8
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun
efir moylarini organoleptik, fizik va
kimyoviy usullar yordamida tahlil qilinadi.
Efir moylarini organoleptik tahlil qilish
Efir moylarning xossalariga ularning tashqi ko’rinishi: rangi,
tiniqligi, hidi va
mazasi kiradi.
Efir moyining tashqi ko’rinishi, rangi va tiniqligi quyidagicha aniqlanadi
(XI-DF bo’yicha): diametri 2-3 sm bo’lgan rangsiz, tiniq shisha silindrga 10 ml
efir
moyi solib, o’tuvchi nurda standart efir moyi bilan solishtirib ko’riladi.
Standart efir moyi ham xuddi shunday idishga solingan bo’lishi kerak.
Efir moylarini hidini aniqlash (XI DF bo’yicha) uchun uzunligi 12 sm,
kengligi 5 sm bo’lgan filtr qog’ozga (chetiga tegizmasdan) 0,1 ml (2 tomchi) moy
tomiziladi. Xuddi shu usulda boshqa filtr qog’ozga
ham standart efir moyi
tomiziladi. So’ngra ikkalasining hidini 1 soat davomida har 15 daqiqada solishtirib
turiladi.
Efir moyilarning mazasini moyni filtr qog’ozga tomizib va tilga tegizib
ko’rib, standart
moy mazasi bilan solishtirib, aniqlanadi. Bundan tashqari, bir
tomchi tekshiriluvchi efir moyi 1g qand kukuni bilan aralashtiriladi. So’ngra
tayyorlangan aralashma mazasini tatib ko’rib aniqlanadi
va xuddi shu usul bilan
tayyorlangan standart moy mazasi bilan taqqoslanadi.
Aldegid va ketonlar miqdorini aniqlash
Efir moylaridagi aldegid va ketonlar miqdorini aniqlash,
ular tarkibidagi
karbonil guruhining ba’zi reaktivlar bilan suvda eriydigan birikmalar hosil
qilishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: