Тасаввуф фалсафаси

Download 0.55 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1526901
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirshamsiyev Salimjonning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan

Birinchidan, bu – dunyoga antropotsentrizm nuqtai nazaridan qarashda koʻrinadi. Yaʼni insonni “olam mehvari” deb bilish, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, oʻzgarish-yangilanishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntirish.

Ikkinchidan, Parvardigorni va Uning qudrati, moʻjizalari, gʻayb olamini faqat aql bilan bilib boʻlmaydi. Men “faqat” soʻzining ostiga chizib taʼkidladim. Chunki baʼzi ishlarda tasavvufning bilish nazariyasi boʻlgan irfon ilmini irratsionalizm yoxud mistika deb taʼriflash rasm boʻlib kelmoqda.

Xuddi shu yerda tasavvufdagi uchinchi oʻziga xoslik kelib chiqadi. Yaʼni aqliy taraqqiyot, bor bilimlarni egallash bilan qanoatlanmasdan, balki ruhni chiniqtirib, qalbni musaffolash orqali cheksiz kamolotga intilish, oʻz-oʻzini takomillashtirish, yangi-yangi maqomlar-martabalarni egallab borish. Bu esa faqat nazariy tayyorgarlik, taʼlim-tahsil bilan boʻlmaydi, buning uchun muayyan ruhiy-maʼnaviy yoʻl-tariqatni bosib oʻtish, qattiq va qatʼiy cheklanish va mahrumliklarni boshdan kechirish lozim, deydi soʻfiylar.

Shunday qilib, toʻrtinchi xususiyat – tasavvufda Ilohiy ishq orqali poklanish va pok Parvardigor vasliga yetishish gʻoyasidir (yaʼni Inson va Ilohning qorishib, qoʻshilib ketishi gʻoyasi). Parvardigor – bir Ideal, Uning olami Mutlaq poklik olami. Shuning uchun inson ham batamom pok boʻlgandagina bu olamga erisha oladi. Pok boʻlish uchun esa qalbda shu poklik timsoli ulugʻ Tangriga behudud va ado boʻlmas muhabbat boʻlishi kerak. Bu muhabbat mavhum bir tuygʻu emas.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling