Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
-bob MIXCHI VA BOLG’ACHI
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-bob
MIXCHI VA BOLG’ACHI Bir uyning yotoqxonasida edilar bu safar. Xonadagi yotoq gʻichirlar, oppoq koʻrpa qimirlardi. Koʻrpa tagidan kimningdir hurragi eshitilib turardi. Kendin jilmayib qoʻydi. Yotoqda bir ayol uxlab yotar, uning yonida bir kishi ham bor edi. U uxlamayman deya xarxasha qilgan yosh boladek tinmay u yoqdan bu yoqqa agʻdarilardi. Kendin tahminida adashmagandi. Aniqki, bu odamning uyqusi qochgan, koʻrpaning qimirlashi sababi ham shu edi. Bu odamni uxlashdan toʻsgan nima edi ajabo? Kendin shularni oʻylab turganida u odam chiday olmay yotoqdan sapchib turdiyu, balkonga chiqdi. U yerda yuqori darajada jihozlangan bir nechta teleskop bor edi. Birining ortiga oʻtib, uzoq vaqt osmonni kuzatib turdi. Keyin yana jimgina yotoqqa qaytdi. Tungi soat 4 edi. Takror uxlashga urinib koʻrdi; ammo bu safar ham uddalay olmadi. Matrasning buzuq prujinasidek yana sakrab turdi yotogʻidan. Kichik bir qogʻozga "Kechir, azizim!" deb yozib, uni ayolining bosh tomoniga qoʻyib qoʻydi va yuzidan oʻpib, uydan chiqib ketdi. Kendin Jinga murojaat qildi: - Kim bu odam, qayerga ketyapti?... Jin shiftga ishora qilib soʻradi: - Bu yerda oyoq izi koʻrsang hayron qolarmiding? - Albatta, hayron qolardim... Shiftda oyoq izi boʻlishi gʻalati-ku. "Bu yerga oʻrgimchak odam kiribdimi?" degan boʻlardim, - dedi Kendin. Kulishdilar. Soʻngra odamni taʼqib qilishga tushdilar. U odam dunyodagi butun texnikalar shu yerda jam boʻlgandek tuyuladigan ulkan binoga keldi. Bino oldidagi haybatli qoʻriqchilarga "Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift oldiga keldi. Liftni kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan yugurib yertoʻla qavatiga tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini yechib oldi. Xona eshigi oldiga yaqinlashgach, choʻntagidan bir karta olib, eshik oldidagi kameraga kirgizdi va eshikni ochdi. Kostuyumini bir chetga uloqtirib, kompyuterning yoqish tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishlashni boshladi. - Telba boʻlib qolaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - dedi Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq qiziqtirib qoʻygandi... Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga mixlanib qolgandi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa ham hayron qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani uchun boshqa kelganlar yoʻq edi. Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi. Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi: - Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan mixni joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga oʻxshardi. Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi. Ikkisi ham farzandli boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek sabrsizlanishardi. - Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani. - Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!" degandek edi bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita boshlar, boshqasi "Hoy" deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan soʻng qolganlar ham kelishdi. "Birozdan soʻng" deganim ertasi kuni ertalab. Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek: - Bularning hammasi aqldan ozgan!, - deb yubordi. - Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi: - Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a? - Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin. - Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin Kendinning fikrlarini battar qorishtirdi. - Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, - yolvordi Kendin. - Yaxshi, - dedi Jin. Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira koʻrmagan tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi, farqiga bormadi. - Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin atrofda ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot asari ham koʻrinmasdi. Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha yerning qoq oʻrtasida qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. Shovqin ortidan, ustlariga toʻgʻri kelayotgan gʻalati jism paydo boʻldi. Bu hamma joyi yoritilgan, yaxlit va ulkan metall uyumi edi. Temir qush quloqni qomatga keltirib, chang- toʻzon ichida tekislikning qoq markaziga qoʻndi. Soʻngra chang boʻlinib, u ajoyib narsaning kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga qarab zinapoyalar paydo boʻldi. Oq, qalin kiyim kiygan odam zinadan pastga tushib kela boshladi. Ogʻir-ogʻir qadam bosib tushardi u. Oyogʻini yerga qoʻyib, yana bir odim tashlagandan soʻng ortiga oʻgirilib, shunday dedi: - Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun buyuk bir qadamdir. Bu oʻsha edi. Biroz avval uyqusi kelmay, dunyoning yoʻqolgan mixini topish maqsadida yarim kechasi hamma narsadan voz kechib yoʻlga tushgan inson... Soʻngra zinada yana biri paydo boʻldi. Kendin uni ham tanidi. Mixga bolgʻa topish uchun harakat qilgan odam edi unisi. Soʻngra u yerning oʻrtasiga katta bir bayroq oʻrnatdilar. Erta ulgʻaygan ikki yosh bola singari koʻngilxushlik qildilar. Kendin shunday taʼsirlangan ediki, ular bilan barobar yugurdi, joʻshdi, oʻzidan kechdi goʻyo... Oʻyin-kulgi bitgach, Jin Kendinni yoniga chaqirib, yerdagi oyoq iziga ishora qilib soʻradi: - Shiftda oyoq izini koʻrsang, hayron qolarmiding? - Yoʻq, albatta, - dedi Kendin. - Uyquni qochiradigan maqsad mana shunday boʻladi. Kechani kunduzga ulab, ishlaysan. Oyga kelib, oyoq izingni qoldirasan. Soʻng seni "Oyga chiqqan ilk inson" deb ataydilar. Neil Armstrong boʻlasan, Buzz Aldrin boʻlasan, Maykl Kollins boʻlasan... Ismingni "eng, eng, eng" lar qatoriga yozadilar. Hamma hayron qoladi. Buni qanday qilganingga qoyil qolishadi. Sen faqatgina jilmayib qoʻyasan. Nimaga buncha hayratda ekanlarini tushunmaysan. Hech kimsa sening eng buyuk siring ishlashdan boshqa narsa emasligini tahmin qilolmaydi. Bu orada mixchi va bolgʻachi bir-birlariga qarab oʻzlarining eng buyuk sirlari haqida oʻylagancha jilmayishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling