Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Germaniyadagi soliq islohotlari yo’nalishlari


Download 1.19 Mb.
bet36/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

11.1.Germaniyadagi soliq islohotlari yo’nalishlari.


Soliq tizimlarini takomillashtirish har qanday rivojlangan mamlakatlarning birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo’lgan vazifalari sifatida oldinga suriladi. Germaniya ham bundan istisno emas. 1998 yilda o’tkazilgan saylovlar natijasida Germaniya hukumatining almashinuvidan so’ng, allaqachon aytilgan «Korxonalar va tadbirkorlar faoliyatini soliqqa tortish islohoti» boshlandi. Ushbu islohotni o’tkazish bo’yicha tayanch nuqta va ayni vaqtda tashabbus negizi – kuchayib borayotgan nemis soliq huquqi ahvolining tanqidi bo’ldi. Bu tanqidga, birinchi navbatda, soliq stavkalarining xalqaro miqyosga nisbatan juda ham yuqoriligi, tadbirkorlik faoliyatining har xil tashkiliy-huquqiy shaklini soliqqa tortishning turli-tumanligi hamda soliq tartibotidagi o’zgartirishlarni amalga oshirish zaruriyati: alohida me’yor va aloqalarning murakkabligi sabab bo‘ldi va soliq huquqi tartibsiz ravishda va soliqni rejalashtirishga qiyinchilik bilan bo’ysunadigan ahvolda qabul qilinadigan bo’ldi18.
1998 yilning kuzidagi nemis hukumatining almashinuviga qadar ham siyosatda, ham iqtisodiyotda Germaniya boshqa mamlakatlarga nisbatan katta soliq yuki; jismoniy shaxslar uchun maksimal soliq stavkalari; korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi uchun soliq stavkalari bilan ajralib turardi.
1-jadval
Rivojlangan mamlakatlardagi korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi bo’yicha soliq stavkalari
(foizda)


Markaziy federal darajada

Federatsiya sub’yektlari darajasida (mahalliy darajada)

Jami

1. Irlandiya

20

-

20

2. Shvetsiya

28

-

28

3. Norvegiya

28

-

28

4. Finlyandiya

29

-

29

5. Daniya

30

-

30

6. Buyuk Britaniya

30

-

30

7. Avstriya

34

-

34

8. Gretsiya

35

-

35

9. Niderlandiya

35

-

35

10. Ispaniya

35

-

35

11. Portugaliya

32

3,2

35,2

12. Italiya

36

-

36

13. Fransiya

36,43

-

36,43

14. Germaniya (2001)

26,38

16,67

38,65

15. Belgiya

40,17

-

40,17

16. AQSh

35

9

40,8

17. Yaponiya

30

15,81

42,93

18. Germaniya (2002)

42,20

16,67

58,57

Tegishli soliq stavkalarini u yoki bu mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni baholashning yagona ko’rsatkichi sifatida qabul qilib bulmasa-da, ularning darajasi imkoniyatli sarmoyachilar xulq-atvoriga ta`sir ko’rsatadi. Murakkab va tartibga solinmagan soliq tizimi bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan yuqori soliq stavkalari, nafaqat nemis sarmoyachilarini, balki chet el sarmoyachilarining ham qiziqishini pasaytiradi19.
Ko’p miqdordagi maxsus va alohida qabul qilingan qonunlar doirasidagi tartib- qoidalar, ko’p tarmoqli va murakkab nemis soliq huquqi chet el sarmoyachilari uchun kutilayotgan soliq yukining tez va ayniqsa aniq hisob-kitobini (chetdan mutaxassislarning yordamisiz) o’tkazishda qiyinchilik tug’diradi, hattoki, bu ishni amalga oshirish mumkin bo’lmay qoladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling