Tarixiy roman


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana18.12.2017
Hajmi4.8 Kb.
#22512
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
 
-Mirtemir aka, kechqurun Islom aka chet elga ketayaptilar. UzTAGni qayta tuzish haqida farmon 
loyihasi tayyorlashni istadilar. Qolaversa, siz bilan alohida suhbat qilmoqchilar. 
 
-Bilasizmi,-dedi Mirtemir.-Sizga ochig’ini aytaman. Men Devonda ishlamayman. 
 
-Bilaman, qiynalib yuribsiz. Lekin masalani bunday keskin qilib qo’yish mumkin emas. Qochish 
uchun ham avval yo’lni belgilash kerak. Tavakkal qilib bir ko’chaga kirsangiz u ko’cha borsa-
kelmas yoki boshi berk bo’lishi mumkin. Bugun Islom akaning kayfi arshi-a’loda, nima istasangiz 
muhayyo bo’ladi. Hatto qochish uchun yo’l ko’rsat, desangiz ham yordam qiladilar, –  dedi 
Kraynov. 
 
Bular xamirdan qil sug’urishni bilishadi, deb o’yladi Mirtemir. Maqsadi meni Devonga chaqirish. 
Agar boshqa biri bo’lganda bahona bilan qutulish mumkin, lekin Kraynovning qopqoniga tushgan 
oyoqni siyirish oson emas. U baribir yo’lini topadi, yo’q deganingga ko’nmaydi. – Mirtemir aka, 
pod’ezdda mashina kutib turibdi, soqol olmasangiz ham bo’ladi, Islom akaning o’zlari ham uy 
kiyimida keldilar. Soqolni ham kechqurun yo’lga chiqishdan avval oladilar. Men UzTAGning rais 
o’rinbosarlarini chaqirdim, ular ishni boshlashdi. Sizga esa tahriri qoldi, – dedi Kraynov. 

 
Shu payt tashqarida chaqmoq chaqib, yashin qorong’u bulutlar bag’rini tildi. Ayni hol 
Mirtemirning xayolida yashandi.  Uning tuman kabi xiralashib qolgan xayol osmoni birdan 
yorishgandek bo’ldi. Karimovga o’z sohamda ishlash uchun ketaman, deyman, deb o’yladi u. 
Gazeta, radio yoki UzTAGga ishga o’taman. “ERK” gazetasiga ham bir necha marta taklif qilishdi. 
Xullas, ish topiladi. Nima bo’lganda ham Karimovdan uzoqlashish kerak va jangni uzoqdan turib 
davom ettirish zarur. Yaqinda tursang u chavaqlab tashlaydi. Ajdaho yoki devning yonida yurish 
har tomondan tahlika, chunki u oyoqlari ostini ko’rmaydi, yo’lidagi narsalaru borliqlarni ezib 
ketaveradi. Qolaversa, o’yinlarni uzoqdan ko’rsang farqiga borasan. Ichida yursang bilib-bilmagan 
holda o’yinchiga yoki o’yin ishtirokchisiga aylanasan. 
 
Mirtemir Kraynovning qoidasiga rioya qilmasdan soqolini olib, keyin yo’lga chiqdi. Darhaqiqat, 
Devonda farmonning bir necha ko’rinishi hozirlangan edi. 
 
-UzTAGni mustaqil tashkilotga aylantirish kerak, – dedi Mirtemir tayyorlangan matnlarni ko’zdan 
kechirarkan. Jamiyatning erkin bo’lishi, matbuotning mustaqilligidan boshlanadi. Hozir 
UzTAGhukumatning bir parchasi. Uning qo’l- oyog’idagi zanjirni echib yuborishimiz kerak. 
 
-To’g’ri, – dedi ulardan biri. – Lekin mustaqil bo’lsak, och qolamiz. Hozir davlatning hisobidamiz
keyin pulni qaerdan olamiz? Biz zavod yoki fabrika emas, biz aqliy 
  
mehnat tashkilotimiz. Shu bois davlat qaramog’ida qolganimiz yaxshi. 
 
-Mustaqil bo’lsangiz zavod, fabrikadan ham kuchli bo’lasiz,-dedi Mirtemir hamkasbiga e’tiroz 
bildirib,-Mamlakatning yagona xabar markazi hisoblanasiz. Ham ichkariga, ham tashqariga 
xizmat ko’rsatasiz. Butun dunyoda xabar markazlari mustaqil. Har bir xabarni katta-katta 
mablag’ga pullaydilar. Haqqoniy, tezkor xabarlaringiz bo’lsa, ishingiz o’ngidan keladi. Qolaversa, 
xalqimizga haqiqatni etkazishingiz uchun yo’lingizda to’siq qolmaydi. 
 
-Sizdan iltimos, shu masalani keyinroqqa qoldirsak, biz hozir mustaqil bo’lishga tayyor emas, – 
dedi ulardan biri. Qolganlari ham bu fikrni qo’llashdi. Mirtemir kuldi va: 
 
-Qamoqdagi odamga “Boring, siz ozodsiz”, deyilganda “Hozircha shu yerda qolay, ozod bo’lishga 
tayyor emasman” deb javob qilsa, kulguli ko’rinadi. Bugun mamlakatimiz mustaqil bo’ldi, nega 
siz mustaqil bo’lishni istamaysiz? Siz istamasangiz, balki Xabar markazida ishlayotgan 
minglarcha inson istar. Yoki ular ham istashmaydimi? – dedi. 
 
Bu savol qarshisida ular jim bo’lib qolishdi. Birozdan keyin sukunatni Latif aka degan kishi buzdi. 
Bir paytlar Mirtemir Latif Rahmonovning nomini ko’p eshitardi. U katta-katta tanqidiy maqolalar 
yozardi. Har bir maqolasi shov-shuvga sabab bo’lar, barcha gazetalarda ko’chirib bosilar va 
hamma tashkilotlarda muhokama qilinardi. Keyinchalik bildiki, bu maqolalar Kommunistik 
partiya Markaziy qo’mitasida tayyorlanar ekan. 
 
-Men o’ttiz besh yildan buyon qalam tebrataman,-dedi Latif aka.-Ozmi-ko’pmi obro’ qozondim. 
Biroz tajribaga ham egaman. Bir manzilga yugurib ham borish mumkin, asta sekin yurib ham, 
ammo yugurib borganda yurak xurujiga uchrash tahlikasi bilan yuzma-yuz qolishimiz mumkin. 

Prezidentimiz aytganlaridek: “Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzib bo’lmaydi”. Qolaversa, biz 
G’arbda emas Sharqda yashayapmiz. Sharqning qoidasi har bir ishni astalik va ustalik bilan 
qilishdir. Hozirgi sharoitda demokratiyaning bizga foydasi yo’q yoki biz Sharq demokratiyasini 
o’rnatishimiz kerak. 
 
-Men hali demokratiyaga qadar kelib etmadim, –  Latif akaning so’zini kesdi Mirtemir. –  Hali 
sizning mustaqilligingiz haqida gapirayapmiz. Eski-yangi uy masalasida esa tortishish mumkin. 
Masalan,  eski uyni buzmasangiz yangisini qaerda qurasiz? Agar boshqa joyda eringiz bo’lsa, 
eskisida yashab yangisini bamaylixotir qurishingiz mumkin. Eski uyingizni buzib chaylada 
yashash yana ham tahlikasiz. Chunki eski uy nurab turibdi. To’g’rirog’i katta uy yiqildi. 
Xarobaning ichida qoldik. Shunga qaramay yangisini qurmasdan xarobadan chiqmaymiz, deyish 
kulgili, ya’ni achinarli hol. 
 
-Bizga o’zimizdan kattalarning gapiga qarshi chiqish o’rgatilmagan. Bu G’arbga 
  
xos hol. Sharqda kattalarning yo’liga yurish qoidasi bor. Bu to’g’ri qoidadir. Bizdan bir nechta 
ko’ylakni oldin yirtgan kattalarimiz tajribaga qarab ish ko’radilar. Bugungacha ularning yo’lidan 
yurib adashmadik. 
 
-Yashang,-dedi Mirtemir, hayajonini yashirmay,-biz bugunga qadar o’n olti marta imperatorlik 
qurdik va hech biri uzoq yashamadi. Oxir-oqibatda parchalanib ketdik. Imperator o’lgandan keyin 
meros, mansab g’avg’osi boshlandi. Bir-birimizni edik. Sharq demokratiyasi shumi? 
 
-Har qanday imperatorlik parchalanadi, bu tarixiy jarayon. 
 
-Agar bugungacha birortasi yashaganda bu gapni aytmagan bo’lardingiz. Biz har bir hodisani 
oqlashni yaxshi bilamiz, ammo uning haqiqiy sabablarini qidirishga erinamiz. Balki shundandir 
tariximizni faqat boshqalar o’rgandilar. 
 
-Bu binoda mening siz bilan tortishib o’tirishim aslida katta voqea. Lekin bu istisno. Mana Xabar 
markazimizda rahbar yo’q. Bugun Prezidentimiz Xabar markazini qayta tuzish haqidagi farmonga 
imzo chekish bilan birga bu erga rahbar ham tayinlaydilar. Bu rahbar hay’atga kiritilgan va 
kechqurun Islom Abdug’anievich bilan chet elga boradi. U yerda esa TASS bilan o’zaro hamkorlik 
haqidagi shartnomaga imzo chekadi. Men o’rgandim, juda ko’p davlatlarda Xabar markazi yarim 
rasmiy ekan. Turkiya demokratiyaga o’tganiga etmish yil bo’libdi-yu hali u yerda ham Xabar 
markazi to’la mustaqil bo’lgan emas. 
 
-Men sizga yana e’tiroz bildirishga majburman. Chunki Turkiya hali to’la ma’noda demokratik 
davlatga aylanmagan. Yaqin o’ttiz yilda uch marotaba harbiy to’ntarishni boshidan o’tkazdi. 
To’ntarish davrining qilichi  hech kimni ayamadi. Demokratiya tarafdorlari surgun qilindi, 
qamoqlarda azob chekdi. Shunga qaramay Turkiya rivojlanishdan to’xtamadi. Bugun Onaduli 
Xabar markazi yarim rasmiy bo’lishiga qaramay, butun dunyo kunlik xabarlarni undan sotib oladi. 
Chunki haqqoniy va tezkor xabar tarqatadi, hukumatning bo’yinturug’idan qutulgan. Hukumat 
istagan, avvalo ularning hukumati istashga jur’at qilmaydi, xabarni emas, balki bor narsani 
tarqatadi. So’zbo’yamachilik yo’q. 
 

-Biz mustaqil bo’ladigan bo’lsak, tabiiyki, Xabar markazining rahbarini ham saylashimiz kerak. 
Jamoamiz shunday ham ikkiga bo’lingan. Oldingi rahbarning odamlari bir guruh, qolganlar yana 
bir guruh. Agar mustaqil bo’lsak, parchalanib, yo’q bo’lib ketamiz. 
 
Mirtemir Latif Rahmonovning e’tirozi ortidagi haqiqatni angladi. Demak, bular uchun 
mustaqillikdan mansab afzalroq. Bularga xabar, haqiqat, adolat degan tushunchalar emas, mansab 
va qullik kerak, deb o’yladi. Men esa erinmay tortishib o’tiribman. Nahot-ki, Latif Rahmonov 
allaqachon Xabar markaziga rahbar etib tayinlandi? Yoki Karimov bugun ertalab uni suhbatdan 
o’tkazdimi? Hay’at, safar deb ishorat qilishidan masala hal bo’lgan ko’rinadi. Shunday bo’lsa-da, 
Mirtemir 
  
ularning ko’ngliga qo’l solmoqchi bo’ldi. 
 
-Latif aka, birinchi navbatda Xabar markazini mustaqil tashkilotga aylantirsak. Uning rahbarini 
saylash masalasini esa ikkinchi navbatga qoldirsak. Ya’ni tashkilotning nizomi, dasturi 
tayyorlangach va ular jamoada muhokama qilinib tasdiqlangach, ana undan keyin rahbarni 
saylashga o’tsak. Siz aytmoqchi eski uyni buzmasdan yangisini qursak. Bu ishga kamida bir yil 
vaqt kerak. Shu bir yilda parchalanishning oldini olasiz. 
 
-Gap men yoki bu kishi haqida borayotgani yo’q. Ikkalamiz ham o’z o’rnimizda o’rinbosar bo’lib 
qolayapmiz. Bizga rahbar bo’lib Maqsad Qul borayaptilar. Bu farmon matnini ham u kishining 
o’zlari tayyorlaganlar. Shu bois bizning qo’limizdan hech narsa kelmaydi, –  deya Rahmonov 
gapning po’st kallasini aytdi. 
 
Qo’lingizdan ko’p ish keladi, deb o’yladi Mirtemir, sizga bu farmon loyihasining har bir so’zini 
himoya qilish topshirilgan. Shuning uchun har yo’lga bosh urayasiz. Sizga ham qiyin. Boshi 
to’qmoqning ostida qolgan ilonga o’xshaysiz. Jonimni qutqaraman, deya tipirchilaysiz. Lekin 
to’qmoqni ushlab turgan kishining maqsadi boshqa. U maqsadidan chekinmaydi. Baribir 
boshingizni ezadi. 
 
-Mayli, siz boravering. Men farmon loyihasini imzolash uchun o’zim olib kiraman, 
– dedi Mirtemir. 
 
Ular chiqib ketishgach, Mirtemir farmon loyihasini qaytadan yoza boshladi. Ko’p o’tmay Maqsad 
Qul kirib keldi. 
 
-Ha, og’a, bu qadar ishga berilib ketibsiz? Yakshanbadan o’ch olayapsiz, shekilli? 
 
-O’chni kimdan olayotganimni bilmaymanu lekin Sizni tabriklayman. 
 
-Nima bilan? 
 
-UzTAGga direktor bo’lib borayotgan ekansiz. 
 
-Yug’-e, bunaqa xabar eshitganim yo’q. Qolaversa, u erga hech ko’nglim yo’q. Buning ustiga 
bizga yo’l bo’lsin. 

 
-Markazning farmon loyihasini yozayapman. Mustaqil tashkilotga aylantirish bo’yicha band 
kiritdim. Har holda Karimov qarshilik qilmasa kerak. Siz nima deysiz? 
 
-Albatta, albatta… – birdan rangi oqarib, lablari bo’zarib allanechuk holga tushgan Maqsad Qul, 
apil-tapil xonadan chiqib ketdi. 
 
Xato qildim, deb o’yladi Mirtemir. Hoziroq u yugurib Karimovganing huzuriga kiradi. Xullas, bu 
ish ham chippakka chiqdi. Agar bular Karimovga “tushuntirib” 
  
qo’yishmasdan oldin kirganimda, balki imzo chekardi. Endi ular bu ishni ham Karimovga 
“orqangizdan pichoq urish” deb anglatishadi. Karimov esa xuddi pichoq egan odamdek 
to’lg’onadi. Shunga qaramay loyihani tayyorlab olib kiraman, balki devondan ketishim uchun 
sabab bo’lar. 
 
Mirtemir loyihani mashinkalash uchun kotiba qizga bergandi hamki, Kraynov ”Sizni 
so’rayaptilar” deb qoldi. 
 
-Hali loyiha tayyor bo’lmadi. Yarim soatdan keyin olib kiraman, – dedi Mirtemir. 
 
-Loyihani istamayaptilar. O’zingiz bilan gaplashmoqchilar. Haqiqatdan ham Karimovning kayfi 
chog’ edi. 
-Bir necha kunki ko’rinmaysiz? –  dedi Karimov o’rnidan turib, Mirtemirga qarshi yurarkan. – 
Hatto saylovdan keyin tabriklamadingiz ham. 
 
-Shu erlardaman,-dedi Mirtemir past ovoz bilan. 
 
-Har holda uydan chiqmay yotibman, demoqchisiz,-jilmaydi Karimov. – Sizni bugun UzTAGga 
direktor etib tayinlamoqchi edim, lekin dushmaningiz juda ko’p ekan. Hamma qarshilik ko’rsatdi. 
Taklifim bilan yolg’izlanib qoldim. Demokratiya degani shunaqa. Boshqalarning fikriga ham 
quloq solish kerak. Agar faqat mening fikrim o’tadigan bo’lsa, u holda diktatura bo’ladi. Menga 
qolsa, Po’lat Majidovichni ishdan olib, qamatib, chiritib yuborardim. Lekin ko’pchilik uning 
tarafida. Ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi demokratiyaning bosh tamoyilidir. Mana endi siz 
haqingizda ham shunday bo’ldi. O’zingiz nima deysiz? 
 
Yo, tavba, deb o’yladi Mirtemir. Bu odam shaytonga ham dars beradi. Qolaversa, mening 
xayolimdan o’tgan fikrni qanday uqib oldi? Yo’q, demak bu fikr oldin bularning xayolidan o’tgan 
va so’ngra Kraynov yoqqan sham yorug’ida men ham shu ko’chaga bosh suqqanman. 
 
-Lekin sizni tabriklayman, ko’pchilik yo radioga va yoki televideniega borishingizni istayapti. 
 
Karimov Mirtemirga fikr yuritish uchun vaqt bermasdan so’zida davom etdi. 
 
-Faqat Erkin Samandarov qarshilik qilayapti. Hozir uni topib gaplashamiz. 
 

U shunday deb qabulxonaga chiqdi va Kraynovga “Samandarovni top”, deya qaytib ichkariga 
kirdi. Karimov joyiga borib o’tirishi bilan Kraynov ichkariga kirdi: 
 
-Samandarov mashinasida. Uni bog’ladim,-dedi. 
  
-Ukajon, sizdan iltimosim bor, Mirtemirning nomzodiga qarshilik qilmasangiz. Uni televideniega 
rahbar qilib jo’natayapmiz. Ertagayoq olib borib tanishtirsangiz, –  dedi Karimov muloyim 
ohangda. 
 
U Samandarov bilan gaplashib bo’lgach, Mirtemir: 
 
-Bu idorani mutlaq qayta tuzish kerak,-dedi unga.-Hali Moskovning nizomi bilan ishlayapti. 
Menimcha avval bu tashkilotning tuzilishi, nizomi, tizimi haqida hukumat qarori chiqarilishi va 
undan keyin u yerdagi kadrlar masalasi ko’rib chiqilsa, yaxshi bo’lardi. 
 
-Bugun kechqurungacha hammasini tayyorlaysiz. Men imzolab ketaman. Qaror emas farmon 
tayyorlang. Faqat sessiyadan keyingi uchrashuvimizda talab qilinganidek, bu tashkilotni mustaqil 
qilishga qarshiman. Bu davlat idorasi. Televidenieni qo’lidan chiqarib yuborgan davlat qudratidan 
ayriladi. 
 
-Biz bu tashkilotning mustaqilligini talab qilganimiz yo’q. Davlat televideniesi ham qolsin. Yonida 
mustaqil televidenie tuzilsin. Masalan, men o’sha mustaqil televidenieni oyoqqa qo’yib beraman. 
 
-Mustaqil televidenie tuzish uchun davlatimizning imkonlari yo’q. 
 
-Zotan, bu televidenie o’z nomi bilan mustaqil bo’ladi. Ham iqtisodiy, ham mafkuraviy jihatdan. 
 
-U juda katta mexanizm. Uni oyoqqa qo’ya olmaysiz. 
 
-Bizga faqat ruxsat bersangiz, bas. Butun dunyoda televidenielar reklama hisobiga yashaydilar. 
Biz ham qaldirg’och davlatimizning qaldirg’och televideniesini reklama hisobiga yashatamiz. 
 
-Mayli, farmonni tayyorlang, lekin hozircha bitta kanalga izn beraman. Davlat televideniesining 
bir kanalini  mustaqil qilamiz. Bu iqtisodiy kanal bo’lsin. Qolganini esa asta-sekin amalga 
oshiramiz. Uzog’i bilan uch yilning ichida bir emas, o’nlab mustaqil televidenie ochib beraman. 
Hozir esa davlat televideniesi nomini o’zgartirish haqida o’ylang! 
 
Mirtemir xonasiga keldi-da, televidenie va radio qo’mitasi raisi Ganja Yoqubovga sim qoqdi: 
 
-Tashkilotning nomini o’zgartirish bahona, –  dedi u.-Katta meni ishdan quvmoqchi. O’rnimga 
Hayitboevni tayinlamoqchi. Sizni esa unga o’rinbosar qilib yuboradi. 
 
-Karimovning ichiga kirib chiqdingizmi? Muncha xabarni qaerdan oldingiz? 
  
-Shofyorlaridan, – deya kuldi Ganja Yoqubov. Keyin shu haqdagi latifani aytib berdi.-Yirik bir 
viloyatning rahbari ertalab ishga borayotsa, shofyori “Xo’jayin, bugun plenum bo’ladimi?”-deb 

so’rabdi. “Ha, plenumni tush ko’rdingmi? Men chaqirmasam, plenum to’planadimi?-debdi 
boshliq. Birozdan keyin shofyor yigit: “Xo’jayin, bugun sizni ishdan olisharkanmi?”-deb so’rabdi. 
“Nafasing o’chsin!”- debdi boshliq. Lekin shu kuni oniydan plenum o’tkazilib, boshliqni ishdan 
olishibdi. Taxtdan tushgan boshliq sobiq shofyorining yoniga kelib, “Men eshitmay kolgan 
gaplarni sen qaerdan eshitganding?”-deb so’rabdi. “Bozordan”, deb javob qilibdi shofyor. ” Unday 
bo’lsa, bozorga borib bilib kelsangchi, meni endi qaysi ishga qo’yisharkin?”-debdi sobiq boshliq. 
Shofyor “Sizni qamasharkan”, der ekan, shu payt ikki mirshab kelib sobiq boshliqning qo’ltig’idan 
ushlashibdi… 
 
Ganja Yoqubov o’zi aytgan latifaga o’zi miriqib kular ekan, Mirtemir unga askiya qildi: 
 
-Shofyoringizni bozorga yuborsangiz-chi, balki qaerga borishingiz ham aniq bo’lib qolgandir. 
 
-Aniq bo’lmasa, bu telefonda latifa aytib jonim nechta? Meni “o’yinbosarlikka” yuborishayapti. 
 
Mirtemirning xayolidan o’zining “O’yinbosar” degan hajviyasi o’tdi. Bu hajviyada u matbuot 
qo’mitasi raisining tsenzura bo’yicha o’rinbosarini masxara qilgandi. O’rinbosar “r” harfini 
aytolmay,”Men o’yinbosarman” derdi. Bu esa ishiga mos kelardi. 
 
-Siz qaerdagi o’yinlarni bosdi-bosdi qilishga borayapsiz? 
 
-O’yin qaerda bo’lardi, matbuotda-da, – dedi Ganja Yoqubov. 
 
-Xafa bo’lmang, siz “R” harfini aytaolasiz. Shu bois haqiqiy o’rinbosar bo’lasiz. 
 
-O’zingiz-chi, o’zingiz? 
 
-Men ham shu yerdan qutulganimga shukur qilaman. 
 
-Telefonda bunday demang. 
 
-Qutulishni istaganim uchun ham shunday deyapman-da taqsir. 
 
-Mayli, hozircha o’sha yerdasiz, hech bo’lmasa televidenieni ellik foiz mustaqil qilish uchun 
urinish kerak,-dedi Ganja Yoqubov. 
 
-Buni ham telefonda aytadigan bo’lsangiz, demakki, Xabar markazidagilar kabi siz ham 
mustaqillikni istamaysiz,-dedi Mirtemir. 
  
-Bo’pti, men hozir huzuringizga kelaman, – dedi Ganja Yoqubov. 
 
Mirtemir televidenie va radio qo’mitasi nomini “Teleradiokompaniya” deb o’zgartirdi. Uning 
qayta tashkil etilishi haqidagi farmon loyihasini tayyorlab bo’lgandi ham-ki, Ganja Yoqubov kirib 
keldi. 
 
-”Katta” bunga albatta davlat so’zini qo’shtiradi. Shu bois hozirdanoq qo’shib qo’ying, – dedi. 

-Yo’q, keyin bu so’z uchun ellik foiz mustaqillik talab qilamiz, – dedi Mirtemir. Qolgan gaplar 
xuddi “bozordagidek” bo’ldi. Ganja Yoqubov matbuot qo’mitasiga, 
ilgari Xabar markazida boshliq bo’lib ishlagan Erkin Hayitboev teleradiokompaniyaga 
o’tdi. 
 
-Hayitboevning bu sohadan hech xabari yo’q, –  dedi Karimov “davlat” kalimasi uchun “ellik 
foiz”ni in’om etarkan.-U latta odam, o’zingiz uni boshqarasiz… 
 
 
I S Y O N [ 5 1 ] 
 
  
 
Yanvar oyi bo’lishiga qaramay havo yumshoq edi. Mirtemirning televidenieda ishlayotganiga bir 
necha kun bo’lgandi. Ish ko’pligidan u sahar kelib, yarim tunda ketardi. Xonasida yangi 
tayyorlangan dasturlarni ko’rib, ertalabki majlisga loyihalar tayyorlayotgandi. Bosh direktor 
hovliqib kelib qoldi: 
 
-Bugun Talabalar shaharchasida qandaydir voqealar yuz beradi. O’g’lim talabalarning narx-navo 
oshishidan norozi ekanliklarini, kecha  kechqurun esa ularning domlasi Marat Zohidov ”Ertaga 
tush payti non magazini yonida namoyishimiz bor, agar qarshilik ko’rsatilsa ochlik e’lon qilinglar” 
debdi. 
 
-Kimga aytibdi? – Mirtemir hayratlanib so’radi. 
 
-O’g’limning Nasim degan do’sti bor, birga o’qishadi, shunga aytibdi. O’g’limga sen uzoq tur
dedim. 
 
Ish ichida Marat bo’lsa, demak yana qandaydir o’yin boshlandi, deb o’yladi Mirtemir. Maratni 
yaxshi taniyman. Ozgina manfaat uchun otasini ham sotib yuborishga tayyor. Aslida talabalar haq. 
Saylovdan oldin arzongarchilik haqida gapirgan Karimov saylovdan keyin darhol narx-navoni 
oshirib yubordi. Ayniqsa, nonni qimmat qilgani talabalarning qonini qaynatishi aniq. Zotan, ular 
saylov o’yinlarining farqidalar. Saylovdan bir hafta oldin ovoz berishga majbur qilishdi. 
  
Bir joyda gugurt yoqilsa, talabalar “portlab” ketishadi. Namoyish qilishsa, mayli. Insonlar o’z 
haqlarini namoyishlar orqali kun tartibiga qo’yadilar. Talabalarimiz bu yo’l bilan demokratiyani 
o’rganadilar. Bir kuch, bir mushtga aylanadilar. Adolatning himoyachisi bo’ladilar. Lekin bu 
ishning boshida Marat turishi qandaydir o’yin borligidan darak. Marat hukumatning qo’g’irchog’i. 
Buni bilmagan odam yo’q. Faqat hukumatning emas, kim pul bersa o’shaning qo’g’irchog’i. 
Bugunga qadar besh-olti yerda bu qo’g’irchoq bosh rol oldi. Qancha-qancha begunoh insonlarning 
umriga zavol  bo’ldi. Avvaliga jilovi Moskovda edi, keyin o’zimiznikilar ham uni qo’llay 
boshladilar. 
 
…Mirtemir televideniega o’tgandan buyon devondagi gaplardan bexabar edi. Balki devonda 
bo’lsa ham bu o’yinlardan xabardor bo’lishi mushkul edi. Devonda ham talabalar shaharchasi 
hamda Mirtemirning o’ziga qarshi yangi o’yinlar hozirlangandi. 

 
Alimov Maratni chaqirib gaplasharkan: 
 
-Poytaxt shahar ijroqo’mi sizga bir engil mashina va uy-joy qurish uchun yer ajratdi. Sizdan 
iltimosimiz esa, Talabalar shaharchasida biror-bir voqea chiqib qolsa, unga rahbarlik qilish va uni 
muxolifatga, jumladan Mirtemirga ham bog’lashdir, – dedi. 
 
Alimov birov bilan gaplashishga usta edi. Oliy Kengashning o’tgan majlisida Mirtemir Maratning 
Moskov bilan aloqasi borligi haqida gapirib, uni talabalarga qahramon qilib ko’rsatishgani, aslida 
esa bu soxta qahramon yashirin xizmatning chirkin ishlarini bajarib kelayotganini isbotlashga 
uringandi. Oraga Karimov kirmaganda bu janjalga aylanardi. O’shandan buyon Marat tishini 
qayrab yuribdi. Buning ustiga Mirtemir u haqda tanqidiy maqola ham yozdi. Shu bois 
Mirtemirning ismini eshitgan Maratning tuklari six-six bo’ldi: 
 
-Shaharchada istagan vaqtda biror-bir voqea chiqara olaman. Lekin uni Mirtemirga qanday 
bog’laymiz? Muxolifatga bog’lasak, bunga Mirsaidovni ham qo’shsak, o’shanda Mirtemir ham 
chetda qolmaydi. 
 
-Mayli, bu keyingi masala. Hozir esa voqea haqida o’ylashimiz kerak,-dedi Alimov.-Kallasi yaxshi 
ishlaydigan besh-olti bola topasiz. Ertaga narx-navo oshishi haqidagi qaror chiqishi bilan ochlik 
e’lon qilishsin. Bu bolalarni keyinchalik yaxshi joylarda o’qitib, o’zimizga shogird qilib olamiz. 
Ochlik sinovidan o’tganlarini avvaliga muxolifatning ichiga joylashtiramiz, ba’zilarini 
muxolifatning lideriga aylantiramiz, ba’zilarini esa Xavfsizlik qo’mitasiga taqdim etamiz. Xullas, 
o’zingizga kelajakda ham ishlash uchun ekipaj tuzayapsiz. Ba’zilariga katta-katta va’da bering, 
ba’zilarini esa adolatni himoya qilishga chaqiring. Nima ham deyman, o’zingizdan qoladigan gap 
yo’q. Karimovning umidi sizda. 
 
Marat oqshom chog’i Jurnalistika fakultetining yotoqxonasiga kelsa, muxolifat vakillari ham shu 
yerda ekan. Ular bilan quyuk salom-alikdan keyin: 
  
-Hozirgina eshitdim, xabarlarda berishdi, narx-navoni oshirishibdi. Biz bunga qarshimiz. Bu 
masalani parlamentda ham ko’tarib chiqaman. Saylovda bizni erga urishgani etar. Men 
talabalarimni himoya qilishga qodirman! Hozir so’zimizni aytmasak, qachon aytamiz? Tarix 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling