To’garak ishining mazmuni a'zolarining yoshiga, bilim saviyalari va malakalariga qarab turlicha bo’ladi. 5-6-sinf o’quvchilari uchun tashkil etilgan tarix to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarda tarixni o’rganishga paydo bo’la boshlagan qiziqishni rivojlantirish, ularni tarixiy materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlay boshlashga o’rgatishdan iboratdir. 7-8-sinflarda, ayniqsa 9-sinflarda tashkil etilgan to’garak tematikasi, uning mazmuni o’quvchilarning o’sib borayotgan talablariga to’la javob beradigan bo’lishi kerak. Maktab tajribasida 9-sinflardagi o’quvchilar uchun tashkil etilgan to’garaklarda mamlakat iqtisodiyotiga, xalq xo’jaligining yuksalishiga doir masalalarni o’rganishga katta e'tibor berilganini ko’ramiz. Tarix yoki tarixiy-o’lkashunoslik to’garagida o’quvchilarning qiziqishlariga qarab har xil masalalar; harbiy-tarixiy, ulug’ kishilar, tarixiy arboblar va mashhur qahramonlarning biografiyasi, madaniyat va san'at tarixi, tarixiy-o’lkashunoslik materiallari, kundalik voqealar va boshqalar o’rganiladi. To’garak o’quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba'zi tomonlari bilan ham ma'lum darajada tanishtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |