Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
Korporatsiyaning foyda solig’i va jismoniy shaxslar daromadining soliqqa tortish tartibi
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
2.2. Korporatsiyaning foyda solig’i va jismoniy shaxslar daromadining soliqqa tortish tartibi.Bevosita soliqlar ichida korporatsiya va jismoniy shaxslarning foyda solig’i asosiy rol o’ynaydi. Korporatsiyaning foyda solig’i tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan va ushbu soliqdan ozod bo’lmagan xususiy va davlat kompaniyalari, assotsiasiyalar va boshqalardan undiriladi. Ushbu soliqni rezidentlardan tashqari norezidentlar ham Fransiyada faoliyat ko’rsatish natijasida olgan foydasi hisobidan to’laydilar. Korporatsiyaning yillik foydasi soliqqa tortish bazasining asosi bo’lib, hisoblanadi. Bu haqdagi deklaratsiyani har bir korxona soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha taqdim etadi. Byudjet bilan to’liq hisob-kitob qilingunga qadar korporatsiya har chorakda bo’nak (avans) to’lovlarini to’lab boradi. Soliqning qat’iy stavkasi 33,33 foizga teng, ammo yer joylari daromadi, qishloq xo’jalik fermalari va qimmatli qog’ozlar uchun qo’llaniladigan pasaytirilgan stavkalar mavjud bo’lib, 10-24 foizgacha oraliqda bo’ladi. Bir qator shartlarga bo‘ysungan holda qishloq xo’jalik kooperativlari va investitsion kompaniyalar ushbu soliqdan ozod bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari, Fransuz qonunchiligi keyingi 5 yil davomida kompaniya zararini hisobga olgan holda soliqlardan imtiyozlar beradi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i yil davomida jismoniy shaxs tomonidan olingan ish haqi, nafaqa, renta, barcha turdagi tijorat va notijorat faoliyatidan olingan daromadlardan hisoblanadi. Daromad solig’i Fransiyaning nafaqat ichki, balki chet davlatlardagi manbalaridan ham olinadi. Bundan tashqari, qimmatli qog’ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa mulklarni sotishdan olingan bir martalik daromadlar ham soliqqa tortiladi. Daromad solig’i stavkasi progressiv xususiyatga ega. Eng yuqori stavka 58 foiz — 246770 fransuz frankidan yuqori daromadlar uchun belgilangan. Fransiya qonunchiligi soliqqa tortilmaydigan minimal miqdorni (18140 frank), soliqqa tortiladigan bazadan tegishli chegirmalar hamda nafaqaxo’r nogironlar kabi ijtimoiy jihatdan kam himoyalangan aholi qatlami uchun maxsus chegirmalarni ko’zda tutadi. 1990 yillar boshidan daromad solig’iga qo’shimcha maxsus ijtimoiy ajratmalar kiritilgan. Jismoniy shaxslar-rezidentlar uchun uning belgilangan stavkasi 2,4 foizni tashkil qiladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling