Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
Hamdo’stlik davlatlarining soliq tizimidagi o’xshashlik va bir-biridan farqlar
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
15.2. Hamdo’stlik davlatlarining soliq tizimidagi o’xshashlik va bir-biridan farqlar.MDHga a`zo ko’pchilik mamlakatlarining byudjet daromadidagi katta ulush aynan egri soliqlarga to’g’ri keladi. Shu sababli egri soliqlarni undirishda soliq qonunchiliklarining uyg’unlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy egri soliqlardan biri bu qo’shilgan qiymat solig’i. QQS hisoblashning umumiy tartibi G’arbiy Evropa mamlakatlarining tajribasidan o’zlashtirilgan, ammo MDHning har bir mamlakatida uni to’lovchilari ro’yxatini, soliq bazasini , soliq chegirmalari berish qoidalarini va to’lov muddatlarini aniqlashda ayrim o’ziga xos xususiyatlar mavjud. MDH doirasida QQS stavkalarini unifikatsiyalashga (birxillashtirish) erishilgan edi. Asosiy stavka 20 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga 10 foiz stavka va nolinchi stavka bo’yicha soliqqa tortiladigan tovarlar ro’yxatida farq mavjud. Ma’lumki, tashqi savdo sotiq jarayonlarida QQS bo’yicha soliqqa tortishning ikki tamoyili mavjud: - ishlab chiqarilgan joyi asosida, ya’ni «tovarning kelib chiqish mamlakati» tamoyili; - iste`mol qilish joyi asosida, yoki «tovar belgilangan mamlakatlar uchun» tamoyili. MDH doirasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar savdo-sotig’ini amalga oshirish uchun, Rossiya va Belorussiya ittifoqi davlatlar doirasidagi savdo-sotiqdan tashqari, 2001 yil iyul oyidan boshlab, QQS «tovar belgilangan mamlakatlar uchun» tamoyili asosida undiriladi. Bu import tovarlar soliqqa tortilishini, eksport tovarlar esa soliqqa tortilmasligini bildiradi. Aksizlar–egri soliqlarning turli ko’rinishidir. MDH mamlakatlarida aksiz osti tovarlarining stavka ro’yxatida sezilarli farqlar bor. Masalan, Qozog’istonda nafaqat tovarlar, balki qimor biznesi ham aksiz solig’iga tortiladi. Har bir alohida olingan mamlakatlarda ko’pchilik tovarlarga o’ziga xos aksiz stavkalari milliy valyutada o’rnatilgan. Shuning uchun bu stavkalarni tenglashtirish alohida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Foyda solig’i yoki yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i–har qanday mamlakat soliq tizimining asosiy qismidir. Qirg’izistondan tashqari, Bojxona Ittifoqiga kiruvchi barcha mamlakatlarda soliq to’lovchilar bo’lib barcha yuridik shaxslar va shu bilan birga chet el korxonalari hisoblanadilar. Qirgizistonda faqat yuridik shaxslar–rezidentlar soliq to’laydilar; Belorussiyada ular bilan bir qatorda qo’shma faoliyat shartnomasi a’zolari ham soliq to’laydi. Rossiyada qo’shma faoliyatdan olingan foyda sotilmagan tovarlar har bir shartnoma a’zosi uchun inobatga olinadi va umumiy stavka bo’yicha soliqqa tortiladi. MDH mamlakatlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning haqiqiy foydasini yashirin holdan chiqib qonuniylashtirilishi maqsadida tashkilot foydasidan olinadigan soliq stavkasini pasaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2002 yil yanvardan boshlab Qirg’izistonda 10 foiz, Rossiyada 24 foiz, Qozog’iston, Tojikiston, Belorussiyada yuridik shaxslar foydasi 30%, O‘zbekistonda 2006 yildan bohlab 12 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi. Shunday qilib, soliq stavkalarida ham sezilarli farqlar saqlanadi. Shuni inobatga olish kerakki, ayrim faoliyat turlari bo’yicha olingan daromaddan, soliq asosiy stavkadan farq qiladigan stavka bo’yicha olinadi. Masalan, Tojikistonda doimiy muasasasi bo’lmagan norezident-yuridik shaxslar quyidagi stavkalar bo’yicha soliq to’laydilar: royaltidan-20 foiz, foiz va dividend ko’rinishidagi daromadlardan-12 foiz, fraxtadan (kemada yuk tashish haqi, kira puli)–6 foiz, xalqaro aloqalar va yuk tashishni amalga oshirishda ko’rsatilgan aloqa va transport xizmati sug’urta to’lovi daromadidan-4 foiz. Stavkalar miqdori soliq to’lovchilar turkumiga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, Belorussiyada quyidagilar uchun asosiy stavka o’rniga pasaytirilgan stavkalar ko’zda tutilgan: yillik balans foydasi 5000 minimal ish haqidan oshmaydigan, ishchilarning o’rtacha yilik soni ishlab chiqarishda 200 kishigacha, fanda 100 kishigacha qurilish va boshqa ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida 50 kishigacha, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda 25 kishigacha bo’lgan korxonalar uchun (chakana savdo bilan shug’ullanadiganlardan tashqari)-15 foiz; agrosanoat ishlab chiqarish komplekslarini ishlab chiqarish-texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha olingan foydasidan –10 foiz; agrosanoat ishlab chiqarish komplekslari ob’ektlarini qurish va ta’mirlashdan olingan foydasi –7 foiz. Mahalliy hukumat organlari mayda chakana savdo korxonalari uchun tovar ayirboshlashga, tovar assortimenti va savdo nuqtasi turiga ko’ra foyda solig’ining belgilangan summasini o’rnatadilar24. Foyda solig’ining o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadigan elementi soliqqa tortish ob’ektidir. Belorusiyada soliqqa tortish ob’ekti–balans foydasi, Qozog’iston va Qirg’izistonda–umumiy soliqqa tortiladigan daromad, ya’ni umumiy yillik daromad va undan olingan chegirmalar farqi; Tojikistonda- yalpi daromad va chegirmalar farqidan foyda solig’i olinadi. Ushbu soliq bo’yicha soliqqa tortish manbasini aniqlash tartibidagi o’xshashlik bilan bir qatorda Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda chegirib tashlash lozim bo’lgan xarajatlar tarkibida ayrim farqlar bor. Bundan tashqari, Tojikistonda doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan norezidentlar korxonalari foydasini soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, to’lov manbasidagi chegirmasiz barcha daromadlar hisoblanadi. Bojxona ittifoqi doirasidagi ancha unifikatsiyalashgan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulk solig’idir. U Qirgizistondan tashqari barcha MDH mamlakatlarida undiriladi. Soliq to’lovchilar bo’lib barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Soliq stavkasi ancha past bo’lib, Qozog’istonda-1 foizni, Tojikistonda-0,5 foizni, Belorussiyada-1 foizni, Rossiyada-2 foizni tashkil qiladi. Mahalliy hukumat tashkilotlari shu stavka atrofida aniq stavka miqdorini belgilaydilar. Soliq manbasini aniqlashda, imtiyozlar va to’lov muddatlarini aniqlash tartibida ham ayrim farqlar bor. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling