Tarixiy roman
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kuchni qaerdan oladi? Axir bunday vaziyatga oddiy odamning na asabi, na qalbi dosh berolmaydi-
ku? Soatlar davomida qil ko’prikning ustida yurgandek baqirib-chaqirarkan nahotki asab torlari uzilishidan qo’rqmaydi, bu odam? Inson hamma narsaga o’rganadi, degan gap bor. Nahotki, bu odam birovlarni muntazam so’kishga, tahqirlashga, kamsitishga o’rganib qolgan? Agar shunday bo’lsa, voy bu xalqning joniga! O’rganib qolgan takdirda ham bunday hayotdan bezmasmikan odam? Aslida juda qiziq, avvaliga jahli chiqishi tabiiy edi. Lekin keyin o’z aybini o’zi nega ochdi? Hatto Hamidov bilan Usmonov uning aybini yashirishga urinishar ekan, u takror- takror so’rab, tergovchi jinoyatni fosh qilganidek, o’z aybini o’rtaga chiqarayotgandi. Buni bilmasdan qildimi? Bu odamning bilmasdan bir ish qilishi qiyin masala. Xo’sh, bilgan takdirda bu sirning orqasida nima bor? Yo’q, har holda bu oddiy insoniy masala. Jahl chiqqanda aql ketadi, jahl johillikni boshlab keladi. Bu o’yinni oxiriga qadar tomosha qilolmasam kerak. Chiqib ketsammikan? Agar bu masala mening savolimdan keyin boshlanmaganda, chiqib ketishim to’g’ri bo’lardi. Lekin hozir kutib o’tirishim kerak. Ammo bular nega bu qadar tubanlashib qolishgan? Onasini haqorat qilayapti, yoqasiga yopishayapti, lekin bir sochi seskanmaydi. Bular mansab gadolarimi? Yoki mansab ortidan to’ralarcha yashashga o’rganib qolganlari uchun qo’rqishadimi? Unday desam, Hamidovni ham kamsitdi, ham ishdan oldi. U esa jim. Nahotki, uning vijdon degan, isyon degan tuyg’ulari yo’q? Nahotki, uning odamiylik hissi o’ldirilgan? Axir bu quldan ham battarlik alomati- ku? Qulning qo’lidagi, oyog’idagi kishan uning tuyg’ularini ham zanjirlaydi. Lekin bularning qo’l-oyog’i ochiq. Balki poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik kabi xastaliklar insonni shu ko’yga solar? Yoki bu qadar tobelik qonda bormi? Agar qonda bor bo’lsa, oxir-oqibatda hammamiz xoru-zor bo’lamiz… Karimov Nina Petrovnaga qarab: -Sen nega topshiriq berding, kimdan izn olding? -deya baqirdi. Nina Petrovna yig’lab yubordi. Bu uning isyoni, deb o’yladi Mirtemir. Bular o’zlarini birovning oyog’ining ostiga tashlashmaydi. O’z haq-huquqlarini himoya qilishni bilishadi. Hatto tahqirlashga loyiq ish qilganlarida ham o’zlarini kamsitishga yo’l qo’ymaydilar. Bu ham kichik mansabdor emas, qo’mita raisining birinchi o’rinbosari. Hech bo’lmasa ko’z yoshi bilan isyon qilmoqda. -Ko’z yoshingni daryo qil deb gapirganim yo’q! Nega narx-navo oshishiga yo’l qo’yding, deb so’rayapman? -Bu savolni menga emas Axmedovga berishingiz kerak. Men ijrochiman, hatto bunga qarshi ham chiqqandim. Bu masala sessiyadan ancha oldin amalga oshishi kerak edi, lekin topshiriq bilan to’xtab qoldi. Kechikib, endi amalga oshdi. -Demak, siz begunoh musicha, biz esa aybdor ayiq ekanmiz-da? -Kim ayiq, kim musicha ekanligini bilmayman, lekin bu ish xato bo’lganini bilaman. Karimov Nina Petrovna bilan o’chakishib o’tirmadi, Makaryanga yuzlandi: -Xo’sh, og’ayni, seni ko’zing qaerda edi? Saunada yotgancha bu qarorga imzo chekdingmi? -Oka, saunaga borganim yo’q… -Sen ham eshaklikni o’rganibsan. Seni o’zimning odamim deb u erga qo’ygandim. Sen esa saunadan chiqmay qolding. -Oka, u erga xizmatga bordim, Raveljon Moskovdan kelgan mehmonlarni olib bordilar… -O’chir tovushingni, sen hali mehmonlarimga xizmat qilganingni yuzimga solmoqchimisan? Ular mening emas, jumhuriyatning mehmonlari, kerak bo’lsa orqasini ham tozalab qo’yasan, bildingmi? -Bildim. -Nimani bilding? -… -Makaryan javob o’rniga jilmaydi. Bu esa Karimovni biroz yumshatdi. U: -Nima qilamiz? – deb Mirtemir va Maqsad Qul o’tirgan tomonga yuzlandi. Mirtemir indamadi. Maqsad Qul esa: -Televizorga chiqib xalkdan kechirim so’rashsin, -dedi. Karimov esiga nimadir tushgan odamdek bir silkindida: -Smirno! -dedi xuddi generallarga o’xshab. -Napravo, shagom marsh, to’ppa- to’g’ri televizorga. ”Musofirlar” prezidentimiz oxirida yumshadilar, deya engil tortib, shaxdam odimlar bilan chiqib ketishayotgandi, Karimov tugmani bosib Kraynovga: -Nazoratga ol, mana bu haromxo’rlar to’ppa-to’g’ri televideniega borishsin. Ham ruscha, ham mahalliy tildagi axborotga chiqib, kechirim so’rashsin, -dedi. Keyin Mirtemir va Maqsad Qulga qarab: -Endi choy buyuramiz va axborotni kutamiz, -dedi. Maqsad Qul Karimovni tamoman yumshadi deb o’yladi va qog’ozlarning ichidan bir shoshilinchnomani chiqardi: -Mana buni Turkiston harbiy okrugdagi generallar yuborishgan. Ilgari ham aytgandim, shuni bir yoqlama qilaylik, -dedi. -Hojatxonaga borganingda bir yoqlama qilib qo’ya qol! -dedi Karimov bamaylixotir ohangda.- Yaqinda Turkistonni bitiramiz. Generallarning uylaridan bittasi seniki bo’ladi. Shavkatga yoki Ismoil akangga ayt, seni ham ro’yxatga tirkasin. Mirtemir o’rnidan turib: -Uzr, mening boshim og’riyapti, bunday ob-havoga o’rganmaganimdan bo’lsa kerak,-dedi. -Ukajon, ob-havoni biz qimirlatmadik, -Karimov shunday deb telefon tugmalaridan birini bosdi- da: -Limonli choy bilan bosh og’rig’ini qoldiradigan dori keltiring, -dedi. Keyin Maqsad Qul yozgan tabrik maktubini o’qiy boshladi. -Tabrik-mabrik yo’q! Ishlagan bo’lsa, hammasi pulini oladi. Biz ham o’z ishimizni qilaylik. Mirtemirjon, yozing, siz saylovoldi uchrashuvlarim uchun nutqlar hozirlaysiz. Iqtisodchilar bilan bo’ladigan uchrashuvda iqtisodga, kolxozchilar bilan bo’ladigan uchrashuvda qochiriq va maqollarga ko’proq o’rin bering. Sen esa Maqsadjon, saylovoldi dasturini tayyorla, yarim qog’ozdan oshmasin, o’n-o’n beshta shiordan iborat bo’lsin. Yordamchi choylarni olib kelarkan dorini Karimovning oldiga qo’ydi. -Kaminaning boshi og’rimaydi. Og’risa ham dorisi boshqa, -deya hazillashgan bo’ldi Karimov. Mirtemir deputatlardan kelgan bir shikoyatni qo’lida olib kelgandi. Ko’rsatsammi, ko’rsatmasammi, deb o’yladi. Ko’rsataman, agar Maqsad Qulga qilgan javobini menga ham takrorlasa, bu ishga nuqta qo’yaman, deb o’yladi. -Jizzax viloyati rahbari Tursinovning qilmishlari haqida so’rov tushgan. Xalq nazorati qo’mitasi, prokuratura va Oliy kengash hay’atidan mutaxassislar olib, tekshirishga yuborsak. Chunki jiddiy ayblov qo’yilgan,-dedi. -Uka, men hech kimga ishonmayman. Bu ishning boshida o’zingiz turing. Tursinovning qilmishlari haqida juda ko’p xabar olayapman. Bu ishni kimga ishonsam, baribir Tursinovning tuzog’iga ilinadi. U har qanday odamni sotib oladi. Viloyat ahlining qonini zulukdek simirmoqda. O’zingiz borib, tekshirib keling, sharmandasini chiqarib, olib tashlaymiz. Xalqqa adolatni ko’rsatishimiz kerak. Xalq bizdan boshqa narsa emas, adolat kutmoqda. Tekshirib keling, avvaliga yaxshilab feleton qilamiz, keyin esa muhokama qilib, ishdan olib tashlaymiz, sizning faoliyatingiz ham o’shanda ko’zga ko’rinadi. Iloji bo’lsa bugunoq yo’lga chiqing… T O P S H I R I Q [ 3 9 ] Mirtemir jizzaxlik millatvakili Meli Qobulovga sim qoqdi: -Viloyatingizdan yuzdan ziyod oqsoqol imzo chekkan shikoyat bor. Shuni tekshirishda sizdan yordam olmoqchi edim. -Nima hakda yozishgan ekan? -deb so’radi Meli. -Viloyat rahbari haqida,-deya javob berarkan, Mirtemir ko’nglidan o’tgan savolni ham so’ray qoldi. -Nega viloyat rahbari haqida nafaqaxo’r oqsoqollar yozib yurishibdi? -Mirtemirjon, ovora bo’lmang, ipning uchi Karimovga borib taqaladi. Mening huzurimga ham o’nlab jabrdiydalar keldilar. Tekshirdim, tekshirtirdim shikoyatlari to’g’ri. Keyin jumhuriyat prokuraturasi, Xalq nazorati qo’mitasi, Oliy kengash hay’atiga chiqdim. Oqibat, hozir mening o’zimni kuzatib yurishibdi. Meni sessiyada sayratgan, nomimni shikoyatchiga chiqargan ham shu masala. Avvaliga sotib olishga urinishdi, keyin qo’rqitishdi, bu ham ishlariga yaramadi, so’ngra oldingi ish erimdan “Buning aqli joyida emas, shu bois haydalgan” degan hujjat qildirib gazetaga yozishdi. “Shpion” degan laqab ham qo’yishdi. -Ha, Oliy kengash sessiyasida gapirganingiz shu masala edimi? U erda sizni viloyat kengashi majlisidan haydab chiqarishganini aytgandingiz… -Bilasiz, men viloyat kengashining ham deputatiman, shu bois masalani oldin kengashda ko’tarib chikdim. Lekin gapirtirishmadi. Agar orqalarida Karimovning o’zi turmaganida arqoni uzilgan ho’kizdek harakat qilmagan bo’lishardi. -Men Karimov bilan gaplashdim, bu masalani oxiriga etkazishimni so’rayapti-ku? -Unday bo’lsa jumhuriyatdagi barcha huquqni himoya qiluvchi idoralardan mutaxassislar olish kerak. Agar bu ishni bir o’zingiz tekshiradigan bo’lsangiz, sotib olishga harakat qilishadi, sotib ololmasalar “sakkizta mashina” so’raganga chiqib qolasiz. -Sakkizta mashina deganingiz nima? -Xabaringiz yo’qmi, viloyat rahbarlari menga pora uchun sakkizta mashina so’radi, deya tuhmat qilishdi. Hozir izimga xavfsizlik qo’mitasidan poyloqchi qo’yishgan, qarindosh urug’larimni ham bir-bir elakdan o’tkazishmokda. -Men sizdan yordam olaman desam, o’zingiz yordamga muhtoj ekansiz-ku? -dedi Mirtemir Meliga.-Jizzaxga borsak, siz bilan ham gaplashamiz, maslahatingiz kerak… Haqiqatdan ham Jizzax masalasi tobora chigallashib borardi. Mirtemir kimga murojaat etmasin yo tekshirishda ishtirok etishdan voz kechardi yoki xastalanib qolardi yoxud boshqa bir muammo o’rtaga chiqardi. Shu bois devondan, Oliy kengash rayosatidan va huquq idoralaridan vakillar olib o’zi Jizzaxga bordi. Viloyat rahbarlarini Oliy kengash majlislarida ko’rgani uchun uzokdan tanirdi. Jizzaxga kelgandan so’ng ularni darrov “kashf” etib qo’ya qoldi. Viloyatning birinchi rahbari Tursinov unga : -Uka, men bu erga boshqa joydan kelganman, ijroqo’m raisi boshchiligida bir guruhning tuhmati ostida qoldim. Ular viloyatni simirishmoqda. Men esa yo’llariga to’g’onoqman, mahalliychilik qilishayapti, -dedi. Mirtemir birinchi kotibning boshqa gaplariga ishonmasa-da mahalliychilik to’g’risidagi so’zlariga ishondi. Bu bizga qo’ndoqda tekkan illat, deb o’yladi u. Bobolarimiz buyuk imperatorliklar qurganlar, ilm sirlarini ochganlar, yulduzlarga yo’l topganlar, lekin mahalliychilikka kelganda dar qolganlar. Nahotki bu millatimizning qonida bor?! Talabalik yillari “Surqash”, “Sambux”, “Fan” kabi nomlar bo’lardi. Bu talabalarning qaysi viloyatdan kelganini bildiruvchi parol edi. Keyinchalik poytaxtda ishlar ekan radioda ishlaydigan Zayniddin aka unga “Kelgindi” deganida yuragining bir parchasi uzilib tushgandek bo’lgandi. Biz qachon ana shu xastalikni enga olsak o’shanda katta millatga va katta davlatga aylanamiz. Aks taqdirda chumolidek inimizning boshida uymalab qolaveramiz. Hatto bir tumanga borsang ham, bir qishloqqa borsang ham mahalliychilik ilon kabi oyog’ing ostidan chiqadi. Mana bular esa mahalliychilikning ildizini yashnatishadi- da, keyin o’zlari shikoyatchi bo’lishadi. Mirtemir xayolidan yilt etib o’tgan bu fikrni tahlil tarozisiga qo’yishni boshqa paytga “otdi”-da: -Bo’lishi mumkin, -dedi bosiq sasda,-Lekin mana bu iddaolarni oxiriga qadar tekshirishimiz kerak. Ba’zilari allaqachon tasdiqlandi. Masalan, go’sht kombinatiga jinoyatchilik qilgan, o’n yil hukm olgan va qamoqdan qochgan uzoq qarindoshingizni boshqa viloyatdan olib kelib, mudir qilib qo’yibsiz yoki davlat hisobiga qurilgan bolalar bog’chasi binosini yosh bir qizga hovli qilib beribsiz… Tursinov o’rnidan turib, qizarib-bo’zargancha bir nimalar demoqchi bo’ldi, lekin tili aylanmadi. Xonada u yokdan bu yoqqa bir-ikki borib keldi-da, Mirtemirning qarshisida o’tirdi: -Narxini oshirib yuborayapsiz. Ko’nglingizdagini ayting!-dedi. Mirtemirning boshiga yashin tushgandek bo’ldi. -Men sizni tushunmadim, nima deyapsiz o’zi?-dedi u . -Men o’g’il bolacha gapirishni yaxshi ko’raman. Bu ishga nuqta qo’yaylik. O’sha nuqtaning bahosini aytib qo’ya qoling. Mirtemir uzoq yil gazetada ishlagani va har turli odamlar bilan ro’baro’ bo’lgani uchun o’zini tutib qoldi. Tursinovga qarab jilmaygancha o’rnidan turdi va: -Nuqtani xalq qo’yadi,-dedi kinoya bilan. -Unday bo’lsa siz vergul bilan bitirasiz ishingizni va o’zingiz ham vergulga aylanib qolasiz,-dedi zaharxanda jilmayish bilan Tursinov.-Bizning to’qmog’imiz ostidan o’tganlar albatta vergulga aylanishgan. Sizga o’xshab yuragim deb, o’pkasini hovuchlab yurganlarni ko’p ko’rganmiz. Sessiyada Islom akaga qarshi gapirganingiz unutildi, deb o’ylaysizmi? Istasam, Jizzaxda yo pora bilan yo giyohvand modda bilan qo’lga tushiraman. Ammo birinchi safar kechirdim. Borib o’ylab ko’ring, fikringiz o’zgarsa, nuqtaning bahosini aytasiz. Men sizning undov bo’lib qolishingizni istayman… Mirtemir rasmiyatchilik uchun viloyat rahbari bilan uchrashgandi. Uning “obrazli” gaplariga e’tibor qilmayman desa-da, bu og’ir gaplar xayolining bir burchini tark etmasdi. Avvaliga viloyat rahbari bilan nega uchrashdim, deya o’zini qiynadi. So’ngra hech bo’lmasa uning kimligini o’rgandim, deb o’zini ovutdi. Tursinov kabi rahbarlar bilan ko’p uchrashdi, lekin bunday bezbetiga ilk bor ro’baro’ keldi. U bunday tavri bilan o’zini ko’rsatmoqchi bo’ldimi? Yoki orqasida katta tog’ borligiga ishorat qildimi? Agar Karimov bilan oralarida bulbul sayrasa, nega Karimov uni bu qadar haqorat etdi? Axir Karimovning o’z qardoshiga ham ishonmasligini, hatto bilmasdan oyog’ini bosib qo’ysa sevgan do’stidan ham kechib yuborishini nahotki bilmasa? Yo’q, biladi, buning ahvoli joni uzilayotgan odamni eslatadi. Joni chiqishidan oldin oyoqqa qalqib, hayotga tashnaligini ko’rsatishga intiladi inson. Bu ham “o’zini” ko’rsatayapti. Balki orqasida boshqa kuch bordir? Bu kuch balki Karimovdan ham og’ir bosar? Aslida uning ta’zirini berib qo’ymoq kerak edi-yu lekin bular adi-badi aytib o’tirishga arzimaydigan odamlar. Ularga siz yaxshi, sizdan to’ng’izim yaxshi qabilida ish tutish kerak. Buning ustiga bular o’zlarini qutqarish uchun har qanday qabihlikdan qaytmaydilar… Mirtemir shikoyatchilarni qabul etarkan, shom inib qolgan bir paytda uni qo’shni xonada telefonga chaqirishayotganini aytishdi. Karimovning yordamchisi Kraynov ekan, salom-alikdan keyin: -Islom aka iltimos qildilar, Muborakka borib ikki do’stingizni yarashtirib kelar ekansiz, -dedi. -Muborakda mening do’stlarim yo’q-ku? -deya ajablandi Mirtemir. -Nega unday deysiz.? Ibod To’ra yaqin do’stingiz, Juma Bek esa universitetda birga o’qigan kursdoshingiz. -Ibod To’rani taniyman, ijroqo’m raisi, millatvakili, lekin Juma Bek kim? -Juma Bek raykomning birinchi kotibi, Siz bilan birga o’qigan. Ibod To’raning o’ttizga yaqin yigiti ochlik e’lon qilgan. Islom aka Sizga vakolat berdilar, kim aybdor bo’lsa uni ishdan chetlashtirishni taklif qilasiz va viloyat rahbarlari darrov ijro etishadi. “Ochlik qilishayapti” degan gapni eshitgan Mirtemir haqiqatdan ham masalani favqulodda jiddiy, deb o’yladi. Darhaqiqat, Muborak masalasi ikki yildan buyon Karimovning ham, jumhuriyat tashqarisidagi matbuotning ham kun tartibida. Lekin shu daqiqada Mirtemir Jizzaxdagi ishni chala tashlab ketgisi yo’q. Bu ishni oxiriga etkazishga qaror qilgandi. Agar ketib qolsa, u bilan birga kelgan tekshiruvchilarning holi nima bo’lishini yaxshi tasavvur qilardi. Shu bois Muborak masalasini ikki kun keyinga qoldirmoqchi bo’ldi. Kechki ovkat paytida tekshiruvchilarga: -Ikki kundan keyin poytaxtga qaytamiz. Shu bois tekshirishni biroz tezlashtirishlaringizni so’rayman,-dedi. -Ikki kun u yoqda tursin, ikki oyda ham natija olishimiz qiyin. Mening qo’limda dom-daraksiz yo’qolgan o’n ikki kishining ismi-sharifi bor. Ularni mirshabxonaga qadar keltirishgani haqida ma’lumot beruvchi guvohlar bor. Lekin mirshabxonadagi barcha hujjatlarni viloyat rahbarlari talab qilib olishgan. So’rasak, har turli bahona ko’rsatishayapti,-dedi ulardan biri. -Biz reviziya qilish uchun kelmadik,-deb javob qildi Mirtemir.-Bizning maqsadimiz shikoyatlarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini, siyosiy xulosani aytishdir. Yo’qolgan insonlarning viloyat rahbarlari haqida shikoyat yozganlari va bir kun mirshabxonaga keltirilganlari biz uchun etarli hujjat. Ularning qismatlari haqidagi dalillarni o’rtaga chiqarish esa ikkinchi etapda amalga oshadi. Hozirgi rahbarlar turgan ekan, ikki oy emas, ikki yilda ham ko’rtugunni echolmaymiz. Mirtemirning bu gapiga viloyat hokimligidan hay’atga qo’shilgan kishi e’tiroz bildirdi: -Nima, Siz rahbarlarimizni aybdor, deb o’ylayapsizmi? -Biz sud yoki qaror beruvchi mavqe emasmiz, lekin hay’atning yo’liga to’g’onoq qo’yilayotgani ko’rinib turibdi,-dedi Mirtemir. -Siz bu soatdan e’tiboran tekshirish hay’atining boshida emassiz. Islom aka Sizga boshqa ish buyurdi,-dedi vakil jahli chiqqanini ochiq namoyish etib. -Islom aka bu haqda Sizga hisob berdimi? -Hisob berib-bermaganini o’zingizga aytadi. Bizga esa sizni Muborakka kuzatib qo’yish aytilgan. -G’amxo’rligingiz uchun rahmat, -dedi-da Mirtemir hay’at a’zolaridan yig’ilgan hujjatlarni olib, ularga qarata har holda sizlarni ham poytaxtga kuzatib qo’yishsa kerak, shunday emasmi? – dedi. Keyin vakilga yuzlangandi u: -Bu qog’ozlarni yig’ishingizga ham hojat yo’q,-dedi. -Bunga esa men qaror beraman! Qolaversa, Muborakka emas, hay’at bilan poytaxtga boraman, - dedi Mirtemir o’chakishib. Mirtemir adi-badi aytib o’tirishni istamadi. Xonadagi biqiq havo uni bo’g’ayotgandi. Bo’yinbog’ini biroz yumshatib, ko’ylagining yuqori tugmasini ochdi-da tashqariga chikdi. Zim- ziyo qorong’ulik viloyat mehmonxonasining har tarafini qoplab olgandi. Oniydan esgan sarrin shabada Mirtemirning horg’inligini yulib ketgandek bo’ldi. U biroz engil tortib qorong’ulik tomon odim otdi. Sarrin shabadaning bo’g’ziga qadar oqib kirayotgani va ortga qaytayotganini his etdi. Chuqur-chuqur nafas oldi, lekin havo bo’g’zidan naryoqqa o’tmayotgandi. Havo ham “to’ni”ni teskari kiyib olganga o’xshardi. Mirtemir ana ular bilan o’chakishib o’tirmadim, endi havodan o’pkalaymanmi, deya o’yladi-da ortga qaytdi. Shu payt qorong’ulikda, qarshisida birov turganini sezdi. Kim bo’ldiykin? Mirtemir o’sha tomonga qarab turgandi: -Iltimos, oqshomgi ovqatni emang, iloji bo’lsa bu erda qolmang, -dedi kimdir pichirlab va ko’zdan g’oyib bo’ldi. Bu chetdan kelgan odam emas, deb o’yladi Mirtemir, chunki viloyat mehmonxonasining hovlisi qo’riqlanadi, buning ustiga chetdagi odam bu erdagi voqealardan qanday xabar topsin? Bu erdan ketishimga ishonishmaganga o’xshashadi, shu bois qo’rqitishmoqchi. Mirtemirning xayolini vakil bo’ldi. -Aka, choyimiz tayyor… -Vakil hiyla yumshab kolgandi. -Choy ichish yo’q!-dedi Mirtemir. -Avval bir piyola choyimizni ichasiz, keyin Muborakka boradigan mashinamiz bilan yo’lga chiqasiz. Agar Sizni kuzatib qo’ymasak, boshimiz ketadi. Chunki Muborakda odamlar ochlik e’lon qilishayotgan ekan. Ularning taqdirini Sizga ishonishdi… Boya biroz qo’pollik qildim, odob chegarasidan chiqdim, asab tamom bo’lgan, aka, aybga buyurmaysiz… Tullak, deb o’yladi Mirtemir, buqalamun ham senga o’xshaganlarning yonida ip esholmaydi. Har soniyada turlanasan. Ammo nega poytaxtga borishimni istamayapti bular? Balki biror rejalari bordir? Avval Muborakka telefon qilib, Ibod To’radan vaziyatni o’rganishim kerak. So’ngra Karimov bilan gaplashib, bu tekshirishni oxiriga qadar etkazish muhimligini tushuntirishim lozim. Mirtemir Ibod To’raning uyiga sim qoqdi. Uning poytaxtda ekanligini aytishdi. Keyin Kraynovga telefon qildi. Kraynov Karimov uyiga ketganligini aytib, maslahatchi Ziyomovni bog’ladi. -Islom aka menga bu ishni nazorat qilib turishimni aytdilar. Sizni allaqachon Muborakka etib borgan deb o’ylagandik. Vaziyat jiddiy, raykomning birinchi kotibi bu kecha uxlamasdan Sizni kutadi. -Jizzax nima bo’ladi? Bu erdagi hay’atni orqaga chaqirib olishni kim buyurdi? -Garchi bu xususda Mirtemir uzil-kesil xulosaga ega bo’lmasa-da, voqealarning rivojidan hay’atni chaqirib olish buyrug’i berilganini taxmin qildi. -Islom akaning o’zlari buyurdilar. Qo’lingizda to’plagan dalillar bo’yicha hisobot yozib berar ekansiz. Ish pishib qolgan, yaqinda borib sessiya o’tkazib, viloyat rahbarini bo’shatib kelar ekanlar. Muborakda esa vaziyat jiddiy, Sizdan shaxsan iltimos qildilar, -dedi Ziyomov. Mirtemir yo’lga chiqarkan Melini chetga tortib: -Qo’lingizdagi barcha hujjatlarni olib, hafta oxirida poytaxtga keling, hisobotni birgalashib yozamiz, -dedi.-Ammo poyloqchilardan ehtiyot bo’ling, bularning qo’lidan har qanday ish keladi. -Sizning ham Muborakka borishingiz to’g’ri bo’lmayapti. Menga yo’l ko’rsatib, o’zingizga qolganda xavf-xatarni o’ylamayapsiz. Mirtemir Meliga ma’nodor boqdi-da, mashina yonida turgan vakil bilan xayrlashib, yo’lga chiqdi. Yo’lda shofer yigit bilan hangoma qilib borar ekan, uning mirshabligini bilib oldi. -Yo’limiz men tug’ilgan shahardan o’tadi. Bizning uyda tunab qolsak, saharlab yo’lga chiqib, ertalab etib boramiz,-dedi u mirshabga. Mirshab ko’nmadi: -Sizni chegarada kutib olishadi, men esa qaytib kelib, raport berishim kerak. Mirtemir mirshabni ko’ndirish oson bo’lmasligini tushundi-da: -Unday bo’lsa, yarim soatga to’xtab bir piyola choy ichamizda, yo’limizda davom etamiz,-dedi. -Imkoni yo’q. Orqamizda odamlar bor. Keyin boshim baloga qoladi. Sizni sog’- salomat manzilga etkazishim kerak. Mirtemir o’zi tug’ilgan shaharga qadar indamay bordi. Voqealarni qayta-qayta tahlil etdi. Bular biror bir avariyani ko’zga oldilarmi, deb o’yladi u. Yoki avariya bahonasida hujjatlarni olishmoqchimi? Agar meni tekshirishdan uzoqlashtiradigan bo’lishsa, poytaxtga chaqirib qo’ya qolishardi. Yo’q, Karimov bu ishni silliqqina hal etmoqchi bo’lgan. Bular esa xol qo’yishayapti. Karimov meni Muborakka yuborib, boshqa ish bilan chalg’itmoqchi va Jizzaxni unuttirmoqchi bo’lgan. Karimovning bu “silliq” rejasini bajarish uchun bular “qo’lidan kelgani”ni qilishmokda. Menimcha avariya ham yo’q, Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling