Tarjima haqida
Allohdan o'zga qaysi "iloh" sizlarga taskin topadigan kechani keltira olur?! Axir, ko'rmaysizlarmi?!
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
Allohdan o'zga qaysi "iloh" sizlarga taskin topadigan kechani keltira olur?! Axir, ko'rmaysizlarmi?! 73. (Alloh) sizlar uchun kecha va kunduzni unda (ya'ni, kechada) orom olishlaringiz, (kunduzi esa) Uning fazli (rizqi)dan istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun paydo qilib qo'ygani Uning Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 264
rahmatidandir! 74. (Eslang, Alloh qiyomat kunida) ularga nido qilib: "Sizlar (bor deb) gumon qilib yurgan "sheriklarim" qani?!" - der. 75. Biz (u kunda) har bir ummatdan bir guvohni (payg'ambarni) chiqarib, (keltirgan shirklaringizga) hujjatlaringizni keltiringlar-chi", - deymiz. Bas, ular haqiqat Alloh tomonda ekanini biladilar va o'zlari to'qib olgan ("xudolari") esa ulardan g'oyib bo'lur. 76. Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u (qavm)larga kibr qildi. Biz unga xazinalardan kalitlari baquvvat jamoatga ham og'irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O'shanda qavmdoshlari unga: "Hovliqmagin. Chunki, Alloh hovliquvchilarni suymas! 77. Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg'unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg'unchilarni suymas", - dedilar.
bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo'lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir", - dedilar. 80. Ilm ato etilgan kishilar esa: "O'lim bo'lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U (savob)ga faqat sabrli kishilargina erishurlar", - dedilar. 81. Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. So'ng uning uchun Allohdan o'zga yordam beradigan biror jamoa bo'lmadi va uning o'zi ham g'oliblardan bo'lmadi. 82. Kuni kecha uning maqomini orzu qilganlar: "Vo ajab, Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, (O'zi xohlaganlarining rizqini) tang qilib berar ekan-da! Agar Alloh bizlarga marhamat qilmaganida, bizlarni ham (yerga) yuttirgan bo'lur edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan da!" - deb qoldilar. 83. Biz o'sha oxirat diyorini yer yuzida zulm va buzg'unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaraturmiz. Oqibat esa, taqvoli kishilarnikidir! 84. Kim yaxshilik bilan kelsa, bas, uning uchun undan yaxshiroq (mukofot) bo'lur. Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yomonliklarni qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan yomonliklari barobaridagina jazolanurlar.
joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir. (Mushriklarga) ayting: "Rabbim hidoyat bilan kelgan kishilarni ham, aniq zalolatdagi kimsalarni ham yaxshi biluvchidir!"
qilganidir. Makkaga qaytishlari esa hijratdan keyingi orzularidan biri edi.
rahmat sifatida (u nozil qilindi). Bas, kofirlarga sira madadkor bo'lmang! 87. Sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan so'ng zinhor ular Sizga to'sqinlik qilmasinlar! Siz (odamlarni) Rabbingizga (ibodat qilishga) chorlang va sira mushriklardan bo'lmang! 88. Allohga qo'shib boshqa "iloh"ga iltijo qilmang! Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning "yuzi"dan boshqa barcha narsa halok bo'luvchidir. Hukm Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 265
ANKABUT SURASI
Ankabut - o'rgimchak, tortanak Surada o'zlari yasagan but - sanamlarga o'zlari sig'inuvchi mushriklar o'zi to'qigan to'riga ishonib yashovchi o'rgimchakka o'xshatiladi. Shuningdek, unda imon-e'tiqodli, yaxshi odamlar boshiga sinov uchun ko'proq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tish yo'llari, payg'ambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Qur'oni karimning mo''jizaligi va boshqa ilohiy nasihatlar o'z ifodasini topgan.
2. Odamlar: "Imon keltirdik", - deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deb o'yladilarmi?! 3. Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku! Bas, (shu sinov bilan va usiz ham), albatta, Alloh (imonda) sodiq kishilarni bilur va (shuningdek,) yolg'onchilarni ham aniq bilur! 4. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan o'zib ketishni (qutulishni) o'ylaydilarmi?! Naqadar yomon hukm chiqaradilar?! 5. Kimki Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, bas, Allohning (belgilangan) fursati, albatta, keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir! 6. Kim jihod qilsa, faqat o'zi uchun jihod qilur. Zero, Alloh (barcha) olamlardan behojatdir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 266
14. Biz Nuhni o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo'lgan hollarida to'fon (balosi) tutdi.
qo'ydik. 16. Ibrohimni (eslang) - u o'z qavmiga degan edi: "Allohga ibodat qilinglar va Undan qo'rqinglar! Agar biluvchi bo'lsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. 17. Sizlar Allohni qo'yib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni ilohlar deb) yolg'on to'qimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir emaslar. Bas, (shunday ekan,) sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va Unga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar! 18. Agar sizlar (Payg'ambarimni) yolg'onchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandirlar. Payg'ambar zimmasida esa faqat (Allohning buyruqlarini bandalariga) aniq yetkazishlik bordir". 19. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor (yo'qdan) yaratishini so'ngra (qiyomat kunida) U o'sha (yaratgan narsasi)ni qaytarishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir! 20. (Ey, Muhammad,) ayting: "Yerda sayr qilib (Alloh) qanday qilib yaratishni boshlaganini ko'ringlar. So'ngra Alloh (qiyomatda) ikkinchi (marta) paydo qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir! 21. U O'zi xohlagan kimsalarni azoblar va O'zi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungagina qaytarilursizlar! 22. Sizlar na Yerda va na osmonda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga (biror) do'st va yordamchi yo'qdir!" 23. Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda bo'lishni inkor qilgan kimsalar, aynan o'shalar Mening rahmatimdan noumid (mahrum) kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.
bo'ldi. So'ngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir! 25. (Ibrohim) aytdi: "Sizlar faqat dunyo hayotidagi o'zaro do'stlashishingizni ko'zlab, Allohni qo'yib, butlarni tutdingizlar. So'ngra qiyomat kunida ba'zilaringiz (peshvolaringiz) ba'zilaringizdan (ergashuvchilardan) tonur, ba'zilaringiz ba'zilaringizni la'natlar. Borar joyingiz do'zaxdir. (U joyda) sizlar uchun yordam beruvchilar yo'qdir!" 26. Bas, Lut unga imon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, Uning O'zigina qudrat va hikmat egasidir!"
bo'lib, uning barhaq payg'ambarliklarini tasdiq etib, imon keltirganlar.
uning zurriyotiga (xos) qildik va unga shu dunyoda ham mukofotini berdik, albatta, u oxiratda ham solih zotlardandir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 267
28. Lut o'z qavmiga: "Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kim uni qilmagan edi. 29. Haqiqatan ham sizlar (xotinlaringizni qo'yib) erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!" - deganini eslang. Bas, (Lut) qavmining javobi faqat: "Agar sen rostgo'y kishilardan bo'lsang, bizlarga Allohning azobini keltir", - deyishlari bo'ldi. 30. (Shunda) u aytdi: "Ey, Rabbim, bu buzg'unchilar qavmi ustidan O'zing meni g'olib qil!"
keltirishgach, aytdilar: "Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning aholisi zolimdirlar!" 32. (Ibrohim): "Axir, u yerda Lut bor-ku?" - dedi. Ular aytdlar: "Bizlar u joyda kim borligini biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni (Lutni) va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok bo'luvchi)lardandir". 33. Qachonki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ular tufayli yuragi siqildi. Ular dedilar: "Qo'rqma va g'am chekma! Albatta, bizlar senga va ahlingga najot beruvchilardirmiz. Magar xotining qoluvchi (halok bo'luvchi)lardandir". 34. Biz fosiq (itoatsiz) bo'lganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob (tosh) yog’diruvchidirmiz. 35. Biz aql yurgizadigan qavmga (ibrat uchun) u (qishloq)dan aniq asorat qoldirgandirmiz. 36. Madyan (qavmi)ga o'z birodarlari Shuaybni (payg'ambar qildik). Bas, u aytdi: "Ey, qavmim, Allohga ibodat qilingiz va oxirat kunidan umidvor bo'lingiz hamda Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilib yurmangiz!" 37. Ular (Shuaybni) yolg'onchiga chiqarishgach, ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida murdaga aylandilar. 38. Od va Samud (qabilalarini ham halok qildik). (Bu) sizlarga ularning maskanlaridan (xarobalardan) ko'rinib turibdi. Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (haq) yo'ldan to'sdi. Holbuki, ular aql-idrokli kishilar edi.
keltirganida, ular yer (yuzi)da kibrhavo qildilar va (lekin) o'zib ketuvchi bo'lmadilar. 40. Biz (ularning) har birini o'z gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog’dirganlar ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz yerga yuttirganlar va ular orasida Biz (suvga) g'arq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga jabr qiluvchi bo'ldilar. 41. Allohdan o'zgalarni do'st tutgan kimsalarning misoli xuddi in qurib olgan o'rgimchakka o'xshaydi. Inlarning eng nimjoni esa, albatta, o'rgimchak inidir, agar bilsalar! 42. Albatta, Alloh ularning Uni qo'yib, iltijo qilishayotgan narsalarini bilur! U qudrat va hikmat egasidir! 43. Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat olimlargina anglagaylar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 268
44. Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. Albatta, bunda mo'minlar uchun alomat bordir! 45. (Ey, Muhammad,) Sizga Kitob (Qur'on) dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni mukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug'dir! Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turur.
YIGIRMA BIRINCHI JUZ’ *************************
orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustastnodirlar. Shuningdek, aytinglar: "Bizlar o'zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil)ga ham imon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz va sizlarning ilohingiz bir (Iloh)dir va bizlar Ungagina bo'yin sunuvchimiz". 47. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizga Kitob (Qur'on) nozil qildik. Bas, Biz Kitob (Tavrot va Injil) ato etgan zotlar unga (Qur'onga) imon keltirurlar. Ana ular (Makka ahli orasi)da ham unga imon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar. 48. Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va o'z qo'lingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzg'unchilar, albatta, shubhaga tushgan bo'lur edilar.
qilishlari mumkin edi.
zolimlargina inkor qilurlar. 50. Ular (kofirlar): "Unga (Muhammadga) ham Parvardigori tomonidan mo''jizalar tushganida edi", - dedilar. Ayting: "Mo''jizalar Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos". 51. Axir ularga tilovat qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta, bu (Kitob)da imon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir! 52. Ayting: "Alloh men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Botil narsaga (butlarga) imon keltirib, Allohga kofir bo'lganlar - ana o'shalar ziyon ko'ruvchilarning o'zidirlar!"
albatta, ularga (darhol) azob kelgan bo'lur edi. (Kelganda ham), albatta, ular sezmagan hollarida to'satdan kelur. 54. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta, jahannam kofirlarni qamrab oluvchidir! 55. U kunda azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham o'rab olur va (Alloh) aytur: "Qilgan ishlaringizning jazosini totinglar!" 56. Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar! 57. Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir! So'ngra Bizga qaytarilursizlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 269
58. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigan ko'shklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir! 59. Ular sabr qilgan va yolg'iz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir. 60. O'z rizqini ko'tara (topa) olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq berur. U eshituvchi va biluvchidir! 61. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (toatiga) bo'yin sundirgan zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", - derlar. Bas, (shunday ekan), qayoqqa burilib ketmoqdalar?! 62. Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (O'zi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir! 63. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib yerni "o'lganidan" so'ng "tiriltirilgan" zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", derlar. Siz (ularga): "Allohga hamd!", -deb ayting! Yo'q, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!
(joyi)dir. 65. Qachonki, ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk keltirurlar. 66. Biz ularga ato etgan ne'matlarga noshukr bo'laversinlar va (shu dunyodagi hayotdan) "foydalanib" qolsinlar. Hali yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar! 67. Ular o'zlarining atroflaridagi odamlar qirg'inga uchrab turgan bir paytda, Biz (Makkani) osoyishta haram qilib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Nahotki, ular botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning ne'mati (Islom)ni inkor etsalar?! 68. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Haq (Qur'on) kelgan chog'da uni yolg'onga yo'ygan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?! 69. Bizning (yo'limiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling