Tarixiy mazmunning shakllanishida umumiy yondashuvlar. Tarix darsligi bilim manbai va ta’lim vositasi sifatida. Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari


Darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud


Download 29.64 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi29.64 Kb.
#1572980
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu

Darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud:
1. Tushuntirib va izohlab o’qish. V sinfda O’zbekiston tarixidan hikoyalarni o’rganishda va VIsinfda Kadimgi dunyo tarixini o’qitishning dastlabki oylarida o’qituvchi butun mavzu yoki uning biror bo’limini goh bayon qiladi va goh darslik matnini o’qib, tushuntirib beradi. O’qituvchi matnni murakkab joylariga kelganda hikoyasini to’xtatib, matnni ovoz chiqarib ohista o’qib beradi, o’quv­chilar esa matnga qarab kuzatib borishadi, tushunish oson joylarni o’quvchilarning o’zlariga ham o’qitish mumkin. Matnni o’qish jarayonidayoq uning mazmunini o’quvchilar tomonidan tushunish darajasi tekshiriladi. “Qani Rustam aytib berginchi, mana bu abzatsdagi “eng qadimgi odamlar jamoasi - odamlar to’dasi” — degan jumlani qanday tushunasan? Eng qadimgi odamlarning hozirgi odamlardan farqini-chi?” O’qituvchi anashu tariqa savollar berib o’zining bayoni davomida darslik matniga tez-tez murojaat qilib, undagi yangi iboralar, terminlarni, qiyin jumlalar maz­munini tushuntirib beradi. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarni dars­lik matnini e’tibor berib, tushunib o’qishga o’rgatadi, ularning darslik matnini puxta o’rganib olishning ahamiyatini anglab olishlariga yordam beradi, uyda darslik ustida mustaqil ishlashlariga tayyorlaydi. O’quvchilar tarixiy materialni tushunib, matnni o’qishda ma’lum darajada malaka hosil qilganlaridan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini i z o h l a b o’ q i sh g a o’tiladi. Izohli o’qish ham o’qituvchining bayoni bilan birga olib boriladi.
2. O’qituvchi o’z bayonida o’quvchilar diqqatini darslik matnidagi ayrim jumlalar va iboralarga jalb etadi. Masalan, o’qituvchi Qadimgi dunyo tarixidagi «CHorvachilik va dehqonchilikning boshlanishi» — degan mavzuni hikoya qilib berayotganda, o’quvchilar diqqatini darslikdagi asosiy tushuncha va iboralarning mohiyatiga qaratadi. Agar zarur bo’lsa ularning mazmunini tushuntirib beradi, o’quvchilarning mavjud bilimlariga suyanib bu tushunchalarning umumiy xislatlarini, farqlarini, sabab-natijalarini, ular o’rtasidagi bog’liqliklarni hamda qonuniyatlarini o’zlashtirib olishlariga yordam ko’rsatadi. Bunda o’quvchilar bilim olishining har uchala manbai og’zaki bayon, matn ustida ishlash, ko’rsatmalilik va amaliy ishlari metodi ishtirok etadi.

Download 29.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling