Tarjima haqida
(Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
39. (Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki (o'zingda) saqla, (sendan bu to'g'rida) hisobot olinmas". 40. Albatta, (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (jannat) bordir. 41. (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi", - degan paytini eslang! 42. (Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina cho'miladigan va ichimlik suvidir".
ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik. 44. (Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!
s.) og'ir betob bo'lgan kezlarida, xotinlari yaxshi parvarish qilmaganlari tufayli "Tuzalganimdan keyin seni yuz qamchi uraman" - deb qasam ichib qo'ygan ekanlar. Shu qasamlarini ro'yobga chiqarib, gunohkor bo'lib qolmasliklari uchun Alloh taolo yuzta mayda novdani bir dasta qilib, o'sha bilan xotinlarini bir marta urib qo'yishlikni buyurgan ekan.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 310
eslang! 46. Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik. 47. Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir. 48. Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir. 49. Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat - 50. ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir. 51. Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar. 52. Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur. 53. Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir. 54. Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas. 55. (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat - 56. ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u! 57. Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar! 58. Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur! 59. (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan, ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir". 60. Ular (ergashganlar) deydilar: "Yo'q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki), sizlar u (azob)ni bizlarga keltirdingiz! Bas, naqadar yomon qarorgoh (bu do'zax)!" 61. Ular (yana) derlar: "Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo'lsa, bas, O'zing unga do'zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin".
kishilarni (mo'minlarni do'zaxda) ko'rmayapmiz-a?! 63. Bizlar o'shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular shu yerda-yu,) ko'zlarimiz ulardan chalg'idimikan?!" 64. Albatta, do'zax ahlining ana shunday tortishishlari muqarrar haqdir. 65. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men faqat (bir) ogohlantiruvchidirman. Yagona va g'olib Allohdan o'zga iloh yo'q. 66. U osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsaning qudratli va mag'firatli Parvardigoridir". Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 311
67. Ayting: "Bu (so'zlar) buyuk bir xabardir. 68. Sizlar esa undan yuz o'giruvchidirsizlar! 69. Menda bahslashayotgan oliy guruh (farishtalar) haqida hech qanday bilim yo'q edi. 70. Menga faqat o'zimning aniq ogohlantiruvchi ekanligim vahiy qilinadi, xolos". 71. Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: "Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. 72. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so'ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!" 73. Bas, farishtlarning barchalari jam bo'lib, (Odam uchun) sajda qildilar. 74. Faqat Iblisgina kibrlanib, kofirlardan bo'ldi. 75. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, "qo'lim" bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man etdi?! Kibr qildingmi yoki sen (Odamga nisbatan) oliy (zot)lardan edingmi?!" 76. U aytdi: "Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding". 77. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Zero, sen (dargohimdan) quvilgan (mal'un)san! 78. Yana, to jazo kuni (qiyomat)gacha senga Mening la'natim bo'lur". 79. (Iblis iltijo qilib) dedi: "Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o'lmaslikka) muhlat bergin". 80. (Alloh) dedi: "Sen muhlat berilganlardandirsan 81. ma'lum vaqt kunigacha (qiyomatgacha)". 82. (Iblis) aytdi: "Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo'ldan ozdirurman. 83. Faqat ularning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar)".
85. albatta, Men jahannamni sen va ular orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to'ldirurman!" 86. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Men (Payg'ambarligim uchun) sizlardan haq so'ramayman va men (payg'ambarlikni o'zimcha) da'vo qiluvchilardan ham emasman. 87. (Ushbu Qur'on) faqat olamlar uchun eslatmadir. 88. Qasamki, sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarini (ozgina) vaqtdan so'ng (Qiyomat kuni), albatta, bilursizlar". Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 312
ZUMAR SURASI
Zumar - guruhlar demakdir. Surada qiyomat kuni odamlar jannat va do'zaxga guruh-guruh bo'lib kirishlari tasvirlangan. Binobarin, suraga ham shu nom berilgan. Undagi oyatlarda Alloh taolo o'z bandalariga turli hayotiy misollar keltirib, O'zining qudrat va hikmatlarini bayon etish bilan oxiratga tayyorlanish yo'llarini ko'rsatadi. .
uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi (dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh - Rabbingizdir. Hukmronlik faqat Unikidir. Undan o'zga (hech) iloh yo'q. Bas, (Unga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!
hisoblaganda, sakkizta bo'lishi nazarda tutilgan.
bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. Hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra qaytishlaringiz Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berur. Albatta, U dillardagi sirlarni biluvchidir. 8. Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, u Parvardigoriga tavba-tazarru bilan duo qilur. So'ngra, qachonki, (Alloh) O'z tomonidan unga biror ne'mat ato etsa, ilgari (Allohga) qilgan duolarini unutib qo'yar va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan ozdirish uchun Unga "teng"larni (o'ylab) topur. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sen o'z kufring bilan (dunyoda) ozgina foydalanib qol! Albatta, sen do'zax ahlidandirsan". 9. Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qo'rqadigan va Parvadigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?!" Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar. 10. (Ey, Muhammad), Mening imon keltirgan bandalarimga ayting: "Parvardigoringizdan qo'rqingiz! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 313
Bu dunyoda ezgu ish qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat - jannat) bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur".
12. Yana, musulmonlarning avvali bo'lishga buyurilganman". 13. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga osiy bo'lishga ulug' Kunning azobidan qo'rqurman". 14. Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman. 15. Endi sizlar (ey, mushriklar,) Uni qo'yib, xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar". (Ey, Muhammad,) ayting: "Haqiqiy ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga ham, ahli (oila)lariga ham ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingizkim, ana shu aniq ziyondir". 16. Ular uchun ustilaridan ham olovdan bo'lgan "soyabonlar", ostilaridan ham (olovdan bo'lgan) "soyabonlar" bo'lur. Bu (bo'lajak azob-uqubat) bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitishidir. Ey, bandalarim, Mendan qo'rqingiz! 17. Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo'lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. Bas, (ey, Muhammad,) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, 18. ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir. 19. Axir, bir kimsaga azob So'zi (hukmi) muqarrar bo'lsa (Siz uni hidoyat qila olarmidingiz)?! Axir, Siz do'zaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?! 20. Lekin Parvardigorlaridan qo'rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan ko'shklar bo'lib, ularning ostidan anhorlar oqib turar. (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh va'daga xilof qilmas. 21. Alloh osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerda buloqlar shaklida oqizib qo'yganini ko'rmadingizmi? So'ngra u (suv)ning vositasida har xil ekinlarni chiqarur, so'ngra u qurir, so'ng Siz uni sarg'aygan holda ko'rasiz, so'ngra (Alloh) uni xazonga aylantirur. Albatta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
(hidoyat) uzra turgan kishi (boshqalar bilan barobar bo'lurmi)?! Bas, dillari Allohning eslashdan qotib qolgan kimsalar holiga voy! Ular aniq zalolatdadirlar. 23. Alloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas. 24. Axir, qiyomat Kuni yomon azobdan yuzi bilan "saqlanadigan" kimsa (azobdan tinch kishi bilan barobar bo'lurmi)?! (U kunda) zolim (kofir)larga: "O'zlaringiz kasb qilib olgan narsani (dinsizlik "meva"sini) totib ko'ringlar!" - deyiladi. 25. Ulardan oldingilar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarida, ularga o'zlari sezmaydigan tomondan azob kelgan edi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 314
26. Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida rasvolikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular (jazoning qattiqligini) bilsalar edi (payg'ambarlarni inkor etmagan bo'lur edilar). 27. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masallarni keltirdik. Shoyad eslatma olsalar. 28. (Biz uni) qing'ir joyi bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo'rqsalar. 29. Alloh (shunday) bir masal keltirdi: bir kishi (qul) borki, uning ustida talashuvchi sheriklar bor. Yana bir kishi (qul) borki, butunic ha bir kishinikidir. Ikkisining misoli barobar bo'lurmi?! Hamd Alloh uchundir. Ha, ularning ko'plari bilmaslar. 30. (Ey, Muhammad,) albatta, Siz ham o'luvchidirsiz, ular ham o'luvchidirlar. 31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat Kuni Rabbingiz huzurida da'volashursizlar.
YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ *************************
kelgan paytidayoq inkor etgan kimsadan kim ham zolimroqdir yoki jahannamda kofirlar uchun joy yo'qmi?! 33. Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo'minlar) - aynan o'shalar taqvoli zotlardir. 34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (jannatda) xohlagan narsalari bordir. Bu ezgu ish qiluvchi kishilarning mukofotidir. 35. (Bu) Allohning ular qilgan yomon amallarini o'chirib, qilib o'tgan chiroyli amallarining savobi bilan mukofotlashi uchundir. 36. Alloh O'z bandasiga (Muhammadga uni asrashda) yetarli emasmi?! (Ey, Muhammad,) ular Sizni (Allohdan) o'zga narsalar bilan qo'rqiturlar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun (biror) hidoyat qiluvchi bo'lmas.
ular senga biror musibat yetkazurlar", - der edilar.
(dushmanlardan) intiqom oluvchi emasmi?! 38. Qasamki, agar Siz ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan",- deb so'rasangiz, ular, albatta: "Alloh", - derlar. Ayting: "Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan butlaringiz - agar Alloh menga biror ziyon yetkazishni istasa - ular Uning ziyonini arita oluvchimilar? Yoki (Alloh) menga biror marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha (butlar) Uning marhamatini ushlab qoluvchimilar?!" Ayting: "Menga Allohning O'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchilar faqat Unga tavakkul qilurlar". 39. Ayting: "Ey, qavmim, joyingizda turib (ya'ni, kufrdan qaytmay) amalingizni qilaveringiz. Men ham amal qiluvchidirman. Bas, yaqinda bilursizlar, Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 315
40. kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini".
yursa, o'zi uchun yurgan bo'lur. Kimki (yo'ldan) ozsa ham o'zining zarariga ozgan bo'lur. Siz ularning ustidan vakil (qo'riqchi) emassiz. 42. Jonlarni o'lgan vaqtida, o'lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas, O'zi o'limga hukm qilgan jonlarni (qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ajallari yetguncha) qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir. 43. Balki ular Allohdan o'zga "oqlovchilar"ni ushlagandirlar. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar ular biror narsaga ega bo'la olmaydigan va (haqiqatni) anglamaydigan bo'lsalar-chi?!" 44. Ayting: "Barcha shafoat (oqlov) faqat Allohnikidir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham Unikidir. So'ngra (barchalaringiz) Ungagina qaytarilursizlar". 45. Qachonki, yolg'iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachonki, U zotdan o'zga (but)lar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib keturlar. 46. Ayting: "Allohim, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratuvchisi, (ey) yashirin va oshkor narsalarni biluvchi zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib o'tgan narsalar xususida hukm qilursan". 47. Agar zolim (kofir) kimsalar uchun yerdagi (bor) narsa va u bilan birga yana o'shaning mislicha narsa bo'lsa, albatta, ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o'sha (narsalar)ni to'lov qilib berib yuborgan bo'lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o'ylab ham ko'rmagan narsalar (azoblar) namoyon bo'lur.
o'tgan narsa (azob) o'rab oladi. 49. Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, bizga duo qilur. So'ngra, qachonki, Biz O'z tomonimizdan unga biror ne'mat ato etsak, u, shubhasiz, bu (ne'mat) menga o'zimning bilimdonligim sababli berildi", - der. Aslida u sinovdir. Lekin, ularning aksariyati bilmaslar. 50. U (so'z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o'zlari topgan narsalari asqotgani yo'q. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling