Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana11.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1765607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
4-bob 
MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT 
Kattagina xonaning oʻrtasida turardilar. Atrof yoyilib 
yotardi. Xonada bir-biriga birlashtirilgan uchta stol kattaligidagi 
ish stoli bor edi. Uning usti elektron sxemalar, kabellar va yana 
koʻpi inson uchun keraksiz deb hisoblanadigan mayda-chuyda 
narsalarga toʻla edi. Kumush patnis ichida hafsala bilan 
tayyorlangan, ammo qoʻl ham urilmagan dasturxon, stol ustidagi 
ichida kerosin boʻlgan kir tunuka idishning yoniga qoʻyilgandi. 
Shundayin bir dasturxon u yagʻir idish yoniga hech ham 
yarashmasdi. Shubhasiz uni "Och emasman" deya kimdir oʻsha 
yoqqa surib qoʻygandi. Stoldan uzoqroq bir burchakda odatiy 4-5 
stul, tartibsiz shaklda sochilib yotardi. Devorda keragidan ortiq 
kerosin lampa bor edi. Ularning hammasi yoniq, odamda 
"dunyodagi eng yorugʻ makon shu yer boʻlsa kerak" degan fikr 
uygʻotardi. 
Kendin atrofni tomosha qilarkan, Jin ham Kendinni kuzatib 
turardi. Atrofda hech kimsa yoʻq. Qayerdandir arra ovozi 
eshitilardi. Koʻzlari ovoz kelayotgan tomondagi eshikka tushdi. 
Eshikka yaqinlashganlari sari ovoz ham kuchayib bordi. 
Ichkariga kirdilar. Moviy koʻrpasiga oʻrangan bir odam hech 
gʻam-tashvishi yoʻqdek hurrak otib uxlab yotardi. 
- Adashib boshqa yerga keldik shekilli!, - dedi Kendin. Yuz 
ifodasidan xuddi Jinning bir xatosini topgandek edi. Jin eslatdi: 
- Sabrli boʻlishing kerak edi. 
... Kutdilar. Biroz oʻtib u odam uygʻondi. Shoshilinch toʻlashi 
kerak boʻlgan bir qarzi esiga tushgandek yotogʻidan sapchib 
turdi, qoʻshni xonadagi stol ustiga kelib tezlik bilan ishlay 
boshladi. Bir oz avval hurrak otib uxlab yotgan inson u emasdek 
edi goʻyo. Stolning ustidagi narsalarni bir-biriga ishqalab, 


25 
nimadir qilishga urinardi. Birini boshqasining uchiga ulab, soʻng 
uni yana boshqa narsaga mahkamlar, bazan toʻxtab, 
qimirlamasdan uni shunchaki kuzatardi. Bu kuzatish ham 
tanaffussiz davom etgan ishning bir qismi edi.
- Bu kim, Xudo haqqi, jinni-pinni emasmi?, - soʻradi Kendin. Jin 
javob bermasdan Kendinning oʻzi yana: 
- Bu bir inson, - dedi. Jin boshini qimirlatib tasdiq ishorasini 
berdi va yana bir qum soatini koʻrsatib turib: 
- Bu 6 soatlik, - dedi. Kendin va Jin oʻzaro suhbatlashib, u 
insonni kuzatishardi. Biroz oʻtib nima boʻldi-yu, u hamma ishini 
tashlab yana narigi xonaga kirib ketdi. Qum soatiga qaradilar. 
Uning ishlashni boshlaganiga 3 soat boʻlgandi. Xonaga kiriboq, 
takror moviy koʻrpasiga oʻranib, pishillab uxlab qoldi. Jin: 
- Koʻrdingmi? Yana uxladi, - dedi. Kutdilar, 15 daqiqa oʻtib yana 
uygʻondi, shoshilinch toʻlashi kerak boʻlgan bir qarzi esiga tushib 
qolgandek yotogʻidan sapchib turdi, - bilaman, bu jumlani bir oz 
avval ham tuzgandim. Lekin u odam har safar shunday uygʻonsa, 
menda nima ayb? - va takror ish xonasidagi stol oldiga keldi.
Biroz oʻtib xonaga bir ayol kirdi va stol ustidagi patnisdan 15-20 
sm uzoqroqqa yangi patnis qoʻydi. Eskisini olib, kelgan eshigiga 
tomon yurdi. Bir-ikki qadam yurib, u odamga "Oʻlib qolasan-ku, 
yetar endi!" demoqchi boʻlgandek bir alfozda, ammo uni 
ranjitmaslik uchun buni aytmagani sezilib turgan ifoda bilan:
- Qani, biroz dam ol, nimadir yeb ol!, - dedi. Odam javob 
bermadi. Ayol tarvuzi qoʻltigʻidan tushib xonadan chiqib ketdi. 
Ayol ham koʻrinmasmikin, ajabo, u inson hatto javob bermadi. 
Kendin xayolidan kechgan bu savolni Jinga berdi. 
- Yoʻq, - dedi Jin. 


26 
Ular gaplashib turganida, odam taomlar solingan kumush 
patnisni avvalgisining oʻrniga itarib qoʻydi.
- Ayol koʻrinadi, albatta. Lekin u oʻz ishiga shu qadar 
bogʻlanganki, koʻzi boshqa narsani koʻrmaydi, - soʻzida davom 
etdi Jin, ammo uning aytadigan yana koʻp narsalari bor edi: 
- Bu inson hayotini har uch soatda bir marta 15 daqiqa uxlab 
oʻtkazdi. Yaʼni kunda umumiy 2 soat uxlaydi. Oradan vaqtlar 
oʻtadi, biz bu inson haqida Edison deya gapiramiz. Dunyoni 
yorugʻlikka toʻldirgan, uxlash va ovqat yeyishga ham aytarli vaqt 
topa olmagan buyuk dohiy.
Kendin sham va kerosin chiroqni, oqshomni nurga toʻldirib, 
tarixga koʻmgan insonni koʻrib turgani uchun hayajonlandi. Bu 
orada Edison yana hamma narsani tashlab, takror moviy 
sevgilisiga oʻranib, uyquga ketdi. 


27 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling