Tarixiy roman
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
-Voy, qoshiq deganingiz nimasi? -Qoshiq deganim mana bu!-Karimov bir sakrab o’rnidan turdi-da xotinining yuziga tarsaki tortib yubordi. Tatyana bir tarsakidan keyin ikkinchi, uchinchisi ham kelishini yaxshi bilardi. Shu sababdan gap qaytarish yoki yig’lash o’rniga darrov qochardi. Bu safar qocharkan eshik noxosdan qarsillab yopildi. Karimov buni tarsakiga javob deb o’yladi va jahlini pishqirtirib, Tatyanani quvib ketdi. Tatyana hovliga qochib chiqqanda, xo’jalik ishlari mudiri sut, qaymoq ko’tarib kelayotgandi. Tatyana undan uyalib, orqaga qaytmoqchi bo’ldi. Lekin ajdahodek pishqirib kelayotgan erining jahlidan jumbushga kelgan qo’rquv tuyg’usi bu uyatni engdi. Karimov esa mudirni ko’rmadi ham. Hovli kengish bo’lib, bir tomoni katta boqqa ulanardi. Bu bog’ “birinchi”lar uchun maxsus insho etilgan va atrofi baland devorlar bilan o’rab olingan. Tatyana yugurib borar ekan, oyog’idagi tapochkasi ikki tomonga uchib ketdi. Karimov bu tapochkalarni olib unga uloqtirdi. Baland ovozda bir-ikki so’kdi-da, orqasiga qaytdi. Mudir qo’rqqanidan sut-qaymoqni ostonada qoldirib, g’oyib bo’lgan edi. Karimov qog’oz qutidagi sutni tepib yuborarkan, qaymoqlarni esa bog’ tomonga uloqtirdi. Keyin sharillagan sas uning diqqatini tortdi. Bu eshaklar haligacha hovuzni ham to’ldirishmabdi, deb o’yladi u va hovuz tomonga yurdi. Hovuz to’lib ketgan, undan toshgan suv atrofga oqayotgandi. U avval sovuq suvning jo’mragini berkitdi, keyin esa issiq suvning. Ich kiyimlarini atrofga uloqtirib, hovuzga kirdi. Xudoga shukur, bu dunyoda ham rohat qiladigan payt bo’lar ekan, deb o’yladi. Yarim soat hovuzdan chiqmadi. Bu orada Tatyana unga yangi ich kiyimlar va sochiq keltirdi. Erining odatiga ko’nikib qolgan xotini, xizmatchilarga ham javob berib yuborgani uchun, boshini eggancha, hovuzdan chiqadigan joydagi marmar toshlarni arta boshladi. -Ha, padxalimlik qilayapsanmi, erim hovuzdan chiqsa, yiqilmasin deyapsanmi ? -… -Bor, mudirni chaqir! Mudir poylab turgan ekan, yugurib keldi. -Yangangdan lattani ol, -dedi u mudirga. -Sen esa yo’qol! -dedi Tatyanaga. Mudir avval o’zining yangi kiyimlariga nazar soldi, keyin yugurib borib, Tatyananing qo’lidan lattani oldi. Ilgarigi rahbarlar xo’p odam ekan, deb o’yladi mudir. Hech biri bunaqa baqirib- chaqirmasdi. Hammasining osmoni osmon edi, bunikida esa momaqaldiroqdan boshqa narsa yo’q. Ilgarigilar xotinlaridan hayiqib turardilar. Jahllari chiqqan bo’lsa ham umr yo’ldoshlarini ko’rganda, Moskovdan kelgan mehmonni qarshilagandek soxta tirjayish bilan ezilib-suzilardilar. Ular Moskovdagi boshliqlariga ham taqlid qilardilar, ham qo’rqardilar. Moskov ularning avzoyi, qadam olishlari, yurish-turishlari haqida bizdan xabar olib turardi. Bundan tashqari bir qancha josuslar ham shu xususda ma’lumot yig’ib, yuqoriga berib turardilar. Birdaniga zamon o’zgardi. Nima bo’layotganiga hech kimning aqli etmaydi. Hali Moskovda rahbarlarning imtiyozlarini cheklash haqida qaror chiqqaniga bir oy bo’lgani yo’q. Mana bu tentak esa oldingisidan ham oshirmoqda. Odamlar otdan tushmoqda-yu bu esa tuyaga minayapti. Toj kiygan shoh aql oladi, deganlar, balki… -Nimani o’ylab qolding buncha? Daftaringni ol, yoz! -dedi Karimov unga. U bir sapchib o’rnidan turdi-da, ho’l qo’li bilan cho’ntagidan yon daftarini chiqardi. Keyin: -Eshitaman, -deya Karimovga yaqinlashdi. Chalqancha yotib, suv ustida yuzayotgan Karimov, hovuzdan chiqadigan narvonchani ushlab oyoqqa turdi. -Bir. Ertadan e’tiboran barcha xizmatchilar, doktorlar, massajchi hamshiralar shu erda yotib qoladi. Sen va Kraynov ham navbatchilik qilasizlar. Ikki. Ideologiya kotibiga ayt, “Qishloq haqiqati”gazetasi muharririni ishdan haydasin. Gazetalarga beriladigan har bir xabarni shaxsan o’zi o’qisin va menga bildirib tursin. Uch. Savol bo’lmasa bor, sartaroshni chaqir! -Ilgari barcha shu erda yotib qolardi. Lekin Moskovdan qaror kelgach, bunga chek qo’ydik. Muharrir masalasiga kelsak, u Moskovning deputati. Gapirsak, og’zimiz yonadi. -Senga og’iz yonish qanaqa bo’lishini ko’rsatib qo’yaman. Moskovning qarori bilan menga po’pisa qilayapsanmi? Shu soatdan e’tiboran ishdan haydalding. Biror joyda g’ing desang, onangni Uchqo’rg’ondan ko’rsataman! Agar sasing chiqadigan bo’lsa, qamoqda chiriysan. Kameraga salomga kelib turaman. Hozir esa bor, ishdan haydalganing haqida qaror yozib kel. Mudir shalpaygancha chiqib ketayotgandi, Karimov uni to’xtatdi. -Ha, rang-ro’ying o’liknikiga o’xshab qoldi? Yo, uy-joyingni, mashinangni tortib olayinmi? Yoki taftish boshlataymi? Bularni istamasang, qaddingni tik tut. Aytganimni bajar! Qarorni yozib, o’rinbosaring Mavlonga ber. U imzoga olib kelsin. Mudir chiqib ketar ekan, Karimov uning orqasidan bir-ikki bo’ralab so’kdi-da yana suvga sho’ng’idi… Karimov ishxonasiga kelishi bilan ideologiya kotibini chaqirdi. -Bu nima? -deya “Qishloq Haqiqati” gazetasini uning oldiga otdi. -Muharriri gapimizga quloq solmaydi. Ilgari ikki marta byuroga chaqirdik, kelmadi. Hozir esa deputat bo’lib olgan. -Siz o’zi ilgari qaerda ishlagandingiz? Qanday qilib bu ishga kelib qoldingiz? Sizga quloq soladigan odam bormi bu dunyoda? -Karimov savollariga javob ham kutmasdan, so’zda davom etdi. -Keling, sizni shu muharrirning zulmidan qutqaray. Ko’nglingiz qaerni orzu qiladi? Istagan joyingizni ayting, o’sha erga yuboraman. Adi- badi aytishga esa vaqtim yo’q. Sasingiz chiqadigan bo’lsa, sizdan oldin bu vazifada ishlagan xonimchaning holiga tushasiz. Kamgap, yumshoqko’ngil odamsiz. Ming gapga bir gap bilan ham javob bermasligingiz menga ma’qul. Xo’sh, o’rningizga kimni keltiramiz? Bu xususda ham demak fikringiz yo’q. Unday bo’lsa “ikkinchi” bilan uchrashing, ertangi plenumga ariza yozing, o’rningizga esa Akademiyada ishlayotgan Jahongir Hamidovni tavsiya qiling. Kotib bunday suhbatga tayyor edi. Chunki Karimov viloyatda ishlayotgan kezda ikkalasining orasi buzilgandi. Shu bois masala bu qadar silliq hal bo’lishidan engil tortdi. Ammo o’z o’rniga tavsiya etiladigan kishi bu sohadan uzoqligi uni o’ylatib qo’ydi. Karimovning biroz yumshaganidan va ish va’da qilayotganidan taskin topgan kotib: -U kishi biolog, bu erga esa mafkura sohasidan birini keltirsakmikan? -Mana sen mafkuradan kelgansan. Nima qilib berding? Agar gapni ko’paytiradigan bo’lsang, Moskovdan ish qidirasan. Uch kunda dumingga supurgi bog’layman. Yana kotib indamay turdi. Karimov esa ichini to’kdi. So’kkanida va hatto urganida indamay turadigan odamni yaxshi ko’rardi. Gap qaytargan, savol bergan kishi esa qanchalik haq bo’lmasin baribir uning qahriga uchrardi. Kotib esa asli indamaslardan edi. Uning jim turishi Karimovni yumshatdi. -Bo’pti chiq, plenumdan keyin qabulimga kelasan. Ha, Kraynovga ayt, menga muharrir Ahmadjon Muxtorovni bog’lasin. Karimov bardoqdagi choydan bir ho’plam ichmasidan telefon jiringladi. -Ahmadjon Muxtorov telefondalar, -dedi Kraynov. -Bog’la! Karimov quyuq salom-alikdan keyin: -Ahmadjon aka, bugungi maqolangizni o’qidim. Ming rahmat sizga. Nomzodimni Kattaqo’rg’ondan qo’yishni sizga o’zim aytaman, deb turuvdim. Ko’nglim bo’ling-e, ichimdagini topibsiz. Surat ham a’lo. Telefon qilayotganimning birinchi sababi, rahmat aytish bo’lsa, ikkinchisi, bir maslahatim bor edi. Bilasiz, Moskovdagi deputatlarimiz tarqoq bo’lib ketishgan. Ba’zilari anu Nishonov degan lattaning soyasiga aylanishgan, ba’zilari esa umuman so’zga chiqishmaydi. Majlislar zalida ham uxlashadi. Ertangi plenumimizdan keyin ikkalamiz Moskovga borsak, deputatlarimizni yig’ib gaplashsak. Ularga sizni boshliq qilib qo’ysam, o’zingiz tarbiyalasangiz. Mening Moskovdagi ko’z-qulog’im bo’lsangiz. Bu erdagi o’rningiz ham bo’sh turadi. Qolaversa, saylovlardan keyin yangi parlamentning gazetasini chiqaramiz. Uni ham o’zingiz yo’lga qo’yib berasiz. Aslida ertangi plenumda sizni mafkura kotibligiga keltirmoqchi edim. Lekin u yer siz uchun ancha past. Rahmat va qulluqlarni kelajakka olib qo’ying. Hozir esa katta ishlarga shaylaning. Bu jumhuriyatni ikkalamiz oyoqqa qo’yamiz. Siz Moskovda, men esa bu yerda! Karimov telefon dastasini o’rniga qo’yarkan, biror yil Moskovda sovuq qotib yursin, keyin yo’lini qilib gazetadan chetlashtiraman, hozircha o’zimning odamlarimdan birini o’rinbosar qilib qo’yaman, ishni u yuritadi deb o’yladi… Partiya Markaziy qo’mitasining plenumi Karimov o’ylaganidek o’tdi. Eski do’sti Jahongir Hamidovni mafkura kotibligiga tavsiya qildi. Ilgari kotiblik u yoqda tursin oddiy xodimni ishga olishni ham Moskva hal qilardi. Lekin keyingi vaqtda butun vakolatni mahalliy hokimiyatga berishdi. Endi kotibni saylab bo’lgachgina bu haqda Moskva xabardor qilinadi. Bo’lim mudirlari, xodimlar esa Moskovni qiziqtirmaydi. Chunki bularsiz ham ularning boshi cho’p suqilgan arining uyasidek g’uvillab yotibdi. Har kun bir yangilik, har kun bir tashvish. Yangi saylangan SSSR Oliy Soveti tongdan oqshomgacha, oqshomdan sahargacha meros talashgan bolalardek janjal bilan ovora. Karimov uchokda shular haqida o’ylab o’tirarkan yoniga muharrir Ahmadjon Muxtorov keldi. -Ertaga mehmonxonada bir qo’lbola osh buyursangiz, -dedi u muharrirga. -Mavlon sizga yordamchi bo’ladi. Karimov yonida o’tirgan Mavlonga qarab: -Kecha tasdiqdan o’tding, endi buni yuvamiz. Sen bolaga aytib qo’yay, agar gapimdan chiqmasang baland-baland joylarga ko’taraman seni. Mavlon o’rnidan turib, qulluq qildi. Karimov uning o’rnini muharrirga ko’rsatib: -O’tiring gap bor, -dedi. Mavlon egilib o’rindiq ostidagi diplomat-sumkani olmoqchi bo’lgandi, Karimov: -Turaversin, Ahmadjon akaning oltinu pul bilan ishi yo’q, -dedi. Keyin Mavlonning uzoqlashishini bir lahza kutib turdi-da, muharrir tomonga egildi: -Nishonov bilan orangiz qanday? -deb so’radi. -U millatimizning boshiga kulfatlar keltirdi. Eng yaxshi insonlarni tuhmat bilan qamalishiga ko’z yumdi. Millatimiz masxara qilinar ekan, u ham qo’shilib kuldi. Vodiy voqealari Moskva tomonidan uyushtirildi, ammo uning xabarsiz bo’lishiga ishonmayman. Aks taqdirda uni Moskvaga shunday katta ishga olisharmidi ? -Balli og’ayni, -dedi hayajonlangan Karimov. -U mening yo’limga to’siq bo’ldi, lekin qo’lidan bir ish kelmadi. Bu borada sizning ham xizmatlaringizdan xabarim bor, unutmayman. Ana uning esa yaqinda oilasini ham quvaman. Bir umr yurtga qaytmaydigan qilamiz. Siz Moskovdagi gazetalardan uch-to’rt kishini sotib oling, masrafini Mavlon hal qiladi, -deya u ko’rsatgich barmog’i bilan qora diplomatga ishora qildi. -Nishonovga qarshi jiddiy kampaniya boshlatishimiz kerak. Ertaga sizni rahbar qilib qo’yganimizdan keyin deputatlarning jilovini ham qo’lga olasiz. Muharrir mushohadaga borsa-da, e’tiroz bildirmadi. Karimovning bu qadar ishonib, o’ziga yaqin olayotgani uni quvontirdi. -Bilasizmi bitta taklifim bor, -dedi u. -Hozir Moskva ko’p masalada vakolatni mahalliy hokimiyatga bermoqda. Biz huquq borasida ham odim otmoqchimiz. Gdlyan va Ivanov yigirma mingdan ko’p insonni qamoqqa tiqdi, zor qaqshatdi. Bularning orasida qancha-qancha oltin kadrlarimiz bor. Hozir bu tergovchilar deputat bo’lib olishgan, lekin biz ham bo’sh kelmaymiz. Tergov va sud materiallarini o’zimizga olamiz. Siz esa ularni ozod qilish tashabbusini boshlaysiz. Bu bilan birdaniga ikki quyonni uramiz. Birinchidan, ozod qilinganlar “nishonovchi”larga qarshi kurashchimizga aylanadi. Ikkinchidan, ular sizni har qanday sharoitda ham sotmaydigan sodiq odamlaringiz bo’ladi. Muharrir aslida qamoqlarda ezilib yotgan insonlarni tezroq ozod qilish payida edi. Karimovni qiziqtirish uchun buni takliflarga aylantirib yubordi. Karimov ko’nglida sham yoqilgan kishidek sevinchini yashirmadi. Uning jahli naqadar tez chiqsa, sevinishi ham samimiy edi. Ammo bu samimiylik uzoq yashamasdi. Ko’pincha chala tug’ilgan boladek yo nogiron bo’lardi yoxud uzoq umr ko’rmasdi. -Men siz haqingizda noto’g’ri o’ylab yurgan ekanman, siz o’g’il bola ekansiz, -deya muharrirning tizzasiga shapatiladi va so’zda davom etdi. -Bundan keyin hamma masalani maslahatlashib hal qilamiz. Moskovdan qaytgach, gazetangizda yozib, xalqqa oshkor qilganingizdek Kattaqo’rg’onga boraman. Saylovoldi uchrashuvi bahona. Na faqat xalqimizga, balki Moskovga ham kimligimni ko’rsatib qo’yishim kerak. Shu sababdan yaxshilab bir nutq yozsangiz. Uchrashuvda o’qib o’tirmayman. Yozilgan narsani o’qishga hafsalam yo’q. Uchrashuvni qishloq joyida o’tkazamiz, muxbir-puxbir taklif qilmaymiz. Matbuotga esa siz yozgan nutqni beramiz. Ammo nutq butun dunyoning diqqatini tortadigan bo’lsin. Demokratiyadan boshlanib, oshkoralik bilan tugasin. Bizning dasturimiz nimadan iborat ekanini o’rtaga qo’ying. Ular Moskovga etib kelganlarida muharrir Karimovning qulog’iga shivirladi: -Ba’zi jumhuriyatlar rahbarlari ayni paytda hukumatga ham rahbarlik qilishni ilgari surmoqdalar. Moskvadan yangi imzolanajak shartnoma doirasida o’zlarga keng qamrovli mustaqillik berishini talab qilmokdalar. Moskva ittifoqda qolish qolmasligimiz haqida referendum istayapti. Demak, qo’limizda ikkita uruvchi qartamiz bo’ladi – biri “tuz”, biri “qirol”. Buning evaziga saylovdan keyingi birinchi sessiyadayoq tishimizni ko’rsatamiz. Nima bo’lsa ham qo’y emas, bo’ri ekanligimizni isbotlaymiz… Karimovning Moskovdagi ishi tez bitdi. Deputatlar bilan uchrashuvdan keyin Markazkomga bosh suqdi. Ittifoq shartnomasini saylovdan keyin muhokamaga qo’yasiz, deyishgani uchun darrov orqaga qaytdi. Kelishi bilanoq byuro a’zolarini bir-bir chaqirdi. Saylovni qanday o’tkazish haqida ularning fikrlarini so’radi. Keyin esa byuro majlisini chaqirdi. -Har biringiz saylov uchun safarbar, -deya so’z boshladi u. -Viloyat partiya qo’mitalari nomzodlar ro’yxatini hozirlagach, uni Markazqo’mda sinchiklab o’rganib chiqasiz, qolipga solasiz. Ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar, partiya a’zosi bo’lmaganlar foiziga ko’ra belgilansin. Keyin ro’yxatni KGB ham tekshiruvdan o’tkazsin. Nomzodlarning yoshi, jinsi, kelib chiqishi, millati, dini kabi masalalar ham qolipga tushsin. Har qanday o’zboshimchalikning oldi olinsin. Demokratiya, oshkoralik, erkinlik biz istagandek bo’ladi. Shu sababdan nomzodlar ko’rsatishni ochiq o’tkazish kerak. Istashsa yuz nomzod ko’rsatishsin, lekin oxir oqibatda bizning nomzod o’tsin. Agar yanglish hol yuz beradigan bo’lsa, mas’ul rahbarlar qosh-ko’zing bor demasdan ishdan haydalsin. Yanglish nomzodlar esa o’zlari ariza yozib, o’rtadan chiqsinlar. Byuro majlisiga taqdim qilinadigan nomzodlar ro’yxati uch rang bilan o’raladi. “Qizil rang” nomzod har qanday sharoitda ham deputat bo’lishi shart, “ko’k rang” nomzod muqobil asosda saylanadi, ammo muhaqqaq deputat bo’ladi, “qora rang” esa ushbu nomzod o’rniga shu yoshdagi, ayni millat, ayni kasbdagi, bizga xayrixoh kishi o’tishiga ruxsat bo’lishi mumkinligini anglatadi. Markazqo’m a’zolari, taniqli shoir, yozuvchilar, jumladan, Iso Xolis, Erkin Vohidov, Primqul Qodirov, Halima Xudoyberdieva singarilar birinchi ro’yxatga olinsin. Parlamentning ellik foizi ana shu ro’yxat asosida o’tganlardan, yigirma besh foizi “ko’k” va qolgani “qora”lardan bo’lsin. Kerak bo’lsa, ba’zi joylarda byulleten masalasi ham ishga solinsin. Saylov komissiyasi raisi Qudrat Axmedov har kun, har soatda hisob berib tursin. Boshqa takliflar bormi? Hamma jim edi. Chunki Karimov hammadan so’rab olganlarini o’zining nomidan qilib, o’rtaga otgan edi. -Savollar bo’lmasa hamma o’ziga ajratilgan viloyatlarga yo’l olsin. Har oqshom soat o’n ikkidan keyin sizlarni qidirib, hisob so’rayman, -deya majlisni yakunladi… U C H R A S H U V [ 2 9 ] Kattaqo’rg’ondagi saylovoldi uchrashuvi bir kolxozning klubida bo’ldi. Karimovdan oldin so’zga chiqqanlar uning o’zi ham bilmagan xislatlari haqida gapirishdi. Keyin o’rta yoshlardagi bir kishi minbarga yugurib chiqdi. -Men o’qituvchiman, -dedi u. -Ayni paytda “Birlik” Xalq harakatining a’zosiman. Lekin bizning nomzodni ro’yxatga olishmadi. Biz mustaqillik, demokratiya va oshkoralik tarafdorimiz. Majlislarimiz qonun charchavasida o’tgani holda bizni ro’yxatga olishmagani qarshimizda mustaqillik, demokratiya va ozodlik dushmanlari turganini ko’rsatadi… -Nima gap? -deya Karimov viloyat birinchisi Po’lat Abdurahmonovga yuzlandi. -Bu harakat hammayoqni ag’dar-to’ntar qilayapti. Ko’p joylarda xalq oyoqqa turdi. Janjal- to’polonni qiyinchilik bilan bostirayapmiz. Ba’zi nomzodlarga ko’z yummasak bo’lmaydi. -Sizni viloyatga yuborishda umidlarim katta edi. Kelganingizga ikki oy bo’lgani yo’q. Yoki og’ir ish ekanmi? Sizning gapingizga quloq soladigan bo’lsak, mana bularga ham ko’z yumish kerak, muhtaram Po’lat Majidovich. Istasangiz, men chiqib ketay, bularni saylang, -dedi Karimov kinoya bilan. Minbardagi o’qituvchi ismini tilga olarkan, Karimovning xayoli bo’lindi. -Biz mehmonimizga qarshi emasmiz. Hatto u kishi o’z nomzodlarini tumanimizdan ko’rsatganlari uchun rahmat aytamiz. Lekin muqobil saylov bo’lsin. Baribir xalq bu kishini saylaydi. Ammo ayni paytda jumhuriyatga muqobil saylov ibrati beriladi. O’qituvchi minbardan tusharkan, Karimov o’rnidan turib, uning erini ishg’ol etdi. Zaldagi olqishlar uning so’zga chiqqani uchunmi yoki o’qituvchining jasoratigami anglash mushkul edi. Karimov olqishlarni o’qituvchi uchun deb hisobladi va yana ham jahli chiqdi. Shu sababdan qisqa, ammo jo’shib gapirdi. -Birinchidan. Xalq harakati nomzodini ro’yxatga olmaslik jinoyat. Xalqqa qarshi keladigan kuch bormi? Sizdan so’rayapman, shunday kuch bormi? -Zalda gulduros qarsak yangradi. Ba’zilar o’rinlaridan turib, qarsak chalayotgan edilar. Karimov biroz zalga kinoya bilan termuldi-da, so’zda davom etdi:-Ikkinchidan, mustaqillik deya ko’kragiga urayotganlarga ishonmang. Sizning haqingizni kesib, armiya tuzishga, chegara qo’riqlashga undashmoqda bizni. Butun dunyodan uzib qo’yishmoqchi bizni. Suv yo’limiz, temir yo’limiz bormi? Bugun biz uchun yakkayu yagona yo’l ittifoq ichida qolish, ammo haqlarimizni undirib olishdir. Moskovning bo’ynidan bo’g’ib, sizning haqlaringizni talab qilsam, orqamda turasizmi? Yana qarsak seli yog’ildi. Karimov endi bu olqishdan lazzatlana boshladi. -Qilg’ilikni qilib qo’yib, Moskovga qochib ketganlar majlislarda burun kovlab o’tiribdilar. Men yangi parlamentning birinchi majlisida Farg’ona, Parkent voqealari aybdorlarini o’rtaga chiqaraman. Burunlariga ip o’tkazib, tortib olib kelaman va sizning nomingizdan hisob so’rayman. Menga bu vakolatni berasizmi? -Endi uning har bir jumlasidan keyin qarsaklar to’lqin kabi borib kelaverdi. Xalq uning buzib aytilayotgan kalimalariga emas, hayqirib aytilayotgan ifodalariga mahliyo bo’lgan, umrida eshitmagan gaplarini ilk bor eshitayotgani uchun tinimsiz olqishlayotgandi. -Biz mard xalq, lekin bizni o’g’ri, muttaham, poraxo’r deya ayblashdi. Hali o’sha Gdlyanlarni mana shu erga olib kelib, sud qilamiz. Qamoqdagilarning hammasi ozod qilinadi va o’z vazifalariga qayta tiklanadi. Karimov barmog’i bilan birinchidan, ikkinchidan deya sanay boshlagandi, ammo qo’lini musht holda minbarga urayotgani uchun sanoqdan ham adashdi. Qarsaqlardan so’ng minbardagi suvdan bir qultum ho’plarkan: -Xo’sh, nechanchi bo’ldi, har holda oltinchi bo’lsa kerak, -deya chap qo’lining boshmaldog’ini ko’rsatib, so’zda davom etdi. -Bundan keyin paxtani o’zingiz ekasiz, pulini o’zingiz hisoblaysiz, istasangiz paxta, istasangiz meva ekasiz, istasangiz bog’ tashkil qilasiz. Bundan keyingi shiorimiz: qishloq boy bo’lmasa davlat badavlat bo’lmaydi. Bugungacha vagonlar Moskovga to’lib borgan bo’lsa, bundan keyin vagonlar yurtimizga to’lib keladi. Bundan keyin farzandlarimizni urush bo’layotgan joylarga xizmatga yuborish yo’q. Har bir askar uchun avval kafolat istaymiz. Ettinchidan, tartib o’rnatish bahonasida kelganlarni kelgan joyiga jo’natamiz. Bitta chamadon bilan kelgan bo’lsalar bitta chamadon bilan qaytadilar. Va oxirgisi: saylovlar halol, pok, to’g’ri o’tishi uchun mana men kafolat. Bu saylovlar xalq saylovlaridir! Karimov gulduros qarsaqlar og’ushida o’z o’rniga kelib o’tirarkan, minbarga bir yigit yugurib chiqdi. -Xalqimiz haqiqatdan ham mana shunday jasoratli, aytib tashlab qochmaydigan rahbarga ilhak edi. Aytish boshqa, bajarish boshqa. Yo, zulfiyor, yo, zulfiqor! Ikkisidan birisini tanlamoq kerak. Zulfiyorlik yolg’on va xushomad yo’lidir, zulfiqorlik esa o’tkirlik, aytganini shartta kesishdir! -Kim bu? -deya so’radi Karimov. -Boshimizning balosi, -dedi Po’lat Majidovich. -Fel’etonchi. Faqat tanqid yozadi. Yaqinda televizorda ham bizni sharmanda qildi. Ismi Mirtemir. -Bu erda nima ishi bor? -Muxbir sifatida kelgan. -Unda muxbirligini qilsin. Nega so’zga chiqadi? -Bitta tumanimizdan uning ham nomzodini ko’rsatishgan. Gapga chechanligi uchun xalqni orqasidan ergashtirib oldi. Chaqirib gaplashdik ham bo’lmadi. KGBni ishga soldik, natija bermadi. Ikki marta ro’yxatdan o’tkazmadik, uchinchisida majbur bo’ldik… Mirtemir qisqa gapirdi. Minbardan tushar ekan, Karimov uni yoniga chaqirdi -Uka, bilib qo’y… Karimovning gapi og’zida qoldi. Zaldagilar majlis tugadi deb hisoblashdi, shekilli, yuzga yaqin oqsoqol yuqoriga chiqib, Karimovni o’rab olishdi. -Bizning masalani hal qilib bermasdan ketmaysiz! -Oqsoqollar birin ketin Karimovga o’z dardlarini tushuntira boshladilar. Karimov viloyat birinchisiga yuzlandi: -Oqsoqollar tumanning birinchi kotibini ishdan olishni istayaptilar. Uddasidan chiqa olasanmi? -Qiyin. Uning orqasida ham ana shuncha oqsoqol bor. -Chaqir o’zini. Bir tarafga chekinib turgan tuman kotibi Karimovning yoniga keldi. -Necha yoshdasan? -deb so’radi Karimov undan. -O’ttiz beshda, -dedi u. -Hali tirrancha ekansan. Nega qorin qo’yding? Dumba yog’li palov eyishdan boshqa ishing Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling