Tarmoqlariga


Download 1.19 Mb.
bet3/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1367957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari

Birinchidan, iqtisodiy prognozlar pasayishi kuzatildi.

  • Ikkinchidan, ishlab chiqarish faolligi tushib ketdi. Pandemiya sharoitida davlatlar koʻplab ishlab chiqarish korxonalari eshigiga vaqtincha qulf osishga majbur boʻldi. Xususan, Xitoyda fevral-mart oylarida ishlab chiqarish faolligi rekord daraja - 40,3 foizga tushib ketdi.

  • Uchinchidan, koronavirus pandemiyasi xizmat koʻrsatish sohasiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Isteʼmolchilarning chakana savdo, restoran va transport xizmatlariga sarflaydigan xarajatlari kamaydi.

  • Toʻrtinchidan, neft narxi quladi. Bu dunyo boʻylab ishlab chiqarish faolligi susayishi bilan bogʻliq.

  • Beshinchidan, moliyaviy bozorlarda xaos yuzaga keldi. COVID-19 tarqalishi va uning global iqtisodiyotga taʼsiri bilan bogʻliq xavotiru qoʻrquvlar investorlar hissiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Oqibatda yirik fond bozorlarida aksiyalar narxlari keskin pasayib ketdi.

  • Oltinchidan, obligatsiyalar daromadliligi pasaydi. Virusning butun dunyo boʻylab tarqalishi borasidagi xavotirlar bunga sabab boʻldi. AQSH hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan mamlakat xazinalari investorlar uchun hozirgiday beqarorlik davrida eng afzal va xavfsiz aktivlar hisoblanishini eshitgandirsiz. Biroq, hattoki, AQSH bondlarining daromadlilik darajasi ham pandemiya sharoitida 1 foizdan past koʻrsatkichni qayd etdi. 10 yillik obligatsiyalar daromadlilik darajasi eng past koʻrsatkich - 0,3 foizga tushib ketdi. Bu – tarixda kuzatilmagan holat.

  • Yettinchidan, xalqaro ishsizlik koʻrsatkichi oshib ketdi. Chunki baʼzi davlatlarda karantin yoki favqulodda holat eʼlon qilinishi xodimlarning ishdan boʻshatilishiga olib keldi. Xususan, AQSHda 17 milliondan ortiq kishilar hukumatga ishsizlik nafaqasi soʻrab murojaat qildi. Bu shuncha odam pandemiya tufayli ishsiz qolganini anglatadi.

  • Sakkizinchidan, xalqaro turizm koʻrsatkichlari keskin tushib ketdi. Sayyohlik jahon iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri ekanligi va undan keladigan yillik daromad 2019-yil yakunlari boʻyicha 5,7 trillion dollarni tashkil etganini hisobga olsak, muammo koʻlami naqadar katta ekanligi oydinlashadi. Qolaversa, deyarli 330 million kishi yoki dunyodagi ish bilan band insonlarning deyarli 10 foizi turizm sektorida ishlaydi.

    Sayyohlik koronavirus pandemiyasi oldida eng zaif sohaga aylandi “Har yomonlikda bir xayr bor”, degan naql ham bor xalq orasida. Shu maʼnoda, el boshiga ish tushgan sharoitda pandemiya bizga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni ham tuhfa etdi. Qanday deysizmi? Masalan, karantin tufayli onlayn savdolar va yetkazib berish xizmatlari jadal rivojlana boshlagani fakt! Oʻz navbatida, iqtisodiyotning raqamlashtirilishi darajasi bir necha barobar oshgani ham rost. Qolaversa, xodimlarni mehnatga jalb qilishning yangi imkoniyatlari yuzaga kelganini ham inkor qilolmaymiz. “Onlayn-banking” xizmati taraqqiy etgani, virtual turizmning yangi koʻrinishlari paydo boʻlgani muvaffaqiyat emasmi?! Masalaning boshqa jihati ham bor. Karantin rejimi eʼlon qilinganidan soʻng har bir oila oʻz isteʼmolidan kelib chiqib, bir oyda qancha mablagʻ hisobiga roʻzgʻor tebratish mumkinligini hisoblab chiqishdi. Bundan tashqari, uy sharoitida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish imkoniyatlari yuzaga keldi. Binobarin, animatsion kinoindustriyaga katta yoʻl ochilishi, banklararo protsessing xizmatlari yanada jadallashishi ham muhim yangiliklar sirasidan. Albatta, bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Sanaganlarimiz esa eng asosiy jihatlardir.
    Eʼtirof etish kerakki, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston tanlagan yoʻl oqilona bo’ldi. Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Ushbu hujjat asosida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilib, uning mablagʻlari hisobidan qaysi sohalar birinchi navbatda moliyalashtirilishi belgilandi. Bu esa pandemiyaning iqtisodiy asoratlarini yumshatish imkonini berishi bilan ahamiyatli bo’ldi.
    2020 yil yakunlari boʻyicha ijobiy oʻsish surʼatlariga erishish bugungi saʼy-harakatlarga koʻproq bogʻliq. Shu bois Prezidentimiz, Hukumatimiz va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan koronavirus inqiroziga qarshi kurashish borasida muhim qarorlar qabul qilindi. Chunonchi, Markaziy bank rahbariyati kredit taʼtillarini eʼlon qilishi, qayta moliyalashtirish stavkasini pasaytirishi, inflyatsion targetlash maqsadidan chetga chiqmayotgani diqqatga sazovordir. Bu borada Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni uch qismga boʻlib oʻrganishimiz mumkin.
    Birinchisi bevosita pandemiya bilan bogʻliq. Yaʼni karantin markazlari, yangi kasalxonalar qurish, dori-darmon, tibbiyot jihozlari sotib olish boʻlsa, ikkinchisi aholini ijtimoiy himoya qilishga doirdir. Bunga Prezidentimiz Farmon va qarorlari ijrosi doirasida bolali oilalarga berilayotgan nafaqalar muddatini choʻzish (tegishli mablagʻlar ajratgan holda), ishsiz, band boʻlmagan aholi uchun jamoat ishlarini tashkil qilish maqsadida qoʻshimcha mablagʻlar ajratish kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Uchinchisi bandlikni va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 3,6 trillion soʻm mablagʻ ajratilganidir.
    Shuningdek, Moliya vazirligi byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻxtatilishi, davlat ulushiga hisoblangan dividendlar toʻligʻicha byudjetga oʻtkazilishini bildirgan edi. Bulardan koʻrinadiki, pandemiya sharoitida davlatimiz bor kuch va imkoniyatini nafaqat bu ofatni, balki uning asoratlarini ham bartaraf qilishga safarbar etgan edi va hozirgi kunda bu urinishlarning ijobiy natijasini ko’rishimiz mumkin.

    Download 1.19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling