Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
orada Quraysh raislaridin Os ibn Voil degan odam yasangan-tusangan holda savlat bilan 
kirib keldi. Hazrati Umarning atrofida yomon ko‘z bilan hurpayishib, qarab turishgan 
ko‘pchilik xalqqa aning ko‘zi tushdi. «Bu nechuk holdur?» deb alardin so‘radi. «Umar 
Muhammadga iymon keltiribdur», dedilar. Anda Os ibn Voil aytdi: 
— Ey xaloyiq, bir odam o‘zi suygan ishiga kirmishdur, aning uchun sizlarga buncha ich 
kuygulik bo‘ldi, bu ham Qurayshning Bani Adiy urug‘idin bo‘lgan bir o‘g‘ildur, alar buni 
bu holda ko‘rsalar, rozilik berib, qarab turisharmu? Tarqalinglar buning ustidan, — deb 
bir hayqirib edi, Hazrati Umarni qoplab turgan qalin xalqdin bir kishi qolmay 
tarqalishdilar. Bu bahona bilan Alloh taolo Hazrati Umarni mushriklar ozoridin qutqazdi. 
SAHIYFA VOQEASI  
Quraysh mushriklari ko‘rdilarkim, iymon keltirgan musulmonlarning soni kundan-kunga 
ko‘paygani turdi. Bir munchalari bo‘lsa, Habashistonga hijrat qilishib, Najoshiy 
himoyasida qaror topdilar, muhojirlarni qaytarish uchun yuborgan vakillari esa, g‘arazlik 
hadyalari o‘zlariga qaytarilib berildi. Alar bu safarlaridin maqsadga yetolmay, beobro‘y 
bo‘lishib, noumidlik bilan qaytdilar. Endi Quraysh raislari bu yengilishlariga qarshi o‘zlari 
uchun bir foydalik ish chiqarish qasdida butun Quraysh urug‘laridin qo‘shma bir ulug‘ 
majlis chaqirdilar. Bani Hoshim, Bani Muttalib, bu ikki urug‘din o‘zga, borliq Quraysh 
qabila boshliqlari bu majlisga hozir bo‘ldilar. Yuqorigi ikki urug‘ bo‘lsalar, Quraysh 
qabilasi ichida nasab jihatdin eng yaqinrog‘i shular edi. Abu Tolibning tashviqoti ila 
bularning mo‘min-mushriklari barobar bir jonlari boricha Payg‘ambarimizni himoya 
qilishga va’da berishgan edi. Mana shuning uchun bu majlisda qaraladigan masala shular 
ustida bo‘ldi. Majlis ochilgandin so‘ngra Islom diniga qarshi har tomondin ko‘p so‘zlar 
o‘tib, eng oxirida bu ikki uruqqa qarshi quyidagi moddalar qo‘yilib, bir qattiq ahdnoma 
tuzildi: 
1. Alar bilan savdo-tijorat qilmaslik. 
2. Alarga qiz berib, qiz olmaslik. 
3. Ma’raka-majlislarga ulardin hech kimni chaqirmaslik. 
4. Bozordin va boshqa joylardin ularga oziq-ovqat jinsidin hech bir narsa oldirmaslik. 
5. Atrofdin kelganlarni ularga qo‘shmaslik. 
6. Alar bilan qaysi holda bo‘lsin so‘zlashmaslik. 
Qisqasi, musulmonlar va ham ularni himoya qilguvchilar haqida har qanday yomonlik 
bo‘lsa, ayamasdin qilishlik bu ahdnomada bor edi. 
Mana shu mazmunda ahdnoma yozishib, Quraysh raislari tasdiqlashgandin keyin, buni 
buzishga hech kim yo‘l topmasin va bu qilgan ahdimiz mustahkam bo‘lsin deb, 
«ahdnoma sahiyfasi»ni Baytulloh ichiga osib qo‘ydilar. Shuning bilan majlis tarqaldi va 
musulmonlarga hech ko‘rilmagan ulug‘ bir balo boshlandi. Alar bu ahdnoma ta’siridin 
oldilarida og‘ir kunlar borligini shu kundan boshlab sezdilar. Makka shahrining turlik 
tomonida tarqoq holda o‘ltirishgan ikki urug‘ ahli o‘z ichlaridagi musulmonlari ila 
barobar, ehtiyot yuzasidin ne ko‘rgilik bo‘lsa, bir joyda bo‘laylik, deyishib, «Abu Tolib 
jilg‘asi» degan o‘ringa ko‘chishib kirdilar. Payg‘ambarimizni o‘rtalarida saqlash uchun, 
barchalari bir mahallaga to‘plandilar. Shundog‘ bo‘lib, bu ahdnoma sababidin 
musulmonlarga kelgan og‘irchilik, qattiq kunlar, uzilmay, uch yilga cho‘zildi. Bu muddat 
o‘tgunchalik jilg‘a ichida qamalgan holda qoldilar. Musulmonlarning turmush-hollari 
kundan-kunga og‘irlashib, xalq bilan ichkari-tashqari aloqalari uzildi. Har tomonlama 
tirikchilik to‘g‘risida ko‘p qiynaldilar. 
Endi ish shu holga yetganda, rahmati ilohiy qo‘zg‘olib, Quraysh raislaridin ushbu nomlari 
bilan yozilgan olti kishi: Hishom ibn Amr, Zuhayr ibn Abi Umayya, Mut’im ibn Adiy, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Navfal ibn Abdu Manof, Abul Baxtariy, Zam’a ibn Asvad bir kecha o‘zaro o‘tirishgan 
majlislarida bu ahdnoma ustidin so‘z chiqdi. Birovlari turib, aytdiki: 
— Bu andog‘ muruvvatsizlik ishdur, Qurayshning ikki urug‘i ochu zorlikda qirilishga keldi, 
shular ichida har qaysimizning qavmu qarindosh, og‘a-inilarimiz bordur. Abul Hakamning 
bizga o‘xshash, ularning orasida amma-xolalari bo‘lsa edi, ilgariyoq ahdnomani o‘zi 
buzishga boshlar edi, — deganida hammalarining xayollari buzildi. Bu kuni yuqorida 
nomlari yozilganlardin Hishom ibn Amr Zuhayr ibn Abi Umayya oldiga keldi. Bu kishi 
ersa, Payg‘ambarimizning ammalari Otika o‘g‘li edi. Anda Hishom: 
— Ey Zuhayr, Bani Hoshim sening o‘z tog‘alaringdur. Alar shu ochu-yalang‘ochlikda, xor-
zorlik ila xalqqa aralashmasdin jilg‘a ichida qamalib yotsalar, endi sen shular holini ko‘rib 
turib, yeb-ichib yurishga qandog‘ chidaysan? Qasam ila ayta olamanki, agar Abul 
Hakamning tog‘alari bo‘lib, shu holga tushsalar, hech vaqt bu ishga rozilik berib turmas 
edi. Sening qarab turishingni ajab ko‘raman, — dedi:  
— Ey Hishom, bu ishda yolg‘iz maning qo‘limdin nima kelur, agar biror kishi menga 
qo‘shilsa edi, Xudo haqqi, bu ahdnomani buzishga boshlar edim, — dedi Zuhayr.  
Anda Hishom:  
— Andog‘ bo‘lsa, senga bir yo‘ldosh topdim, u ham bo‘lsa o‘zimman, — dedi.  
Buni onglashi bilan Zuhayr yana bir kishi topishga buyurdi. Endi ish shu bilan 
boshlangani turdi. So‘ngra Hishom bu yerdin chiqib Mut’im ibn Adiy oldiga kelib: 
— Ey Mut’im, Abdu Manof naslidin ikki urug‘ halok bo‘lishiga sen rozimi, ul 
rahmsizlarning ko‘ngli uchun shundog‘ jabru zulm ustida qarab turdingmu, agar 
boshqalar haqida ish shu holga yetgan bo‘lsa edi, sizlardin ilgariroq bu ahdni tashlar 
edilar, — dedi. Bu so‘zdin Mut’im qattiq ta’sirlandi va dedi.  
— Men yolg‘iz kishi bu ahdni buzishga qandoq jur’at qilaman? — dedi.  
— Yolg‘iz emassan, — dedi Hishom. 
— Kim edi ul? 
— Men ikkinchi bo‘lib, senga bu ishda yordurman. Uchinchini ham topib qo‘ydim. Zuhayr 
ibn Abi Umayya.  
— Hoy, andog‘ bo‘lsa, to‘rtinchi bir kishi topar esang, bu ishning vujudga chiqishida shak 
yo‘qdur, — dedilar. So‘ngra Hishom Zam’a ibn Asvad qoshiga kelib, yuqoridagilarga 
degandek so‘zlar bilan buning ham hamiyatini qo‘zg‘adi. «Bu ishda bizdan boshqa kimlar 
bor?» deb so‘raganida yuqoridagilarni ko‘rsatdi. Shundog‘ bo‘lib, bu olti odam bir kecha 
yashirin ravishda Makka shahrining yuqorisi Hajjun degan joyda shu masala ustida 
yig‘ilishdilar, va shu majlisda sahiyfa ahdnomasini buzishda ittifoq ila barobar turishga, 
qattiq va’da berishib tarqadilar. Bu masalani qo‘zg‘ash uchun so‘z chiqarishni Zuhayr ibn 
Abi Umayya o‘z ustiga oldi. Quraysh raislarining odatlaricha, ertalab Baytulloh oldiga 
yig‘ildilar. Shu chog‘da Zuhayr ibn Abi Umayya egniga oliy liboslar kiygan holda kelib 
Baytullohni yetti aylanib, tavof qildi. So‘ngra turib, baland ovoz ila qichqirib: 
— Ey ahli Makka, biz bunda o‘z rohatimiz ila yeb-ichib farog‘atda yotsak, Qurayshning 
ikki urug‘i — Bani Hoshim, Bani Muttalib, bular ochu zorlikka qolib qirilishga 
yaqinlashgan bo‘lsalar, biz yiroqdin alarning achinarlik hollariga tomosha qilib tursak, bu 
qandog‘ ko‘ngli qoralik, rahmsizlikdur. Ulug‘ Alloh taolo oti ila ont ichamanki, ul zulm, 
xiyonatkorlik qora sahiyfa ahdnomani yirtib, parchalab tashlamaguncha, turgan 
o‘rnimdin o‘lturmayman, — dedi. 
Anda Ka’baning bir tarafida o‘ltirgan Abu Jahl so‘zni eshitishi bilan o‘rnidan sakrab turib:  
— Bu sahiyfa hech qachon yirtilmaydi, ahdnoma shartlari hech vaqt buzilmaydi, bu 
so‘zni bekor aytursan, — deb shovqin soldi. Bunga qarshi Zam’at ibn Asvad turib:  
— Sen bekor aytursan, buni buzmaguncha qo‘ymaymiz, aning turishiga rozi emasmiz, — 
dedi. Bu ikkovini quvvatlab, Mut’im ibn Adiy: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
— Sizlarning so‘zinglar to‘g‘ridur, boshqalar xato so‘zladi, bezormiz bunday ahdnomadan 
va uning ichida yozilgan shartlaridin, — dedi. Eng oxirida Hishom ibn Amr ham ular 
so‘zlarini quvvatlab chiqdi. Quraysh raislaridin bo‘lgan bu olti nafar odam tarafidin 
qilingan bu hujumni ko‘rib, Abu Jahl hayronlik ila:  
— Hoy, bu ish bu joydin boshqa bir o‘rinda ilgariyoq tayyorlangan ekan, yo‘q ersa olti 
odamning so‘zi bir o‘qdek otilmas edi, — deb sukutga majbur bo‘ldi. Abu Tolib bu ishning 
natijasini kutib bir chetda o‘tirgan edi, aning oldiga Payg‘ambarimiz kelib dedilarkim: 
— Birodarim Jabroil shundog‘ aytur: «Alarning Baytulloh ichiga osgan ahdnoma xatlarini 
Alloh ismidin boshqa harflarini araza degan yog‘och qurti tamom yeb bitiribdur.  
Abu Tolib bu so‘zni eshitishi hamon so‘z bo‘lib turgan majlis ustiga kelib:  
— Ey Quraysh xalqi, shu hozirda qarindoshim o‘g‘li Muhammad, bu sahiyfaning, Alloh 
harflari yozilgan joyidin boshqa yerlarini butunlay araza qurti yeb qo‘ydi, deydur. Endi 
ishimiz osonlashdi, borib ko‘raylik, agar Muhammad aytgani to‘g‘ri chiqsa, bu ahdnoma 
shu kundin boshlab buzulgani bo‘lsin, agar so‘zi to‘g‘ri chiqmay qolsa, anda o‘z qo‘lim 
bilan Muhammadni ushlab, sizlarga topshiray, — dedi. 
So‘ngra Mut’im ibn Adiy sahiyfani olib, yirtib tashlash uchun o‘rnidan turdi. Kelib qarasa, 
xat boshiga yozilgan «Bismikallohumma» bor joydin boshqasini qurt yeb qo‘yibdur, 
yolg‘izgina shu harflarning o‘rni osilganicha turibdur. Bu qandog‘ qudratdurkim, sahiyfa 
ahdnomasini buzishga kirishgan bu olti kishi ichida birortasi bo‘lsin hali Islomni qabul 
qilmagan edi. Balki barchalari bu ahdnomani tuzishga qatnashgan Quraysh raislari 
edilar, Allohning irodasi bo‘lib edi, alarning o‘z qo‘llari bilan yozib, buzulmaslik uchun 
Baytulloh ichiga osishgan ahdnomalarini yana o‘zlariga yirtkazdi va bu sahiyfada ikki 
turlik mo‘jiza ko‘rsatdi. Biri — Payg‘ambarimizning bergan xabarlari to‘g‘ri chiqishidur. 
Ikkinchisi shuki, araza qurti nohaq zulm so‘zlar yozilgan joylarini butunlay yeb, 
«Bismikallohumma...» yozilgan joylarining o‘zigina qolishidur. Mana shunchalik oshkora 
mo‘jiza ko‘rib tursalar ham, yana ularning toshdek qotgan ko‘ngillari yumshamadi. 
Shuning bilan har holda sahiyfa balosi musulmonlar boshlaridin ko‘tarilib, qamalib 
yotgan jilg‘a ichidin chiqdilar. Bu voqea ersa, tarixiy kitoblarda ulug‘ bir voqealardin 
sanalur. 
Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib, yuqorigi olti nafar odamning bu haqda qilgan 
xizmatlarini taqdirlab, bu ne’matning shukronasi uchun arablar odaticha uzun bir qasida 
aytib, alarni ta’rif-tavsif qilgan bu she’rlari siyrat kitoblarida mashhurdir. Bu voqeadin 
keyin musulmonlar yana xalqqa aralashib, tirikchilik aloqasida bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz 
ham sekinlik bilan xalqni dinga da’vat qilishda davom etdilar. Quraysh mushriklari buni 
to‘sishga boshqa hech chora topisholmay, atrof arablaridin kelgan kishilarni mumkin 
qadar Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishtirmaslik yo‘liga kirishdilar. 
TUFAYL IBN ABU AMRNING ISLOMGA KIRISHI 
Shu orada Davs qabilasi raislaridin Tufayl ibn Abu Amr degan kishi Payg‘ambarimiz bilan 
ko‘rishish niyatida Makkaga keldi. Bu odam ersa qabila raisi bo‘lishi bilan birga, arablar 
ichida atalgan shoirlardin sanalgan, izzat-obro‘ egasi edi. Shuning uchun buning kelishi 
ila barobar Quraysh raislaridin bir nechalari kelishib, u bilan ko‘rishganidin so‘ngra:  
— Ey Tufayl, sen bizning yurtimizga kelding, eshitgandursan, o‘z ichimizdin shunday bir 
odam paydo bo‘ldi, buning to‘g‘risidin ishlarimiz ko‘p qiyinlashdi. Birligimiz buzilib, 
oramizga dushmanlik tushdi. Ani ko‘rar bo‘lsang, kelishgan, chiroyli yuzi bor, sehrdin 
ortiq ta’sirlik so‘zi bor. Bolani otadin, inini og‘adin, xotunni eridin so‘zi bilan ajratadi. 
Endi buning sehridin senga ham yuqib qolib, bizga tushgan bo‘lgunlik (vayronlik) 
hodisalar sizlarga ham tushib qolmasin, deb qo‘rqib keldik, buning iloji shuki, aning 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
yuzini ko‘rmay, aytgan so‘zini eshitmay, bir og‘iz so‘z qilishmay, eson-omon o‘z 
yurtingga qaytib ketar bo‘lsang, shundagina omon qolursan, bo‘lmasa o‘zingga bir og‘ir 
ish orttirib ketishingda shak yo‘qdur — dedilar.  
Mushriklar shu misollik so‘zlar aytib, ani qattiq qo‘rqitdilar. U ham bo‘lsa bu so‘zlar 
ta’siridin Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasga, bir og‘iz bo‘lsin, so‘zlarini eshitmasga 
ko‘nglida jazm qilib, o‘z yurtiga qaytmoqchi bo‘ldi. Ko‘rmasga ko‘z bog‘lab yurishning 
iloji yo‘q, ammo so‘zlarini eshitmasligi uchun qulog‘iga paxta tiqib oldi. Shu hol ila 
ertalab turib, Baytullohga chiqdi. Shu chog‘da janob Payg‘ambarimiz namozda turib, 
qiroat qilar edilar. Bu odam payqamasdin yaqinroq borib qolib, qulog‘iga ajib bir yaxshi 
so‘zlar eshitildi. So‘ngra bu kishi o‘z-o‘ziga: 
— Ey voy, manga nima bo‘ldi, yaxshi yomonni ajratgan, so‘z maqomini bilgan bir kishi 
bo‘lsam, uzoq yerdin ataylab kelib, u kishining dushmanlari so‘zi bilan, o‘ziga 
ko‘rinmasdin, andin bir og‘iz so‘z eshitmasdin qaytib ketsam, el-yurtimga nima deb 
borurman? Bu ish men uchun eng cho‘ng ayblardin bo‘lmasmu? Yaxshisi shulki, o‘zi 
bilan ko‘rishay, aytgan so‘zlarini payqab qaray, agar axshilik bo‘lsa, izlaganim shuldir, 
ani qabul qilishim kerak, agar bundog‘ bo‘lmay Quraysh xalqi degandek bo‘lsa, ani o‘ziga 
otib tashlab, qaytaverishim kerak, meni bu ishga kim zo‘rlay oladi? — degan fikrga kelib, 
bir chetda o‘ltirdi. Bir fursat o‘tgandin keyin, Payg‘ambarimiz ham namozlaridin bo‘shab, 
uy sari qarab yurdilar. U kishi ham orqalaridin xiyol o‘tmay, masjiddan chiqib, ustilariga 
kirdi. Va: 
— Ey Muhammad, qavmlaring sening haqqingda har turlik so‘zlar qilib, meni qo‘rqitdilar. 
Alloh otiga qasam qilurmanki, so‘zingni eshitmaslik uchun qulog‘imga paxta tiqib, 
masjidga kirsam, namozda qiroat qilib turganingni ko‘rdim. Men bu so‘zni eshitmay 
desam, uni Xudo xohlamagan ekan, eshitib qoldim. Qarasam, qulog‘imga yaxshi uqildi. 
Endi, ey Muhammad, bu ishni menga haqiqati bilan bayon qil, — dedi. Anda 
Payg‘ambarimiz Islom asosini bayon qildilar. Tavfiq topib, shahodat aytib, iymonga 
musharraf bo‘ldi. So‘ngra u: 
— Yo Rasulalloh, men o‘z qavmim ichida qadrim ulug‘, so‘zim mo’tabar kishidurman, 
endi men borib, alarni dinga da’vat qilurman. Nima karomat kelturding, deb mendin 
so‘raydilar. Duo qiling, Alloh taolo bu ishda menga yordam qilgudek bir karomat ato 
qilsun, — dedi.  
Payg‘ambarimiz ham: «Ey bor Xudoyo, anga bir nishona ko‘rsatgin», deb duo qildilar. 
Shu bilan xo‘shlashib, o‘z yerlariga qadam qo‘yar chog‘ida, Xudo qudrati bilan, yongan 
chiroqlardek, peshonasiga bir nur paydo bo‘ldi. Buni ko‘rib: «Ey bor Xudoyo, yuzimdin 
boshqa joyda bo‘lsin, o‘z dinidin chiqib, yuzi buzilibdur, degan so‘z bilan yomonlar 
tarafidin ta’naga qolmayin», deyishi bilan darhol ul nur yuzidin yo‘qoldi. Qamchisining 
uchida osilgan qandildek bo‘lib to‘xtadi. Yiroqdin ko‘rishgan odamlar hayron bo‘lishib, 
qarab turdilar. Shundog‘ alomat bilan o‘z uylarig‘a kelib tushdi. Dastlab ulug‘ yoshlik qari 
otasi u bilan ko‘rishgani keldi. Anda o‘g‘li: «Ey ota, mendin yiroq yuringlar, men 
Muhammad diniga kirdim», dedi. Anda butun oilasi ittifoq ila: «Sen qaysi dinda ersang, 
bizlar ham shu dinda bo‘lurmiz», deyishib, barchalari dinga musharraf bo‘ldilar. Shu 
bilan oilasida musulmon bo‘lmagan hech kishi qolmadi. Ammo Davs qabilasini Islomga 
da’vat qildi ersa, ko‘pchilik arablar qanday qilur ekanlar, ularga qarab turaylik, deb 
kechiktirdilar. U esa yana qaytib, Payg‘ambarimiz huzurlariga keldi. Va: 
— Yo Rasulalloh, qavmni qanchalik dinga da’vat qilsam ham, ular qabul qilishmay, meni 
xijolatga qo‘ydilar. Duo qiling, Alloh alarni halok qilgay, — dedi. Payg‘ambarimiz: 
— Yo Rab, Davs xalqini hidoyat qilgaysan, — deb duoyi xayr qildilar. — Ey Tufayl, 
qavmingga borib, yumshoqlik ila da’vat etgil, — deb ani qaytardilar.  
Payg‘ambarimiz Madinaga hijrat qilganchalik, bu kishi o‘z qavmlarini dinga da’vat qilib 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
turdi. Alardin bir qanchalari iymonga kirsa ham, tamom qabila dinni qabul qilmadilar. 
Hijrat qilib, Madinaga kelganlaridin so‘ngra, Davs qabilasidin iymon keltirgan saksondin 
ko‘p musulmonlar bilan Madinaga kelib, Payg‘ambarimizning vafotlarigacha shunda 
bo‘ldilar. So‘ngra hazrati Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida bosh ko‘targan Musaylama 
Kazzob payg‘ambarlikka da’vo qilib chiqdi. Unga qarshi yuborilgan Islom askarlariga 
qo‘shilib, o‘g‘illari ila, Tufayl ham urushga bordi. U urush oldida shundog‘ tush ko‘rdi: 
«Og‘zidin bir qush chiqib uchib ketibdi. Boshidan sochlari olindi. So‘ngra bir xotun kelib 
uni ushlab, farjiga (ichiga) kirgazib yubordi. O‘g‘li urushdin kelib, otasini ko‘p izladi. 
Lekin uni topolmay qaytib ketdi. «Uyg‘ongandin keyin: «Sochimning tushimda olingani 
ersa, bu urushda boshimning olinganidur. Og‘zimdan chiqqan qush bo‘lsa, u mening 
ruhimdur. Xotun kishining farjig‘a kirishim — yerning bag‘riga kirgizib, meni ko‘mgaylar. 
Alloh taolo menga bu urushda shahodat nasib qilar ekan. O‘g‘limga qattiq jarohat yetib, 
menga qo‘shilishni izlasa ham, oxiri salomatlanur ekan», deb ko‘rgan tushiga o‘zi 
shundog‘ ta’bir berdi. Uning deganidek, o‘zi bu urushda shahidi bo‘ldi, o‘g‘li qattiq 
yaralanib, uzoqda sog‘aydi. Alloh bulardin rozi bo‘lsin. 
BANI QAYS SHOIRI A’SHONING VOQEASI 
Bu kishi ersa, eng oliy tabaqalardin bo‘lgan arab shoirlaridin sanalur edi. Payg‘ambarimiz 
bilan ko‘rishib, Islomga kirish qasdida o‘z yurti Yamomadin chiqdi. Bu qilgan safarida 
Payg‘ambarimiz sha’nlariga aytgan, arablar odatlaricha, maqtov-sifatlarini qilgan uzun 
bir she’r — qasida tuhfasi bor edi. Bu shoir Makka shahriga yaqinlashganda, uning 
kelgan xabari Quraysh xalqiga eshitildi. Alarga tashvish tushdiki, agar bu shoir kelib, 
Muhammadga iymon keltirsa, she’r aytib, tili bilan tashviqot qilib, butun arablarni 
qo‘zg‘ashi mumkindir. Buning chorasini ko‘rib, uni Muhammadga ko‘rishtirmay qaytarish 
kerak, deb maslahat qildilar. Shuning bilan Quraysh raislaridin Abu Sufyon oldidin to‘sib 
chiqib, u bilan ko‘rishdi, aning maqsadini so‘rab bilgandin so‘ngra, u: 
— Ey A’sho, agar Muhammadga iymon keltirsang, aning dinida uch narsa haromdur: 1. 
Zino. 2. Hamr (aroq). 3. Qimor. 
Agar aning diniga kirib, musulmon bo‘lsang, bu uch lazzatdin mahrum bo‘lursan, — dedi.  
Anda A’sho:  
— Birinchi deganing zino bo‘lsa, endi men qaridim, agar men uni tashlamasam, u meni 
albatta tashlaydur. Ikkinchi aytganing hamr bo‘lsa, undan ko‘p yillardin beri ichib, bir 
kishichalik haqqimni olib, qonganman. Uchinchi — qimor o‘yinidin qaytarsa, uni 
o‘ynaganimda yutib olib, foydalanishim aniq emasdur. Ammo Muhammadning 
juvonmard, saxiyligini aniq, deb ongladim. Agar iymon keltirsam, aning ato va 
baxshishlaridin bahra topgayman — dedi.  
Abu Sufyon uni bu so‘zlar bilan qaytara olmasligiga ko‘zi yetgandin keyin, turib: 
— Ey A’sho, bu ishga ko‘p shoshmasdin yana biror yil o‘tguncha payqab qaragin, endi 
sening bu kelishing ham quruq bo‘lmasin, Quraysh xalqidin qizil tuklik bir yuz tuya 
yig‘dirib berayin. Agar bu orada Muhammad bizni yengib, ishi rivojlansa, bir yil so‘ngra 
kelib, unga iymon kelturursan, ham buning ustiga yuz tuya ortiqcha o‘lja olgan 
bo‘lursan, yo‘q, agar bundog‘ bo‘lmay, biz uni yengib chiqar bo‘lsak, ul chog‘da butun 
arab o‘z dinida qolib, aning bu ishi o‘rtadin ko‘tariladi. Ul holda yuz tuya senga yana 
foydaga qoladi, — deb uni ta’maga soldi.  
U ham bo‘lsa, mol hirsi ko‘ngliga tushgandan, uning bu so‘ziga rozilik ko‘rsatdi. 
Shundog‘ qilib, Abu Sufyon Quraysh xalqidin yuz tuya yig‘ib, unga topshirgandin keyin, 
Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasdin, dunyoga aldanib, o‘z eliga qaytib ketdi. Yo‘lda 
ketayotganida uyiga yetmasdin ilgarigi tuyasidin yiqilib o‘ldi. Dunyo hirsi balosiga qolib, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
shundog‘ ulug‘ davlatdin mahrum bo‘ldi. Lekin buning shu safaridagi Payg‘ambarimiz 
sha’nlarida aytgan she’ri ersa, shu kungachalik kitoblarda mashhurdur. Balki g‘oyibona 
iymon keltirgan bo‘lsa ham ajab emas. 
PAYG‘AMBARIMIZNI MASXARA QILGAN QURAYSH RAISLARINING VOQEASI 
Hadis kitoblarining rivoyatlariga ko‘ra Quraysh raislaridin nomlari yozilgan shu besh 
kishi: 
1. Asvad ibn Muttalib. 2. Asvad ibn Abdu Yag‘us. 3.Os ibn Voil. 4. Horis ibn Talotila. 5. 
Valid ibn Mug‘iyra — Quraysh ichida yoshi ulug‘ qari kishilardan bo‘lib, ko‘p obro‘yga ega 
edilar. Payg‘ambarimizga ozor berishni o‘zlariga buzilmas ahd qilgan edilar. Bularning 
qilar ishlari doim Payg‘ambarimizning o‘qigan namozlarini, toat-ibodat qilganlarini, 
o‘ltirib-turishlarini masxara qilishib, o‘tgan-ketganlarida Rasullullohga ozor berish edi. Bu 
haqda ko‘p sabr qildilar, alarning adabsizliklari ham nihoyatiga yetdi. Mana shu chog‘da 
Jabroil alayhissalom Xudo tarafidin bu oyatni keltirdilar: — «Fasda’ bima to’maru, vaa’riz 
anil mushrikiyna, inna kafaynakal mustahziiyn». Ma’nosi: — «Ey Muhammad, Allohning 
amrini ochiq aytgil, seni masxara qiluvchi adabsizlarning jazolarini o‘zimiz beramiz, ul 
mushriklardin sen parvo qilma», degan bo‘lur. Jabroil alayhissalom shu vahiyni 
keltirganlarida, alar o‘z odatlaricha Baytullohni tavof qilishib yurishgan edilar. Jabroil 
alayhissalom kelib, Baytulloh oldida turdilar, Payg‘ambarimiz ham aning yonlariga 
keldilar. Shu chog‘da tavof qilib yurgan Asvad ibn Muttalib u yerdan o‘taverdi. Uni ko‘rib, 
Jabroil alayhissalom qo‘llarida tutib turgan yashil bayroqni uning yuziga otdilar, darhol 
uning ko‘zlari ko‘r bo‘ldi. Bundin keyin Asvad ibn Abdu Yag‘us ham u joydin o‘tdi, Jabroil 
alayhissalom aning qorniga ishorat qildilar, shu zamon qornida shish paydo bo‘lib, istisqo 
illatiga yo‘liqdi. Shu dard bilan yurib halok bo‘ldi. Aning ortidin Valid ibn Mug‘iyra kelib, 
Jabroil alayhissalom oldilaridin o‘taverganida aning oyog‘iga ishorat qildilar. Necha yil 
ilgari tuzalgan yara o‘rnidan bir shish qaynab chiqdi, buning og‘rig‘iga chiday olmasdan 
bo‘kirib yotib, jon berdi. So‘ngra Os ibn Voil kelib edi, Jabroil alayhissalom aning 
tovoniga ishorat qildilar, necha kun o‘tgandin so‘ngra oyog‘iga bir tikon kirgani bahona 
bo‘lib, shuning dardiga davo topolmasdin bu ham o‘ldi. Horis ibn Talotila o‘tayotganida 
Jabroil alayhissalom aning boshiga ishorat qilib edilar, ichi suvga to‘lgan tulumdek bo‘lib, 
aning boshida bir shish paydo bo‘ldi. Qon-yiring oqib yurib, bu ham o‘ldi. Alhosil, 
yuqoridagi oyatning mazmunicha, Rasulullohga qilgan adabsizliklarining shumligidan, 
oxirat azobining namunasin bu dunyoda ham ko‘rib, barchalari halok bo‘ldilar. Qudrati 
ilohiy ila bo‘lgan bu voqeani Payg‘ambarimizdan boshqa hech kim bilmadi. 
Bulardin keyingi eng qattiq dushmanchilik ko‘rsatgan kishi Abu Jahl edi. Bu mal’unning 
Payg‘ambarimizga har qancha dushmanligi qattiq bo‘lsa ham, yana oldilariga kelganda 
beixtiyor tavoze’ qilar edi. Shundoqki, badaviylardin bir kishi Makka bozoriga bir tuya 
keltirib, sotmoqchi bo‘ldi. Pulini uydan bermoqchi bo‘lib, u tuyani Abu Jahl sotib oldi. 
Ammo qilgan va’dasiga vafo qilmay, uning haqqini bermasdin bir necha kunlar sudradi, 
ul badaviy arab hech iloj topolmasdin, Baytulloh oldida majlis qurib o‘tirishgan Quraysh 
raislariga arzini aytib, Abu Jahldin haqqini olib berishlarini talab qildi. Anda Quraysh 
raislari bir chetda o‘tirgan Payg‘ambarimizga ishorat qilib: «Hammamizning kattamiz 
ana shu kishidur. Sening haqqingni olib berishga shundin boshqa hech kim yaramaydi», 
dedilar. Bundin g‘arazlari ersa, Payg‘ambarimizni masxara qilishib, Abu Jahl bilan 
urishtirish edi. Bularning xiyonatlik so‘ziga bechora badaviy ishonganidin, to‘g‘ri 
Payg‘ambarimizga kelib: 
— Ey muborak odam, men bo‘lsam bu shaharga kelgan musofirdurman. Abul Hakamga 
bir tuya sotgan edim, shu kungacha pulini bermasdin, meni ko‘p ovora qildi. Anavi 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling