Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


X bob. Buyuk Britaniya soliq tizimi


Download 1.19 Mb.
bet33/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

X bob. Buyuk Britaniya soliq tizimi




10.1. 1990-yillarda Buyuk Britaniya soliq tizimi va undagi o’zgarishlar.


Yevropa davlatlarininig soliq tizimlari bir-biridan tubdan farq qiladi. O’tgan asrning 80-yillariga kelib soliq islohotlari o’tkazilib, ularni bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qilindi. Misol uchun Italiya umumiy bozorga kirish uchun o’zining soliq tizimini keskin o’zgartirdi, ya’ni boshqa Yevropa davlatlari soliq tizimiga yaqinlashtirdi. Iqtisodiy birlashish an’anasi va xalqaro xo’jalik aloqalarining kengayishi ularning ikkiyoqlama soliq solish siyosatidan voz kechishlariga olib keldi. Yevropa davlatlarining iqtisodiyoti va aholisining yashash tarzidan kelib chiqib, ularning umumiy xususiyatlari o’rganildi. Ularda o’ziga xos turdagi soliqlardan to’gri va egri soliqlar, ya’ni, bevosita yoki bilvosita soliqlar, shuningdek, qo’shilgan qiymat solig’i hamda fuqarolardan undiriladigan daromad soliqlari mavjud17.
Amaliyotda barcha davlatlarda soliqlar uch darajali ko’rinishga ega bo’lib, ular umumdavlat soliqlari, federal soliqlar, shuningdek, hududiy soliqlarga bo’linadi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, har bir davlatning soliq tizimi o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Buyuk Britaniyada soliq tizimi 19-asrdayoq shakllangan edi. Biroq u ham tanaffuslarni boshidan kechirdi. Soliq islohotlari 1965 hamda 1973 yillarda amalga oshirilgan bo’lib, 90-yillarda soliqqa tortishda jiddiy o’zgarishlar qilindi. Buyuk Britaniya soliq tizimi ikki pog’onali bo’lib, ular umumdavlat va mahalliy soliqlarni tashkil etadi. Umumdavlat soliqlarining asosini jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i, korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqlar, kapital o’sishidan olinadigan soliqlar, neftdan olinadigan daromad soliqlari, meroslardan olinadigan soliqlar, qo’shilgan qiymat solig’i, boj, aksiz solig’i, tamg’a yig’imlari tashkil etadi. Ular soliqlar orqali undiriladigan tushumlarning 90% ini tashkil etadi. Mahalliy soliqlar hissasiga asosan mol-mulk solig’i to’g’ri kelib, ushbu soliq turi umumiy undiriladigan soliqlar miqdorining 10% ini tashkil etadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling