Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  OQ OTLI VA UNING QILICHI


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana13.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1676380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
10-bob 
OQ OTLI VA UNING QILICHI 
Keng bir maydonda Jin va Kendindan tashqari hamma dod-faryod 
solar, insonlar qiyomat qoyim boʻlgandek yugurishardi. Havoda oʻqlar 
uchar, yosh tanalarni quvib yetib, ilma-teshik qilardi. Sovuq, muzdek 
oʻqlar... Toʻpponchadan, miltiqdan chang-toʻzon ichida otilgan har bir 
oʻq bir insonning hayotiga nuqta qoʻygan ayanchli qirgʻin edi bu.
Urush edi, qon edi, dod-faryod edi. Kim biladi bu qancha davom etadi: 
kunlab, oylab, balki-da yillab davom etar?... Balki aslo tugamas u boʻron-
la musobaqalashgan oʻq yomgʻiri. Qanchalik koʻrinmas boʻlmasin, 
Kendin ham inson edi. Holsiz Jinga suyanib qoldi. Jin ham sarosimaga 
tushgandi. Maydonda shunday bir dahshat bor ediki, quyosh nurini, 
osmondagi bulutlarni, yerdagi tuproqni toʻsib qoʻyardi. Bu kun ilk bora 
chumolilar ham uyalaridan chiqishmagandi. Azroil oppoq otning ustiga 
mingan holda, qilichining uchida ajal tarqatib yurardi goʻyo.
Jin Kendinning qoʻlidan ushlab, yuqoriga chiqardi. Oʻqlar, qilichlar 
boʻlmagan joyga... Urushni kuzatdilar. Kendin daryo-daryo oqqan qonni 
koʻrib, qizil rangga nisbatan ich-ichidan nafrat his qildi.
- Ketaylik bu yerdan!, - dedi Jinga.
- Sabrli boʻl, doʻstim, uzoq qolmaymiz. Koʻp oʻtmay ketamiz; ammo 
ketayotib qoʻlimiz boʻsh boʻlmasligi kerak. Kuzat bu odamlarni, inson 
istasa nimalar qilolmaydi, qara!
Kendin jimgina qarab turdi. Qoʻllar, oyoqlar, ruhlar, hayotlar, insonga 
doir nima boʻlsa, hammasi havoda uchardi. Ozgina ortga chekinib, bu 
manzaraga takror qarasang, bu safar qoʻl yoki oyoq emas, balki buyuk bir 
rassomning ishonch mavzusida faqatgina qizil rangdan foydalanib 
chizgan ulkan suratini koʻrarding. U ikkovlon esa goʻyo surat boshida 
turib, fikr bildirayotgan intellektual insonlarga oʻxshardilar. Jin soʻrab 
qoldi: 
- Ayt-chi, sen bundan-da yomonroq vaziyatni xayolingga keltira 
olasanmi? 
- Yoʻq, - dedi Kendin oʻylab oʻtirmay.


- Men ham, - dedi Jin va davom etdi: 
- Insonlar kunlab yemay, ichmay, bir zum tin olmay urushadilar. Nafas 
olishning oʻzi ham tavakkal bu yerda.
Ular suratga boqib gaplashib turganlarida baʼzi askarlar vaqti-vaqti bilan 
ortga chekinib, yarim soat, koʻpi bilan bir soat uxlab olar, soʻngra 
uygʻonib yana jang qilishda davom etardi. Fursat topishsa, boshqalari 
bilan oʻrin almashishardi. Atrofda uxlash uchun na yotoq, na boshqa 
narsa bor edi. Munosib bir chuqur topsalar, miltiqlarini quchoqlab, 
tepkisini barmoqlariga bogʻlagan holda uyquga ketishardi. 
Kendin yotogʻi qonli havza, koʻrpasi oʻq yomgʻiri boʻlgan bu 
jangchilarning uxlashini tomosha qildi. Uxlab yotardilar. Qattiq 
charchoqdan soʻng uxlaganlariga qaramay hurrak otganlar yoʻq edi. 
Kendin Jinga qarab: 
- Urushga chaqirilgan askarlarni hurrak otmaydiganlardan tanlaydilarmi?, 
- deb soʻrab qoldi.
Jin koʻrinib turgan manzaraga hech yarashmagan bir vaziyatda qahqaha 
otib kuldi. Soʻngra birdan toʻxtadi.
- Yoʻq, albatta. Urushda qoʻllaniladigan oʻqlar quloqlari eng yaxshi 
eshitadiganlardan tanlanadi...
Davom etarkan, Jin maʼyus jilmayib qoʻydi: 
- Bu insonlarning har biri boshqa hududdan, turli oʻlkalardan kelishgan 
bu yerga. Hech kim oʻrganib ketish uchun muddatga ehtiyoj sezmaydi. 
Kelish vaqtlari bilan yeyishdan, ichishdan, uxlashdan uzilgan onlari bir 
boʻladi.
Soʻngra tun qorongʻusida yerga qarab ochiladigan qandaydir eshikdan 
ichkariga tushdilar. Ichkarida 4 odam bor boʻlib, siniq bir stol atrofida 
gaplashishar, koʻzlarida oʻt yonib turardi. Ovoz chiqarmay, pichirlab 
maxfiy soʻzlashardilar. "Chanoqqalʼani berib qoʻymaymiz!" dedi 
oralaridan biri. Uning gapi tugamay ayni shu jumla bir oʻq ila miltiq 
uchidan dushman tomon uchdi. 
Jin shunday dedi: 
- Oʻlim yoqasida turarkan, inson uxlash u yoqda tursin, hatto nafas ham 
ololmaydi. Baʼzida urushlar yillab davom etadi, muddatning ahamiyati 


yoʻq. Bu insonlar 1000 yil nafas olmay yashashga ham tayyor. Koʻp 
holatlarda uyidagi rohat-u, issiq yotogʻiga ham ragʻbat qilmagan bu 
insonlarning ayni damda aqliga uxlash kelarmidi? 
Kendin tushundi... Endilikda u ushbu fidokorlik moʻjizasini juda yaxshi 
anglay boshlagandi. Bu orada uning koʻzi oq otiga minib, askarlar ortidan 
ergashib yoʻlga tushgan qilichli odamga tushdi. Uning qilichi uchida 300 
ming ajal bor edi... 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling