Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


IX bob. Shveytsariya soliq tizimi


Download 1.19 Mb.
bet30/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

IX bob. Shveytsariya soliq tizimi




9.1. Shveytsariya konfederativ davlati soliq tizimining tuzilishi. Soliqqa tortishning uch pog’onasi.


Shveytsariya – konfederatsiya (markaziy shtat) va 3000 munitsipalitetlardan (tumanlardan) iborat 26 ta kantonlardan (viloyatlardan) tuzilgan konfederativ davlatdir. Shveytsar federalizmi prinsipiga asosan mamlakatda uch pog’onali soliqqa tortish joriy qilingan15.
1-jadval
Shveytsariya soliq tizimida soliqlarning taqsimlanishi



Daromad va mulk solig’i

Iste’mol va mulkka egalik qilishni soliqqa tortish

Konfederatsiya

Daromad solig’i
Kapital va foyda solig’i
To’lov manbaidan olinadigan soliq
Tamg’a yig’imi

Qo’shilgan qiymat solig’i
Tamaki solig’i
Pivo solig’i
Bojxona boji

Kantonlar

Daromad solig’i
Jon boshi solig’i
Kapital va foyda solig’i
Meros solig’i
Ko’chmas mulk solig’i

Transport vositalari solig’i
It egalaridan olinadigan soliq
Tomoshadan olinadigan soliq

Tamg’a yig’imi





Munitsipalitetlar

Daromad solig’i
Jon boshi solig’i
Kapital va foyda solig’i
Meros solig’i
Ko’chmas mulk solig’i

Transport vositalari solig’i
It egalaridan olinadigan soliq
Tomoshadan olinadigan soliq
Tamg’a yig’imi



Soliq huquqini aniqlash konstitutsiya orqali boshqariladi. Uning qoidalariga asosan uchala organ ham bir-biroviga xalaqit bermasdan faoliyat yuritadi, soliq to’lovchilar bo’ynidagi yuk esa soliqqa tortishning iqtisodiy chegaralaridan o’tmaydi. Konfederatsiyaning har tomonlama huquqiy hisoblangan yigimlarni joriy qinishidan tashqari kantonlarga ham har qanday soliq turlari bo’yicha soliq solishga ruxsat berilgan. Ular o’zlarining soliq qonunchiligini yaratish huquqiga egalar. Munitsipalitetlarga esa o’z soliqlarini yig’ib olish huquqi kantonlarning konstitutsida belgilanadi.


1990 yillarning ikkinchi yarmida konfederatsiyaning soliq daromadlari tarkibi quyidagicha edi:

  1. qo’shilgan qiymat solig’i — 29,1 foiz;

  2. to’g’ri soliqlar — 23,6 foiz;

  3. bojxona bojlari – 14,9 foiz;

  4. hisob-kitob solig’i – 10,1 foiz;

  5. tamg’a yigimi – 4,5 foiz;

  6. boshqalar – 5,5 foiz;

  7. soliqlardan tashqari yig’imlar – 12,3 foiz.




Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling