Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
-bob DUNYONING RANGINI O’ZGARTIRGAN INSON
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2-bob
DUNYONING RANGINI O’ZGARTIRGAN INSON Titrayotgan Kendin oʻzini kenggina bir xonada koʻrdi. Xona shunchalik ajoyib ediki, inson beixtiyor uni tomosha qilishni boshlardi. Avvallari bunday xonani koʻrmagan, eshitmagan edi. Katta devorlarda shunday surat bor ediki, uning surat ekaniga ishonish imkonsiz edi. Goʻyo butun devor oyna bilan qoplanganu, siz koʻrgan va rasm deb oʻylagan narsalaringiz qarshisida turib ularni oʻzida aks ettirardi. Devorning tugagan burchagida qalinroq bir arqon boʻlib, uning bir uchi shiftga qadar yetgan va yuqoridagi yogʻochlardan biriga bogʻlab qoʻyilgandi. Kendin xonada aylanib yurarkan, oyogʻi bir narsaga tegdi. Bu biroz avval hayratlanib tomosha qilgan devorning tugagan burchagida koʻrgan arqonning yerdagi qismi boʻlib, u xonani koʻndalangiga qoq oʻrtasidan boʻlib turardi. Arqonning boshqa uchi esa narigi tomondagi devorning burchagidan oʻtib shiftdagi yana bir yogʻochga bogʻlangandi. Arqon bilan xonani teng ikkiga boʻlib qoʻyishning hikmatini Kendin anglamadi. Xona uni shu qadar oʻziga sehrlab qoʻygandiki, Kendin bir soniyaga oʻzining koʻrinmasligini unutdi. Sekingina Jinning qulogʻiga egildi va arqonning hikmatini soʻradi. Kendinning xuddi kimdir eshitib qolishidan qoʻrqib pichirlashini koʻrgan Jin qahqaha otib kulib yubordi. - Unutib qoʻyding shekilli, hech kimsa bizni koʻrmaydi va eshitmaydi, - deb Kendinni xotirjam qildi. Jin bu yerdagi boʻlib oʻtgan narsalarni Kendinning tushunishga harakat qilayotganini toʻgʻri deb oʻyladi. Kendin Jinning aytganini qilib, xonadagi detallarni bir-bir tekshirishni boshlab yubordi. Yerda "gilamlarning eng qadimgisi shunday boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotadigan, ammo "koshki barcha gilamlar ham shunga oʻxshasaydi" deyiladigan muhtasham bir gilam bor edi. Unda odatdagi klassik bezaklar yoʻq edi. Gilamning arqon ajratib turgan yeridan rasmli devorga qadar boʻlgan qismi moyli boʻyoqlarda qilingan rasmni eslatsa, narigi tarafi geometrik shakllar va matematik belgilardan iborat edi. Kendin koʻzlarini devordan uza olmasdi. Yengilgina harakat bilan ortga qadam tashlagan edi, nimanidir turtib yubordi. Soʻnggi lahzada uni tezlik bilan ushlab qoldi. Bu goʻyo hech kimsaning koʻzi tushmasligi uchun yuzasi qizil ipak mato bilan berkitib qoʻyilgan bir surat edi. Xonada jami 8 ta rasm boʻlib, ulardan 5 tasi ayni shu shaklda qizil ipak matolar bilan yopib qoʻyilgan, 3 tasi ochiq edi. Yopiq suratlardan birining yuzasidan matoni koʻtardi-yu, koʻzlariga ishonmadi. Pastki oʻng burchakda qoldirilgan dastxatni aytmasa, rasm boʻm-boʻsh edi. Soʻng qiziqish bilan barcha suratlarni bir-bir ocha boshladi. Hammasi bir xil, barchasining pastki oʻng burchagida ayni imzo qoʻyilgandi. Bu xonaning sohibi qanday boʻlmagʻur inson boʻldi, rasmni chizmay turib imzosini qoʻysa. Yuzasi ochiq boʻlgan suratlardan birining oldida oʻtirish uchun hozir turgan yogʻoch turardi. Uning tepasida esa yosh bola rasm chizgandek fikr uygʻotadigan, aralashib, bir-biriga qorishib ketgan boʻyoqli palitra bilan ikki dona choʻtka bor edi. Xonaning bu qismini tomosha qilib ulgurmagan Kendin narigi tarafga hanuz oʻtmagandi. Shu qadar sehrlanib qolgandiki, birgina shu tomonda bir necha soat aylanib qoldi. Chap tomondagi devorning boʻsh ekanligi birdan eʼtiborini tortdi. Bu yerning ham rasm chizish uchun tayyorlab qoʻyilgani xayoliga keldi. U adashmagandi. Sababi, biroz avvalgi yuzasi qizil ipak matolar bilan toʻsilgan boʻsh suratlarning pastki oʻng burchagidagi imzoning yana biri devorda ham koʻzga tashlanardi. Katta hayajon va zavq bilan ortiga qaytdi. Orqa devorda narigiga mutlaqo oʻxshamagan, xonaning bu qismidagi gilamning bezaklariga oʻxshash geometrik shakllar, matematik ifodalar bor edi. Goʻyo kimdir matematikaga maʼlum yoki aksincha, maʼlum boʻlmagan jamiyki masalalarni shu devorda yechgandi. Devorning shundoq oldida goʻyo bir ozgina avval eman daraxtidan yasalgan anchagina keng bir stol bor edi. Eman isi kelib turgan stolga suyab qoʻyilgan, uch kishi bemalol oʻtira oladigan dunyoning eng hashamatli kursisi shu deb bemalol koʻrsatish mumkin boʻlgan muazzam bir stul bor edi. Xonaning eshigi yoʻq edi. Aniqrogʻi, eshik oʻrnatilishi kerak boʻlgan joyda tor va peshtoqli oʻyiq boʻlib, bu yerga kirish uchun xizmat qilardi. Soʻngra xonaga uzun soch-soqolli, keng yelkali, gʻijimlangan kir kiyim kiygan, burnining uchiga ozgina jigarrang boʻyoq tekkan bir odam kirib keldi. Yoʻgʻoch kundaning tepasida turgan boyagi paletni ingichka uchli choʻtkasi bilan qoʻliga oldi. Oʻng oyogʻini goʻyo tuflisini ipini bogʻlamoqchi boʻlgandek kunda ustiga qoʻydi. Choʻtkani chaqqonlik bilan boʻyoqqa botirdi, bir necha daqiqa oʻzi istagan rangini chiqarishga tirishdi. Choʻtkani sindirib yuboradigan darajada paletga qattiq urardi. Chiqargan rangini ingichka uchli choʻtkasi bilan dunyodagi eng nozik shishadan yaratilgan qizning yuzida ohista va ehtiyotkorlik bilan yurgizardi. Soʻng qalin uchli choʻtkasini oldi, bir necha daqiqa uni palitraga urib turdi. Keyin qalin uchli choʻtkani rasmga xuddiki dushmanini oʻldirayotgandek urdi. Kendin shunchalik berilib ketgan ediki, "Unday qilmaaaa!" deyishdan oʻzini toʻxtatib qololmadi. Jin esa xotirjam ohangda: - Haqsan, ammo qoʻrqma! U nima qilayotganini biladi, sen faqat kuzat, - dedi. Kendin rassomni kuzatib turib, armon boʻlib qolgan orzusini Jinga aytdi: - Qobiliyatim boʻlsa edi, men ham rassom boʻlishni xohlardim. Ishon, buni judayam istardim, lekin afsus bu iqtidor masalasi... Jin Kendinning yuziga tikilib qoldi. Qarashlari maʼnosiz edi. Kendin jim boʻlishi kerakligini tushunib, sukut saqladi va rassomni kuzatishda davom etdi. U odam soatlab boʻyadi. Goʻyo butun dunyoning rangini oʻzgartirardi. Birgina xato qilsa qiyomat qoim boʻladigandek. Bu orada kun ham oʻz oʻrnini tunga boʻshatib berishga hozirlanardi. Rassom kerosin chiroqni yoqdi. Yana ozroq ishlagach, tashqariga chiqdi. Koʻp oʻtmay ortiga qaytganda burniga tekkan jigarrang boʻyoq ketkazilgan edi. U bu safar arqonning narigi tomoniga oʻtdi. Stol ustidagi qalamlardan birini olib devorga yoza boshladi. Butun devor toʻla edi. Qayerda bir boʻsh joy qolib ketibdiki, bu odam yana yozsa? Odam ingichka ingichka yozardi. Soʻngra viqor bilan dunyoning eng hashamatli kursisiga oʻtirdi. Muqovasi oʻyma yogʻochdan qilingan qalin daftarni ochib, devorga qarab-qarab, bir narsalarni yozdi. Bir necha soatdan soʻng qalamini qoʻyib, oʻrnidan turdi va kerosin chiroqni oʻchirib tashqari chiqdi. - Qayerga ketyapti?, - dedi rassomning ketidan qarab qolgan Kendin. - Uxlashga..., - dedi Jin va davom etti: - Bu inson har toʻrt soatda bir marta yarim soat uxlaydi. Vaqti boʻldi deguncha hech kimning uygʻotishini kutmasdan turib, yana ishiga qaytadi. Bizni bu yerga kelganimizga taxminan toʻrt soat boʻldi. Kendin hayratlandi. - Ishonish qiyin! - Uning kim ekanini aytsam, ishonishing aniq, - dedi Jin. Kendinning qiziqishi soʻnggi nuqtasiga yetdi. - Bu inson da Vinchi. Leonardo da Vinchi. Rassom, matematik, fizik, faylasuf va yana bir qancha sohalarda afsona boʻlgan inson. Endi ishondingmi? - Tushunishim kerak edi; lekin ishon agar men ham shunday ishlasam, da Vinchi boʻlardim, - deb yubordi Kendin, Jinning nima deb javob berishini hech oʻymagan holda. - Ishla u holda, - soddagina javob qaytardi Jin. Kendin Jinga ilk bora 3957 xil maʼno va tuygʻu mujassam nigohini qaratdi. Ha, yoʻq, qanday, nega boʻlmasin, haqsan, ajabo, goʻyo, balki, qoʻlimdan keladimi, shubhasiz qilaman, albatta, hech qachon, tabiiy va yana bu yerda sanalmagan yuzlab boshqa maʼnolar bor edi bu nigohda. Bu kishi Leonardo da Vinchi edi, da Vinchi boʻlish ayni shunday boʻladi. Sen faqatgina ishlarding. Ichingdagi da Vinchi koʻrina boshlar, afsona boʻlarding. Yoki ishlamasdan, da Vinchini koʻmarding-u, yoʻq boʻlib ketarding. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling