Tarixiy geografiya


Download 333.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.01.2018
Hajmi333.64 Kb.
#24954
1   2   3   4

 

 

19 


2 ilova 

Adabiyotlar: 

5.

 



A.Yozberdiev.  Istoki  pismennoy  tradicii  i  knijnego  dela  v  Sredney  Azii.  Ashxabad, 

1988.  


6.

 

Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. –



T.: “Yozuvchi”, 2000.  

7.

 



Choriev  Z.,  SHaydullaev  SH.,  Annaev  T.,  O`zbekiston  xududida  yozuvning  paydo 

bo`lishi va taraqqiyoti. –T., 2007     



8.

  www.penhistory.ru/hist.htm; wikipedia.org/wiki/Istoriya_

pisьm

ennosti

 

 

3 ilova 

 

Har bir ma’ruza va amaliy mashg`ulot uchun 5 dan 2 ballgacha qo`yiladi. Reyting 

bo`yicha natijalar bahosi: 

5 ball  -  «a’lo» 

4 ball  -  «yaxshi» 

3 ball  -  «koniqarli» 

 2 ball  -  «qoniqarsiz» 

 

4-ilova 

1 reja 

Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikning  birinchi  yarmida  vatanimiz  xududida  dastlabki  davlat 

tuzilmalari  bo’lganligiga  xech  qanday  shubha  yo’q.  Turli  yozma  manbalarda  bu  davrda  bir  necha 

qadimgi davlatlar bo’lganligi tilga olinadi. Bular: Katta Xorazm — Amudaryoning quyi oqimidagi 

shimoliy  yerlar,  Murg’ab  vohasi  va  Parfiya  hududlari.  Batstriya  —  hozirgi  Surxondaryo, 

Tojikistonning  Amudaryoga  yaqin  yerlari  va  SHimoliy  Afg’oniston  hududlari,  So’gdiyona  — 

Zarafshon  daryosidan  suv  ichgan  yerlar  va  Qashqa  vohasi  hududlaridir.  Eng  qadimgi  kuldorlik 

davlatlari  konfederatsiyasiga  Katga  Xorazm  va  Baktriya  kirgan,  So’g’diyona  esa  bu  davrda 

mustaqil davlat sifatida faoliyat ko’rsatmagan. Ammo kuldorlik davlati Markaziy Osiyo sharoitida 

nisbiy  xarakterga  ega.  CHunki  bu  hududda  kuldorlik  tuzumi  va  kuldorlik  davlati  tom  ma’noda 

sodir bo’lmagan. 

2 reja 

Ahmoniy  hukmdorlari  o’zlari  bosib  olgan  hududning  sharqiy  chegaralari  haqida 

bilmasliklari mumkin emas edi. Hech bo’lmaganda Kir II yoki Doro I, yoki bo’lmasa ahmoniy 

podsholari  yurishlaridan  so’ng  sharkiy  chegaralar  -  viloyatlar  geografiyasi,  aholi  joylashgan 

asosiy  joylar,  yo’llar,  yirik  manzilgohlar,  kal’alar  haqida  aniq  ma’lumolar  olingan  bo’lishi 

kerak.  Ammo  qadimgi  fors  yozma  manbalarida  bular  hakida  eslatilmaydi

2

.  Qadimgi  fors 



yozuvlarini  o’rganish  asosida  qadimgi  O’zbekistonning,  jumladan,  So’g’diyonaning  miloddan 

avvalgi  U1-1U  asrlarga  oid  siyosiy  tarixiga  doir  ko’plab  muammolarga  aniqlik  kiritildi

3



Gerodot,  Ksenofond,  Ktesiylar  So’g’diyonaning  qo’shni  viloyatlar  bilan  chegaralari  haqida 



nafaqat  aniq,  balki,  umumiy  xulosalarga  ham  ega  bo’lmaganlar.  So’g’diyonaning  tarixiy 

geografiyasiga oid ko’pgina dolzarb masalalarni hal etishda makedoniyalik Iskandar yurishlari 

to’g’risida  yozib  qoldirgan  tarixchi  va  geograflarning  ma’lumotlari  katga  ahamiyatga  ega 

bo’ldi.  Bu  ma’lumotlar  tarixiy  adabiyotlarda  ham  keng  yeritilgan'

1

.  Antik  davr  yozma 



manbalari So’g’diyonaning janubiy chegaralarini Oks-Amudaryo deb beradilar. Iskandarning 

yurishlari paytida Oks Baqtriya va So’g’diyona o’rtasidagi chegara rolini bajargan. Strabonning 

yozishicha,  Oks  daryosi  "So’g’diyonani  baktriyaliklar  o’lkasidan"  ajratib  turgan.  Strabon 

So’g’diyonani Baqtriyananing yuqorisida, sharqiy yo’nalish tomonda, Oks va Yaksart oralig’ida 

joylashtirib,  uning  chegaralarini  ancha  kengaytirib  beradi.  Kurtsiy  Ruf  Navtaka,  Ksenippa 

so’g’diylar yerlari deb eslatib o’tadi. 



 

 

20 


3 reja 

 

Markaziy Osiyoning eng kadimiy o’lkalaridan yana biri So’g’diyonadir. Bu o’lka hozirgi 

Samarqand,  Qashqadaryo,  Navoiy  va  Buxoro  viloyatlari  hududida  shakllangan.  Tarixiy 

yozma manbalarda miloddan oldingi VI—IV asrlarda So’g’diyona aholisi axmoniylarga katta 

jarima  to’lab  turganligi  ta’kidlanadi.  So’g’d  tili  qadimda  va  ilk  o’rta  asrlarda  jahon  savdo  tili 

sifatida  katga  nufuzga  ega  bo’lgan.  Bu  danlatning  poytaxti  Samarqand  SHarq  bilan  G’arbni 

savdo-iktisodiy  jihatdan  bog’lagan  «buyuk  ipak  yo’li»da  SHarq  darvozasi  hisoblangan. 

Samarqandning  tub  yerli  aholisi  arxeolog  olimlarning  ma’lumotlariga  qaraganda  bu  shaharni 



Smaratsansa  deb  atagan.  Keyinchalik  so’g’d  tili  o’rnini  fors  tili  egallagach,  taxminan 

milodning  IX  asri  o’rtalarida  Smaraqansa  Samarqand  deb  atala  boshlagan.  A.Asqarovning 

«Uzbekiston  tarixi»  kitobida  Samarqand  turkiycha  Semizkent,  Xitoy  manbalarida  Kan  deb 

yuritilgan.  XSH  asrdan,  ya’ni  mo’gullar  bosqinidai  so’ng  besh  asr  o’tgach,  Samarqand  - 

Afrosiyob  deb  yuritila  boshlagan.  O’lkamizda  olib  borilgan  arxeologiyaga  oid  qazilma  ishlari 

So’g’diyonada  yashagan  aholining  yuksak  dehqonchilik  va  chorvachilik  madaniyatiga  ega 

bo’lganliklarini ko’rsatadi. Bu yerda hunarmandchilik ham rivoj topganini keyingi 2530 yil 

davomida Samarhandda Afrosiyob — /, Qashtsadaryoda Yerqo’rgon — /, Buxoroda Buxoro — 

va boshha yerlarda olib borilgan tsazilma topilmalari ko’rsatadi. So’g’diyonada kulolchilik va 

sopolchilik  hali  bu  yerga  ahmoniylar  kelmasdan  ilgari  ham,  miloddan  avvalgi  IX—VIII 

asrlardayoq rivojlanganini isbotladi. 

 

4

 

reja 

Ilk  shaharlarning  paydo  bo’lish  asoslari  va  omillari  masalalari  bo’yicha  turli  yillarda 

V.M.Masson,  B.ALitvinskiy,  A.A.Asqarov,  T.SH.SHirinov,  E.V.Rtveladze,  A.S.Sagdullaev, 

B.Eshovlar  tadqikot  ishlarini  olib  bordilar.  Ular  o’z  tadkiqotlarida  ilk  shaharlar  paydo  bo’lish 

asoslari,  omillari  va  shart-sharoitlari,  dunyo  tarixidagi  qadimgi  shaxarlar  bilan  qiyosiy  taxlil 

masalalari  ko’rib  chiqildi.  SHuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  kammahsul  mehnat  va  ishlab 

chikaruvchi  kuchlarning  nisbatan  past  darajasi  sharoitida  mehnat  taqsimoti  jamiyat 

rivojlanishining  yagona  asosi  edi.  Ayrim  tadqikotchilarning  fikricha,  doimiy  tabakalanish 

jarayoni  va  ishlab  chiqarish  faoliyatining  ixtisoslashuvi  mehnatning  umumiy  hajmi  va 

qo’shimcha mahsulot o’sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi. Bu 

jarayon esa o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-maishiy imkoniyatlar yaratadi . O’rta 

Osiyoning  har  bir  tarixiy-madaniy  vohasida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  va  rivojlangan 

dehqonchilik.asosida ilk shahar markazlari paydo bo’ldi. O’zidd ilk shaharsozlik belgilarini aks 

etgiruvchi  markazlarga  hozirgi  kunda  Janubiy  Turkmanistondagi  Oltindepa,  Namozgohtsepa, 

Ulug’depa,  janubiy  O’zbekistondagi  Sopollitepa,  Jarqo’ton,  shimoliy  Afg’onistondagi 

Mundigaq,  janubi-sharqiy  Erondagi  So’xta,  shimoliy  Erondagi  Hisor  kabilarni  kiritish 

mumkin.  

 

5 ilova 



 

 

Aqliy xujum uchun savol 



1.  Ilk davlatlarning chegaralari nimaga asoslanib belgilangan? 

 

 



 

 

 



 

 

21 


 

6 ilova 


 

Katta Xorazm — Amudaryoning kuyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg’ab vohasi va Parfiya 

xududlari. 



Baqtriya — hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari va SHimoliy 

Afg’oniston xududlari. 



So’g’diyona — Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi xududlari bo’lib, 

hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida shakllangan. 



Marokanda - Samarqand, Afrosiyob o’rnida joylashgan. 

Afrosiyob - O’rta Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan ko’hka shahar. 

Yorko’rg’on - Kashqadaryo vohasi (Janubiy So’g’d)dagi shahar. 

                  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

22 


 

 

 



                    

 

 

 



 

 

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli 

 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 40-50 gacha 

Mashg’ulot shakli 

axborotli ma’ruza 

 

Ma’ruza rejasi 

Reja: 


1.Salavkiylar davlati tarixiy geografiyasi 

2.Yunon-baqtriya davlati tarixiy geografiyasi  

3.Kushon podsholigi davridagi  tarixiy geografiyasi

  

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Markaziy Osiyoning  salavkiylar davlati, yunon-

baqtriya davlati, kushon podsholigi davridagi  tarixiy geografiyasi

  haqida ma’lumot 

berish


 

 

Pedagogik vazifalar

 

Salavkiylar 



davlati 

tarixiy 


geografiyasi 

 



Yunon-baqtriya  davlati  tarixiy 

geografiyasi  

 

K



ushon  podsholigi  davridagi  

tarixiy 


geografiyasi

 

haqida 



ma’lumot berish. 

 

O’quv faoliyati natijalari: 

 

Salavkiylar 



davlati 

tarixiy 


geografiyasi 

 



Yunon-baqtriya 

davlati 


tarixiy 

geografiyasi  

 

Kushon 



podsholigi 

davridagi  

tarixiy 

geografiyasi 

haqida 

ma’lumotga ega bo’ladilar; 



 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, “Bumerang” 



 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy  

Ta’lim berish vositalari 

O’quv qo’llanma, proektor, qo’shimcha adabiyotlar 

Ta’lim berish sharoiti 

O’TV bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

 

 

 

5-мавзу 

Mаrkаziy Оsiyoning  sаlаvkiylаr dаvlаti, yunоn-bаqtriya 

dаvlаti, kushоn поdshоligi dаvridаgi  tаriхiy gеоgrаfiyasi 

МАЪРУЗА МАШҒУЛОТЛАРИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ 

 


 

23 


 

 

 

1.2.

 “

Markaziy Osiyoning  salavkiylar davlati, yunon-baqtriya davlati, kushon 

podsholigi davridagi  tarixiy geografiyasi” ma’ruza mashg’ulotining texnologik 

xaritasi


 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

 1. 



Mavzuga 

kirish 

(15 daqiqa) 

   1.1. Mashg’ulot mavzusi,  uning rejasi, maqsad, vazifalari  va  

adabiyotlar  bilan tanishtiradi.  

(1-ilova) 

1.2. Talabalar o’quv faoliyatini  baholash mezonlari bilan tanishtiradi 

(2-ilova)

 

Tinglaydilar. 



 

 

Tinglaydilar 



 

2-bosqich 

Asosiy 

bosqich   

(55 daqiqa) 

2.1.  Mavzuni  o’rgatish bo’yicha bumerang uslubidan 

foydalaniladi 

 (3 ilova)  

2.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida 

savollar beriladi 

(4 ilova)  

2.3. Talabalarga mavzuning asosiy jihatlar takrorlanadi. 

(5 ilova) 

 

Topshiriqlar bo’yicha 



ishlaydilar  

 

Talabalar berilgan 



savollarga javob 

beradilar. 

 

Tinglaydilar, 



yozadilar. 

3. 

Yakuniy 

bosqich 

(10 daq.) 

3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob 

beradi,  

3.2  Mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa qiladi.  

3.3.  O’tilgan  mavzuni  mustahkamlab,  berilgan  adabiyotlar  bilan 

tanishib kelish topshiriladi. 

Savollar beradilar. 

Tinglaydilar. 

Vazifani  yozib oladilar. 

 

1-ilova 

Mavzu: Markaziy Osiyoning  salavkiylar davlati, yunon-baqtriya davlati, 

kushon podsholigi davridagi  tarixiy geografiyasi 

Reja: 

                         Salavkiylar davlati tarixiy geografiyasi 



                        Yunon-baqtriya davlati tarixiy geografiyasi  

  Kushon podsholigi davridagi  tarixiy geografiyasi 



 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  Markaziy  Osiyoning    salavkiylar  davlati, 

yunon-baqtriya  davlati,  kushon  podsholigi  davridagi    tarixiy  geografiyasi

 

bo’yicha ma’lumot berish 



 

24 


  O’quv  faoliyatining  natijasi:  Markaziy  Osiyoning    salavkiylar  davlati,  yunon-

baqtriya  davlati,  kushon  podsholigi  davridagi    tarixiy  geografiyasi  haqida 

ma’lumotga ega bo’ladilar.  

Adabiyotlar : 

1.

 

A.Yozberdiev. Istoki pismennoy tradicii i knijnego dela v Sredney Azii. Ashxabad, 1988.  



2.

 

Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. –T.: 



“Yozuvchi”, 2000.  

3.

 



Choriev  Z.,  SHaydullaev  SH.,  Annaev  T.,  O`zbekiston  xududida  yozuvning  paydo 

bo`lishi va taraqqiyoti. –T., 2007     



4.

  www.penhistory.ru/hist.htm; wikipedia.org/wiki/

 

 

2-ilova 



 

Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 5 dan 2 ballgacha 

qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi: 

5 ball  -  «a’lo» 

4 ball  -  «yaxshi» 

3 ball  -  «koniqarli» 

 2 ball  -  «qoniqarsiz» 

 

3-ilova 

 

“Bumerang” texnologiyasi 

   Maqsadi:  O’quv  jarayonida  talabalarga  tarqatilgan  materiallarni  ular 

tomonidan  yakka  va  guruh  holatida  o’zlashtirib  olishlari  hamda  suhbat  munozara 

va  turli  savollar  orqali  tarqatma  materiallar,  undagi  matnlarni  qay  darajada 

o’zlashtirilganligini  nazorat  qilish    va  baholash.    Ushbu  texnologiya  bir  necha 

bosqichda o’tkaziladi. 

1.

 

Talabalar kichik guruhlarga bo’lib olinadi. 



2.

 

Mashg’ulotning maqsadi va tartibi tanishtiriladi. 



3.

 

Talabalarga mustaqil o’rganish uchun mavzu bo’yicha matnlar tarqatiladi. 



4.

 

Talabalarga  berilgan  matnlar  yakka  tartibda  mustaqil  ravishda  o’rganiladi. 



15 minut vaqt ajratiladi. 

5.

 



Har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi. 

6.

 



Yangi  guruh  a’zolarining  har  biri  guruh  ichida  navbati  bilan  mustaqil 

o’rgangan  matnlari  bilan  axborot  almashadilar,  ya’ni  bir-birlariga  so’zlab 

beradilar  va  matnni  o’zlashtirib  olishlariga  erishilari  lozim.  10  minut 

ajratiladi. 

7.

 

Berilgan  ma’lumotlarni  o’zlashtirganlik  darajasini  aniqlash  uchun  guruh 



ichida ichki nazorat o’tkaziladi, ya’ni bir–birlar bilan savol javob qiladilar. 5 

minut ajratiladi. 

8.

 

Yangi guruh a’zolari avvalgi holatdagi guruhlarga qaytadi. 



9.

 

Talabalarning  ballarini  hisoblab  borish  uchun  har  bir  guruhda  “guruh 



hisobchisi” tayinlanadi. 

10.


 

Guruhlar  o’rtasida  matnlarni  qay  darajada  o’zlashtirganliklarini  aniqlash 

uchun  og’zaki savol–javoblar o’tkaziladi. 


 

25 


11.

 

 Savollarga  berilgan  javoblar  asosida  guruhlarning  to’plagan  umumiy  bali 



aniqlanadi. 

12.


 

Har  bir  guruh  a’zolari  tomonidan  guruhdagi  matnning  mazmunini  hayotga 

bog’lagan holda bitta savol tuziladi. 

13.


 

Guruhlar  tomonidan  tayyorlangan  savollarni  bir–biriga  berishlari  lozim    va 

unga ham belgilangan bal beriladi. 

14.


 

Guruh  a’zolari  tomonidan  to’plangan  umumiy  ballar  yig’indisi  aniqlanib, 

guruh a’zolari o’rtasida teng bo’linadi. 

15.


 

 Talabalarning  to’plagan  ballari  guruh  jurnaliga  qayd  qilinib,  o’qituvchi 

mashg’ulot yuzasidan o’z fikr–mulohazalarini bildiradi.      

 

Salavkiylar  davri  tarixiy  geografiyasi.  Iskandar  Zulqarnayn  vafotidan  so’ng  taxt 

vorisligiga  hech  kim  qolmagan  edi.  Barcha  erkak  zotini  uning  o’zi  qirib  tamomlagan  edi. 

SHoh  vafotidan  so’ng  to’rt  oy  o’tgach,  Roksana  o’g’il  ko’radi.  Unga  Iskandar  deb  ism 

ko’yadilar. Kichik Iskandar SHarqiy vnloyatlar hukmdori ztib tayinlanadi. Hukmdor hali yosh 

bo’lganligi  uchun  bu  viloyatarga  rahbarlik  qilish  qo’mondonlardan  Perdikka  va  Antipatr 

zimmasiga  yuklanadi.  Ammo  toj-taxt  uchun  olib  borilgan  kurash  yosh  go’dakni  ham  omon 

qoldirmaydi.  Taxt  uchun  kurashda  Is-kandar  lashkarboshilarining  birontasi  ham  yorqin 

g’alabaga  erisha  olmaydi.  Buning  ustiga  Iskandar  vafotidan  xabar  topgan  xalqlar  ozodlik 

kurashiga  otlanadilar.  Tarixiy  manbalarga  karaganda,  Murgob  vodiysida  barpo  etilgan 



Margiyona  Aleksandriya  shahrini  «varvarlar»  vayron  etadilar.  Miloddan  avvalgi  301  yilda 

Frigiyaning  Ips  deb  atalgan  joyida  yuz  bergan  qonli  janglar  oqibatida  Iskandar  saltanati  uch 

mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Suriyadan to Markaziy Osiyo -Hindistongacha bo’linib 

ketadi.  Makedoniya  —  Antiox  avlodlariga,  Misr  —  Ptolomey  avlodlariga  va  Suriyadan 

Hindistongacha Salavkaga tegadi. 

Salavka  312  yildayoq  Bobilda  o’z xukmronligini mustahkamlagan edi.  SHundan so’ng 

Salavka  sharqiy  satrapliklarni  ham  egallaydi.  Bu  masalada  Salavka  bilan  Nikator  o’rtasida 

kurash  kuchayadi.  Nikator  birinchi  jangdayoq  mag’lubiyatga  uchraydi.  Salavka  miloddan 

avvalgi  311—302  yillarda  boshqa  satraplar  bilan  ham  jang  olib  boradi  va  SHarkda  o’z 

hukmronligini mustahkamlaydi. Ana shu tariqa Salavka I parfyanlar, baqtriyalik, so’g’diylar, 

girkanlar ustidan o’zining tanho xukmronligini o’rnatadi. 

302  yildagi  Suriya,  Kichik  Osiyo  va  Mesopotamiya  viloyatlari  uchun  Salavka  bilan 

Antigon o’rtasidagi jang bir yilga cho’ziladi, bu jang Salavkaning g’alabasi bilan yakunlanadi. 

Ana  shu  tariqa  Iskandar  saltanatining  katta  kismi  Salavka  qo’li  ostida  birlashadi.  U 

mustaqil siyosat olib bordi, satrapliklarni maydalab yubordi, ularning sonini 72 taga yetkazdi. 

293 yilda Salavka, o’z poytaxtini Bobildan Suriyadagi — Antioxiyaga ko’chiradi. 

Satraplar qo’lida katta hokimiyat bo’lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo’q edi. 

Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo’lgan. 

Salavka  293  yilda  sharkiy  viloyatlarni  boshqarish  ishini  o’z  o’g’li  Antioxga  topshiradi 

va uni xukmdor qilib tayinlaydi. 

Antiox  Spitamenning  qizi  Apamadan  tug’ilgandi.  Salavkaning  to’ngich  o’g’li  ham 

bo’lgan.  Yunon  muarrixlari  Salavka  I  va  Antioxlar  Markaziy  Osiyoga  juda  katta  z’tibor 

berganliklarini  yozadilar.  Ular  davrida  75  shahar  kurilganligi  manbalarda  qayd  etiladi.  Bu 

shaharlar  Salavkiya,  Antioxiya  va  boshqa  nomlar  bilai  atalgan.  Bunday  shaharlardan  biri 

uzoqlikda  joylashgan  «Yaksart»  (Sirdaryo)  ortidagi  Antioxiya  bo’lib,  bu  shaharni  Xitoy 

manbalarida  O’zgan  shahri  bo’lsa  kerak  deb  taxmin  qilinadi.  Salavka  xalqaro  tijorat  ishlarini 

rivojlantirishga ham katta e’tibor beradi. SHu maqsadda u Kaspiy bilan Qora dengizni bog’lab 

Amudaryo orqali «Tosh minora»ga yo’l ochishga qaror qiladi. (Beruniy fikricha «Tosh minora» 

yoki «Tosh   shahar» bu Toshkentdir.) 


 

26 


Strabon bergan ma’lumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan 

shahar  —  Antioxiyani  ko’chmanchilarning  tinimsiz  xujumidan  himoya  qilish  maqsadida 

Murgob vohasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmakchilarning xujumlari 

bu bilan to’xtamagan. 

Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavk I Hindistonga kashi urush boshlaydi. Bu urush 

uning  mag’lubiyati  bilan  yakunlanadi.  Natijada  Salavkiylarning  Markaziy  Osiyodagi 

obro’siga putur yetadi, ularga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi. Salavkiylar og’ir ahvolga tushib 

qoladilar. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavk I vafot etadi. Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh 

bo’ladi.  Ana  shu  davrdan  boshlab  shartsiy  vshoyatlar  Antiox  I  faoliyatidan  chetda  tsoladi, 

chunki g’arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo’shin bilan birga bo’lishini taqozo etar edi. 

Ayni  paytda  garbiy  viloyatlarda  ham  vaziyat  ko’ngildagidek  emas  zdi.  Xullas,  Salavk  I 

vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur ketadi. SHarqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlar bilan 

doimo  jarima  to’lab  tursalar-da,  ularning  mustaqillikka  intilayotganliklari  sezilib  turardi.  Bu 

jarayon xususan milodtsan avvalgi SH asr o’rtalariga kelganda ko’zga tashlana boshladi. 

Bu  davrda  Markaziy  Osiyoning  Salavkiylar  davlati  tarkibida  bo’lishi  ularda  Ellin 

madaniyati ta’sirning o’lka xalqlari orasida tarqaliishga sabab bo’lgan omildir. 

Tarixiy  manbalarda  Baqtriya  yuksak rivojlangan  1000  shaharli  mamlakat  deb  yuritilgan. 

Viloyat  hokimlaridan  biri  bo’lgan  So’g’diyona  hokimi  yunon  Evtidem  Diodot  II  ga  qarshi 

kurash boshlab, kurashda Evtidem g’olib chikadi. U miloddan avvalgi 212 yilda Yunon-Baqtriya 

davlatiga asos soldi. Yevtidem Baqtriyada o’z hukmronlik mavqeini mustahkamlashga harakat 

qildi. 

O’z imkoniyati va kuchiga ishongan Antiox III Yevtidem yordamida Hindistonga urush 



e’lon qildi. U salavkiylar davlatining sharkiy viloyatlarini o’ziga tobe etishni maqsad qilgan edi. 

Ammo salavkiylar uchun Markaziy Osiyo abadiy yo’qotilgan edi. 

Miloddan avvalgi 206 yildan e’tiboran Yunon-Baqgriya davlati uchun salavkiylar havfi 

yo’qoldi, biroq shimoldan sak-massagetlarning xavfi kuchaygan zdi. 

Evtidem  boshliq  davlat  tarkibiga  Baqtriya,  So’g’d,  Areya  va  Marg’iyona  hududlari 

qarar edi. Yevtidem o’z davlati hududiy chegaralarini Hindiston yerlari hisobiga kengaytirishni 

orzu  qilar  edi.  Ammo  bu  ishni  Yevtidemning  o’g’li  Demetriy  (miloddan  avvalgi  199—167 

y.y.) amalga oshirishga harakat qildi. 

Natijada Baktriyaning davlat chegaralari kengayib har jixatdan tarakqiy etdi. Demetriy 

davrida  ko’plab  xarbiy  qal’alar  qurildi.  SHunday  qal’alardan  biri  Amudaryo  sohilida  qad 

ko’targan Termiz shaxridir. 

Davlat  chegaralarining  Hindiston  hisobiga  kengayishi  munosabati  bilan  Demetrmy 

davlatining  markazi  janubga  —  Taksilaga  ko’chirildi.  Miloddan  avvalgi  174  yidtsa 

Baqgriyada  davlat  to’ntarishi  yuz  berdi.  Bu  hol  So’g’diyonaga,  Yunon-Baktriya  podsholigi 

tasarrufidan chiqib olishiga qulay sharoit yaratdi. 

Binobarin,  tez  orada  So’g’diyona  Yunon-Baktriya  davlatidan  mustakil  ajralib  chikdi. 

Parfiya  Yunon-Baqtriyadan  Marg’iyonani  tortib  olgach,  uning  siyosiy  maydondagi  mavkei 

yana  ham  pasayib  ketdi.  Bu  davrga  kelib  endi  Yunon-Baqtriya  davlati  uchun  shimoldan 

ko’chmanchilar xavfi kuchaydi. 

Geloikl  Yunon-Baktriyaning  kudratini  saqlab  qola  olmadi.  Uning  ixtiyorida  faqat 

Baqtriya yerlari qoldi. Yunon-Baqtriya davlatining katta hududini Parfiya bosib oldi. 

Baktriyaga  esa  tobora  yuechji  kabilalari  tahdidi  kuchayib-bordi.  Miloddan  avvalgi  III 

asrda  SHarqiy  Turkiston  va  SHimoli-SHarqiy  Tibetda  yashagan  katta  qabilalar  Xitoy 

manbalarida katta yuechjilar «da yuechji» deb atalganlar. Yuechjilar Markaziy Osiyoga o’tib 

Yunon-Baqtriyaga zarba beradilar. 


Download 333.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling