Tarjima haqida
barcha narsalarning Parvardigori (murabbiysi)dir"
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
barcha narsalarning Parvardigori (murabbiysi)dir". 25. (Fir'avn) atrofidagi (a'yon)larga: "Eshitmayapsizlarmi", - dedi. 26. (Muso) aytdi: "(U) sizlarning ham, o'tgan ota-bobolaringizning ham Parvardigoridir". 27. (Fir'avn) dedi: "Sizlarga yuborilgan (bu) payg'ambaringiz, qasamki, jinnidir". 28. (Muso) aytdi: "Agar aql ishlatuvchi bo'lsangizlar, U mashriq va mag'rib hamda ularning o'rtasidagi narsalarning (ham) Parvardigoridir". 29. (Fir'avn) dedi: "Qasamki, agar mendan o'zgani iloh qilib oladigan bo'lsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman!" 30. (Muso) aytdi: "Agar men senga aniq narsa (mo''jiza) keltirsam-chi?" 31. (Fir'avn) dedi: "Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, o'sha (mo''jizang)ni keltir-chi?!" 32. (Muso) asosini tashlagan edi, birdaniga u aniq ajdahoga aylandi. 33. Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, bexos u qarab turganlarga oq bo'lib ko'rindi, (holbuki, Muso o'zi qoramtir odam edi). 34. (Fir'avn) atrofidagi zodagonlarga: "Aniqki, bu (Muso) bilimdon sehrgardir. 35. U o'z sehri bilan sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi. Nima deysizlar?" - dedi. 36. Ular aytishdi: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yib turgin-da, hamma shaharlarga (sehrgarlarni yig'ib keladigan kishilarni) jo'natgin! 37. Ular senga barcha o'tkir sehrgarlarni keltirsinlar!" 38. Bas, sehrgarlar ma'lum kunda belgilangan joyga to'plandilar. 39. Odamlarga aytildi: "Sizlar to'planib bo'ldinglarmi?
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 243
41. Qachonki, sehrgarlar kelishgach Fir'avnga: "Agar biz g'olib bo'lsak, albatta, bizlar uchun (katta) mukofot bo'lurmi?" - deyishdi. 42. (U:) "Ha, u holda, albatta, sizlar mening yaqinlarimdan bo'lursizlar", - dedi. 43. Muso ularga: "Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar!" - dedi. 44. Bas, ular arqon va asolarni (yerga) tashladilar va: "Fir'avnning qudratiga qasamki, albatta, bizlar g'olib chiquvchidirmiz", - dedilar. 45. So'ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u (aso) ularning "yasama"larini yuta boshladi. 46. Bas, u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar. 47. "Barcha olamlarning Parvardigoriga, 48. Ya'ni, Muso va Horunning Parvardigoriga imon keltirdik", - dedilar. 49. (Fir'avn g'azab bilan) aytdi: "Men izn bermay turib unga imon keltirdingizmi?! Albatta, u (Muso) sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursizlar Albatta, men oyoq-qo'llaringizni qarama- qarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman!" 50. Ular dedilar: "Zarari yo'q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz. 51. Biz (Musoga) imon keltirganlarning birinchisi bo'lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni mag'firat etishini umid qilurmiz". 52. Biz Musoga: "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur", - deb vahiy yubordik. 53. Bas, Fir'avn barcha shaharlarga (askar) yig'uvchilarni jo'natdi (va dedi): 54. "Aniqki, ular ozgina kishilardir. 55. Darhaqiqat, ular (chiqib ketishlari bilan) bizlarni g'azablantiruvchidirlar! 56. Bizlar ehtiyotkor jamoadirmiz". 57. Bas, ularni (Fir'avn va unga ergashganlarni) bog'lar va buloqlardan ayirdik. 58. Xazinalar va shinam maskandan ham. 59. Yana ularga Isroil avlodini voris qildik. 60. Bas, (Fir'avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar.
dedilar. 62. (Muso) aytdi: "Yo'q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo'lga boshlar!" Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 244
63. Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!" - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo'linib, har bir bo'lak (suv) ulkan tog' kabi bo'ldi. 64. Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o'sha (yo'l)ga yaqinlashtirdik. 65. Muso va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini qutqardik. 66. So'ngra boshqalarni (dengizga) g'arq qilib yubordik. 67. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 68. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 69. (Ey, Muhammad,) ularga Ibrohim xabarini o'qib bering! 70. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?" - dedi. 71. Ular: "Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sig'inishda davom eturmiz", - dedilar. 72. (Ibrohim) aytdi: "Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni (iltijolaringizni) eshitadilarmi? 73. Yoki sizlarga foyda yo zarar yetkaza oladilarmi?" 74. Ular dedilar: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday qilishlarini ko'rganmiz". 75. (Ibrohim) aytdi: "Sig'inayotgan narsalaringni (o'ylab) ko'rdilaringizmi? 76. O'zlaring va oldin o'tgan ota-bobolaringiz ham? 77. Albatta, ular menga dushmandir. (Men ularga emas), olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman). 78. U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur. 79. Uning O'zigina meni yedirur va ichirur. 80. Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur. 81. U meni o'ldirur, so'ngra (qiyomat kuni qayta) tiriltirur. 82. U jazo kuni (qiyomatda) mening xatolarimni mag'firat etishini umid qilurman. 83. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!
85. Yana meni ne'matlar bog'ining vorislaridan qilgin! 86. Otamni mag'firat qilgin. U adashganlardan edi. 87. Qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin!". 88. U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas, Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 245
89. Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur). 90. (U kunda) jannat taqvodorlarga yaqin qilinur. 91. Do'zax esa yo'ldan ozganlarga namoyish qilinur. 92. Va ularga: "Ibodat qilib o'tgan butlaringiz qani 93. Allohni qo'yib? Ular sizlarga yordam bera olarmi yoki o'zlari yordam ola bilurmi?!" - deyilur. 94. Bas, unga u (but)lar, yo'ldan ozgan kimsalar (do'zaxga) uloqtirilur. 95. va iblis lashkarlarining barchalari ham. 96. Ular (do'zaxda) bahslashar ekanlar, deydilar: 97. "Allohga qasamki, albatta, bizlar aniq zalolatda ekanmiz. 98. Qachonki, sizlarni olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda. 99. Bizlarni aynan jinoyatchilar yo'ldan ozdirdilar. 100. Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor, 101. na biror qadrdon do'st. 102. Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak". 103. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 104. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 105. Nuh qavmi payg'ambarlarni inkor etdi. 106. O'shanda ularga birordarlari Nuh aytgan edi: "Allohdan qo'rqmaysizlarmi?! 107. Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman! 108. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 109. Men sizlardan bu (da'vatim) uchun mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 110. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!" 111. Ular dedilar: "Senga razil (kambag'al) odamlar ergashgan bo'lsa, bizlar senga (qanday qilib) imon keltiraylik?!"
113. Agar sezsalaringiz, ularning hisobkitobi faqat Rabbimning zimmasidadir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 246
114. Men (so'zingizga kirib) mo'minlarni (huzurimdan) haydovchi emasman. 115. Men faqat ochiq ogohlantiruvchidirman". 116. Ular dedilar: "Qasamki, agar (da'vatingdan) to'xtamasang, ey, Nuh, albatta, toshbo'ron qilinuvchilardan bo'lursan!" 117. (Shunda Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim, qavmim meni inkor etdilar. 118. Endi Sen O'zing men bilan ularning orasini ochib qo'ygin va menga hamda men bilan birga bo'lgan mo'minlarga najot bergin!" 119. Bas, Biz unga va u bilan birga bo'lgan kishilarga (ichi) to'la kemada najot berdik. 120. So'ngra, (kema najotidan) keyin qolganlarni g'arq qildik. 121. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 122. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 123. Od (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi. 124. O'shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi? 125. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman! 126. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 127. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 128. Sizlar har bir tepalikka o'yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?! 129. Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?! 130. Qachon (biror kishini jazoga) tutsan gizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?! 131. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 132. Sizlarni o'zlaringiz biladigan ne'matlar bilan siylagan zotdan (Allohdan) qo'rqingiz! 133. U sizlarni chorva hayvonlari va o'g'illar bilan qo'lladi, 134. bog'lar va buloqlar bilan ham. 135. Men sizlarning ustingizga ulug' kun (Qiyomat)ning azobi (tushishi)dan qo'rqaman". 136. Ular dedilar: "Sening nasihat qilishing yoki va'z qiluvchilardan bo'lmasliging bizlar uchun barobardir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 247
137. Albatta, bu (ayshu ishratga berilish) avvalgilardan qolgan xulq (odat)dir. 138. Bizlar shuning uchun azoblanuvchi emasmiz". 139. Bas, ular (Hudni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 140. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 141. Samud (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi. 142. O'shanda birodarlari Solih ularga aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 143. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman! 144. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 145. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 146. Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga, 147. bog'laru buloqlarga, 148. ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga (mangu) qo'yib qo'yilurmisiz?! 149. Yana zukkolik bilan tog'lardan uylar ham yo'nmoqdasizlar (yasamoqdasizlar)mi?! 150. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 151. Haddan oshuvchilarning amriga itoat etmanglar! 152. Ular yer yuzida buzg'unchilik qilurlar va (hech narsani) o'nglay olmaydilar". 153. Ular dedilar: "Sen aniq sehrlangan kimsalardandirsan! 154. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bas, agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, biror mo''jiza keltir!". 155. U aytdi: "(Mening mo''jizam) mana shu tuyadir. (Ma'lum bir kun suv) ichish navbati unikidir. Ma'lum bir kun esa sizlarning ichish navbatingizdir. 156. Yana unga biror yomonlik yetkaza ko'rmanglar, aks holda sizlarni ulug' kun (Qiyomat)ning azobi tutar". 157. Bas, ular (tuyani) so'ydilar-da, nadomat qiluvchilarga aylandilar. 158. Ularni azob tutdi. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon kelti ruvchi bo'lmadilar. 159. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 248
160. Lut qavmi payg'ambarlarni inkor etdi. 161. O'shanda ularga birodarlari Lut aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 162. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman. 163. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 164. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 165. Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! 166. Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar". 167. Ular dedilar: "Qasamki, agar to'xtamasang, ey, Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo'lursan!" 168. U aytdi: "Albatta, men sizlarning (bu) ishlaringizni yoqtirmaydiganlardandirman. 169. Ey, Rabbim, menga va ahlimga (mo'minlarga) ular qilayotgan ish (kasofati)dan najot bergin". 170. Bas, Biz unga va uning barcha ahliga najot berdik. 171. Illo (azobda) qoluvchilardan bo'lgan bir kampirga (Lutning imonsiz xotiniga najot bermadik). 172. So'ngra boshqalarni halok qildik. 173. Ular ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik. Bas, ogohlantirilgan (bu) kimsalarning yomg'iri naqadar yomon bo'ldi! 174. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar. 175. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 176. Ayka xalqi ("Daraxtzor egalari") (Shuayb payg'ambar qavmi) payg'ambarlarni inkor etdilar. 177. O'shanda ularga Shuayb aytgan edi: ("Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 178. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman. 179. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar! 180. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. 181. O'lchovni to'la o'lchanglar va (odamlarga) ziyon yetkazuvchilardan bo'lmanglar! 182. Shuningdek, to'g'ri tarozi bilan tortinglar! 183. Odamlarga narsalarni kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg'unchilik tarqatib yurmanglar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 249
184. hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!" 185. Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan! 186. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilayapmiz. 187. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!" 188. U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir". 189. Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi.
issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko'kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan.
191. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir. 192. Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir. 193. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi 194. qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun, 195. aniq arab tilida. 196. Albatta, (Qur'ondagi ayrim xabarlar) o'tganlarning kitoblarida ham bordir. 197. Axir, (Qur'on haqida) Isroil avlodi olimlarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?! 198. Agar Biz (Qur'onni) ajamlardan (arab bo'lmaganlardan) biriga nozil qilsak, 199. uni ularga o'qib berganda ham imon keltiruvchi bo'lmas edilar. 200. Kufrni jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo'llab qo'yganmiz. 201. Ular to alamli azobni ko'rmagunlaricha, unga imon keltirmaydilar. 202. Bas, u (azob) ularga o'zlari sezmagan hollarida to'satdan kelur. 203. So'ngra ular: "Bizlarga (bir oz) muhlat berilarmikan", - deb qolurlar. 204. Bas, ular Bizning azobimizni qistayaptilarmi?! 205. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, moldavlat bilan) Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling