Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova
-bob MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
4-bob
MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT Kattagina xonaning oʻrtasida turardilar. Atrof yoyilib yotardi. Xonada bir-biriga birlashtirilgan uchta stol kattaligidagi ish stoli bor edi. Uning usti elektron sxemalar, kabellar va yana koʻpi inson uchun keraksiz deb hisoblanadigan mayda-chuyda narsalarga toʻla edi. Kumush patnis ichida hafsala bilan tayyorlangan, ammo qoʻl ham urilmagan dasturxon, stol ustidagi ichida kerosin boʻlgan kir tunuka idishning yoniga qoʻyilgandi. Shundayin bir dasturxon u yagʻir idish yoniga hech ham yarashmasdi. Shubhasiz uni "Och emasman" deya kimdir oʻsha yoqqa surib qoʻygandi. Stoldan uzoqroq bir burchakda odatiy 4-5 stul, tartibsiz shaklda sochilib yotardi. Devorda keragidan ortiq kerosin lampa bor edi. Ularning hammasi yoniq, odamda "dunyodagi eng yorugʻ makon shu yer boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotardi. Kendin atrofni tomosha qilarkan, Jin ham Kendinni kuzatib turardi. Atrofda hech kimsa yoʻq. Qayerdandir arra ovozi eshitilardi. Koʻzlari ovoz kelayotgan tomondagi eshikka tushdi. Eshikka yaqinlashganlari sari ovoz ham kuchayib bordi. Ichkariga kirdilar. Moviy koʻrpasiga oʻrangan bir odam hech gʻam-tashvishi yoʻqdek hurrak otib uxlab yotardi. - Adashib boshqa yerga keldik shekilli!, - dedi Kendin. Yuz ifodasidan xuddi Jinning bir xatosini topgandek edi. Jin eslatdi: - Sabrli boʻlishing kerak edi. ... Kutdilar. Biroz oʻtib u odam uygʻondi. Shoshilinch toʻlashi kerak boʻlgan bir qarzi esiga tushgandek yotogʻidan sapchib turdi, qoʻshni xonadagi stol ustiga kelib tezlik bilan ishlay boshladi. Bir oz avval hurrak otib uxlab yotgan inson u emasdek edi goʻyo. Stolning ustidagi narsalarni bir-biriga ishqalab, nimadir qilishga urinardi. Birini boshqasining uchiga ulab, soʻng uni yana boshqa narsaga mahkamlar, bazan toʻxtab, qimirlamasdan uni shunchaki kuzatardi. Bu kuzatish ham tanaffussiz davom etgan ishning bir qismi edi. - Bu kim, Xudo haqqi, jinni-pinni emasmi?, - soʻradi Kendin. Jin javob bermasdan Kendinning oʻzi yana: - Bu bir inson, - dedi. Jin boshini qimirlatib tasdiq ishorasini berdi va yana bir qum soatini koʻrsatib turib: - Bu 6 soatlik, - dedi. Kendin va Jin oʻzaro suhbatlashib, u insonni kuzatishardi. Biroz oʻtib nima boʻldi-yu, u hamma ishini tashlab yana narigi xonaga kirib ketdi. Qum soatiga qaradilar. Uning ishlashni boshlaganiga 3 soat boʻlgandi. Xonaga kiriboq, takror moviy koʻrpasiga oʻranib, pishillab uxlab qoldi. Jin: - Koʻrdingmi? Yana uxladi, - dedi. Kutdilar, 15 daqiqa oʻtib yana uygʻondi, shoshilinch toʻlashi kerak boʻlgan bir qarzi esiga tushib qolgandek yotogʻidan sapchib turdi, - bilaman, bu jumlani bir oz avval ham tuzgandim. Lekin u odam har safar shunday uygʻonsa, menda nima ayb? - va takror ish xonasidagi stol oldiga keldi. Biroz oʻtib xonaga bir ayol kirdi va stol ustidagi patnisdan 15-20 sm uzoqroqqa yangi patnis qoʻydi. Eskisini olib, kelgan eshigiga tomon yurdi. Bir-ikki qadam yurib, u odamga "Oʻlib qolasan-ku, yetar endi!" demoqchi boʻlgandek bir alfozda, ammo uni ranjitmaslik uchun buni aytmagani sezilib turgan ifoda bilan: - Qani, biroz dam ol, nimadir yeb ol!, - dedi. Odam javob bermadi. Ayol tarvuzi qoʻltigʻidan tushib xonadan chiqib ketdi. Ayol ham koʻrinmasmikin, ajabo, u inson hatto javob bermadi. Kendin xayolidan kechgan bu savolni Jinga berdi. - Yoʻq, - dedi Jin. Ular gaplashib turganida, odam taomlar solingan kumush patnisni avvalgisining oʻrniga itarib qoʻydi. - Ayol koʻrinadi, albatta. Lekin u oʻz ishiga shu qadar bogʻlanganki, koʻzi boshqa narsani koʻrmaydi, - soʻzida davom etdi Jin, ammo uning aytadigan yana koʻp narsalari bor edi: - Bu inson hayotini har uch soatda bir marta 15 daqiqa uxlab oʻtkazdi. Yaʼni kunda umumiy 2 soat uxlaydi. Oradan vaqtlar oʻtadi, biz bu inson haqida Edison deya gapiramiz. Dunyoni yorugʻlikka toʻldirgan, uxlash va ovqat yeyishga ham aytarli vaqt topa olmagan buyuk dohiy. Kendin sham va kerosin chiroqni, oqshomni nurga toʻldirib, tarixga koʻmgan insonni koʻrib turgani uchun hayajonlandi. Bu orada Edison yana hamma narsani tashlab, takror moviy sevgilisiga oʻranib, uyquga ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling