Tarixiy roman


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana18.12.2017
Hajmi4.8 Kb.
#22512
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
bo’yincha inqilob harakatlarini talabalar boshlashgan, eng og’ir kunlarda mamalakatni talabalar 
qutqarishgan,-dedi. 
 
Bir zumda yotoqxona chorsu bozoriga aylandi. Talabalar jon-jahdlari bilan tortishar ekanlar, Marat 
ularning orasida she’rlari va aqlli-aqlli gaplari bilan tanilib qolgan Nasimni chetga tortdi: 
 
-Oralaringizda ochlik e’lon qiladigan pahlavonlar bormi? – deb so’radi. 
 
-Zotan, biz noroziligimizni qaysi bir yo’l bilan ifoda etishni mo’ljallayapmiz. Lekin qachon, 
qanday? Bu ma’lum emas. 
 
-Nima bo’lsa ham ehtiyot bo’linglar. O’zingga o’xshagan yigitlarni yoningga ol. Marat chiqib 
ketar ekan, talabalar va muxolifat vakillari tortishuvi davom etardi. 

Ertasiga Marat non do’konining yoniga keldi. Alimov bilan kelishib olganlaridek bu do’konga non 
kech yuborildi. Non keltirilgunga qadar do’kon yonida talabalar turnaqator bo’ldilar. Asablar 
tobora taranglashib, ko’ngil ostidagi norozilik tashqariga urayotgandi. Bu yerda Marat 
singarilarning gugurt yoqishiga hojat ham yo’q edi. Shunday ham gulxan yona boshlagandi. 
 
Talabalar tobora ko’payib, o’rtaga shior otayotganlarning soni oshib borayotgandi: “Saylovlarda 
bizni aldashdi”. 
“Bugun aytadi, ertaga qaytadi”. 
 
“Bizga boshqalardan emas, o’zimizdan chiqqan prezident kerak!”. “Biz Karimovning iste’fosini 
talab qilamiz!” 
Birdaniga bu shiorlarni aytib, mushtlarini osmonga “otayotgan” yigit-qizlar tomonga son-sanoqsiz 
mirshablar bostirib kelishdi.Ur-to’polon boshlanib ketdi. Mirshablar, OMONchilar osmondan 
tushib qolishdi-mi hech kim anglolmay qoldi. Kimdir ikki talabaning otib o’ldirilganligi haqida 
so’ylasa, yana kimdir qaysidir yotoqxonada OMONchilar qizlarni kaltaklashayotganini aytsa, 
yana birov ko’zi ojiz talabani to’qqizinchi qavatda og’iz-burnini qonga botirib tepkilashganini tilga 
keltirdi. 
 
Mirtemir Talabalar shaharchasidagi voqealarni bilish uchun mashinasiga o’tirib, o’sha tomonga 
yo’l oldi. Shaharchaning atrofi mirshablar bilan o’rab olingandi. 
     Uning mashinasini to’xtatishdi.    
  
-Ichkariga kirish mumkin emas, – dedi mirshablardan biri. 
 
-Bu kishi millatvakili, qolaversa televideniening rahbari,-dedi shofyor yigit. 
 
-Millatvakillari, rahbarlar uchun bu yer tahlikali. Tuman markazida rahbarlarimiz o’tirishibdi. Ular 
kimni istashsa, uni o’zlari bilan birga olib kirishadi. 
 
Mirtemir mashinadan tushib mirshablarning boshlig’iga yuzlandi: 
 
-Mayli, meni kiritmanglar, lekin muxbirlarga izn beringlar,-dedi. 
 
-Sizni tanib turibmiz. Agar ichkariga o’tkazib yuborsak, boshimizdan ayrilamiz. Ammo 
muxbirlarga ham ruxsat yo’q. 
 
-U holda men o’zim o’taman! Kuch bilan to’xtatib qolishga haqqingiz yo’q. Tanlang, yo menga 
yo muxbirlarga ruxsat bering. 
 
Mirtemir uzoq tortishuvdan keyin muxbirlarni o’tkazib yubordi. 
 
-Iltimos,-dedi muxbirlarni o’tkazib yuborgan mirshablarning boshlig’i,-agar ichkarida so’rab 
qolishsa, biz Ichki ishlar vazirligining suvratga oluvchilarimiz, deb aytishsin. Chunki sizning 
xotiringiz uchun ruxsat berdim. 
 

Mirtemir tuman markaziga bormoqchi bo’ldi. Lekin mening asosiy ishim televidenieda, bugungi 
dasturlarni  o’zgartirishim, hukumat rahbarlarini taklif etib, xalqni xabardor qilishim, kontsert 
dasturlarini to’xtatishim kerak, deb o’yladi. Chunki bir tomonda otishmalar davom etgan paytda, 
biz kontsert ko’rsatib o’tirsak, na aqli-salimga va na insoniylikka to’g’ri keladi. 
 
Mirtemir muxbirlarni Talabalar shaharchasi tomon o’tkazib yuborarkan: 
 
-Voqealarni har tomondan suvratga olasiz. Bunday sharoitda biz haq tarafida turishimiz kerak. 
Haqiqatni o’rtaga qo’yish uchun voqealarni to’rt-besh kamera bilan suvratga olaylik,-dedi va ortga 
qaytib, mashinasiga o’tirdi. 
 
Ishxonasiga kelgan Mirtemir darhol Bosh vazirga sim qoqdi. Hali yaqindagina Bosh vazir etib 
tayinlangan Abduhoshim Mutalov bilan kasalxonada uchrashgandi. O’shanda Abduhoshim 
Mutalov don mahsulotlari vaziri edi. Karimov “onangni” deb haqorat qilgani uchun yurak xurujiga 
uchrab, xastaxonada yotgandi. 
 
-Karimovning ko’ngli tor bo’lsa, uning qanotlari ostida yashayotganlar uchun dunyo tor bo’ladi. 
Agar u ko’ngliga yaxshi-yu yomonni, o’jaru-qobilni sig’dira olmasa ham o’zini qiynaydi ham 
boshqalarni, – dedi o’shanda Mirtemir. 
 
-Karimov yaxshi odamu…-Abduhoshim Mutalovning bo’g’ziga nimadir tiqildi. Bu qo’rquv 
“musht”i edi. Shunga qaramay uzoq suhbat qilishdi. U har qancha ehtiyot 
     bo’lmasin, ba’zi narsalarni tan olishga majbur edi. Suhbatlar qo’r olgan kunlarda 
  
uni chaqirib qolishdi. Davolanishni chala tashlab ketarkan: 
  
265 
  
-Xechqisi yo’q, har kun ertalab sport bilan shug’ullanaman,-dedi. Mirtemirning xayolini 
kotibaning muloyim so’zlari bo’ldi. 
-Gapiring, Abduhoshim Mutalovich telefondalar,-dedi u. Salom-alikdan so’ng Mirtemir unga: 
-Talabalar shaharchasida nima bo’layapti? Eshitishimizcha, talabalarga non yuborishmabdi. 
Buning ustiga och qolgan talabalarni kaltaklashibdi. Hukumat bu xususda xalqqa biror-bir 
tushuntirish bermaydimi? Qolaversa, nega bu qadar mirshab va askarlar shaharchaga 
yuborilmoqda? – dedi. 
 
-Mirtemir aka, – dedi Abduhoshim Mutalov garchi yoshi Mirtemirdan ancha ulug’ bo’lsa-da. – 
Bilasiz-ku, bu xususda Islom aka bilan gaplashish kerak. 
 
-Mayli, gaplashib oling. Hatto bu voqea og’ir tus olmasligi uchun mirshablarni orqaga chaqirish 
taklifini ayting. Aslida Maratga o’xshaganlarga kimdir yana rol bergan bo’lsa kerak. Tezroq 
harakat qilaylik, yomon voqealarning oldini olaylik. 
 
-Menimcha, siz qo’ng’iroq qilsangiz yaxshi bo’larmidi? – dedi Abduhoshim Mutalov tovushini 
yutib. 
 

Qo’rqoq, deb o’yladi Mirtemir. Lekin qo’rqmasdan ham iloji yo’q, chunki u qo’rqish uchun 
tug’ilgan. Hayotdagi roli qo’rqoqlik. 
 
Mirtemir devonga sim qoqdi: 
 
-Ishlar yaxshimi? Korho nag’zmi? Kak dela? – deya uch tilda “sayray” boshladi Kraynov. 
 
Uning kayfiyatiga qaraganda, dunyo tinch. Ba’zan mutloq teskarisi ham bo’lishi mumkin, 
ichkarida jiddiy tortishuvlar yoki Kraynov iborasi bilan aytganda “osmon yiqilib tushgan” 
paytlarda u sir saqlashga urinadi. Talabalar shaharchasi haqidagi gapni eshitgan Kraynov rasmiy 
ohangda: 
 
-Hozirgina o’rtoq Karimov Oliy Kengash raisi Yo’ldoshevga topshiriq berdilar. U ikki daqiqa 
oldin devondan chiqib ketdi. Tez orada o’z xonasiga etib boradi. Bu masala bilan endi u 
shug’ullanadi. Televidenieda esa shahar rahbari chiqish qiladi,-  dedi va birdan gap ohangini 
o’zgartirib, yana rasmiy minbardan o’z holiga tushdi.-  Nag’zmi? Yaxshimi? Xorosho, nima 
dedingiz, Mirtemir aka? 
 
-Uch tilda gapirmasangiz tushunishim qiyin edi,-dedi Mirtemir kinoya bilan.- Shahar rahbari emas, 
jumhuriyat rahbarlaridan biri chiqib xalqqa tushuntirib bersin. 
 
  
  
-O’rtoq Yo’ldoshevga telefon qiling! – U shart etib telefon trubkasini qo’ydi. 
 
Mirtemir Kraynovning tarzidan ranjigan bo’lsa-da “o’sha bilan teng bo’lib o’tiraman-mi” dedi-da, 
Oliy kengash raisiga sim qoqdi. Yo’ldoshev do’rillagan ovoz bilan xuddi radioda Siyosiy byuro 
bayonotini o’qiyotgandek rasmiy ohangda gapira boshladi. Bu esa uning Karimovdan rostdan ham 
topshiriq olganini ko’rsatardi. Aks taqdirda u hol-ahvol so’rashdan nariga o’tmasdi. Har bir 
narsadan hurkadigan Yo’ldoshev bunday jiddiy ohangda xuddi hisob berayotgan kabi gapirar 
ekan, demak saroy qozonida ko’p narsa qaynamoqda. 
 
-Maxsus xabarnoma e’lon qilamiz,-dedi Yo’ldoshev.-Komissiya tuzayapmiz. Komissiya tarkibiga 
jamoatchilik vakillari, huquq-tartibot organlari tamsilchilari, muxolifat rahbarlari ham kiritiladi. 
Poytaxt rahbari voqealar rivoji haqida gapirib beradilar. Qaysi paytda ko’rsatasiz? 
 
-Axborotdan avval “So’nggi soatda”-degan rukn ostida beramiz. 
 
-Yaxshi, tayyor bo’lib turing! 
 
Yo’ldoshev ham engini, ham pochasini shimarib olgan kishini eslatardi. Bevosita Karimovdan 
topshiriq olganiga shod edi. Mirtemir bu odamdan bir ish chiqishi qiyin, deb o’yladi-da, siyosiy-
iqtisodiy ko’rsatuvlar tahririyati mudirini chaqirdi. Unga shahar rahbarini topishni va uning 
bayonotini yozib olishini buyurdi: 
 

-Shaharchadan keltirgan barcha reportajlarni beramiz, ortidan esa rasmiy qarashni e’lon qilamiz, 
– dedi Mirtemir. 
 
 
H O V L I Q M A [ 5 2 ] 
 
  
 
Ko’p Mirtemirning huzuriga televidenie bo’lim mudiri kirib keldi: 
 
-Shahar idorasida hech kim yo’q. Hamma Talabalar shaharchasi yaqinidagi shtabda ekan. 
 
-Bular allaqachon shtab ham tuzishibdi-mi? 
 
-Shtabda faqat hukumat telefoni o’rnatilgan ekan. Shu bois o’zingiz qo’ng’iroq qilsangiz. 
 
Mirtemir hukumat telefonidan shahar rahbari telefonining raqamlarini terdi. Telefon jiringlarkan, 
bular telefonlari bilan birga yurishadi, darrov shtab qurib, hukumat 
  
telefonini ham o’sha erga olib borishibdi, har holda Talabalar shaharchasida qishlaydiganga 
o’xshashadi, deb o’ylarkan narigi tomondan “xasaki” ovoz eshitildi. 
 
Bu Fozilbekov edi. Mirtemir xirrik ovozda nutq irod qiladigan Fozilbekovni ilk bor katta bir 
qurultoyda ko’rdi. Rangi oqarib, chehrasi so’lib qolgan Fozilbekov o’shanda avval Moskovdagi 
to’ralarning  “po’stagini qoqdi”, keyin hatto poytaxt shahar mirshablarining boshlig’i bo’lgan 
Xo’jaevni o’zining mashinasini o’g’irlab ketishgani, shaharda jinoyatchilik haddan oshgani, 
shunga qaramay Xo’jaevga general unvoni berilganidan ranjib gapirdi. 
 
Bu o’sha paytda Kommunistlar partiyasinig boshida o’tirgan Karimovga tegib ketdi. Chunki 
Xo’jaevni generallikka u tavsiya qilgandi. Shu bois Karimov Fozilbekovni chimdib oldi: 
 
-Ikki kishi bir ko’rpaning ostida yotolmasangiz, ZAGSga aytamiz ajratib qo’yadi,- dedi u yonidagi 
ikkinchi kotibga qarab. Ikkinchi kotibning kadrlar masalasi bilan shug’ullanishini hamma yaxshi 
bilardi.-Kimga general unvoni berish-bermaslik esa bizning ishimiz. 
 
O’shanda ko’pchilik Fozilbekovning ildizi quridi, u barg to’kayapti, yaqinda gursillab yiqiladi, 
desa-da u mahkam chiqdi. To’g’rirog’i, Mirsaidov uni asrab qoldi. Ammo Karimov o’z kreslosini 
mustahkamlab olgan kunlarda Fozilbekov balikdek siyrilib, Mirsaidovning arig’idan qochdi. Endi 
Karimov uni Mirsaidovga qarshi qo’llana boshladi. 
 
Telefonning naryog’idan kelgan xirrik ovoz birdan tinchib qoldi. Keyin boshqa tovush eshitildi: 
 
-Bu telefon nomeri “54 – 59, kim bilan gaplashmoqchisiz? 
 
-Fozilbekovni qidirayapman,-dedi Mirtemir. 
 

-U kishi hozirgina chiqib ketdilar. Hukumat komissiyasiga  televidenie rahbarlaridan Elbek 
Musaev ham kiritilgan, qolaversa Erkin Hayitboev ham shu yerdalar. 
 
-Men hali o’zimni tanitganim yo’q, maqsadimni ham aytganim yo’q, siz esa hammasiga oldindan 
javob berdingiz. Yoningizda kim borligi o’z yo’liga, lekin Fozilbekovga ayting, hukumat nomidan 
gapirish u kishiga havola qilinibdi. Biz haqqoniyat uchun hukumat fikrini ham bermoqchimiz. 
Agar gapirmasalar reportajlar bilan kifoyalanib qolamiz, – dedi Mirtemir. 
 
Telefonda gaplashayotgan odam pichirlab bu gaplarni yonidagi kishiga takrorladi. U Fozilbekov 
edi. Mirtemirning tovushini tanigani uchun telefon dastasini yonidagilardan biriga bergandi. U 
ingichka ovozda “Hammasi o’zini olib qochadi. Baloga esa men qoldim,”dedi. Bu gaplar 
Mirtemirga eshitilib turgan bo’lsa-da, 
  
telefon dastasini tutgan kishi: 
 
-Bilishimizcha Fozilbekov Oliy Kengash raisi bilan gaplashdilar, uni ham ko’ndirdilar. 
Abduhoshim Mutalov chiqadigan bo’ldi, – dedi. 
 
Birozdan keyin Mirtemir yana Yo’ldoshevga sim qoqdi: 
 
-Bilaman, ”Axborot” soati yaqinlashib qoldi. Abduhoshim Mutalov chiqadigan bo’ldi! – dedi u 
qisqa qilib. 
 
Oradan ikki daqiqa kechib, teleradio qo’mitasi raisi Hayitboev Mirtemirga telefon qildi: 
 
-Men Talabalar shaharchasidan qaytayapman, – dedi u. 
 
-Nima bo’layapti o’zi? Siz qachon borib ulgurdingiz. Meni shaharchaga o’tkazishmadi. Men ham 
borib voqealarni o’z ko’zim bilan ko’rib kelmoqchi edim. 
 
-Bu tomonga yaqin kelmang. Hech kimni ichkariga kiritishmayapti. Qolaversa, voqealar kechasi 
yuz bergan, hozir esa shaharchada osoyish hukm surmoqda. Menga muhtaram Yo’ldoshev 
janoblari telefon qildilar, birov orqali emas, shaxsan o’zlari, xalqimizni voqealardan xabardor 
qilsak, dedilar. Prezidentimiz hassosiyat bilan bu masalaga e’tibor bermokdalar. U kishining 
topshiriqlari asosida Bosh vazir xalqqa murojaat qiladi. Siz butun televidenieni ana shu ishga 
safarbar qiling, Bosh vazirning chiqishi biz uchun iftixordir, – dedi u. 
 
Mirtemir Hayitboevning o’pkadan chiqayotgan gaplarini telefon dastasini qulog’idan uzoqroq 
tutib tingladi. Keyin reportajlarni ko’rish uchun xonasidan chiqayotgandi yana telefon jiringladi. 
Bu Bosh vazir edi: 
 
-Mirtemir aka, meni shu ishdan qutqazing, hozir bir tumandaman. Boshqa birortasini topib yozib 
olsangiz, iltimos,-dedi u. 
 
-Bu oqshom yuz bergan otishmalarda qon to’kilibdi. Qo’limizda reportajlar bor. Mirshablar 
hadlarini bilishmagan. Qolaversa, ularga kim buyruq bergani ertami kechmi o’rtaga chiqadi. Siz 

hukumat rahbari sifatida xalqning oldiga chiqib, ikki og’iz so’z aytmasangiz, kim aytadi? Axir bu 
voqealar nega boshlandi? Nima uchun, o’q otgan kimlar, o’lganlar kim, nima uchun shuncha voqea 
yuz berayapti- yu hukumat jim? Bu savollar faqat meni emas butun xalqimizni qiziqtiradi. Bugun 
oqshom televidenie ana shu savollarga javob berishi kerak. 
 
Telefonning naryog’idan sas kelmadi. Abduhoshim Mutalovning tovushi ichiga tushib ketgandi. 
U zorlangan ovozda: 
 
-Menga yordam bering, – dedi. 
  
Respublika rahbarlari  nima sababdan xalqning  ko’ziga qarashdan cho’chishmoqda, deb o’yladi 
Mirtemir. Xalqimiz “Xo’sh, Karimov qaerda? Namoyish bo’lgan, yong’in  chiqqan  joylarga  
borib,  ot  minib, olomonni  to’xtatganman, deya takrorlovchi zot nega kabinetidan chiqmayapti? 
Agar kecha oqshom u ikki chaqirimli yo’ldan cho’chimay Talabalar shaharchasiga borganda, olam 
guliston edi. O’qlar otilmasdi, qon to’kilmasdi” deb o’ylashmaydimi? Xalq o’ylaydi-yu, lekin 
xalqning o’ylaganini bular hatto xayolda jonlantirishga cho’chiydilar. 
 
Mirtemir reportajlarni ko’rarkan, vujudini titroq bosdi. Besh-olti mirshab bir qiz talabani sudrab 
ketishmoqda… 
Uch-to’rt OMONchi esa bir talabani erga yotqizib tepishmoqda… 
 
Yotoqxonalardan biriga bostirib kirgan mirshablar dush ostidagi talabalarni kaltaklashmokda… 
 
Bu dahshat-ku, deb o’yladi Mirtemir. Nahotki, shu darajada vahshiylashib ketdik? Bu mirshablar 
hayvonot bog’ida etishtirilgan emas, bular ham qaysi bir ota-onaning farzandlari. Balki bu 
talabalar orasida ularning ham ukalari, singillari bordir? Nahotki, yuqoridan kelgan buyruqqa ko’r-
ko’rona bo’yin egib o’z qardoshlariga o’q otsalar? Axir bu talabalar Karimovning saroyini kul 
qilib ko’kka uchirmadilar? Bor-yo’g’i nonimiz qani, nega nonimizning bahosini qimmat qildingiz, 
nega saylovda bizni aldadingiz, deb so’rashdi. Ularning Karimov iste’fosini so’rashga ham haqlari 
bor. Aslida Karimov minbarlarda ko’kragiga urib gapirayapti-yu lekin xalqqa biror narsa 
berayotgani yo’q, balki xalqning xirmonini sovurib, haqini eb, haqiga xiyonat qilib yuribdi. 
Xalkdan bolalaringni o’qitaman, deya soliqlar olinmokda, lekin bolalarning qo’lidagi bir burda 
noni ham tortib olinayapti. Buni mansabda o’tirganlarga aytish befoyda. Ularning dini ham, imoni 
ham, Allohi ham, Payg’ambari ham mansab. Lekin mana bu oddiy mirshablar-chi? Nahotki, ular 
o’zlarini qul deb bilsalar, mansabdagilarning quli deb bilsalar?! Yoki kiyib olgan liboslari ularni 
robotga aylantirdimi? Qalbi yo’q, aqli yo’q, fikrlamoqdan, mushohada qilmoqdan mahrum 
bo’lgan robotlarga aylandilar-mi? Balki bir kun bu talabalarning ham ba’zilari mirshab bo’lar? 
Ular ham o’z farzandlari, o’z aka-ukalariga qarshi qurol ko’tarmaydilarmi keyin? Qasos olmoq 
uchun shu yo’lga bosh urmaydilar-mi? Bir insofsizning mansabini qo’riqlash, bir xoinning 
obro’yini asrash uchun qon to’kkan bu insonlarga nima deyish kerak?! 
 
Nega men yo’ldan qaytdim? Qo’rqdim-mi?! Yo’q, bulardan qo’rqmayman. Unda nega bormadim? 
Balki talabalarni asrab qolgan bo’larmidim?! Balki mirshablarni to’xtatarmidim? Sen borguncha 
bo’lgan ish bo’lgandi, g’isht qolipidan ko’chgandi. Senga tushadigani oxirigacha mujodala etib 
qotillar kimligini o’rtaga chiqarishda boshqalar bilan birlashishdir. Bir kishi hech narsa qila 
olmaydi. Yanchib tashlashadi. 

  
Reportajlarning birida jumhuriyat prokurori Bo’ritosh Mustafoevning talabalar shaharchasiga 
kelgani aks ettirilgandi. U minbarga chiqib gapirarkan, yonida Iso Xolis turardi. Bo’ritosh 
Mustafoev talabalarga qarata: 
 
-Siz qonunlarga qarshi ish qilayapsiz. Qonunlarni buzayapsiz. Buning oti isyondir. Isyon esa 
qonunda og’ir jazoga sabab bo’ladi,-degandi talabalar qo’llaridagi bor narsani unga qarab otdilar. 
Mustafoev bilan Iso Xolis arang qochib qutulishdi. 
 
Bo’ritosh Mustafoev uzoq bir rayonda prokuror edi. Qisqa vaqtda jumhuriyat prokurorligigacha 
etib keldi. O’shanda ko’pchilik “Bu bo’shalang odam Karimovga dosh berolmaydi” deyishgandi. 
Lekin tosh chikdi, Karimovning iskanjasiga chidadi. Bunday odamlarni “pixini yorgan”lar 
toifasidan ham deyishadi. Chunki u Karimovning topshiriqlarini hech qachon bevosita o’zi 
bajarmadi. Doim birovni topdi, birovni ro’baro’ qildi. Ammo nega talabalar shaharchasiga o’zi 
keldi? Demak, masala ancha jiddiy, “O’zing borib kel!” – degan topshiriq olmaganda albatta, bu 
erga ham borib keladigan “qul” topilardi. Bu voqeadan o’zini olib qochardi. 
 
Darhaqiqat, prokurorni u erga yuborish kimning xayoliga keldi ekan, deb o’yladi Mirtemir. 
Bunday sharoitda tahdidga o’rin bormi? Talabalarni qizdirish, bu fitnadir! Demak, yuborgan odam 
shuni istagan. Har tomondan qurshab olingan, kaltaklanayotgan, sudralayotgan odamga “sening 
jazong o’lim” desangiz, u rahmat deydi-mi? Hali ham talabalarimiz insofli ekan! Oxiriga qadar 
quvib borib, mashinasini ag’darib, o’zining orqasiga tepa-tepa haydab yuborishmaganiga qulluq 
qilsin. 
 
-Siz qaytgandan keyin shaharchada nima bo’layotganini hech kim bilmay qoldi,- dedi u erga borib 
kelgan muxbirlardan biri. Ko’p odamni ichkariga kiritishdi. Hatto bir qancha gazetalarning 
muxbirlari ham o’sha yerda edilar. Qaytishimizda mirshablardan biri sizni ichkariga 
kiritmaganlarni postdan chetlatishganini aytishdi. 
 
Mirtemir hayron bo’ldi. Balki Abduhoshim Mutalovga shikoyat qilganim o’z ta’sirini 
ko’rsatgandir, deb o’yladi. Yo’q, bu odam birovga tanbeh berishga qo’rqadi. Buning ustiga 
Teleradio qo’mitasi raisi “Devondan butun rahbarlar shaharchaga borishsin, deb aytishdi. Men 
birinchi o’rinbosar bilan borib kelaman, siz esa bu yerdagi ishlarga rahbarlik qilib turing”, degan 
gapni o’zingizni topolmaganim uchun kotibaga yozdirib ketgandim” deganini esladi. Keyin esa 
Alimovning yordamchisi qo’ng’iroq qilib, Talabalar shaharchasiga borib-bormagani bilan qiziqdi. 
Har holda nimadir bor. Mayli, hozircha muhimi bu emas. Muhimi reportajlarni xalqqa 
ko’rsatishdir. 
 
Mirtemir xonasiga qaytgandan keyin Oliy kengash raisi telefon qildi: 
 
-Sizni ham qiynab qo’ydik,-dedi u, men qiynalib ketdim, degan ohangda. 
 
-Xalqqa biror gap ayta olmasak, ana u qiyin,-dedi Mirtemir. 
  
-Sizga nima? Hayitboev ishning ichida, o’rinbosari Musaevni komissiyaga qo’shdik. Ana ularning 
vijdoni qiynalsin. Qolaversa, bugun beriladigan barcha ko’rsatuvlarni komissiyamiz a’zosi sifatida 

o’rtoq Musaev ko’rib chiqsin. Bilasiz, bir ish yuzasidan tergov boshlansa, unga hech kimning 
xalaqit qilishga haqqi yo’q. Biz ham tekshiruv olib borayapmiz. Komissiyamiz faoliyati boshi berk 
ko’chaga kirib qolmasligi uchun har turli tadbirlar olishimiz kerak. Eshitishimcha, siz Talabalar 
shaharchasiga muxbirlarni olib boribsiz? 
 
-Muxbirlarning borib-bormasligi siz uchun voqea emas, lekin bir millatvakilining mirshablar 
tomonidan yo’ldan qaytarilishi sizni qiziqtirishi kerak, chunki raisimiz bo’lasiz. 
 
-Siz bormasangiz ham voqealarga aralashganingizni bilamiz. Bundan bu yog’iga ehtiyot bo’ling,-
dedi Yo’ldoshev va qo’shimcha qildi.-Islom akaning topshirig’i bilan hozir Bosh vazir o’rinbosari 
Erkin Samandarov etib boradi. Musaevdan keyin ko’rsatuvlarga nazar tashlaydi va lozim topsa, 
axborotda chiqib gapiradi. 
 
Ertalab boshlangan bu hangoma kechgacha davom etdi. Nihoyat toqati -toq bo’lgan Mirtemir 
devon kotibiyatining boshlig’iga telefon qildi: 
 
-Iltimos, kirib Karimovga ayting, ko’rsatuvlarimizga tsenzura qo’yishayapti. Bu xabar dunyoga 
yoyildi. Oqshom Moskva ham ko’rsatadi, bizning jim turishimiz jinoyat bo’ladi,-dedi. 
 
-Hozir shuning maslahati bo’layapti,-dedi kotibiyat boshlig’i. –  Karimovning huzurida shu 
xususda majlis o’tkazilmoqda. 
 
Birozdan keyin yana Yo’ldoshev telefon qildi: 
 
-Hammasining dami chiqib ketdi. Bu masalani ertaga hal qilamiz. Bugun hukumat komissiyasi 
tayyorlagan xabar bilan komissiya ro’yxatini e’lon qiling,-dedi u. 
 
-O’ttiz ikkita ism-sharifni o’qishdan nima ma’no chiqadi? Qon to’kilgani, talabalarni otishga kim 
ruxsat bergani, necha kishi o’lgani va necha kishi yarador bo’lgani, buning aybdorlari kimligi – bu 
savollarga bugun javob berishimiz kerak! 
 
-Mayli, buni Hayitboev bilan gaplashamiz, – dedi Yo’ldoshev va boshqa telefon jiringlayotganini 
aytib, suhbatni kesdi. 
  
HAYITBOYEV [ 5 3 ] 
 
  
 
Oradan besh daqiqa o’tar -o’tmas Mirtemirning xonasiga Hayitboev kirib keldi: 
 
-Nega mendan so’roqsiz kamera yubordingiz?-dedi u hovliqib.-Menga Islom akaning o’zi telefon 
qilib, kamera-pamerangni yig’ishtir deb aytdilar. Hatto meni “latta” deya haqorat qildilar, rahmatli 
onamni ham tinch qo’ymadilar. 
 
-Siz o’zingiz nega bir necha marta borib keldingiz-u kamera olib bormadingiz. Siz va mening 
vazifam u erga borib kelishdan iborat emas. Biz xabarchimiz. Xalqni voqealardan xabardor 

etishimiz kerak. Agar bu ishni uddalay olsak, asosiy vazifani bajargan bo’lamiz, adolatsizlikning 
yo’lini  kesamiz, o’yinlar uchun imkon qoldirmaymiz. Hozir esa vaqtdan boy berayapmiz, 
yolg’onning gullashiga yo’l ochayapmiz,-dedi Mirtemir. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling