Тасаввуф фалсафаси
Download 0.55 Mb.
|
Mirshamsiyev Salimjonning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan
Umar Xayyom ruboiylari ichida ham biz Abusaid Abulxayyor, Avhauddin Kirmoniy, Xoʻja Hofiz ruboiylari kabi soʻfiyona gʻoyalarni ifodalaganlarini uchratish mumkin. Shuning uchun aslida sof ratsionalizm tarafdori boʻlgan olimlar ham tasavvufning orifona yoʻnalishini oʻziga xos bir yoʻl deb qabul qilganini koʻramiz. Umuman, bizning tariximizda falsafiy tafakkur bilan badiiy tafakkur baqamti rivojlangani kabi aqliy(ratsional) va vajdiy(irratsional) bilimlarni egallash birga rivojlangan.Umar Xayyom ruboiylari ichida ham biz Abusaid Abulxayyor, Avhauddin Kirmoniy, Xoʻja Hofiz ruboiylari kabi soʻfiyona gʻoyalarni ifodalaganlarini uchratish mumkin. Shuning uchun aslida sof ratsionalizm tarafdori boʻlgan olimlar ham tasavvufning orifona yoʻnalishini oʻziga xos bir yoʻl deb qabul qilganini koʻramiz. Umuman, bizning tariximizda falsafiy tafakkur bilan badiiy tafakkur baqamti rivojlangani kabi aqliy(ratsional) va vajdiy(irratsional) bilimlarni egallash birga rivojlangan.Shu bois soʻfiy shoiri yoki olimi deb nom chiqargan kishilarning asarlarida dunyoviy bilimlar, hikmat va donishmandlikning butun bir sandigʻini ochish mumkin. Masalan, Jaloliddin Rumiyning asarlarida qanchadan-qancha falsafa bor, qanchadan-qancha insoniy muammolar tilga olinib, hanuz tozaligini yoʻqotmagan fikrlarni topish mumkin. Tasavvuf musulmon xalqlarining axloqiga chuqur singib borgan, bu shu darajadaki, darvesh, soʻfiy axloqi bir ibrat, namuna sifatida olib qaralgan. Darvesh koʻpdan-koʻp badiiy asarlarning qahramoniga aylangan. “Axloqi Nosiriy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Moʻhsiniy” kabi oʻrta asr axloq kitoblarida davlatchilik, adolatli jamiyat, odil hukmdor tushunchalari ham soʻfiyona qarashlarga bogʻlab talqin etiladi. Bu badiiy adabiyotdan chuqur oʻrin oladi va oʻziga xos tasavvuf estetikasi shakllandi.Tasavvuf musulmon xalqlarining axloqiga chuqur singib borgan, bu shu darajadaki, darvesh, soʻfiy axloqi bir ibrat, namuna sifatida olib qaralgan. Darvesh koʻpdan-koʻp badiiy asarlarning qahramoniga aylangan. “Axloqi Nosiriy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Moʻhsiniy” kabi oʻrta asr axloq kitoblarida davlatchilik, adolatli jamiyat, odil hukmdor tushunchalari ham soʻfiyona qarashlarga bogʻlab talqin etiladi. Bu badiiy adabiyotdan chuqur oʻrin oladi va oʻziga xos tasavvuf estetikasi shakllandi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling