Alloh amri ila Maryamga tashlanib, andin tug‘uldilar, — dedi. Bu 
so‘zni eshitgach, Najoshiy podshoh qo‘lini yerga uzatib, qilchalik bir cho‘p olib ko‘rsatdi 
va: «Sening aytganingdin Iso shunchalik ham boshqa emas. Uning haqida aytilgan aniq 
haq so‘z shudir», dedi. Podshoh shundog‘ deganida atrofida o‘tirgan nasoro olimlari bu 
so‘zni yoqtirmasdin o‘zaro g‘udurlashdilar, buni payqab, podshoh: «Har qancha 
g‘udurlashsanglar ham, yana haqiqat so‘zi shudur», dedi. So‘ngra sahobalarga qarab: 
— Boringlar endi, mening yerimda sizlar mehmonsizlar. Sizlardin bir kishining ozor 
topishi, mening oldimdin tog‘dek oltin ketishidin ham og‘irdur. Sizlarga kim ozor bersa, 
ul jazolanadi, — deb bu so‘zni uch qayta qaytarib aytdi. — Bu vakillarning keltirgan 
hadyalarini o‘zlariga qaytaringlar, qasam ul xudogakim, meni podshoh qilishda mendin 
pora olmadi, men nechuk pora olayin, meni to‘g‘rimda hech kimning so‘ziga kirmadi, 
uning haqida men endi kimning so‘ziga kiray, — deb to‘xtaldi. 
So‘ngra ul ikki vakil bu qilgan makrlariga pushaymon bo‘lib, sharmandalik ila o‘z 
yerlariga qaytib ketdilar. Shuning bilan sahobalar Najoshiyning davlatida rohat bilan 
yashab turdilar. Endi bu orada yana bir hodisa paydo bo‘ldi. 
NAJOSHIYGA QARSHI VOQEA 
Shundoqki habash shahzodalaridin bir odam podshohlik havasiga tushib, buning bilan 
nizo boshladi. Har ikki taraf o‘z askarlarini to‘plashib, urushmoqchi bo‘ldilar. Najoshiy o‘z 
tarafidagi askarlari bilan dushman ustiga yurish qildi. Bu voqeadin muhojir sahobalar 
ko‘p g‘amgin bo‘ldilar. Chunki bular uchun aning himoyasidin boshqa pana qilarlik joy 
yo‘q edi. Xudo saqlasin, bu urush Najoshiy zarariga chiqib, aning o‘rniga boshqa birov 
o‘tirishi ular uchun ko‘p qo‘rqinchlik edi. O‘z qo‘llari ila yordam berish imkoniyati 
yo‘qligidin Najoshiy haqiga g‘alaba talab qilib, Xudoga duoda bo‘ldilar. 
Endi urush maydonidagi voqealardin bularning xabardor bo‘lib turishlari lozim edi. YOsh 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
muhojir sahobalardin Zubayr ibn Avvom bu ishni o‘z ustiga oldi. Bu kishi ersa 
Payg‘ambarimiz ammalari Safiyaning o‘g‘lidur. Ko‘kragiga sanoch (teri qalqon) bog‘lab 
Nil daryosining u tomonidagi urush maydoniga yetib bordi. U kunda butun sahobalarning 
eng istagan tilaklari bo‘lsa — boshpanalari Najoshiyning dushmanlari ustidan g‘alaba 
qozongan xabarini bir karra onglashlari edi. Buni kutib turishgani holda, barchalari 
duoga qo‘l ko‘tarib, intizorlik ila turgan edilar. Yiroqdin Zubayr ibn Avvom qorasi ko‘rindi. 
Qo‘liga tutgan yalov (bayroq) ishorati ila barobar qichqirib, zafar bashoratini berdi. 
Najoshiy bu daf’a qozongan g‘alabasi ersa, g‘urbat yeri, musofirat elida g‘amginlik ila 
turishgan bu muhojirlar uchun eng quvonchlik ish edi, shunga ko‘ra bu suyunchli xabar 
keltiruvchi Zubayrni sahobalar shodlik, takbir ila qarshi oldilar. Najoshiy tarafidin tor-
mor keltirilgan dushmanlari tegishli jazolarini tortdi. Shuning bilan muhojir sahobalar 
tilaklaricha, butun mamlakat hukumati Najoshiyga qarorlandi. Aning himoyasida o‘z 
vatanlari Arabistonga qaytganlaricha tinch-omonlik ila turishdilar. 
Bu Habashiston ustida o‘tgan voqealarni rivoyat qilguvchi onamiz Ummu Salamadur. Bu 
zot bo‘lsa, ilgari erlari Abu Salama ila shu muhojirlardin edi. Sahobalar u yoqdin 
qaytganlarida bir kuni shu voqea o‘zaro muzokara bo‘ldi. Shunda Urva ibn Zubayr:  
— «Najoshiy podshoh muhojir sahobalar bilan so‘z qilishganida andog‘ dedi: «Xudo 
menga podshohlik berishida u mendin pora so‘ramadi, mening haqqimda hech kimning 
so‘ziga kirmadi. Endi uning yo‘lida men qandog‘ pora olay, kimning so‘ziga kiray, mana 
shu so‘zning ma’nosi nimadur?» deb alardin so‘radi.  
Sahobalar bu so‘zning asli hikoyasidin xabarlari bo‘lmagani uchun ular sukut qildilar. 
Anda Urva aytdi:  
— Buning aslini otamdan eshitgan edim, shuni aytib berayin. Endi bu so‘z voqeasi 
shundog‘ ekan: 
— Najoshiyning otasi Habashiston podshosi bo‘lib, bular otadin ikki o‘g‘il ekanlar. 
Ukasining o‘n ikki o‘g‘li bor bo‘lib, uning akasi — podshohning bo‘lsa, shu Najoshiydin 
boshqa o‘g‘li yo‘q ekan. Ul zamon qoida-usuliga ko‘ra, podshohlik naslidin boshqa 
kishilar har qancha ilm-hunarlik bo‘lsalar ham, ularning podshoh bo‘lishga haqlari yo‘q 
edi. Shu sababdin davlat arboblari o‘ylashib, yolg‘iz o‘g‘illik Najoshiyning otasini o‘ldirib, 
o‘n ikki o‘g‘illik ukasini aning o‘rniga podshohlik qilib ko‘tardilar. Otadin keyin bu o‘n ikki 
o‘g‘il meros yo‘li bilan taxtga o‘ltirsalar, Habashistonda uzun zamon tinchlik o‘rnaydi, 
deb gumon qildilar. Shuni bilan bu podshoh bir qancha zamon kechirdi. Najoshiy esa 
amakisi podshohning qo‘lida kundin-kunga o‘smoqda bo‘lib, o‘zining oliy axloqi, aql-
farosati ila ishga yetarlik qo‘llik, o‘tkir fikrlik edi. Shuncha o‘g‘illari ichidan u amakisiga 
manzur bo‘lib, siyosat ishlarida ko‘proq aning fikriga qarar edi. Arkon-davlatlar bu holni 
ko‘rib, alarga qo‘rqinchlik tushdi. O‘zaro so‘zlashib: «Bu o‘g‘il ersa amakisini butunlay 
qo‘lga olib boradi, bilib bo‘lmaydi, buni podshoh qilib qo‘yishi ham mumkindir. Agar bu 
bola qo‘liga podshohlik o‘tsa, bizlardin birortamizni ham qo‘ymay o‘ldirishiga shak 
yo‘qdir. Chunki uning otasini biz o‘ldirganimizni u yaxshi biladi. Endi bunday bo‘lgach, 
ish vaqtisi o‘tmasdin, aning chorasini ko‘raylik», deyishib to‘planganlaricha podshoh 
oldiga kelishib: 
— Ey podshoh, o‘zing bilarsan, bu bolaning o‘sishi bizlar uchun ko‘p qo‘rqinchlikdur, agar 
qo‘liga podshohlik tegar ekan, hech qachonda bizlarni o‘ldirmay qo‘ymaydur. Endi biz o‘z 
boshimizni qutqazishimiz uchun, ani o‘ldirishimiz kerak yoki surgun qilib chet elga 
chiqarishing kerakdur, — dedilar. Podshoh bu so‘zni onglagan so‘ngida: 
— Hayf sizlarga, kechagi kuni otasini o‘ldirib, bugun bolasini o‘ldirishimiz qandog‘dur, 
agar buning boshqa chorasi topilmasa, chet elga ani surgun qilib yuboraylik, — dedi. 
Shu bilan bolani bozorga chiqarib, yiroqdin kelgan bir savdogarga olti yuz tanga bahoda 
sotdilar. Shu kuniyoq savdogar uni kemasiga olib jo‘nadi. Naq shu kechqurunda yomg‘ir 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
yog‘ib edi, podshohni bulutdan tushgan yashin so‘qib o‘ldirdi. Bu hodisa bo‘lgandin keyin 
Habash xalqi uning bolalaridin birini o‘rniga ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Qarasalarkim, o‘n ikki 
o‘g‘ilning birisi ham bu ishga yaramas chiqdi. Har tarafda qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, xalq 
ichi bulg‘andi. Davlat arboblari bu haqda chora topolmay, shoshilib qoldilar. Shu chog‘da 
alardin birovlari turib: 
— Ertalabki sotgan bolanglar — sizlarning podshohinglar. Undin o‘zga bu avlod ichida 
hukumat boshqaruvchilik kishi yo‘qdir. Ish ulg‘aymasdin ilgari ul bolani topishimiz kerak, 
bo‘lmasa, mamlakatimizda xarobalik boshlanadi, — dedi. 
Shuning bilan bir qancha davlat kishilari savdogar kemasining ketidan yetib, ani 
qaytardilar. Kechagina o‘zlari o‘ldirmoqchi bo‘lgan, so‘ngra chet el ahliga sotishib 
yuborgan bolaning boshiga toj qo‘yib, tagiga taxt yasab, butun habash xalqi ani podshoh 
qilib ko‘tardilar.  
Najoshiy shu voqeani eskarib, muhojir sahobalar bilan bo‘lgan muzokarada yuqoridagi 
so‘zni aytgan edi: 
— Xudo meni podshoh qilishda pora olmadi, hech kimning so‘ziga kirmadi, — deganining 
ma’nosi shu ekan. So‘ngra Najoshiyni sotib olgan savdogar, keyinidin kelib, uni 
sotganlar bilan ko‘rishdi. «Olgan molimni yoki pulimni beringlar, bo‘lmasa, o‘ziga arz 
qilurman», dedi. Ular: «Senga hech narsa bera olmaymiz, arz qilaman desang, 
to‘smaymiz», dedilar. Savdogar to‘g‘ri podshoh oldiga kirib, salomdin so‘ngra: «Men 
bozorda bir jamoadin olti yuz tangaga bir g‘ulom sotib olib edim. Alar g‘ulomni berib, 
pulimni oldilar. G‘ulomim bilan yo‘lga chiqqanimda, orqamdin borib, ani qaytarib 
keldilar», deb, o‘ziga kinoya qildi. Podshoh ham: «Savdogarning puli o‘ziga topshirilsin, 
yoki olgan g‘ulomini qo‘liga berilsin, har joyga olib ketsa, haqlidur», deb hukm chiqardi. 
Bu ersa Najoshiyning birinchi chiqargan hukmida adolati edi. Shuning uchun uni Alloh 
taolo muhojir sahobalarga mehribon qilib, alarni hamisha o‘z himoyasida asradi. Shu 
orqali janobi Payg‘ambarimizning nazari iltifotlariga kirdi. Shuning natijasi bo‘lsa kerakki, 
saodati azaliy yor bo‘lib, yolg‘iz o‘zi butun aholisiga qarshi turib, podshohligini 
qizg‘anmasdin, hech bir mahluqdin qo‘rqmasdin, Xoliqi Akbarning o‘ziga takiya qilib, 
podshohlik taxtida turgan chog‘ida ochiqdan-ochiq Islom dinini qabul qildi. Hazrati Ja’far 
qo‘llarida shahodat aytib, iymonga musharraf bo‘ldi. Habashiston podshosi Najoshiyning 
iymonga kelishi voqeasini o‘z o‘rni kelganda yana bayon qilurmiz, inshaalloh. Yana o‘z 
so‘zimizga kelaylik. 
Shuning bilan Quraysh qavmlari yuborgan vakillar Amr ibn Os, Abdulloh ibn Rabia 
maqsadlariga yetolmay, noumid qaytishdilar. Buning ustiga Hazrati Umar ila amir 
Hamzaning Islomga musharraf bo‘lishlari ila Islom dini rivojlanishga boshladi. Mo‘minlar 
Payg‘ambarimiz boshliq ibodatlarini Ka’ba qoshida oshkora qildilar. Hazrati Umar Islomni 
qabul qilishi bilan: «So‘z tarqatishda Quraysh qabilasi ichida eng ortiq odam kimdur?» 
deb so‘radi. Anda Jamil ibn Muammar degan kishini ko‘rsatdilar. Hazrati Umar aning 
bilan ertalab ko‘rishib: «Ey Jamil, xabaring bormi, men Islom diniga kirib, Muhammadga 
iymon keltirdim», dedi. Hech so‘z qaytarmasdin Jamil Quraysh raislari o‘ltirgan joyga 
qarab jo‘nadi. Orqasidin Hazrati Umar ham yurdi. Jamil Baytulloh oldida turib, borlik 
tovushi ila: 
— Ey xaloyiq, ogoh bo‘linglar. Umar o‘z dinini tashlab, Muhammad diniga kirdi, — deb 
qattiq qichqirdi. Hazrati Umar esa orqadan turib: «Bu yolg‘on aytdi, men musulmon 
bo‘ldim, Allohning borligiga, aning bandasi Muhammadning haq payg‘ambarligiga 
guvohlik berib, iymon keltirdim», deyishi bilan atrofda turgan mushriklar aning ustiga 
hujum qildilar. Hazrati Umar ham alarga qarshi gohi urib, gohi surib yurib, kun tush 
bo‘ldi. Oxiri qattiq charchaganlikdin bir joyda o‘tirdi. Endi qo‘llaringdan harna kelsa, 
ayamanglar, bu yo‘ldin qaytish yo‘q, bo‘lganim shu, deb qarab turdi. Xudo o‘nglab, shu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling