60
Kimyoviy
tarkibi.
Ildizi
tarkibida
taraksatsin,
taraksatserin-achchiq
glikozidlari, tarakserol, taraksosterol, 40 % gacha
inulin va boshqa moddalar
bo’ladi.
Ishlatilishi. Mahsulotdan tayyorlangan preparatlar
ishtaha ochuvchi,
ovqat
hazm qilish jarayonini yaxshilovchi, o’t haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlar. Ildizining quyuq ekstrakti.
Mahsulot ishtaha ochuvchi, o’t haydovchi va me’da kasalliklarida
ishlatiladigan yig’ma-choylar tarkibiga kiradi.
Tillabosh yer ustki qismi – Herba Centaurii
O’simlikning nomi. Kichik tillabosh – Centaurium erythraea Rafn.
(Centaurium umbellatum Gilib.), Centaurium minus Moench.,
Chiroyli tillabosh – Centaurium pulchellum (Sw.) Druce.
Oilasi. Erbahodoshlar – Gentianaceae.
Oddiy tillabosh bir yoki ikki yillik o’t o’simlik. O’q
ildizidan avval ildizoldi
to’pbarglar, so’ngra tik o’suvchi, to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki yuqori qismi
shoxlangan, bo’yi 10–40 sm ga yetadigan poya o’sib chiqadi. Ildizoldi to’pbarglari
teskari
tuxumsimon, to’mtoq uchli, tekis qirrali, poyadagilari–cho’ziq
tuxumsimon
yoki lantsetsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, poyada
bandsiz qarama-qarshi
joylashgan. Qizil rangli, 5 bo’lakli gullari qalqonsimon ro’vakka tuplangan.
Mevasi – silindrsimon, ikki xonali ko’sak.
Chiroyli tillaboshni ildizoldi to’pbarglari bo’lmasligi,
poyasi asos qismidan
boshlab shoxlanishi bilan oddiy tillaboshdan farqlanadi.
Iyun oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: