I - laboratoriya ishi
I. Efir moylari saqlovchi dorivor maxsulotlarini tahlil qilish
Bajariladigan ishlar:
a) efir moyi tarkibidagi fenollarni, aldegidlarni va ketonlarni aniqlash;
b) efir moylarini organoleptik tahlil qilish;
v) o’simlik mahsulotidagi efir moyi miqdorini XI - DF bo’yicha aniqlash.
II. O’simliklarni o’rganish: qalampir yalpiz, dorivor va xushbo’y moychechak,
dorivor mavrak, kashnich, evkalipt, qulmoq.
Bajariladigan ishlar:
a) ko’rsatilgan o’simliklarni morfologiyasini va mahsulotlarini tashqi ko’rinishini
o’rganish;
b) qalampir yalpiz bargini mikroskopik tuzilishini o’rganish.
DORIVOR O’SIMLIK MAXSULOTI TARKIBIDAGI EFIR MOYLARINI
KIMYOVIY TAXLILI
Dorivor maxsulot tarkibidagi efir moyini miqdorini aniqlash
(XI - DF)
Mahsulot tarkibidagi efir moylarini aniqlash uchun 700 - 800 ml xajmdagi
tagi yassi kolbaga 10g maydalangan mahsulotdan solib, ustiga 300 ml suv quyiladi
va kolba ustiga sharikli suv sovutgich tik holatda o’rnatiladi. Sovutgichini pastki
kolbaga kirib turgan qismiga Ginzberg asbobchasini o’rnatiladi va kolba qizdiriladi
Ginzberg asbobchasi U shaklda bo’ladi. Suv qaynaganda o’zi bilan birga efir
moyini uchirib chiqaradi va sovutgichda sovugandan so’ng suyuqlikka aylanib
Ginzberg asbobchasiga oqib tushadi. Efir moyini zichligi suvdan kam bo’lsa efir
moyi Ginzberg asbobchasini yuqori qismida to’planadi va xajmi ml da ko’rinib
turadi. Oxirgi 10-20 daqiqa ichida efir moyi miqdori oshmasa demak efir moyini
hammasi mahsulotdan ajratib olingan hisoblanadi. So’ngra efir moyini miqdorini
quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
;
)
100
(
100
.
100
.
.
W
M
d
v
X
v - ajratib olingan efir moyining miqdori.
d – aniqlanadigan efir moyining solishtirma og’irligi.
M – tahlil uchun olingan mahsulotning gramm miqdori.
W – mahsulotining namligini % miqdorida.
Do'stlaringiz bilan baham: |