Tarjima haqida


Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/72
Sana04.05.2020
Hajmi1.61 Mb.
#103210
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

75. Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat 

qiluvchidirmiz! 

 

76. Biz unga va uning ahli (oilasi)ga ulkan tashvishdan (g'arq bo'lishdan) najot berdik.  

 

77. Uning zurriyotini boqiy qoluvchi kishilar qilib qo'ydik.  



 

78. Keyingi (avlod)lar orasida u haqda (maqtovlar) qoldirdik.  

 

89. Olamlarda Nuhga salom! 

 

80. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! 

 

81. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir! 

 

82. So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik.  

 

83. Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir.  

 

84. Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi.  

 

85. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?! 

 

86. Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?! 

 

87. U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi.  

 

88. Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi.  

 

89. So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi.  

 

90. Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

303


91. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi? 

 

92. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!" 

 

93. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.  

 

94. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.  

 

95. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?! 

 

96. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!" 

 

97. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha 

olovga tashlanglar".  

 

98. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.  

 

99. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman. 

Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.  

 

100. Ey, Rabbim, O'zing menga solih (farzand)lardan ato etgin!" 

 

101. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik.  

 

102. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda 

seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir 

(o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni 

qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan".  

 

103. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo'yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan 



(yerga) yotqizgan ediki, 

 

104. biz unga nido qildik: "Ey, Ibrohim! 

 

105. Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday 

mukofotlaymiz".  

 

106. Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir.  

 

107. Biz (Ismoilning) o'rniga katta bir (qo'chqor) so'yishni evaz qilib berdik.  

 

108. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.  

 

109. Ibrohimga salom! 

 

110. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! 

 

111. Darhaqiqat, u Bizning mo'min banda larimizdandir.  

 

112. Yana, Biz unga solihlardan (bo'lg'usi) payg'ambar Ishoqning xush-xabarini berdik.  

 

113. Unga (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham barakot berdik. Ularning zurriyotidan ezgu amal qiluvchi 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

304


ham, o'ziga aniq zulm qiluvchi ham bo'lur.  

 

114. Qasamki, Biz Muso va Horunga (payg'ambarlik) in'om etdik.  

 

115. Biz ikkisiga va ularning qavmiga ulug' g'amdan najot berdik.  

 

116. Ularga madad berdik, bas, ular (Fir'avn ustidan) g'olib bo'ldilar.  

 

117. Biz ularga aniq Kitob (Tavrot) ato etdik.  

 

118. Hamda ularni To'g'ri yo'lga hidoyat qildik.  

 

119. Keyingi (avlod)lar orasida u ikkisi haqida (yaxshi gaplarni) qoldirdik.  

 

120. Muso va Horunga salom! 

 

121. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! 

 

122. Darhaqiqat, ikkisi ham Bizning mo'min bandalarimizdandir.  

 

123. Ilyos ham, albatta, payg'ambarlardandir! 

 

124. Qaysiki, u o'z qavmiga degan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?! 

 

125. Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo'yib, Ba'l (nomli but)ga sig'inyapsizlarmi? 

 

126. Sizlarning Rabbingiz va avvalgi otabobolaringizning ham Rabbini qo'yib-a?!" 

 

127. Bas, (Ilyosni) yolg'onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do'zaxga) hozir qilinuvchidirlar, 



 

128. illo, Allohning ixlosli bandalarigina (hozir bo'lmaslar).  

 

129. Biz keyingi (avlod)lar orasida u (Ilyos) haqida (go'zal maqtovlar) qoldirdik.  

 

130. Ilyosga salom! 

 

131. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! 

 

132. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir.  

 

133. Lut ham, albatta, payg'ambarlardandir! 

 

134. Qaysiki, Biz unga va uning barcha ahliga najot bergan edik.  

 

135. Faqat (azobda) qoluvchilardan bo'lmish bir kampirga (Lutning xotiniga najot bermadik).  

 

136. So'ngra boshqalarni halok qildik.  

 

137. (Ey, Makka ahli,) aniqki sizlar ularning ustidan tongda o'tib turursizlar, 

 

138. tunda ham. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

305


139. Yunus ham, albatta, payg'ambarlardandir! 

 

140. Qaysiki (o'z qavmidan g'azablanib) to'la yukli kemaga qarab qochgan edi.  

 

141. Bas, (kemadagilar bilan) qur'a tashlashdi va mag'lub bo'ldi. 

 

Izoh: Qissa haqida shunday rivoyat bor. Yunus (a. s.) o'z qavmining qilmishlaridan ozorlanib, ularga va'da 



qilingan jazo kelavermagach, o'zlari bosh olib chiqib ketib, bir dengiz bo'yiga yetib boradilar. Jo'nab 

ketayotgan bir kemaga minganlarida, dengiz o'rtasiga borib, kema to'xtab qoladi. Kemachilar: 

"Yo'lovchilarimiz ichida o'z xojasidan qochgan qul bo'lsa kerak. Uni topmasak kemamiz turaveradi" - deb 

qur'a tashlaydilar. Qur'ada Yunus (a. s.) nomi chiqqach, ul zotni dengizga tashlab yuboradilar. Qissa 142-

oyatda davom etadi.  

 

142. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang baliq yutib yubordi.  



 

143. Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda, 

 

144. albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi.  

 

145. Bas, Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.  

 

146. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo'ydik.  

 

147. Biz uni yuz ming, balki undan ham ko'proq (odam)ga payg'ambar qildik.  

 

148. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So'ng Biz ularni (ma'lum) bir muddatgacha (ajallari 

yetguncha hayotdan) bahramand etdik.  

 

149. Endi, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, qizlar (farishtalar) Parvardigoringizniki-

yu, o'g'illar ularnikimi?! 

 

150. Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratibmizmi?! 

 

151. Ogoh bo'lingizkim, ular yolg'onchiliklari tufayli aytadilar: 

 

152. "Alloh farzandli". Ular, albatta, yolg'onchidirlar! 

 

153. (Alloh) o'g'illarni qo'yib, qizlarni tanlagan emishmi?! 

 

154. (Ey, Makka ahli,) sizlarga nima bo'ldi?! Qanday (nohaq hukm chiqarmoqdasizlar-a?! 



 

155. Axir eslatma olmaysizlarmi?! 

 

156. Yoki sizlar uchun (Allohning farzandi haqida) biror aniq hujjat bormi?! 

 

157. Bas, agar rostgo'y bo'lsangizlar, kitobingizni keltiringlar-chi?! 

 

158. (Mushriklar) U bilan jinlar (farishtalar) o'rtasida nasab (ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. 

Holbuki, jinlar (farishtalar) ularning Alloh azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.  

 

159. Alloh ularning ("farzandi bor", deb) sifatlashlaridan pokdir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

306


160. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (Allohni to'g'ri sifatlaydilar).  

 

161. (Ey, Makka ahli,) shak-shubha yo'qki, sizlar ham, sig'inayotgan butlaringiz ham 

 

162. (Alloh)ga qarshi fitnaga soluvchi (alday oluvchi) emasdirsizlar, 

 

163. illo, Allohning taqdirida do'zaxga kiruvchi bo'lgan kimsalarnigina (alday olursizlar).  

 

164. (Farishtalar dedilar): "Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniqki, ma'lum bir maqom 

bordir.  

 

165. Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz.  

 

166. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz".  

 

167. Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar: 

 

168. "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi, 

 

169. albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik".  

 

170. Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar.  

 

171. Bizning payg'ambar bo'lgan bandalarimiz haqidagi (ushbu) So'zimiz kechgandir: 

 

172. "Shubhasiz, ular qo'llab-quvvatlanuvchilardir.  

 

173. Va albatta, Bizning qo'shinimiz (ya'ni, payg'ambarlar va mo'minlar) g'olibdirlar".  

 

174. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan (mushriklardan) vaqtincha yuz o'giring! 

 

175. Ularni (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.  

 

176. Hali ular Bizning azobimizni qistamoqdamilar?! 

 

177. Bas, qachonki, (azobimiz) ularning hovlilariga (ustilariga) tushganida (o'sha) ogohlantirilgan 

kimsalarning tonglari xayrli bo'lmas.  

 

178. Siz ulardan (ma'lum) bir vaqtgacha yuz o'giring! 

 

179. Ularning (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.  

 

180. Qudrat egasi bo'lmish Rabbingiz ularning tavsiflaridan (aybu nuqsondan) pokdir.  

 

181. Payg'ambarlarga salom! 

 

182. Hamd esa, (barcha) olamlar Rabbiga (xosdir).  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

307


SOD SURASI  

 

"Sod" - arab alifbosining 14-harfi. Bu yerda u nimaning ramzi ekanligi faqat Allohgagina ma'lum. Surada 



mushriklarning Rasulullohga nisbatan o'tkazgan tazyiqlariga sabr qilishlari, oxiratda berilajak mukofot va 

jazolar, kibr-havodan hazar qilish, insoniy fazilatlarga targ'ibot kabi ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam!  

 

Izoh: Oyatdagi "zikr" so'zini Ibn Abbos (r. a. ) bayon deb tafsir qilganlar. Ba'zilar uni sharaf deb izohlaydilar. 

Bu haqiqatdan uzoqroq ko'rinadi. Zikr so'zini o'zbekchada ham zikr shaklida ishlatiladi. Faqat mazmunda farq 

qilishi mumkin. Masalan "zikr" so'zining eslash, aytish, ma'lum yod olgan narsalarini o'qish, bayon etish kabi 

ma'nolari mavjud. Binobarin, bu yerda zikr manbai deyilsa, mazmun umumiyroq bo'lishi ko'zda tutildi.  

 

2. Ha, kofir bo'lgan kimsalar (haqiqatni qabul qilishdan) g'ururda va muxoliflikda (doimiy)dirlar.  



 

3. Biz ulardan ilgari qancha avlodni (kufrlari sababli) halok qilganimizda ular yordam so'rab nido 

(iltijo) qilganlar, (ammo u vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.  

 

4. (Makka mushriklari) ularga o'zlaridan (bashar avlodidan) ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan 

ajablandilar va kofirlar dedilar: "Bu (bir) yolg'onchi sehrgardir.  

 

5. (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!" 

 

6. Ulardan kattalari (bir-birlariga) dedilar: "Yuringlar, o'z ilohlaringizga (sig'inishda) abrli bo'linglar! 

Albatta, bu iroda etilgan narsadir.  

 

7. Bizlar bu haqda (tavhid haqida) so'nggi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir.  

 

8. Bizlarning oramizda (zodagonlar turib) o'sha (Muhammad)ga zikr (Qur'on) nozil qilinibdimi?!" Ha, 

ular Mening eslatmam (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar. O'a, ular hali Mening azobimni totib 

ko'rganlari yo'q.  

 

9. Yoki ularning oldilarida qudratli va saxovatli Rabbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?! 

 

10.  Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsalarning hukmronligi ularniki 

ekanmi?! U holda (ko'k sari) narvonlarga chiqaversinlar! 

 

11. (Ey, Muhammad, Makka mushriklari) o'sha yerning o'zida yengilib bituvchi firqalardan bir 

qo'shindir, xolos.  

 

12. Ulardan ilgari ham Nuh qavmi, Od (qabilasi) va qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lgan Fir'avn 

(ham payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqargandilar.  

 

13. Shuningdek, Samud (qabilasi), Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Ana o'shalar (ham) firqalardir.  

 

14. Barchalariga faqat payg'ambarlarni inkor etganlari sababli Mening jazoyim muqarrar bo'ldi.  

 

15. Ana o'shalar hech to'xtamasdan keladigan birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

308


16. Ular (Makka mushriklari masxara qilishib): "Parvardigoro, bizlarga (va'da qilingan azobdan) 

nasibamizni O'isob kunidan ilgari tezroq keltira qolgin", - dedilar.  

 

17. (Ey, Muhammad,) Siz ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz - (toat-ibodatda) 



baquvvat bo'lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir! 

 

18. Biz tog'larni kechki payt va ertalab (mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib, bo'yin sundirib 

qo'ydik.  

 

19.  Shuningdek, (har tarafdan) to'planuvchi qushlarni ham. (Tog'lar va qushlarning) barchalari 

Dovudga butunlay qaytuvchidir.  

 

Izoh: Dovud (a. s.) Allohga tasbeh aytganlarida, undan ta'sirlangan qushlar ham chug'urlashib, birga tasbeh 



aytar ekanlar. Oyatda shu mazmunga ishora qilinmoqda.  

 

20. Uning hukmronligini ham mustahkam qildik va unga hikmat hamda qat'iy xitob (haqqoniy hukm 



chiqarishni) ato etdik.  

 

21. (Ey, Muhammad,) Sizga da'vogar (ikki jamoat) xabari keldimi? O'shanda ular (Dovud ibodat 

qilayotgan) mehrobga chiqishdi.  

 

22. Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qo'rqib ketdi. Ular dedilar: "Qo'rqmagin, (Bizlar) birimiz 

birimizga zulm qilgan ikki da'vogardirmiz. Bas, sen bizlarning o'rtamizda haqqoniy hukm qilgin va 

(bizlardan birortamizga) jabr qilmagin hamda bizlarni To'g'ri yo'lga boshlagin".  

 

23. (Ularning biri dedi): "Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning to'qson to'qqiz sovliq qo'yi bor, 

mening esa birgina sovlig'im bordir. Bas, u: "O'shani ham menga topshirgin", -dedi va meni bahsda 

yengib qo'ydi".  

 

24. (Dovud ikkinchi da'vogarni tinglamasdanoq) dedi: "Darhaqiqat, u sening sovlig'ingni o'z sovliqlariga 

(qo'shib olishni) so'rab senga zulm qilibdi. Darvoqe, ko'p oshna-og'aynilar bir-birlariga zulm qilurlar. 

Faqat imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina (zulm qilmaslar), Ular esa juda ozdirlar". 

Dovud uni imtihon qilganimizni bildida, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag'firat 

qilishni so'radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba qildi.  

 

(Sajda oyati) 

 

25. Bas, Biz uni o'sha (xatosi)ni kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda qurbat (yaqinlik) 

va go'zal oqibat (jannat) bordir.  

 

26. Ey, Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks 

holda, u seni Allohning yo'lidan ozdirur. Albatta, Alloh yo'lidan ozadigan kimsalar uchun hisob kunini 

unutib qo'yganlari sababli qattiq azob bordir.  

 

27. Biz osmon va Yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu 



(behuda yaratilgan degan gap) kofir bo'lgan kimsalarning gumonidir. Bas, kofir bo'lgan kimsalar uchun 

do'zaxdan iborat halokat bo'lgay! 

 

28. Biz imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlarni yerda buzg'unchilik qilib yuruvchi 

kimsalardek qilamizmi?! Yoki taqvodor zotlarni fisqu fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilar 

ekanmizmi?! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

309


29. (Ey, Muhammad, ushbu Qur'on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun 

Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir.  

 

30. Dovudga Sulaymonni ato etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) 

butunlay qaytuvchidir.  

 

31. Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turuvchi uchqur otlar ro'baro' qilingan edi.  

 

32. Bas, u dedi: "Darhaqiqat, men Parvardigorim zikridan (ya'ni, namozimdan qolib) bu yaxshi (ot)larni 

suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh) parda bilan berkinibdi (botibdi).  

 

33. U (ot)larni menga qaytaringlar-chi!" Bas, u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo'yinlarini "silash"ga 

kirishdi (so'yib qurbonlik qildi).  

 

34. Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So'ngra u tavba qilib, 

 

35. dedi: "Ey, Rabbim, O'zing meni mag'firat qilgin va menga o'zimdan keyin biror kishiga muyassar 

bo'lmaydigan bir mulk (hukmronlik) ato etgin. Sening O'zinggina (barcha yaxshiliklarni) ato 

etuvchisan".  

 

36. Bas, unga u istagan tomonga uning amri bilan mayin esaveradigan shamolni bo'yin sundirdik.  

 

37. Shuningdek, barcha (qasrlarni) bino qiluvchi va (dengizlar qa'riga shung'uvchi) g'avvos shaytonlarni 

(jinlarni) ham.  

 

38. Boshqa (bo'yin sunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bandi qildik.  

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling