Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  UYG’OTUVCHI SOATNING KASHF ETILISHI


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana13.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1676380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-bob 
UYG’OTUVCHI SOATNING KASHF ETILISHI 
Butunlay boshqa joyda edilar. 
- Qayerdamiz?, - soʻradi Kendin. Jin "Hozir koʻradiganlaringdan hayratda 
qolasan" degandek jilmaydi:
- Kut va kuzat! 
Xonada qirol taxtini eslatadigan bir kreslo va unga yarashmagan kichik 
ish stoli bor edi. Stol ustida uning deyarli butun yuzasini egallagan ulkan 
globus turardi. Kresloda esa uzun sochli bir odam jimgina ishlab oʻtirardi. 
Xona suv quygandek jim-jit. Kendin ham, Jin ham ogʻir sukutda edilar. 
Oxiri Kendin chiday olmay, soʻradi: 
- Kim bu? 
Jin kichik hassaga oʻxshash bosh barmogʻini lablariga yaqinlashtirib, 
bizga maʼlum boʻlgan "Jim!" ishorasini berdi. Kendin yana jim boʻlib, 
haligi kishini kuzatishda davom etdi. U odam stoldagi globusga 
oʻxshagan narsaga qarab turardi. Faqatgina qarab turardi. Oradan "Bas 
yetar, bunchalik boʻlmaydi-da" deyishga majbur qiladigan uzoq vaqt 
oʻtdi. Kendin yana chiday olmay, xonadagi sukunatni buzdi: 
- Kim bu? 
Jin Kendinga yaqinlashib:
- Bu-mi? Bu bir inson!, - dedi. Kendin oʻzi kutgan javobni ololmagani 
uchun biroz asabiy holda, kinoya bilan dedi: 
- Bunisini oʻzim ham koʻrib turibman. 
Jin esa oʻta jiddiy edi. Goʻyo aytmoqchi boʻlgan bir malomati bor edi.
- Demak tushunding! U holda uning sen kabi bir inson ekanligini 
inobatga olsak, u birozdan soʻng uxlashi kerak emasmi?, - dedi va 
choʻntakka oʻxshash gʻalati yerga qoʻlini uzatib, kattakon qum soatini 
oldi. Uni yerga qoʻyib:
- Bu toʻliq 30 soatlik. Koʻramiz, bu odam qachon uxlar ekan?, - dedi.


Vaqt oʻtib borar, u odam esa muzlatib qoʻyilgandek stolidagi globusga 
tikilib oʻtirardi. Bir payt nihoyat oʻrnidan turdi va xonani aylana boshladi. 
Xonada u yoqdan bu yoqqa toʻxtamasdan yuz martalab yurdi. Soʻngra 
egnidagi kostyumini yechib kresloning orqasiga osdi va yana qaytib 
oʻtirdi. Stolning globusdan ortgan joyida turgan daftariga pero bilan bir 
narsalarni yoza boshladi. Betoʻxtov yozardi. Kendin uni kuzatishdan 
charchadi... U kishi yerda turgan kichkina metall parchasini olib, kresloda 
oʻtirgan koʻyi uyquga ketdi. Koʻp oʻtmay qoʻlidagi metall yerga tushib 
ketdi. Uning ovozidan uygʻonib, yana yozishda davom etdi... 
- Jiddiy boʻla olmaysan!, - dedi Kendin, yerda turgan metall boʻlagiga 
tikilib turib. Jin gʻurur bilan tabassum qilarkan:
- Ha, sen va doʻstlaringga oʻxshagan bir insonning uyqusi mana 
shunchalik boʻladi. Uyqusi kelganida uni yana olib, oʻtirgan joyida 
uxlaydi. 
Soʻngra yana sukut saqlab, uni kuzatdilar. Bu sirli odamning koʻzlari 
uyqudan yumilib ketgan payt egilib metall boʻlagini olib, oʻtirgan joyida 
mizg'ib olardi.
Jin chala qolgan gapini tugatish maqsadida davom etdi: 
- Va oradan yillar oʻtadi. Biz bu insonni Nyuton deb ataymiz, Isaak 
Nyuton. 
Soʻngra qum soatiga ishora qilib: 
- Qara!, - dedi. Qum tugay deb qolgandi. Buyuk fizik Isaak Nyuton esa 
har 15 daqiqada bir marta chalinadigan soat kabi qoʻllagan u metall 
parchasini jami 5 marta tushirib yubordi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling