Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
8-bob
UYQU MUHTASHAMDIR Kimsasiz yerda gaplashib yurib ketishardi. Kendin bu voqealardan shu qadar taʼsirlangan ediki, birdan: - Uxlashdan nafratlanaman!, - deb yubordi. - Hoy, hoy, hoy!..., - Kendinning gapini boʻldi Jin. - Aslo bunday deya koʻrma. Uyqu muhtasham mexanizmdir. Agar u boʻlmasa, oʻrgangan narsalaring hech qachon yodingda qolmasdi, chunki sen yangi oʻrgangan maʼlumotlaringni eng koʻp uyqung davomida mustahkamlab olasan. Uxlayotganingda tanangdagi butun fiziologik va psixologik jarayonlar amalga oshadi. Yaʼni dam olishing, oʻzingni ertangi kun uchun tayyor deb his qilishing va hayotingni davom ettirishing uchun mutlaqo uxlab olishing kerak. Kendin hayratda edi. - Sen emasmiding uxlashimga qarshi chiqqan? Jin anglashilmovchilik boʻlganidan xavotirlanib darhol soʻz boshladi: - Men aslo uxlashingga qarshi emasman. Faqatgina koʻp uxlashingga qarshiman. Koʻp uxlashdan murod 8 soatdan ortiq emas, balki 4 yoki 6 soatdan ortiqdir. Yaʼni "Ideal uyqu davomiyligi 8 soat boʻlishi kerak" deya quduqqa otilgan oʻsha toshga jahlim chiqadi meni. Zotan sayohatimizning butun maqsadi ham aslida u toshni quduqdan chiqarib, yoʻq qilish va "Ideal uyqu davomiyligi inson eng kam uxlay oladigan muddatdir" toshini miyangga mustahkam oʻrnatishdir. Shunda sen bilan birga butun insoniyatning bu bemaʼni xurofotdan qutulishini taʼmin etgan boʻlaman. Agar hech uxlamasang oxiri yoʻq muammolar ichida yashaysan. Bundan kelib chiqadiki, nafas olish, suv ichish, ovqatlanish qanday zarurat boʻlsa, uxlash ham xuddi shunday majburiyatdir. Endi esa senga ajoyib syurprizim bor: Dunyodagi hech bir inson hanuz tanishib, gaplashmagan biri bilan seni tanishtiraman. U uyqu qiroli. Koinotda hech bir maxluqot uyqu mavzusida undan koʻra ilmli emas... Kendinning koʻzlari katta-katta ochildi va ketma-ket savollar yogʻdira ketdi: - Kim u, oʻzi qanaqa, necha yoshda, nima yeb, nima ichadi?... - Sen bilan tengdosh, juda sadoqatli va itoatgoʻy, sening miyangda yashaydi. Ismi Gipotalamus. Sen uchun bir uchrashuv belgiladim. - Qanday?, - dedi Kendin hech nima anglamay. Jin tushuntirishda davom etdi: - Zoʻrgʻa koʻndirdim. Sendan hafa ekan. Gaplashishni xohlamadi; ammo ozgina bosim oʻtkazgandim qabul qildi. Kendinning fikrlari qorishib ketgandi. - Yaxshi, lekin uning miyamda yashashini aytding. U bilan qanday qilib koʻrishamiz? Ochiqroq gapirsang-chi, xayollarim chalkashib ketdi. - Ah Kendin! Haliyam inson kabi oʻylayapsan. Unutib qoʻyding shekilli, biz hozir mutlaqo boshqa olamdamiz. Supermen misoli istagan har joyimizga bora olamiz, xohlagan joyimizga kira olamiz. Zamon, makon, umuman, hech narsa biza toʻsqinlik qilolmaydi, - dedi Jin. Kendinni Gipotalamusning oldiga olib borishdan avval oʻzlaridagi kuchga ishondirish maqsadida borish nihoyatda qiyin boʻlgan bir joyga olib borishga qaror qildi. Mana shunda, unda hech qanday shubha qolmasdi. Kendin nafaqat miyaga, balki igna teshigidagi tuyaning oʻrkachiga ham kira olishlariga ishonishi kerak edi. Agar Gipotalamus bilan ichidagi shubha-yu gumonlarni yoʻqotmay turib uchrashsa, bu uchrashuvning hech qanday foydasi boʻlmasdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling