58
Meniantes bargi – Folia Menyavthidis
O’simlikning nomi. Meniantes (uchbarg) – Menyanthes trifoliata L.
Oilasi. Meniantdoshlar – Menyanthaceae.
Ko’p yillik, yo’g’on, uzun, sudralib o’suvchi, bo’g’imli, yuqori qismi
ko’tariluvchi ildizpoyali o’t o’simlik. Ildizpoyaning yuqori qismidan uzun bandli
(bandi qinli), uch plastinkali ildizoldi barglar o’sib chiqadi. Gul o’qi tuksiz, 15–35
sm uzunlikda bo’lib, erta bahorda taraqqiy etadi. Gullari
oq yoki och pushti rangli
bo’lib, cho’ziq shingilga to’plangan. Gulkosachasi 5 tishli, birlashgan, meva bilan
birga saqlanib qoladi.
Gultojisi voronkasimon, 5 bo’lakli, och pushti rangli, otaligi
5 ta,
onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – sharsimon, bir xonali,
o’tkir uchli, ko’p urug’li, pishganda ochiladigan ko’sak. May-iyul oylarida
gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot oddiy,
uch plastinkali,
tuksiz va uzunligi 3 sm bo’lgan bandli bargdan iborat. Barg plastinkalari
ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, tekis qirrali bo’lib,
asosiy tomiri bargning
asosiga qarab kengayib boradi. Mahsulot hidsiz, mazasi juda achchiq (achchiqlik
ko’rsatkichi – 1:10000) mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida achchiq glikozidlar, meniantin,
loganin, sverozid, foliamentin
hamda flavonoidlar, oshlovchi moddalar bo’ladi.
loganin sverozid
Ishlatilishi. Meniantes o’simligining bargi preparatlari ishtaha ochuvchi, o’t
haydovchi
hamda tinchlantiruvchi, ovqat hazm qilishi yaxshilovchi dori sifatida
hamda jigar kasalliklarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: