10.2. Buyuk Britaniyada daromad solig’ini to’lash shakli.
Buyuk Britaniyada aholidan undiriladigan daromad solig’i davlat byudjetining 3/2 qismini tashkil etadi va ular to’g’ri soliqlar ko’rinishida bo‘ladi. Yuqori soliq turi 1799 yilda Napoleonga qarshi olib borilgan urushni moliyalashtirish maqsadida vaqtinchalik joriy etilgan bo’lib, 1842 yildan boshlab esa ingliz soliq amaliyotida uzil- kesil tasdiqlandi.
Buyuk Britaniyada daromad solig’ini qismlarga bo’lib to’lash qabul qilingan, daromad solig’i manbalariga qarab olti qismga bo’linadi va har bir qism alohida tartibda undiriladi (dividendlar, renta, ish haqi va boshqalar). Daromadlardan undiriladigan soliqlarni taqsimlashdan asosiy maqsad daromadlar manbaini aniq hisobga olish ko‘zda totiladi. To’rt qismli daromad quyidagi tartibda belgilanadi:
A-qism. Mulkdan olinadigan daromad, ayniqsa yer, qurilish va inshootlar, kvartira to’lovlari, yashash joylarini ijaraga olish kabilarni o’z ichiga oladi.
B-qism. O’rmon xo’jaligidan tijorat maqsadlarida foydalanishdan olinadigan daromadlar.
S-qism. Davlat qimmatbaho qog’ozlaridan olinadigan daromadlar.
D-qism. Ishlab chiqarish tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar.
10.3. Buyuk Britaniyada soliq turlari.
Yuqorida ko’rsatilgan daromadlardan olinadigan soliqlar sakkiz qismga bo’linib, quyidagi tur soliqlari undiriladi:
- savdo va tijoratdan olinadigan daromad solig’i (misol uchun, magazin xo’jayinining foydasidan olinadigan soliq);
- o’z kasbiy xizmatini ko’rsatish orqali topilgan daromaddan olinadigan soliq (misol uchun, advokat yoki vrachning daromadlari);
- olinadigan foizlar yoki aliment to’lovlarini qabul qilinishini soliqqa tortish;
- xorijiy davlatlarda mavjud bo’lgan qimmatbaho qog’ozlardan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish;
- xorijiy davlatlarda mavjud bo’lgan mulkdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish;
- yuqorida ko’zda tutilmagan daromadlarning boshqa turlaridan olinadigan soliq.
- ish xaqi, nafaqa va boshqa mehnat daromadlaridan olinadigan soliqlar.
- Buyuk Britaniya kompaniyalaridan olinadigan dividendlar va boshqa to’lovlardan undiriladigan soliqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |