Tarixiy geografiya


Download 333.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.01.2018
Hajmi333.64 Kb.
#24954
1   2   3   4

 

 

 

 

27 


Kushon davlati geografiyasi 

Miloddan  avvalgi  IV  asr  oxirlarida xitoy manbalarida yuechjilar deb atalgan massaget 

qabilalari SHarqiy Turkistondan to Mo’g’uliston chegaralarigacha bo’lgan xududlarga ko’chib 

ketganlar. 

Xitoyning  shimolida  esa.  xunn  qabilalari  yashagan.  Yuechjilar  xunnlarga  janubiy  ko’shni 

bo’lgan. 

Miloddan  avvalgi  176  yilda  xunnlar  yuechjilar  ustiga  xujum  uyushtirdilar.  Oqibatda 

xunnlar 165 yilda yuechjilarni g’arbga uloqtirib tashlaydilar. Yuechji qabilalari qadimgi Farg’ona 

yerlariga chekinadilar va o’sha yerda istiqomat qila boshlaydilar. Jumladan, hozirgi Namangan 

viloyatining Yangiqo’rg’on tumani xududida Kushon qishlog’i va Kosonsoyda Koson shaxrini 

yuechjilar  barpo  kilgan  edi.  Ma’lumki,  miloddan  avvalgi  155  yilda  Yunon-Baktriya  davlati 

inqiroz  sari  yuzlandi.  SHu  qulay  vaziyatdan  foydalangan  yuechjilar  miloddan  avvalgi  140  yili 

So’g’d yerlari orqali Baqtriyaga bostirib keladilar va SHimoliy Baqgriya xududlarini egallab 

oladilar. 

Yuechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo’linib yashaganlar. Guyshuan 

(Kushon)  qabilasi  (yabg’usi  kudzula  Kadfiz  edi)  to’rtta  qabila  yabg’ularini  o’ziga  tobe  etib 

barcha kabilalar ustidan hukmronlik qilardi. U o’z davlatini Kushon podsholigi sifatida e’lon 

qildi va xozirgi Surxondaryo viloyatining SHo’rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani bu 

beklikning  poytaxtiga  aylantirdi.  Kudzula  Kadfiz  o’z  davlat  chegaralarini  kengaytirish  va 

uning  qudratini  mustahkamlash  maqsadida  Amudaryoning  chap  sohilidagi  tumanlarini 

egallashga bel bog’ladi. U tez orada Parfiya, Afg’oniston va Kashmirni egalladi. 

Kudzulla  Kadfiz  vafotidan  so’ng  uning  o’g’li  Vima  Kadfiz  taxtga  o’tiradi.  Bu  davrda 

Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. 

Vima  Kadfizdan  keyin  mamlakatni  idora  qilish  Kanishka  zimmasiga  tushgan.  U 

podsholik  qilgan  davrda  Hindistonning  janubiy  tumanlari,  Markaziy  Osienish  So’g’diyona, 

Xorazm va CHoch viloyatlarini zabt etadi. 

Milodning  I  asr  70-80  yillarida  SHarkiy  Turkiston  yerlari  masalasida  Xitoy-Kushon 

mojarolari  boshlanadi.  SHunga  qadar  kushonlar  xitoyliklarning  SHarqiy  Turkiston  yerlarini 

egallash uchun kilgan harbiy harakatlariga xayrixoh bo’lganlar. Hatto ular 84-yilda xitoylarga 

karshi  kurashish  uchun  Krshg’arga  yuborilgan  Qanguy  qo’shinini  tezda  chaqirib  olishni 

Qang’uy podshosidan talab ham qiladilar. Natijada Qang’uy podshosi o’z qo’shinini chaqirib 

oladi. Qoshg’ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim bo’ladi. 

Soson  podshosi  SHopur  I  (241-242  yillar)  yozdirgan  «Zoroastr  Kaabasi»da  kushonlar 

saltanatining  xududi  haqida:  «Kushonlar  mamlakati  Peshavor,  Qoshg’ar,  So’g’d  va  CHochga 

cho’zilgan», - deyiladi. Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan: 1. Koson-

Farg’ona  vodiysida;  2.  Kattaqo’rg’on  -  Zarafshon  vohasida;  3.  Kesh  -  Qashqadaryo 

viloyatidadir. 

Vasudeva davriga kelib Kushon podsholigi 2 kismga bo’linadi. Mamlakatnik bir qismiga 

Vasudeva, ikkinchi qismiga Kanishka SH hukmronlik kiladi. Buii ularning har ikkalasi nomidan 

zarb etilgan tanga pullar isbotlaydi. 

226  yilga  kelib  kushonlar  saltanatida  g’arbda  -  Parfiya  davlatining  o’rnida  Sosoniylar 

davlati siyosat maydoniga chikdi. Bu davlat Parfiyaga karar edi. ammo podsho Artashir I davrida 

mustaqil  davlat  sifatida  faoliyat  ko’rsatishga  intildi  va  kushonlar  davlatiga  xavf  sola  boshladi. 

Bunday  vaziyat  kushonlarni  befarq  qoldirmadi.  Kushon  podshosi  Vasudeva  sosoniylar 

tomonidan  bo’ladigan  xavfga  qarshi  ittifoq  qidirib,  230  yilda  Xitoyga  o’z  elchisini  yubordi. 

Kushonlar bilan sosoniylar o’rtasida jang bo’lishi tabiiy edi. 242-243 yillarda bo’lib o’tgan ikki 

o’rtadagi jangda sosoniy SHoggur I ning qo’shini kushonlarni mag’lubiyatga uchratdi. SHundan 

so’ng  sosoniylar  hukmdorlari  SHarqiy  Turkiston  hududlarida  «Kushonshoh»  unvoniga  ega 

bo’ldilar.  252  yilda  esa  ular  yana  «Kushon  shohlarining  ulug’  shohi»  degan  unvonga  ega 

bo’ldilar.  Bu  yillarga  kelib  kushonlar  Hindistondagi  yerlarning  xam  katta  qismidan  judo 



 

28 


bo’ldilar.  Buni  bir  budda  matnida  (SH  asr  o’rtalariga  oid)  «dunyo  uch  qismga  (Xitoy,  Rim, 

Kushon)  bo’lingan,  ammo  osmon  o’g’lonlari  (saltanatlari)  to’rtga:  Xitoy,  Rim,  Kushon  va 

Hind»  deb  bergan  xabaridan  ham  bilish  mumkin.  Hind  manbalarida  ko’rsatilishicha,  SH  asr 

o’rtalariga  kelib  Hindiston  kushonlardan  mustaqil  davlat  bo’lib  ajralib  chiqqan.  Xuddi  shu 

yillarda  Xorazm  ham  kushonlardan  ajralib  chiqadi.  SHu  tariqa  SH  asr  o’rtaparidan  e’tiboran 

kushonlar  saltanati  chuqur  iqtisodiy  va  siyosiy  inqiroz  sari  yuzlanadi.  Ammo  shundan  keyin 

ham  Kushon  davlati  Urta  SHarqning  yirik  davlatlardan  biri  sifatida  yana  100  yildan  ortiqroq 

vakt  tarix  sahnasida  turdi.  IV  asrning  o’rtalariga  kelib  kushonlar  bilan  sosoniylar  o’rtasidagi 

munosabatlar  yana  keskinlashdi.  Bu  davrda  SHopur  P  (309-379)  kushonlarga  zarba  berib, 

SHimoliy Baqtriya yerlarini bosib oladi. 

Kushon  podsholigi  va  kushonlar  davri  O’zbekiston,  Tojikiston,  Afgoniston,  Pokiston  va 

Hindiston  tarixida  muhim  o’rin  tutadi.  SHunday  qilib,  Kushonlar  saltanati  tarix  maydonida  o’z 

o’rnini  boshqa,  o’zidan  kuchliroq  siyosiy  uyushmalarga  bo’shatib  berdi.  Kushonlar  o’zlarining 

taxminan 400 yillik xukmronlik davrida insoniyat jamiyati taraqqiyotida o’chmas iz qoldirdilar. Bu 

davrda yaratilgan uning o’tmishdagi qudratidan dalolatdir

 

 



 

 

4-ilova 

Mustaxkamlash uchun savollar: 

 Salavkiylar  davlatining xududini ko’rsating? 

 Salavkiylar davrida O’rta Osiyoda qanday shaharlar  bo’lgan? 

 Yunon-Baktiriya davlati chegeralarini kimlar o’rgangan? 

Kushonlar davrida qanday shaharlar bo’lgan?  

5-ilova 

 

 



 

  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                  

 

 

 

 

Nautak shahri - Qashqadaryo. 



Kiropolь (Kurushkat) - O’ratepada (hozirgi Tojikistonda) 

Tanais - Sirdaryoning nomi. 

Aleksandriya Esxata - Sirdaryo sohilida 17 kunda kurib bitkazilgan qal’a, yaьni olisdagi 

Iskandariya shhxri bo’lib, Xo’jand bilan Bekobod oralig’i (taxminan Farhod GESi)da 

joylashgan ed_i. 

Marg’iyona Aleksandriya - Murg’ob vodiysida barpo etilgan shahar. 

Davanь, Parkana - Farg’ona. 

Anьsi - Parfiya.   . 

Kushon qishlog’i va Kosonsoyda Koson shahri - hozirgi Namangan viloyatining 

Yangiqo’rg’on tumani xududida yuechjilar tomonidan barpo qilingan. 



Baqtriyaning Afg’oniston hududidagi shaharlari - Begram, Baktra, Oyxonum, 

Dalvarzin, Tojikiston hududiga qarashli Qobadshoh, Qayqobod, Ko’hna Qal’a, O’zbekiston 

xududidagi Dalvarzintepa, Dunyotepa, Hayitobodtepa, Жондав-латтепа. 

  

 



 

29 


            

 

                    



 

 

 



 

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli 

 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 40-50 gacha 

Mashg’ulot shakli 

axborotli ma’ruza 

 

Ma’ruza rejasi 

Reja: 


1.

 

Eftalitlar davlati tarixiy geografiyasi (IV-V asrlar) 



2.

 

Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi 



3. O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlar 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:

Markaziy  Osiyoning  ilk  o’rta  asrlar  davri  tarixiy 

geografiyasi to’g’risida ma’lumot berish

 

 



Pedagogik vazifalar

 

3.



 

Eftalitlar davlati tarixiy geografiyasi 

(IV-V asrlar) 

4.

 



Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi 

 



3. 

O’rta  Osiyodagi  mustaqil 

davlatlar

 

O’quv faoliyati natijalari: 

5.

 

Eftalitlar davlati tarixiy geografiyasi (IV-V 



asrlar) 

6.

 



Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi 

3. 


O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlar

  

Ta’lim berish usullari 



Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, FSMU . 

 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy  

Ta’lim berish vositalari 

O’quv qo’llanma, proektor, qo’shimcha adabiyotlar 

Ta’lim berish sharoiti 

O’TV bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-мавзу 

 

Mаrkаziy Оsiyoning ilk o’rtа аsrlаr dаvri tаriхiy gеоgrаfiyasi  



 

 

МАЪРУЗА МАШҒУЛОТЛАРИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ 

 


 

30 


1.2.

 “

Markaziy Osiyoning ilk o’rta asrlar davri tarixiy geografiyasi” ma’ruza 

mashg’ulotining texnologik xaritasi

 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

 1. 



Mavzuga 

kirish 

(15 daqiqa) 

   1.1. Mashg’ulot mavzusi,  uning rejasi, maqsad, vazifalari  va  

adabiyotlar  bilan tanishtiradi.  

(1-ilova) 

1.2. Talabalar o’quv faoliyatini  baholash mezonlari bilan tanishtiradi 

(2-ilova)

 

Tinglaydilar. 



 

 

Tinglaydilar 



 

2-bosqich 

Asosiy 

bosqich   

(55 daqiqa) 

2.1.  Mavzuni  o’rgatish bo’yicha bumerang uslubidan 

foydalaniladi 

 (3 ilova)  

2.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida 

savollar beriladi 

(4 ilova)  

2.3. Talabalarga mavzuning asosiy jihatlar takrorlanadi. 

(5 ilova) 

Topshiriqlar bo’yicha 

ishlaydilar  

 

Talabalar berilgan 



savollarga javob 

beradilar. 

 

Tinglaydilar, 



yozadilar. 

3. 

Yakuniy 

bosqich 

(10 daq.) 

3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob 

beradi,  

3.2  Mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa qiladi.  

3.3.  O’tilgan  mavzuni  mustahkamlab,  berilgan  adabiyotlar  bilan 

tanishib kelish topshiriladi. 

Savollar beradilar. 

Tinglaydilar. 

Vazifani  yozib oladilar. 

 

1-ilova 

Mavzu: Markaziy Osiyoning ilk o’rta asrlar davri tarixiy geografiyasi  

 

Reja: 


                           

1.

 



Eftalitlar davlati tarixiy geografiyasi (IV-V asrlar) 

2.

 



Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi 

3.

 



O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlar 

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Markaziy Osiyoning ilk o’rta asrlar davri tarixiy 

geografiyasi  

 

bo’yicha ma’lumot berish 



  O’quv  faoliyatining  natijasi:  Markaziy  Osiyoning  ilk  o’rta  asrlar  davri  tarixiy 

geografiyasi  haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.  

 

Adabiyotlar : 



1

 A.Yozberdiev. Istoki pismennoy tradicii i knijnego dela v Sredney Azii. Ashxabad, 1988.  

Qayumov  A.,  Ishoqov  M.,  Otaxo’jaev  A.,  Sodiqov  Q.  Qadimgi  yozma  yodgorliklar.  –T.: 

“Yozuvchi”, 2000.  



 

31 


Choriev  Z.,  SHaydullaev  SH.,  Annaev  T.,  O`zbekiston  xududida  yozuvning  paydo  bo`lishi 

va taraqqiyoti. –T., 2007     

www.penhistory.ru/hist.htm; wikipedia.org/wiki/

 

 

2-ilova 



 

Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 5 dan 2 ballgacha 

qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi: 

5 ball  -  «a’lo» 

4 ball  -  «yaxshi» 

3 ball  -  «koniqarli» 

 2 ball  -  «qoniqarsiz» 

 

3-ilova 

1 reja 

 Mamlakatimiz  xududida  ilk  yirik  feodal  davlatlardan  biri  -  Eftalitlar  davlatidir. 

Eftalitlarning  kelib  chikishi  haqida  fanda  turli  fikrlar  bor.  Aniqrog’i,  Eftalitlar  massagetlarning 

avlodidan  bo’lib,  ular  Kushonlar  siyosatini  davom  ettiradilar  va  Markaziy  Osiyoda  yagona 

markazlashgan davlatni barpo etdilar. 

Eftalitlar  podshosi  Vaxshunvar  457  yidda  CHog’oniyon  Tohariston  va  Badaxshonni 

o’ziga  bo’ysundirdi.  Eftalitlar  qo’shnisi  Eron  sosoniylari  bilan  urush  holatida  bo’lib,  ikki 

marta  shartnoma  tuzgan.  Ammo  shartnomani  buzib,  Vizantiya  yordamida  sosoniylar  shohi 

Peroz  eftalitlarga  hujum  boshlaydi  ammo  tor-mor  keltiriladi.  Eftalitlar  Eronga  katta  o’lpon 

soladilar,  Marvni  egallaydilar.  So’ngra  ular  Qobul  va  Panjob  vodiysini,  Qarashar,  Kuchu, 

Qoshgar va Xo’tonni egallaydilar. 

Ammo  Turk  hoqonlarining  eftalitlarga  qilgan  hujumidan  foydalanib,  Xusrav  I  554 

yilda eftaliylardan Toharistonni tortib oladi. 563-567 yillarda esa turk hoqoni Silsivul Eron bilan 

ittifoqlikda eftalitlarga qaqshatg’ich zarba beradi va bu podsholikni tobe ahvolga solib ko’yadi. 

Eftalitlar  davlatining  siyosiy  markazi  -  poytaxti  qaerda  bo’lganligi  to’g’risida  qatьiy 

aniq  ma’lumot  yo’q.  Taxminiy  fikrlarga  ko’ra  bunday  markaz  Poykand  yoki  Balx  bo’lgan 

deyiladi.  

Eftalitlar  davri  tarixiga  oid  ba’zi  bir  moddiy  madaniyat  yodgorliklari  mamlakatimiz 

hududida  sakdanib  qolgan.  Bular  Xorazm  viloyati  hududidagi  Firqal’a  (Qiyot-Beruniy 

yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand va boshqalardir. 

Eftalitlar  davrida  shuhrat  topgan  yirik  shaharlardan  biri  Paykent  (Baykend)dir. 

Nrashaxiy Baykentni «Buxoro shahridan qadimiyroq» - deb hisoblaydi. 

Markaziy  hokimiyatning  zaiflashuvi  va  kichik-kichik  mayda  hukmdorlarning  raqobatlari 

natijasida VI asrning o’rtalariga kelib Eftalitlar davlati asta-sekin yemirila boshladi 

 

2 reja 

VI  asrning  o’rtalariga  kelib  Oltoy,  Yettisuv  va  Markaziy  Osiyodagi  turli  qabilalar  va 

xalqlar birlashib katta turk hoqonligi davlatini tashkil kildilar. Lekin qadimgi turkiyzabon xalq 

xitoy solnomalarida miloddanav. 1756 yildan boshlab tilga olinadi. 

545  yildan  e’tiboran  Turk  xoqonligi  Markaziy  Osiyo,  Mo’g’uliston,  G’arbiy  Sibirь  va 

Dashti  Qipchoq  yerlarida  xukmron  davlatga  aylandi.  Turk  hoqonlari  nihoyatda  katta 

xududlarga ega bo’lgan mamlakatlarini sakkizta tobe xonliklar asosida boshqardilar. SHarqiy 

hoqonlik  Yettisuvda  bo’lgan.  Yozma  manbalarda  SHarqiy  va  G’arbiy  Turk  hoqonligini 

tashkil etishda qatnashgan turkiy urug’larning nomlari tilga olingan: Ashin, Arg’u, Az, Basmil, 

Izgil, O’g’uz, To’qqiz o’g’uz, Uch o’g’uz, O’n uyg’ur, O’tuz tatar qarluq, Qurdanta, Qimchoq, 


 

32 


Kitoy, Qirq az, Tordush, Tatabi, Dulu Nushub, To’qri (taharlar), Tolis, Turgan, Tupuri, Turk, 

Uyg’ur, Sir, Quriqan, Duba. 

551 yilda hoqon Bumin davrida hoqonlik bir yirik davlatga birlashtirildi. Istemi davrida 

hoqonlikning chegarasi yanada kengayib, Markaziy Osiyo xududlari ham uning tarkibiga kirdi. 

Jumladan,  Toshkent  va  uning  atroflari,  Qozog’iston,  Yettisuv  va  Xorazmdan  to 

Amudaryogacha  yetib  bordi.  563  yillarda  hoqonlik  eftalitlarni  tor-mor  etgach,  uning 

chegaralari  Eron  bilan  bevosita  yaqinlashib  qoldi.  Bu  hol  Eron  va  Turon  manfaatlarining 

to’knashuviga olib keldi. 



 

 

4-ilova 

Mustaxkamlash uchun savollar: 

 

5-ilova 

 

 



 

  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

1.

 



Azil mezolitning ilk bosqichidir. 

2.

 



Qo’shilish makoni  Toshkent shaxridan topilgan. 

3.

 



Obishir makoni Farg’ona vodiysidan topilgan. 

4.

 



Qo’shilish makoni uchburchak shakldagi qurollar topilgan. 

5.

 



Machay madaniyatidan qabr topilgan. 

6.

 



Machaydan topilgan odamlar yevropoid irqiga mansub. 

  

 



Download 333.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling