Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


II bob. Fransiya soliq tizimi 2.1. Fransiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.19 Mb.
bet8/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

II bob. Fransiya soliq tizimi

2.1. Fransiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari.


Уеvropada sanoati rivojlangan yirik davlatlardan biri Fransiya hisoblanadi. Ushbu davlatdagi mavjud soliqlarni shartli ravishda 3 ta yirik qismga ajratish mumkin; tovar narxiga kiritilgan egri soliqlar yoki iste‘mol soliqlari, daromad (foyda) solig’i va shaxsiy mulk solig’i. Fransiya Respublikasi byudjetining asosiy daromad manbai egri soliqlar bo’lib, ularning eng muhimi qo’shilgan qiymat solig’idir. QQS Fransiyada 1954 yildan beri mavjud. Hozirgi kunda 20,6 va 5,5 foizga teng bo’lgan qat’iy va pasaytirilgan QQS stavkalari qo’llaniladi4.
Pasaytirilgan soliq stavkalari qishloq xo’jalik mahsulotlari, oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy jihozlar, kitob, yuk va passajir tashish, korxona ishchilari ovqatlanishi, madaniy tadbirlar, turizm va mehmonxona xizmatlariga nisbatan qo’llaniladi. QQSga nisbatan Fransiya qonunchiligi bir qator imtiyozlar ham beradi. Asosan soliqqa tortishdan quyidagilar ozod qilinadilar:
- moliyaviy yilda tovar aylanmasi (oboroti) 70000 fransuz frankidan oshmagan kichik korxonalar. Bu holda ushbu korxonalar imtiyozdan keyingi yildan boshlab foydalanish huquqiga ega bo’ladilar;
- eksport bilan bog’liq barcha jarayonlar, eksport bitimlarini amalga oshirayotgan ishlab chiqarish sub’ektlari;
- bank va moliya faoliyati;
- o’qituvchi va vrachlarning shaxsiy xizmatlari;
- qishloq xo’jaligi va baliqchilik bilan shug’ullanuvchi korxonalar;
- boshqaruv, ijtimoiy, madaniy va sport faoliyatini bajaruvchi davlat korxonalari.
Byudjetning keyingi asosiy daromad manbai bo’lib aksiz soliqlari xizmat qiladi. Fransiyada aksiz osti tovarlar ro’yxati ancha keng. Aksiz soliqlari neft mahsulotlari, elektr energiyasi, kuchli spirtli ichimliklar, pivo, mineral suvlar, tamaki mahsulotlari, yog’, don, shakar, gugurt, konditer mahsulotlari, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlari, san’at asarlari, antikvariat, sug’urta va birja operatsiyalari, qimor biznesi, tomoshali tadbirlar, televizion reklamalardan undiriladi.
Iste’mol soliqlariga byudjetning daromad manbai bo’lgan, davlat iqtisodiy siyosatining muhim quroli sanalaligan bojxona boji ham kiradi5.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling